Авторы

  • Jonibek Nazirov
    Termiz davlat universiteti Umumiy fizika kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.89576

Ключевые слова:

optika e-darslik raqamli ta’lim interaktivlik tajriba simulyatsiya samaradorlik.

Аннотация

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi ta’lim jarayonida raqamli resurslarning, xususan, elektron darsliklar (e-darsliklar) ning rolini sezilarli darajada oshirdi. Ayniqsa, murakkab va ko‘p vizualizatsiyani talab qiladigan optika kabi fanlarda e-darsliklar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu tezisda e-darsliklarning tuzilmasi, ularning tarkibiy qismlari va o‘quvchilarning bilim darajasiga ta’siri o‘rganiladi.


background image

`

79

E-DARSLIKLAR ASOSIDA OPTIKA FANINI O‘QITISH: TUZILISHI VA

SAMARADORLIGI

Nazirov Jonibek Mamayusupovich

Termiz davlat universiteti

Umumiy fizika kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15424538

Annotatsiya:

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi

ta’lim jarayonida raqamli resurslarning, xususan, elektron darsliklar (e-darsliklar) ning rolini
sezilarli darajada oshirdi. Ayniqsa, murakkab va ko‘p vizualizatsiyani talab qiladigan optika

kabi fanlarda e-darsliklar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu tezisda e-darsliklarning tuzilmasi, ularning tarkibiy qismlari va o‘quvchilarning bilim
darajasiga ta’siri o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:

optika, e-darslik, raqamli ta’lim, interaktivlik, tajriba, simulyatsiya,

samaradorlik.

E-darslik (elektron darslik) - bu raqamli formatda yaratilgan, o‘quv fanining nazariy va

amaliy materiallarini o‘z ichiga olgan, kompyuter, planshet yoki smartfon orqali foydalanish
mumkin bo‘lgan o‘quv-resursdir. U an’anaviy bosma darslikning raqamli muqobili bo‘lib,
interaktivlik, multimediya (audio, video, animatsiya), testlar va boshqaruv elementlari bilan
boyitilgan bo‘ladi.

Optika fanida e-darsliklar yordamida yorug‘lik hodisalarini (difraksiya, interferensiya,

sinish, aks ettirish) animatsiyalar orqali ko‘rsatish, tajribalarni virtual shaklda bajarish
imkoniyati yaratiladi. Bu esa murakkab nazariy tushunchalarni ancha tushunarli qiladi. E-
darsliklar(elektron darsliklar) optika kabi ko‘rgazmali o‘qitishni talab qiladigan fanlar uchun,
ta’lim samaradorligini oshiradi. Ular nafaqat bilim olish jarayonini qulaylashtiradi, balki
o‘quvchilarni fan bilan faol shug‘ullanishga undaydi, interaktiv muhitda o‘z-o‘zini baholash va
rivojlantirish imkonini yaratadi.

Optika bo‘yicha e-darsliklar interaktiv imkoniyatlari

va

pedagogik yo‘nalishlari

asosida

shakllantiriladi. Zamonaviy e-darsliklar faqatgina matnli tushuntirish emas, balki o‘quvchini
o‘rgatish, faollashtirish va baholash funksiyalarini ham bajarishi bilan ajralib turadi.

Zamonaviy ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi

o‘qitish metodikasini tubdan o‘zgartirmoqda. E-darsliklar - bu transformatsiyalangan o‘quv
resursi bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv, uzluksiz va individual asosdagi

muloqotni ta’minlaydi. Ayniqsa,

optika kabi murakkab fanlarni o‘rgatishda e-darsliklar ta’lim

samaradorligini sezilarli darajada oshirishga hizmat qiladi.

E-darsliklarning asosiy afzalliklaridan biri - ko‘rish orqali anglash imkoniyatini

kengaytirishdir. Optik hodisalar - yorug‘likning sinishi, interferensiyasi, difraksiyasi - abstrakt
tushunchalar bo‘lib, ularni oddiy matn orqali tushuntirish qiyin. Interaktiv animatsiyalar va
simulyatsiyalar orqali:

O‘quvchi mavzuni vizual tarzda anglaydi.
Hodisani vaqt bo‘yicha kuzatadi (masalan, nurning linza orqali o‘tishi).
Bu esa uzoq vaqt eslab qolish, mavzuni chuqur tushunish va mustaqil qo‘llash imkonini

beradi.


background image

`

80

Kelajakda e-darsliklar va boshqa raqamli ta’lim resurslari optika fanini o‘qitishda asosiy

vositalardan biriga aylanishi kutilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, raqamli ta’lim
vositalari o‘quvchilarga ko‘proq interaktivlik va vizual tajriba taqdim etadi. Optika kabi
murakkab fanlar, ayniqsa, ko‘rgazmali hodisalarga asoslangan bilimlarni talab qiladi. Masalan,
yorug‘lik refleksiyasi yoki interferensiyasi kabi murakkab jarayonlar e-darsliklar yordamida
3D modellari, animatsiyalar, simulyatsiyalar orqali o‘quvchilarga ko‘rsatiladi, bu esa nazariy
tushunchalarni tushunishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Raqamli texnologiyalar, xususan, e-darsliklar, o‘quvchilarni faol va mustaqil o‘rganishga

undaydi, chunki ular dars materiallarini istalgan vaqtda qayta ko‘rib chiqish va interaktiv
vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning tahlil qilish,
solishtirish va yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan,
o‘quvchi o‘ziga mos keladigan tezlikda, o‘ziga qulay vaqtda tajribalar o‘tkazish yoki murakkab
masalalarni yechish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nazirov J.M. raqamli pedagogika, fizika fanini raqamli pedagogika asosida o‘qitishning

ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў. 190-194.
2.

Нарбаев А. Б. МЕДИАТАЪЛИМ АСОСИДА ИШЛАБ ЧИҚИЛГАН “АТОМ ФИЗИКАСИ”

ЭЛЕКТРОН ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМАСИНИНГ ТУЗИЛИШИ ВА ДИДАКТИК ИМКОНИЯТЛАРИ: DOI:
https://doi. org/10.53885/edinres. 2021.74. 77.051//Образование и инновационные
исследования международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 1-Махсус сон.
– С. 160-164
3.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida “Fizika va astronomiya”

ta’limining uzviyligini ta’minlash konsepsiyasi. Toshkent, 2021yil.
4.

Yo‘ldasheva, G. Fizika fanini o‘qitishda dasturiy vositalar va virtual laboratoriyalar.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(6), 612-616.
5.

Nazirov J.M, Nazarov B.J, ‘‘RAQAMLI PEDAGOGIKA. RAQAMLI PEDAGOGIKA

QULAYLIKLARI VA UNI JORIY ETISHDAGI MUAMMOLAR’’ Journal of Effective
innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 259-264.

https://innovativepublication.uz/index.php/jelsi/article/view/566

6.

N.S.Sayidova. “PEDAGOGIK FAOLIYATDA RAQAMLI KOMPETENSIYALAR” O‘QUV–

USLUBIY MAJMUA Buxoro – 2024
7.

Finlyandiyaning “Raqamli xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida”gi qonuni (306/2019)

8.

Bed Prasad Dhakal: Digital Pedagogy: An effective Model for 21st Century Education

9.

Nazirov J.M, Nazarov B.J, Chorshanbiyeva N.A. Organization of Teaching Methodology for

Future Physics Teachers Based on Digital Pedagogy// BEST JOURNAL OF INNOVATION IN
SCIENCE,

RESEARCH

AND

DEVELOPMENT//77-81//

https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1772

10.

Nazirov J.M, OPTIKA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI RESURSLAR VA MULTIMEDIA

VOSITALARINING INTEGRATSIYASI//NamDU// Ilmiy.Axborotnomasi.2025-2-son

Библиографические ссылки

Nazirov J.M. raqamli pedagogika, fizika fanini raqamli pedagogika asosida o‘qitishning ahamiyati. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў. 190-194.

Нарбаев А. Б. МЕДИАТАЪЛИМ АСОСИДА ИШЛАБ ЧИҚИЛГАН “АТОМ ФИЗИКАСИ” ЭЛЕКТРОН ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМАСИНИНГ ТУЗИЛИШИ ВА ДИДАКТИК ИМКОНИЯТЛАРИ: DOI: https://doi. org/10.53885/edinres. 2021.74. 77.051//Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 1-Махсус сон. – С. 160-164

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida “Fizika va astronomiya” ta’limining uzviyligini ta’minlash konsepsiyasi. Toshkent, 2021yil.

Yo‘ldasheva, G. Fizika fanini o‘qitishda dasturiy vositalar va virtual laboratoriyalar. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(6), 612-616.

Nazirov J.M, Nazarov B.J, ‘‘RAQAMLI PEDAGOGIKA. RAQAMLI PEDAGOGIKA QULAYLIKLARI VA UNI JORIY ETISHDAGI MUAMMOLAR’’ Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 259-264.

N.S.Sayidova. “PEDAGOGIK FAOLIYATDA RAQAMLI KOMPETENSIYALAR” O‘QUV–USLUBIY MAJMUA Buxoro – 2024

Finlyandiyaning “Raqamli xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida”gi qonuni (306/2019)

Bed Prasad Dhakal: Digital Pedagogy: An effective Model for 21st Century Education

Nazirov J.M, Nazarov B.J, Chorshanbiyeva N.A. Organization of Teaching Methodology for Future Physics Teachers Based on Digital Pedagogy// BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT//77-81// https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1772

Nazirov J.M, OPTIKA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI RESURSLAR VA MULTIMEDIA VOSITALARINING INTEGRATSIYASI//NamDU// Ilmiy.Axborotnomasi.2025-2-son