`
72
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ULARNI INSON HAYOTIGA TA’SIRI
Tlavadinov Og‘abek Zuxriddin o‘g‘li
Farg‘ona Davlat Texnika Universiteti
Dasturiy Injinering va Kiberxavfsizlik fakulteti
Axborot xavfsizligi yo`nalishi 642-24 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15424197
Annotatsiya
Ushbu maqolada, texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’sirlari, ularning kommunikatsiya,
tibbiyot, va shaxsiy hayotga qanday o‘zgarishlar kiritganligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada
zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari va xavflari, shuningdek, ularning kundalik
hayotdagi o‘rni va jamiyatga ta'siri muhokama qilinadi. Texnologiyalarning to‘g‘ri va
ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi zarurligi haqida ham fikr bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
zamonaviy texnologiyalar, kommunikatsiya, internet, sun'iy intellekt,
tibbiyot, ijtimoiy tarmoqlar, xavfsizlik, maxfiylik, kiberjinoyatlar.
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar dunyo bo‘ylab tez rivojlanmoqda. Ular
odamlarning kundalik hayotini o‘zgartirib, turli sohalarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu
texnologiyalar ishlash uslublarini, muloqot qilishni va hatto odamlar o‘rtasidagi
munosabatlarni ham o‘zgartirmoqda. Smartfonlar, kompyuterlar, internet, sun’iy intellekt va
boshqa innovatsiyalar hayotimizning ajralmas qismiga allaqqachon aylanib ulgurgan desak
ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Quyida zamonaviy texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’sirlarini ko‘rib chiqamiz.
Zamonaviy texnologiyalarning birinchi va eng muhim ijobiy jihatlaridan biri- kommunikatsiya
sohasidagi o‘zgarishlardir. Internet va mobil telefonlar yordamida odamlar bir-birlari bilan tez
va qulay muloqot qilmoqda. Masofaviy ishlash, o‘qish va yangiliklar olish osonlashdi. Onlain
ta’lim, videokonferensiyalar, va ijtimoiy tarmoqlar biznes va shaxsiy hayotda ko‘plab
o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Texnologiyalar shuningdek, tibbiyot va ta’lim sohalarida katta yutuqlarga erishishga
imkon yaratmoqda. Yangi tibbiy asbob-uskunalar, davolash usullari va sun’iy intellekt tibbiy
tashxis qo‘yishda va davolashda yordam berishi mumkin[3]. Masalan, robot-xirurglar jarrohlik
amaliyotlarini yanada aniqroq va xavfsizroq qilishga yordam beradi. Yevropaning ko‘plab
rivojlangan davlatlarida robotlar nozik jarrohlik ishlarini ham bajarishmoqda.
Ta’lim sohasiga keladigan bo‘lsak, zamonaviy tehnologiyalar yordamida inson hohlagan
adabiyotidan, darslik va qo`llanmalaridan internet orqali qulay foydalanishmoqda. Bu esa bilim
olishni sezilarli osonlashtiradi[4].
Bizning universitetimiz ham aynan shu sohaga ixtisoslashtirilganligi universitetimiz
talabalariga ayni muddao hisoblanadi. Chunki zamonaviy kasblarning rivojlanishi bilan
mamlakat ham beixtiyor rivojlanadi. Bizning yo‘nalishimiz uchun rivoji uchun qilinyotgan
ishlar ham buni yaqqol misoli bo‘la oladi. Ya’ni axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik
markazlarini ochilishi yangi imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi.
Zamonaviy texnologiyalarning salbiy ta’sirilarini ko‘ib chqadigan bo‘lsak,
Internet va
ijtimoiy tarmoqlar ba'zan odamlar o‘rtasidagi real munosabatlarni pasaytiradi[5]. Ko‘p vaqtni
ekranga qarab o‘tkazish, jamiyatda yolg‘izlik va ruhiy salomatlik muammolariga olib kelishi
mumkin. Shuningdek, ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiylik masalalari ham tobora muhim
`
73
bo‘lib bormoqda. Hakerlar, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va boshqa kiberjinoyatlar xavfi
kundan-kun ortib bormoqda[1].
Texnologiyalarni noto‘g‘ri qo‘llash, shu jumladan bolalar va o‘smirlarni noto‘g‘ri
axborotdan himoya qilmaslik, ularga zarar yetkazishi mumkin. Ammo, yuqorida
ta’kidlaganimdek, axborot xavfsizligiga qaratilayotgan e’tibor va uni rivojlanishi uchun
qilinayotgan ishlar bunday noxush ishlar bo‘lmasligini ta’minlab beradi. Chunki yaratilayotgan
sharoit va imkoniyatlardan foydalanib, tahsil olayotgan universitetimizning ko‘plab iqtidorli
talabalari kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda katta natijalarga erishishlari mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar hayotimizni osonlashtirishda, samarali ishlashda va yangi
imkoniyatlar yaratishda katta rol o‘ynaydi. Lekin ularning salbiy ta'sirlariga ham e’tibor berish
zarur. Texnologiyalarni me’yorida va ehtiyotkorlik bilan ishlatish, ularning ijobiy tomonlaridan
foydalangan holda salbiy ta’sirlaridan saqlanish mumkin. Buning uchun har bir insonning jiddiy
va mas’uliyatli yondashuvi muhimdir[2].
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev, Sh. M. (2021). Yoshlar va raqamli jamiyat: O‘zbekistonda yangi avlodni
tarbiyalash masalalari (Prezidentning nutqi). Tashkent: O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti.
2.
Iskandarov, S. (2018). Zamonaviy texnologiyalar va jamiyat: O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent.
3.
O‘rozov, B. (2020). O‘zbek adabiyotida texnologiya va ilm-fan tasviri. Fan va texnologiya
nashriyoti, Toshkent.
4.
Abdullaev, A. (2019). Zamonaviy ta'lim va texnologiyalarning o‘zaro aloqasi. O‘zbekiston
Milliy Universiteti nashriyoti, Toshkent.