`
147
BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA DIVERGENT
TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH
Adizova Nigora Baxtiyorovna
Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14279940
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilarning kreativ faoliyatlarining maqsadi,
mazmuni va jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ faoliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga
xos shakllari, usullari, vositalari aniqlandi. O‘quvchilarni kreativ faoliyat ko‘nikmalarini
rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlariga olib kirish natijasida ularda o‘quv jarayoniga nisbatan
ijobiy munosabat tajribasi shakllanishi ta’kidlab o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
divergent, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, diqqat, idrok, assotsiatsiyalar
jarayoni, tafakkur, motiv, faoliyat, ijodiy fikrlash, mustaqil, evristik, ta’lim-tarbiya, didaktik
o‘yinlar, pedagogik texnologiya.
Аннотация:
В данной статье нам удалось определить особенности цели,
содержания и процесса творческой деятельности студентов. Отмечается, что в
результате знакомства студентов с учебными ситуациями, развивающими навыки
творческой деятельности, у них происходит формирование позитивного отношения к
учебному процессу.
Ключевые слова:
дивергентное, творческое мышление, критическое мышление,
внимание, восприятие, процесс ассоциаций, мышление, мотив, деятельность,
творческое мышление, самостоятельное, эвристическое, обучение, дидактические
игры, педагогическая технология.
Abstract:
In this article, we were able to determine the specific features of the purpose,
content and process of students' creative activities. The process of formation of creative
activity in elementary school students is organized as specific educational situations and
embodies the mechanisms of student personality development. As a result of introducing
students to educational situations that develop creative activity skills, it is noted that they
experience the formation of a positive attitude towards the educational process.
Key words:
divergent, creative thinking, critical thinking, attention, perception,
association process, thinking, motive, activity, creative thinking, independent, heuristic,
learning, didactic games, pedagogical technology.
Kirish.
Respublikamiz ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni
shakllantirish masalasi jamiyat a’zolari uchun mustaqil fikrlash, o‘z qarashlari va nuqtayi
nazarlarini bayon qilish imkoniyati sifatida baholanmoqda. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “jismonan sog‘lom,
ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi
nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi yo‘nalishlar
belgilangan. Ana shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishda
oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy
layoqatlarini barvaqt aniqlashning didaktik tizimini yaratish, nazariy metodik jihatdan
`
148
asoslash hamda bunda ijodiy faoliyatni tashkil etish metodlarini qo‘llashga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayonning didaktik shart-sharoitlarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb
etadi[2.103-108-b].
Kreativ, ya’ni kreativ faollik keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, shaxs bilan bir qatorda
jamiyat taraqqiyotini ham ta’minlaydi. Insonning ijodiy, yaratuvchilik faolligi uning kundalik
hayotida namoyon bo‘ladi. Jamiyat hayotida ijod ilm-fan va
san’atda yangi topilmalar, ixtirolarning vujudga kelishini ta’minlaydi. Buning natijasida
yangi ijtimoiy dasturlar vujudga keladi. Kreativlik (ijodiylik) (lot. creation – yaratuvchanlik,
ijodkorlik) –qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish,
fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon; shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va
qabul qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy qobiliyati.
Kreativlik shaxsning ijodiy layoqatlari bilan bevosita bog‘liq. Kreativlikni o‘rganishda 2
turdagi metodlardan foydalaniladi: 1. Shaxsning ijodiy layoqatlarini tashxislashning kam
shakllangan metodlari yordamida o‘rganish. Ular sirasiga kuzatish, suhbat, ijodiy faoliyat
natijalarini tahlil qilish, biografik metodlarni kiritish mumkin. 2. Kreativlikni qat’iy tarzda
ishlab chiqilgan metodlar yordamida tatqiq qilish. Dj.Gilford o‘tgan asrning 50-yillarida
kreativlikning 16 ta belgisini ajratib ko‘rsatgan edi. Mazkur belgilar intellektual testlar
yordamida aniqlanmaydi: 1. Fikrning jadalligi – vaqt bilan fikrning uyg‘unligida vujudga
keladigan g‘oyalar, bir g‘oyadan ikkinchi bir betakror g‘oyaga o‘tish layoqati, standart
g‘oyalardan farqli g‘oyalarni vujudga keltirish layoqati. 2. Farazlarni ishlab chiqish layoqati va
uning vujudga kelishiga turtki bermaydigan, mantiqiy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lmagan
holatlar 3. Qiziquvchanlik – atrof-olamdagi muammolarga nisbatan sezuvchanlik. Dj.Gilford
bularning barchasini divergent tafakkurning tavsifi sifatida asoslagan [3.191-204-b].
Divergent tafakkur muammolar ochilganda, kashf etilganda vujudga kelganda, biroq shaxsda
uni yechish layoqati mavjud bo‘lmaganda hosil bo‘ladi. Konvergent tafakkur – oddiy mantiqiy
yechimlardan iborat bo‘lib, u allaqachon ma’lum bo‘lgan yechimlarga tayanadi. Bunda
o‘qituvchi topshiriqlarni muayyan shaklga keltiradi. Ko‘plab mutaxassislar ijodiy layoqat va
shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammolarini tadqiq qilganlar. Biroq kretivlikni
tashxislash sohasida ilmiy tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmagan. Faqatgina
D.B.Bogoyavlenskayaning tadqiqotlarida bu yo‘nalishda ayrim fikrlar ilgari surilgan. U ijodiy
layoqatning asosiy ko‘rsatkichi sifatida “intellektual tashabbus”ni ajratgan. Bogoyavlenskaya
intellektual tashabbusni aqliy layoqat hamda shaxsning motivli tarkibi sifatida baholagan.
Mazkur layoqat ijodkor shaxsning davomli fikriy operatsiyalar jarayonida o‘z oldiga qo‘ygan
vazifalarni yechishida namoyon bo‘ladi. D.B.Bogoyavlenskayaning g‘oyalari asosida kreativ
fikrlash ko‘lami tushunchasi vujudga keldi. Bu esa o‘quvchilarda tashqi ta’sirlarsiz ijodiy
g‘oyalarning vujudga kelishi va uning nazariy jihatdan umumlashtirilishiga imkoniyat
yaratadi. Axborotlar ko‘lami kengayayotgan bugungi kunda o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni
hamda kreativ faollikni shakllantirish zarurati kuchaymoqda. Shubhasiz, har qanday faoliyatni
amalga oshirish jarayonida muayyan miqdordagi bilimlarni shunchaki o‘zlashtirish emas,
balki ulardan amalda foydalanish kompetensiyalarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksariyat olimlar kreativlikni shaxsning mustaqilligini baholovchi omil sifatida baholaganlar.
Kreativ faollik o‘quvchilarga ta’lim berish natijasida vujudga keladi. Boshlang‘ich sinf
`
149
o‘quvchilarining kreativ layoqatlari quyidagi tarkibiy qismlarga ega: ijodiy tafakkur, ijodiy
idrok, ijodiy faoliyatni tashkil etish metodlarini qo‘llash kabilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ faolliklari tarkibi yaxlit integrativ birlik
sifatida o‘zida dunyoqarashga asoslangan, maylli, mazmunli-jarayonli, hissiy-ixtiyoriy va
tahliliy qismlarni mujassamlashtiradi. Shuningdek, kreativ faoliyat tarkibida o‘quvchilarning
tahliliy faoliyatlari alohida o‘rin egallaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni
shakllantirish jarayoni muayyan o‘quv vaziyatlari sifatida tashkil etilib, o‘quvchi shaxsini
rivojlantirish mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘quvchilarni kreativ faoliyat
ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlariga olib kirish natijasida ularda o‘quv
jarayoniga nisbatan ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
References:
1.
Abdinazarova Z.X. Pedagogik texnologiyalarning talabalar aqliy taraqqiyotiga psixologik
ta'siri.Psix.fan.nomz...diss.-Toshkent, 2012.–144b.
2.
Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped. fanl. dokt.
diss. – Toshkent, 2003. –276 b.
3.
Gilford Dj. Formirovanie divergentnogo mishleniya u studentov pedagogicheskix
spesial'nostey
v
usloviyax
sovremennogo
vuza//Vestnik
Vostochno-Sibirskoy
gosudarstvennoy akademii obrazovaniya. 2012. № 17. S. 20-23.
4.
Adizova. N.B. On the problem of scientific and theoretical research on the development
of divergent thinking of primary class students. E3S Web of Conferences 431, 09020 (2023)
ITSE-2023
5.
Adizova. N.B. Development of environmental competences of students in teaching
natural sciences methodology. E3S Web of Conferences 460, 05003 (2023) BFT-2023.