130
QORAQALPOQ XALQ DOSTONLARI TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI
Saparmatov Omar Shamurat ogli
Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar fakulteti qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim
yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582460
Annotatsiya:
Maqolada qoraqalpoq xalq dostonlarida qo‘llanilgan odam a’zolarini
ifodalovchi so‘zlarning leksik-semantik ma’nolari keng tarzda tahlil qilingan. Dostonlarda
qo‘llanilgan bu so‘zlarning qo‘llanilish xususiyati bugungi kunda tilshunoslikda qo‘llanilish
doirasi maxsus tarzda o‘rganib chiqilgan.
Tayanch so‘zlar:
lingvofolkloristika, leksikologiya, leksema, sema, inson a’zolari
atamalari.
Doston tili — og‘zaki an’anaviy xalq ijodi (folklor) janrlaridan biri bo‘lgan dostonlarning
ifoda vositasi hisoblanadi. U o‘ziga xos badiiylik, obrazlilik, poetik vositalar va xalq tiliga xos
xususiyatlarga ega. "Go‘ro‘g‘li," "G‘arib-Oshiq" va "Sayatxon-Hamira" dostonlari turkman
baxshilari tomonidan qoraqalpoq xalqi orasida keng tarqalgan. Bu dostonlarni qissaxonlar,
qoraqalpoq jirov-baxshilari o‘rganib milliy nusxalarini yaratgan. Shuning uchun ham
dostonlar tilida odam burchaklarini anglatuvchi so‘zlarda o‘g‘uz tili elementlarining
uchrashini tabiiy hodisa deb baholash mumkin.
Hozirgi qoraqalpoq adabiy tilida tana, badan, tan so‘zlari sinonimlar deb qaraladi [2.39].
Bulardan badan, tan so‘zlari ko‘proq klassik shoirlar tilida va folklorik asarlarda uchraydi.
Shuningdek, hozirgi o‘g‘uz-qarluq guruhidagi bir qator tillarda badan, ten so‘zlari qo‘llaniladi.
"Go‘ro‘g‘li," "G‘arib-Oshiq" va "Sayatxon-Hamira" dostonlarida tana so‘zining badan, tan,
lash, jasad, jism shakllarida qo‘llanganini ko‘ramiz. Bu so‘zlarni dostonlardagi o‘g‘uz tili
elementlari sifatida qaraymiz. Chunki bunday so‘zlar turkiy tillarning qipchoq guruhidagi
tillarda deyarli uchramaydi.
Doston ijrochilari asosida baxshilar bo‘lib, har bir ijrochi tomonidan dostonning
voqealariga o‘zgacha munosabat Doston ijrochilari asosida baxshilar bo‘lib, har bir ijrochi
tomonidan dostonning voqealariga o‘zgacha munosabat qilinganligini ko‘rish mumkin.
Masalan, G‘aribniyoz, Muso, Aqimbet, Sherniyoz, Jumon, Jopoq baxshilarning
oqartiruvchilarida G‘arib bilan Sanamni tasvirlashda vazminlik elga, yorga bo‘lgan vafodorlik
ustun kelsa, Qozi Mavlik variantida lirik qahramonning zamon adolatsizligiga o‘z orzu
niyatlariga erisha olmagan sof muhabbat lazzatini topa olmagan ko‘p jabr-jafo chekkan
yoshlar turmushini keng so‘z etadi.
Bu dostonning hozirgi qo‘lda mavjud to‘qqiz nusxasi va 1960-yili nashrda e’lon qilingan
nusxasi uning mustaqil variantlari bilan yetishganligidan dalolat beradi. Ulardan sakkiztasi
yozib olingan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston filialining
qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Bundan tashqari uning hali ham o‘ylagan nusxasining
borligi aniqlandi [5.9] - deb yozadi A.Alimov. Shuningdek dostonning kutubxonadagi
variantlarining o‘ziga xosligi haqida prof. Q.Maqsetov o‘zining ilmiy ishlarida buni bayon
etadi.
Dostonning 1960-yili X.Tajimuratov tomonidan nashr etilgan nusxasi bir qadar yetuk
varianti sifatida qaralib u 1985-yili qoraqalpoq folklorining ko‘p tomligining o‘n to‘rtinchi
tomida e’lon qilinadi. Doston 1930-34 yillar oralig‘ida mashhur baxshi E.Qo‘spolatovdan yozib
olingan.
131
Folklor asarlarining tilini o‘rganuvchilar asosan, folklor asarlarida uchraydigan har xil
dialektizmlarning paydo bo‘lishi, qo‘llanilish asosi nimada? - degan savollar bilan qiziqib
kelgan va har xil fikrlar bildirgan. Xususan, folklor asarlari lug‘at tarkibining tarixiy qatlamlari
va dialektizmlarning boshqa qatlamlarga oid masalalari olimlar e’tiborini tortib kelgan.
Og‘zaki ijodlarning asosi dialektda yoki dialektallik bo‘linishga kirmaydigan elementlar nima?
degan masala ustida tortishuv bu yo‘nalishdagi kelajakda qilinadigan ilmiy ishlarga turtki
bo‘ldi. Masalan, A.P.Evgenevaning fikricha, folklorning tilidagi dialektizmlar bu - og‘zaki
poetik nutqning organik elementi, A.V.Desnitskiyning ta’kidlashi bo‘yicha dialektizmlar - bu
epik poeziyaning dialektlilik, dialektizmlarning so‘nggi davrlarda ta’sir etgan ta’siri deb
ko‘rsatiladi.
Boshqa turkiy xalqlarda uchraydigan, faqat qoraqalpoqlarga xos yangi milliy doston
"Qirq qiz" dostonining tilini Sh.Abdinazimov lingvistik planda o‘rgangan. Ishda dostonning tili
har tomonlama tahlil qilinib, dostonning leksik tarkibi, undagi so‘zlarning tarixiy kelib
chiqishi, oltoy qatlami, umuman turkiy tillarga umumiy so‘zlar qatlami, uning tematik
guruhlari haqida so‘z yuritilgan. Ikkinchi bobda dostonning leksik-semantik xususiyatlari,
so‘zlarning ko‘p ma’noliligi, metafora, metanimiya, sinekdoxa, omonim, sinonim va h.k. tahlil
qilingan.
Umuman olganda, turkiy xalqlar adabiy merosi tili u yoki bu darajada o‘rganilgan,
ayniqsa, dostonlar tili bilan bog‘liq maxsus tadqiqotlar, maqolalar va monografik ishlar chop
etilgani diqqatga sazovordir. Biroq, biz obyekt qilib olgan qoraqalpoq xalq dostonlarining
tilida o‘g‘uz tili elementlarini aniqlash bo‘yicha hozirgacha maxsus ishlar qilinmaganligi uning
dolzarbligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, biz qoraqalpoq xalq dostonlari "Go‘ro‘g‘li," "G‘arib-
Oshiq" va Sayatxon-Hamira" dostonlari tilidagi o‘g‘uz tili elementlarining leksik va fonetik-
morfologik yo‘nalishda o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Ularning eski
o‘g‘uz turkman, ozarbayjon, turk va eski o‘zbek tillariga munosabatini o‘rganish o‘rinli
masalalardan biridir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Насыров Д.С. Становление каракалпакского общенародного разговорного языка и
его диалектная система. Нукус. Казан. 1976. 398 б.
2.
Қалендеров М. Қарақалпақ тили синонимлериниң қысқаша сөзлиги. Нөкис.
Қарақалпақстан, 1990.
3.
Сайтов Д. XVIII-XIX әсирлердеги қарақалпақ шайырлары шығармаларының тили.
Нөкис. Қарақалпақстан. 1989.
4.
Sarsenbayev, K. (2024). THE IMPORTANCE OF T. QAYPBERGENOV'S STORIES IN THE
RESEARCH AND DEVELOPMENT OF THE KARAKALPAK PROSE. Models and methods in
modern science, 3(6), 88-93.
5.
Sarsenbayev, K. (2024). DESCRIPTION OF HUMAN DESTINY IN THE SHORT STORIES OF
T. QAYIPBERGENOV (" SLEEPLESS NIGHTS"," SECRETS KNOWN TO YOU ALONE"). Solution of
social
problems in management and economy
,
3
(4), 154-155.