Том 4 № 18 (2025)

Том 4 № 18 (2025)
Опубликован: 29-05-2025

Статьи

4-8 30 16

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ЖИНОЯТ ИШИНИ ЮРИТИШ ЧОҒИДА УЧРАЁТГАН ҚИЙНОҚҚА СОЛИШ ҲОЛАТЛАРИ ВА УЛАРНИНГ ЮЗАГА КЕЛИШ САБАБЛАРИ

Нажмиддин Усмоналиев , Акабур Ёқубов

Мазкур мақолада бугунги кунда жиноят ишларини юритишда учраётган муаммолар, уларнинг сабаблари ва бартараф этишга оид таклиф ва мулоҳазалар ўз ифодасини топган.

9-13 77 28

QAMOQQA OLISH EHTIYOT CHORASI CHET EL TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON AMALIYOTI

Shukrullo Agoyev , Sherzod Yigitaliyev

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash asoslari va ayrim xorijiy davlatlarning qamoqqa olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik tajribalari yoritilgan.

14-17 20 47

ЮЗЛАШТИРИШ ТЕРГОВ ҲАРАКАТИ: ВОЯГА ЕТМАГАН ПРОЦЕСС ИШТИРОКЧИСИ ҚАТНАШУВИДА

Шукурулло Агоев , Асадбек Очилов

Мақолада вояга етмаганлар иштирокида юзлаштириш тергов ҳаракатини ўтказишга тайёргарлик кўришда амалга ошириладиган ҳаракатлар, тергов ҳаракатини ўтказиш давомида қўлланиладиган тактик усулларни танлаш, тергов вазиятига мос бўлган тактик усуллардан фойдаланиш, ушбу жараёнда вояга етмаган шахсга хос хусусиятларни эътиборга олиш масалалари бўйича олимларнинг фикр-мулоҳазалари таҳлил қилинган. Шулар асосида вояга етмаганлар иштирокида юзлаштириш тергов ҳаракатини ўтказиш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилган.

18-22 33 40

ТАНИБ ОЛИШ УЧУН КЎРСАТИШ ТЕРГОВ ҲАРАКАТИГА ДОИР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР ТАҲЛИЛИ

Ахроржон Аширбоев , Дилбар Сафарова

Мазкур мақолада таниб олиш учун кўрсатиш тергов ҳаракатининг ўзига хос хусусиятлари ва шу билан бир қаторда ривожланган мамлакатларнинг жиноят-процессуал қонунчилигидаги ушбу тергов ҳаракатини тартибга солувчи нормалар, шунингдек, таниб олиш учун кўрсатишнинг объект ва субъектларига доир хорижий тажрибалар атрофлича ўрганилиб таҳлил қилинган бўлиб келгусида уларни Ўзбекистон Республикаси жиноят процессуал қонунчилигига тадбиқ этиш масалалари юзасидан таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.

23-27 30 28

HODISA SODIR BO'LGAN JOYNI VIDEOYOZUV ORQALI QAYD ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Azamat Tadjiev , Ramazon Suyarov

Ushbu maqolada hodisa sodir bo'lgan joyni video yozuv orqali qayd etishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Video yozuvlarni qayd etishda joyning aniqligi, atrof-muhit sharoiti, kameraning joylashuvi va texnik xususiyatlar muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Maqola video materiallarni yaratishda yuzaga keladigan texnik va axborot xavfsizlik masalalariga ham to'xtaladi. Shuningdek, video yozuvlar orqali hodisalarni vizual va aniq tarzda qayd etishning afzalliklari va cheklovlari ko'rib chiqiladi.

28-34 61 47

IQTISODIY JINOYOTLARNI TEKGARISH XUSUSIYATLARI

Shukrullo Agoyev , Azizbek Eshkeldiyev

Maqolada iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar turli tomonlardan ko'rib chiqiladi va tahlil qilinadi.

35-37 74 31

TIL VA NUTQ SOFLIGI: TARIXIY MUAMMO SIFATIDA

Aliyeva Olmossarida

Til va nutq sofligi masalasi har doim jamiyatning madaniy va intellektual rivojlanish jarayonida muhim oʻrin tutib kelgan. Ushbu maqolada til va nutq sofligi masalasi tarixiy nuqtai nazardan koʻrib chiqilib, uning turli davrlarda jamiyat rivojiga taʼsiri tahlil qilinadi. Ayniqsa, oʻzbek tilining taraqqiyoti va sof nutqni saqlashdagi muammolar oʻrganiladi.

38-39 27 58

PEDAGOGIKANING TIBBIYOTDAGI O'RNI

Nigora Saliyeva

Ushbu maqolada pedagogikaning tibbiyotdagi o'rni va uning tibbiyot mutaxassislari, bemorlar va sog'liqni saqlash tizimidagi umumiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. Pedagogika tibbiyot sohasida nafaqat shifokorlar va hamshiralar kabi mutaxassislarga ta'lim berishda, balki bemorlarga sog'liqni saqlash bo'yicha zarur ma'lumotlarni etkazishda ham muhim rol o'ynaydi. Tibbiyot mutaxassislari uchun pedagogik metodlar va ko'nikmalarni rivojlantirish, bemorlar bilan samarali muloqot o'rnatish, hamkorlikni yaxshilash va ijtimoiy-psixologik jihatlarni hisobga olish orqali sog'liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada pedagogikaning tibbiyotdagi amaliy ahamiyati va uning sog'liqni saqlash sohasidagi rivojlanishga qo'shgan hissasi tahlil qilingan.

40-43 36 41

MITOXONDRIAL IRSIYAT ASOSIDAGI KASALLIKLAR: GENETIK XUSUSIYATLARI VA KLINIK KO‘RINISHLARI

Asilbek Isroilov , Sayfulloxon Botirxonov

Ushbu darslik materiali mitoxondrial irsiyat asosida rivojlanadigan kasalliklarning genetik xususiyatlari, patomorfologik o‘zgarishlari va klinik ifodalanishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mitoxondriyalar hujayra energiyasini ishlab chiqarishda markaziy rol o‘ynaydi, ularning DNKsi esa faqat onalik yo‘li orqali nasldan-naslga o‘tadi. Mitoxondrial DNKdagi mutatsiyalar hujayra metabolizmining buzilishiga olib kelib, asosan energiyaga ehtiyoji yuqori bo‘lgan to‘qimalar – asab, mushak, yurak, ko‘z va buyrak tizimlarini zararlaydi. Ushbu kasalliklar ko‘pincha polimorf belgilar bilan namoyon bo‘lib, tashxis qo‘yishda klinik, laborator, morfologik va molekulyar-genetik yondashuvlar zarur bo‘ladi. Darslikda mitoxondriyalarning tuzilishi, genetik mexanizmlari, geteroplazmiya tushunchasi, shuningdek, MELAS, LHON va Kearns-Sayre kabi sindromlarning asosiy belgilariga chuqur yondashilgan. Patologik anatomiya fanining asosiy tamoyillariga tayangan holda mushak biopsiyasi va boshqa gistologik tahlillar orqali tashxislash usullari yoritilgan. Ushbu ma’lumotlar talabalar uchun mitoxondrial kasalliklarning molekulyar asoslari va klinik jihatlarini tushunishda muhim manba hisoblanadi.

44-47 34 17

YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI ETIOLOGIYASI, KLINIKASI, DIAGNOSTIKASI, PROFILAKTIKA VA DAVOLASH USULLARI

Asilbek Isroilov , Marufjon Rahmonaliyev

Yurak ishemik kasalliklari (YIK) – bu yurak mushaklarining kislorod bilan yetarli darajada ta’minlanmasligi natijasida yuzaga keladigan, keng tarqalgan va o‘limga olib keluvchi yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan biridir. Mazkur maqolada YIKning asosiy shakllari, tarqalish statistikasi, klinik ko‘rinishlari, diagnostika usullari, profilaktika choralar hamda zamonaviy davolash usullari batafsil yoritilgan. Diagnostikada EKG, exokardiografiya, stress testlar va koronar angiografiya muhim rol o‘ynaydi. Profilaktika choralari ichida sog‘lom ovqatlanish, chekishni tashlash, muntazam jismoniy faollik, qon bosimi va xolesterin darajasini nazorat qilish asosiy o‘rin tutadi. Dori vositalaridan aspirin, statinlar, betta-blokatorlar va nitratlar keng qo‘llaniladi. Jarrohlik davolash usullari sifatida koronar shuntlash va angioplastika bilan stent o‘rnatish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola yurak ishemik kasalliklarini erta aniqlash, oldini olish va samarali davolash bo‘yicha tibbiy xodimlar hamda keng jamoatchilik uchun muhim axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada statistik ma’lumotlar asosida kasallik xavfi va profilaktikaning dolzarbligi asoslab berilgan.

48-51 33 43

ARTERIAL GIPEREMIYA: PATOLOGIK ANATOMIYA VA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR TAHLILI

Asilbek Isroilov , Dildora Valixonova

Ushbu maqolada arterial giperemiya – to‘qimalarda arterial qon oqimining ortishi bilan kechuvchi patologik jarayon sifatida yoritilgan. Maqola patologik anatomiya faniga asoslangan bo‘lib, arterial giperemiyaning etiologiyasi, patogenezi, morfologik belgilariga chuqur tahlil berilgan. Ma’lumki, arterial giperemiya ko‘pincha yallig‘lanish jarayonining boshlanish bosqichida yoki fiziologik sharoitlarda kuzatiladi. Ammo patologik sharoitda uning rivojlanishi qator kasalliklar, xususan, infeksiyalar, travmalar, o‘sma jarayonlari va autoimmun holatlarning klinik belgilari bilan bog‘liq. Morfologik jihatdan bu holat kapillyar va arteriolalarning kengayishi, to‘qimalarning qizarganligi, haroratning ko‘tarilishi, endotelial shish va eritrotsitlar to‘planishi bilan xarakterlanadi. Klinik amaliyotda arterial giperemiyani to‘g‘ri aniqlash yallig‘lanish, regeneratsiya va neoplastik jarayonlarni erta bosqichda tashxislashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada arterial va venoz giperemiyalar o‘rtasidagi farqlar ham keltirilib, ushbu holatlarni differensial diagnostika qilish mezonlari bayon qilingan. Ushbu tahliliy maqola talabalarga, shifokorlarga va patolog-anatomiya sohasi vakillariga arterial giperemiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglashda yordam beradi.

52-56 46 86

ISITMA ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHISHI VA PATOGENEZI

Asilbek Isroilov , Nodira Turg‘unova

Ushbu maqolada isitmaning (pyreksiyaning) etiologiyasi, klinik kechishi va patogeneziga oid dolzarb jihatlar patologik anatomiya fani doirasida keng yoritilgan. Isitma organizmning yallig‘lanish, infeksion yoki toksik omillarga javoban rivojlanadigan kompleks himoya va moslashuv reaksiyasi bo‘lib, uning asosida termoregulyatsiya markazining o‘zgarishi yotadi. Maqolada isitmaga olib keluvchi asosiy sabablar sifatida infeksion agentlar (bakteriyalar, viruslar, parazitlar), immun reaksiyalar, onkologik jarayonlar, dori vositalari va metabolik buzilishlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, isitmaning rivojlanish mexanizmlari (pirogenlarning roli, prostaglandin E2 ishtiroki) ilmiy asosda yoritilgan. Klinik belgilari bosqichma-bosqich tahlil qilinib, isitmaning turlari – doimiy, to‘lqinsimon, hektik, intermittent va atipik isitmalar ajratib ko‘rsatilgan. Maqolada isitmaning patologik anatomik o‘zgarishlari, ya’ni yurak, jigar, buyrak, asab tizimi va qon aylanish tizimida yuzaga keluvchi morfologik o‘zgarishlar keng bayon etilgan. Ushbu ilmiy ish tibbiyot sohasi mutaxassislari, talabalar va tadqiqotchilar uchun nazariy hamda amaliy jihatdan foydali manba hisoblanadi.

57-60 39 64

DISTROFIYA: PATOLOGIK ANATOMIYA ASOSLARI VA TO‘QIMA O‘ZGARISHLARI

Asilbek Isroilov , Sayyoraxon Nosirova

Ushbu maqolada distrofiya tushunchasi, uning patogenetik mexanizmlari va patologik anatomiya nuqtai nazaridan o‘rganilishi ko‘rib chiqilgan. Distrofiya — bu hujayralarning oziqlanish va metabolizmi buzilishi natijasida yuzaga keladigan surunkali degenerativ jarayon bo‘lib, ayniqsa mushak, yog‘, nerv va ichki organ to‘qimalarida keng tarqalgan. Maqolada distrofiya turlari, jumladan mushak distrofiya, yog‘ to‘qimasi distrofiya, nerv to‘qimasi va ichki organlardagi distrofiya jarayonlarining makro va mikroskopik o‘zgarishlari tahlil qilingan. Patologik anatomiya fani yordamida distrofiya mexanizmlarini aniqlash, to‘qimalardagi o‘zgarishlarni tasvirlash va kasalliklarni tashxislashda qo‘llaniladigan usullar yoritilgan. Shuningdek, maqolada distrofiya rivojlanishida genetik, metabolik, ishemik va toksik omillarning roli ta’kidlangan. Distrofiya jarayonlarining patologik anatomiya asosida o‘rganilishi kasalliklarning erta tashxisi va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari kasalliklarning oldini olish va profilaktika choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola tibbiyot, biologiya va patologik anatomiya sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

61-63 46 130

O’ZBEK TILINING LUG’AT TARKIBI

Ravshana O’rinova

Maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibi — ya’ni tilning leksik boyligi va uning shakllanish manbalari chuqur o‘rganiladi. Unda so‘zlarning kelib chiqishi, tarixiy qatlamlari, shuningdek, zamonaviy hayot va texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi leksik birliklar yoritiladi.

64-67 265 413

O`ZBEK TILI TARIXI. O`ZBEK TILINING TARIXIY ILDIZLARI. O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOT BOSQICHLARI

GAVHAR OLTIYEVA

Ushbu maqolada o`zbek tarixi, ildizlari, o`zbek adabiy tilining rivojlanish bosqichlari, turkiy til rivojiga hissa qo`shgan olim, mutafakkirlarimizning tarixdagi o`rni, beqiyos asarlari hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi haqidagi faktlarni o`rganamiz.

68-70 70 24

“SADDI ISKANDARIY” ASARINI MATN ASOSIDA ANGLASH

Ruxshona Olimova

Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sining beshinchi dostoni – “Saddi Iskandariy” asari matn asosida tahlil qilinadi. Asarda Iskandar obrazining ikki yo‘nalishi – tarixiy-harbiy faoliyati va donishmandlik-falsafiy timsoli alohida e’tibor bilan yoritiladi. Dostonning ikki qismli tuzilmasi – “Iskandarnoma” tarkibiy jihatdan tahlil qilinib, ularning voqeaviy, axloqiy va tasavvufiy mazmuni ochib beriladi. Asarda Iskandarning donishmandlar bilan muloqotlari, tasavvufiy ramzlar, adolat va sabr haqidagi hikmatlar, voqealarning ramziy ifodasi, badiiy til va uslub xususiyatlari matn asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, asarning zamonaviylik nuqtayi nazaridan dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqotda doston voqealarining aniq ketma-ketligi, badiiy vositalari va chuqur g‘oyaviy qatlamlari asosida anglashga urg‘u beriladi.

71-74 38 63

SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

S.Sh. Muminova

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning sog‘liqni saqlash tizimini optimallashtirishdagi roli hamda ularning milliy iqtisodiyotga rivojlantirishdagi o‘rni kabi masalalar o‘rin olgan. Tibbiyotdagi raqamli innovatsiyalar tibbiy yordamning foydalanuvchanligi va sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, tibbiyot muassasalarining ish samaradorligini oshiradi va sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Telemeditsina, elektron tibbiy yozuvlar, analitik tizimlar va sun’iy intellekt kasalliklarni tashhislash, davolash va monitoringini yaxshilashga imkon beradi, bu esa tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtini qisqartirishga hamda aholi hayoti sifatini oshirishga olib keladi. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlashdagi raqamli texnologiyalarga kiritilgan sarmoyalar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga sabab bo‘layotgani va tibbiyot sohasida innovatsiyalarning rivojlanishiga yordam berishi masalalari yoritilgan.

75-77 21 14

СТРУКТУРНО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ И ПРАГМАТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ

Шахноза Жураева

Данная статья посвящена исследованию названий художественных произведений с точки зрения их структурно-семантических и прагматических характеристик. Названия играют важную роль в формировании первого впечатления читателя, а также отражают жанровую и смысловую специфику текста. В работе рассмотрены функции названий, их лексико-грамматические особенности и прагматические стратегии. Исследование основано на анализе названий современных зарубежных произведений и учитывает подходы международных исследователей. Результаты показывают, что названия всё чаще становятся инструментом речевого воздействия и содержат элементы культурного кода.

78-79 32 14

ТЕХНИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ТАЛАБАЛАРИНИНГ ЎҚУВ-БИЛУВ ФАОЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК АССОСЛАРИ

Айзада Сапарова

Мазкур мақолада техника олий таълим муассасаларида талабаларнинг ўқув-билув фаолиятини ривожлантиришга оид педагогик асослар илмий таҳлил қилинган. Муаллиф ўқув фаолияти тушунчаси, унинг таълим тизимидаги ўрни ва мазмунини очиб беради, шунингдек, таълим жараёнини самарали ташкил этишда методологик, психология-педагогик, ахборот-технологик ва ахлоқий-маънавий шарт-шароитларнинг аҳамиятини ёритади.

80-83 42 32

РОЛЬ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ИННОВАЦИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ УСТОЙЧИВОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА

Фарангиз Тенгелова , Мунисахон Махамедова , Фарангиз Неъматова

В статье рассматривается значение экологических инноваций как ключевого фактора устойчивого экономического развития. Особое внимание уделено государственной политике Узбекистана в этой сфере, включая инициативы Президента Республики Узбекистан, направленные на создание «зеленой экономики», внедрение энергоэффективных технологий и устойчивое управление природными ресурсами.

84-86 23 18

ZAMONAVIY TA’LIMDA INNOVATSIYA YARATISH: MAQSADLI BILIMGA YO‘L

Dilnoza Xalbaeva

XXI asrda axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim sohasida ham tub o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Za’monaviy ta’lim endi an’anaviy o‘qitish usullari bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda innovatsiya — bu ta’limning asosiy drayveri, yani unga harakat beruvchi kuchidir.  Innovatsiya ta’lim sifati, samaradorligi va shaxs rivojiga qaratilgan maqsadli bilimni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

87-88 35 20

THE IMPORTANCE OF READING BOOKS FOR LEARNING A FOREIGN LANGUAGE

This scientific paper examines the role of reading books in the acquisition of a foreign language. It provides an analysis of how consistent exposure to written texts contributes to the improvement of lexical knowledge, syntactic awareness, and overall language fluency. The study also highlights the importance of authentic input and contextualized grammar found in literary materials, which support long-term language retention. Furthermore, it emphasizes how reading fosters intercultural competence by introducing learners to cultural references, idiomatic expressions, and real-world language usage. The paper concludes that integrating reading into language learning curricula significantly enhances linguistic and communicative competence.

89-92 17 32

GENDER TENGLIK VA AYOLLAR HUQUQLARI: GLOBAL VA MAHALLIY MUAMMOLAR TAHLILI

Zarnigor Jabbarova

Ayollar huquqlari va gender tengligi masalasi bugungi kunda global miqyosda eng dolzarb muammolardan biridir. So‘nggi o‘n yilliklarda ushbu sohada sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning ta’kidlashicha, ayollar huquqlari yangi tahdidlar tufayli tobora ko‘proq xavf ostida qolmoqda. Raqamli vositalarning rivojlanishi, iqtisodiy tengsizlik, gender asosidagi zo‘ravonlik va siyosiy qutblanish kabi omillar ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xalaqit bermoqda. Ushbu tezisda global va mahalliy kontekstda ayollar huquqlari va gender tengligi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekiston misolida mamlakatdagi gender tengligi holati va uni yaxshilash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot BMT, Equal Measures 2030, Jahon banki va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.

93-95 37 17

THE ROLE OF AI TOOLS IN TEACHING ENGLISH LANGUAGE IN HIGHER EDUCATION

Zarnigor Mirzayeva

AI tools are transforming English language teaching in higher education by enabling personalized instruction, instant feedback, and adaptive learning. This paper looks at how artificial intelligence (AI) is used in English language teaching (ELT) by reviewing recent studies. It examines the benefits and challenges of tools like smart tutoring systems, automated grading software, and language processing applications. The review shows that while these tools can improve teaching quality and help students become more independent learners, their success depends on having the right technology, trained teachers, and teaching methods that support their use. The paper also gives suggestions on how to include AI in ELT courses and help universities prepare for future changes in technology.

96-97 75 27

MARGINALLIK KONSEPSIYASINING EVOLUTSIYASI

Fotima Iskandarova

Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy va madaniy tizimlarning tezkor o’zgarishi ayrim guruh va shaxslarning ijtimoiy tuzilmalardan chetga chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holat marginallik deb ataladi. Marginallik — bu shaxsning ikki yoki undan ortiq ijtimoiy tizim o’rtasida muvozanatsiz holatda qolishi, o’zini to’laqonli biror guruhga mansub his qila olmasligi bilan xarakterlanadi.

98-101 14 38

TADBIRKORLIK HUQUQIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING VA INNOVATSIYALAR JORIY QILISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Javohir Sattorov

Globallashuv va raqamli transformatsiya davrida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, ayniqsa, tadbirkorlik sohasida texnologik yondashuvlar keskin rivojlanmoqda. Tadbirkorlik faoliyati endilikda an’anaviy shakllar bilan cheklanmay, zamonaviy raqamli vositalar va innovatsion g‘oyalar yordamida amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar tadbirkorlik huquqining o‘zini ham chuqur ta’sir ostida qoldirdi. Endilikda huquqiy munosabatlar, shartnoma tuzish, yuridik shaxs tashkil etish, soliq to‘lovlari, intellektual mulkni muhofaza qilish kabi barcha jarayonlarda raqamli texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda. Tadbirkorlik huquqi — bu yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik yuritish faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy sohadir.

102-104 39 28

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Odil Parpiyev

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrni yozma bayon eta olishlari va bunday vazifalarni amalga oshirish har doim dolzarb vazifa sanalgan. Maqolada fikrni yozma bayon etish masalasida tilshunos olimlar: Nunan, Braun, Xarmer, S.Matchonov, Ramzayevalarning fikrlari bayon qilinib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma nutqni shakllantirishdagi ustuvor vazifalar bayon qilingan.

105-108 36 55

ADABIYOT DARSLARIDA RUBOIYNI SHARHLAB O‘QITISHNING AFZALLIKLARI

Matluba Norbaboyeva

mazkur maqolada mumtoz adabiyotda sharhlab o‘qitish tushunchasi va uning foydalari, ruboiy janrining shakl va mazmun, vazn xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek Navoiy ijodidan ruboiyini sharhlab o‘qitish misol qilib keltirilgan.

109-112 95 38

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA D LOYIHALASH TA’LIM TAMOYILIDAN FOYDALANISH

Mahliyo Haydarqulova

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda loyihalash ta’lim tamoyili asosida  tashkil etiladigan darslar, ta’lim jarayonini loyihalashni bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z boradi. Loyihaga asoslangan o'qitish metodikasi yordamida o’qituvchi dars jarayonini qiyinchiliklarsiz va qiziqarli o’tkazadi va o'quvchilar loyiha ishlarida faol ishtirok etishi natijasida yuz beradigan foydalar izohlanadi.

113-117 45 28

CHALLENGES OF TRANSLATING UZBEK CULTURAL IDIOMS INTO ENGLISH

Fariza Umarova , Iroda Roziqova

The translation of Uzbek cultural expressions into English has gained increasing significance in recent years due to the development of global communication and intercultural dialogue. The Uzbek language stands out with its rich lexical treasury, proverbs, aphorisms, and idiomatic expressions that reflect the national worldview. These expressions not only enrich the semantic layer of the language but also encapsulate the history, value system, and lifestyle of the Uzbek people. However, translating these expressions into English presents numerous linguistic, cultural, and practical challenges, making it difficult to produce accurate and contextually appropriate translations.

118-119 25 15

APPLYING CHATGPT AS A TEACHING AID IN EDUCATIONAL ACTIVITIES

Sultonbek Ibragimov

In the modern educational process, digital technologies and artificial intelligence tools are fundamentally changing the process of students' learning. In particular, advanced artificial intelligence systems such as ChatGPT are creating new opportunities in education. This article provides information on the use of ChatGPT as a teaching aid in educational activities, its advantages, capabilities and impact on the educational process.

120-123 17 7

THE SIGNIFICANCE OF PHONETIC TRAINING IN ENHANCING ENGLISH LANGUAGE SKILLS

Mirzorahmat Mirzoabosov , Sh. Ismoilova

The function of phonetic training in helping non-native speakers improve their English language proficiency is examined in this article. Although they are frequently disregarded in conventional language training, pronunciation and phonological proficiency are essential for speaking fluently, listening comprehension, and general communicative competence. English language learners in both formal and informal learning settings participated in a mixed-methods study that served as the basis for the research provided here. The findings show that oral fluency, listening comprehension, and pronunciation all significantly increase with regular, targeted phonetic training. Along with providing useful advice for teachers looking to enhance their students' communicative ability through focused phonetic interventions, the study emphasizes the importance of integrating systematic phonetic instruction within English language curriculum.

124-126 20 18

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TIL O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MONTESSORI METODIKASINING ASOSIY ELEMENTLARI VA ULARNING TA’LIM JARAYONIGA TA’SIRI

Mahbuba Yusupova

Ushbu maqola Montessori metodikasi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqotda Montessori pedagogikasining asosiy elementlari – ko‘p sezgili didaktik materiallar, mustaqil faoliyat, individual yondashuv va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir – til o‘rganishda qanday samarali vosita ekanligi ko‘rsatildi. Shuningdek, ushbu metodikaning o‘quvchilarning so‘z boyligi, gap tuzish, nutq ravonligi va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni ham yoritildi. Maqola boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirish uchun amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

127-129 19 6

THE IMPACT OF MODERN TECHNOLOGY IN THE KINDERGARTEN

I. Erkinjonova, G. Mirzayeva

Technology is one of the momentous thing which is playing the major role in the life of humanity.  It affects to education, especially to preschoolers. This abstract explored  the impact of modern technology in kindergarten education. The use of technology in kindergarten classrooms has become increasingly prevalent in recent years, with modern techniques. Nowadays there are various high-tech gadgets are used in most of kindergartens. There were both negative and positive sides of teaching with advanced tools were counted and the efficiency of this style were clarified.

130-131 25 11

QORAQALPOQ XALQ DOSTONLARI TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI

Omar Saparmatov

Maqolada qoraqalpoq xalq dostonlarida qo‘llanilgan odam a’zolarini ifodalovchi so‘zlarning leksik-semantik ma’nolari keng tarzda tahlil qilingan. Dostonlarda qo‘llanilgan bu so‘zlarning qo‘llanilish xususiyati bugungi kunda tilshunoslikda qo‘llanilish doirasi maxsus tarzda o‘rganib chiqilgan.

132-134 21 13

ESL FOR STUDENTS WITH SPEECH AND LANGUAGE DISORDERS

Madinakhon Joʻrayeva , Gulbahor Mirzayeva

ESL education for students with speech and language disorders is one of the important areas aimed at alleviating the difficulties they encounter in the process of language learning and ensuring effective learning. Speech and language disorders can manifest themselves in various forms, for example, difficulties in pronunciation, slowness in speech, grammatical errors, limited vocabulary, or problems in speaking and listening. Such disorders complicate language learning for students, therefore, it is necessary to develop special approaches and teaching methodologies for them.

135-136 14 18

STRATEGIES FOR TEACHING ENGLISH TO CHILDREN WITH SPEECH AND LANGUAGE IMPAIRMENTS

Madinabonu Anvarova , Gulbahor Mirzayeva

teaching English to children with speech and language impairments is a complex but very important process. For such children, the language learning process requires specific approaches and strategies, as they experience varying degrees of impairment in speech and language skills. In order to be effective in teaching English, it is necessary for teachers and professionals to apply flexible and interactive techniques, taking into account the individual needs of children.

137-139 21 17

NON-REMOVABLE ORTHODONTIC TREATMENT USING AN INDIVIDUALIZED PROGRAM

Bekzod Ergashev

This thesis focuses on the application of an individualized program in incurable orthodontic treatments. During the research, treatment strategies were developed based on patients' individual characteristics. The results demonstrated that the proposed approach improves treatment effectiveness and minimizes adverse consequences in cases previously considered incurable.

140-143 109 9

SEPSIS PATOGENEZIDA PATOMORFOLOGIK JARAYONLARI VA KLINIK ASOSLARI

Asilbek Isroilov , Mumtoza Akramova

Mazkur maqola sepsis va uning og‘ir shakli bo‘lgan septik holat davrida organizmda yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Sepsis — bu organizmning infeksiyaga nisbatan kuchli va nazoratsiz yallig‘lanish javobi bo‘lib, u ko‘pincha hayot uchun xavfli holatlarga olib keladi. Septik holatda ko‘p organ yetishmovchiligi, qon aylanish tizimining buzilishi, shuningdek, to‘qimalarda yallig‘lanish, nekroz va shish holatlari kuzatiladi. Maqolada ayniqsa, qon aylanish tizimi, o‘pka, buyrak, jigar va markaziy nerv tizimi kabi hayotiy muhim organlardagi asosiy patomorfologik o‘zgarishlar keng yoritilgan. Disseminatsiyalangan intravaskulyar koagulyatsiya (DIC) — sepsisda keng tarqalgan va og‘ir kechuvchi holat bo‘lib, kapillyarlarda tromblar shakllanishi bilan birga, gemorragik sindromga olib keladi. Shuningdek, o‘pka to‘qimalarida alveolyar septalarning shishishi, gemorragik infiltratsiya va diffuz alveolyar shikastlanishlar qayd etiladi. Buyraklarda glomerulyar nekroz, jigar to‘qimasida distrofik va nekrotik o‘zgarishlar, markaziy nerv tizimida esa gipoksik-ischemik shikastlanishlar uchraydi. Ushbu morfologik o‘zgarishlar sepsisning klinik belgilari va og‘irligini tushunishda, hamda to‘g‘ri davolash strategiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Maqola sepsisning patomorfologik asoslarini chuqur tahlil qilgan holda, klinik amaliyotda muhim axborot manbasi bo‘la oladi.

144-146 18 13

PIYOZ YETISHTIRISHDA XARAJATLAR, DAROMAD VA RENTABELLIK KOʻRSATKICHI TAHLILI

Shohzodbek Suyunov

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida piyoz yetishtirish jarayonida amalga oshiriladigan moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar, olinadigan sof daromad va ishlab chiqarishning rentabellik darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, turli hududlarda hosildorlikka qarab rentabellik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, xarajatlarning tuzilishi va foyda olish omillari iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi.