109
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA D LOYIHALASH TA’LIM TAMOYILIDAN
FOYDALANISH
Haydarqulova Mahliyo Zafarovna
Zarmed Universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15575885
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada boshlang'ich sinflarda loyihalash ta’lim tamoyili asosida
tashkil etiladigan darslar, ta’lim jarayonini loyihalashni bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z
boradi. Loyihaga asoslangan o'qitish metodikasi yordamida o’qituvchi dars jarayonini
qiyinchiliklarsiz va qiziqarli o’tkazadi va o'quvchilar loyiha ishlarida faol ishtirok etishi
natijasida yuz beradigan foydalar izohlanadi.
Kalit so’zlar:
loyiha, tamoyil, o’qitish uslubi, boshlang’ich sinf, reja, kasbiy mahorat,
dastur, nazorat.
Bugungi kunda yurtimiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’limni tubdan isloh qilishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, darsliklarning yangi avlodini yaratish, sohaga ilg‘or tajribalarni
tatbiq etish, Finlandiya tajribasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga oid samarali tavsiyalar
ishlab chiqildi. Maktab ta’limini strategik rivojlantirishning “yo‘l xarita”lari ishlab chiqildi va
xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida “…boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan
darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
O‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini
shakllantirish zarur” kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda,
albatta, boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslari ham muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi
nazardan, boshlang‘ich sinf darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish
jarayoni dolzarb muammolardan biri sanaladi.Hozirgi davrda sodir boʻlayotgan innovatsion
jarayonlarda ta’lim tizimidagi gʻoyalarni ilgari surish uchun,yangi axborotni oʻzlashtiradigan
bilimlarini oʻzlari tomonidan baholashga qodir boʻlgan, zarur qarorlar qabul qiladigan mustaqil
va erkin fikrlaydigan oʻquvchilar kerak. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining oʻquv –
tarbiyaviy jarayonida zamonaviy oʻqitish uslublari, interfaol uslublari, innavatsion
texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli
hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o‘quvchilarni ommaviy
qamrab olish, tashkiliy tartib va o‘quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy
jihatdan foydalidir. O‘quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi
o‘qituvchi uchun har bir o‘quvchi faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning
rad etib bo‘lmaydigan ustunligi hisoblanadi. Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab
bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o‘quvchilar va
jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog‘liq. Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ma’lum
standartlari asosida belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu
jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.
- Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
110
- Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida
olib boriladi.
- Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli
usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim
beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratadi.
Ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro kirishuvi asosida shakllanadigan
tashkiliy jarayon. Uning markazida o‘qitish va o‘qish faoliyatining bir-biriga o’zaro ta’siri yotadi.
Loyihaviy ta’lim vositasida boshlang’ich sinf darslarida ta’lim subyektlari faoliyatini
modellashtirishda o‘qitish va o‘qish faoliyatini ajratish, ularni to‘g‘ri tashkil qilish, faoliyatni
amalga oshirish jarayonida loyihalash imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat
kasb etadi. Loyihaviy ta’lim vositasida boshlang’ich sinf darslarida o’quv faoliyatini tashkil etish
o‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni yo‘lga qo‘yish uchun ta’lim loyihalanadi.
Loyihaviy ta’lim pedagogika fanida qariyb 300 yildan ortiq davr mobaynida qo‘llanib
kelinmoqda. Nemis pedagogi M. Knollning tadqiqotiga ko‘ra, “loyiha” tushunchasining paydo
bo‘lishi XVI asrga taalluqli bo‘lib, italiyalik me’morlarning me’morlikni fan deb e’lon qilib, uni
o‘quv fanlari darajasiga chiqargan holda o‘z faoliyatlarini kasbga aylantirishga urinishlari bilan
bog‘liq.
Ta’lim jarayonidagi loyihalashtirish o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining muammoni
izlash, uni hal etish bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirishdan to ommaviy
baholashgacha bo‘lgan mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli
o‘quv faoliyatidir.
XX asrning keyingi 30 yili davomida mashhur didaktshunoslar M.N.Skatkin,
V.V.Krayevskiy rahbarligida ma’lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish va didaktik
loyihalarni tayyorlash nazariyasi hamda amaliyotida yangi yo‘nalish asoslangan edi. Unda
ijtimoiy tajriba mohiyati tahlilga tortilib didaktik loyihalarni yaratish g‘oyasi ishlab chiqildi.
Pedagogik jarayonni loyihalash bosqichida pedagog duch keladigan birinchi muammo
pedagogik faoliyat mazmunini loyihalash sanaladi.Ta’limni loyihalashtirishda pedagogik
texnologiyadagi yetakchi hisoblangan ta’lim maqsadi, mazmunini loyihalash eng muhim
muammolardan biri bo‘lib qoladi. Ularni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
- o‘quv predmetlarini o‘rganishda, eng avvalo, tayanch tushunchalarni o‘rganish
darajasini aniqlash va ularni o‘rganishni loyihalash;
- tayanch tushunchalarning ta’lim standartlari, o‘quv dasturlariga mosligi, o‘quvchining
kelgusi faoliyati bilan aloqadorligini loyihalash;
- o‘qitish uslublarini loyihalash;
- o‘quvchining tayyorgarlik darajasini loyihalash;
- o‘qitish mazmunining qo‘yilgan maqsad bilan uzviyligini ta’minlash;
- ta’lim uslublarini, ularning qaysi birini darsning qaysi bosqichida qo‘llash zarurligini
oldindan loyihalash;
- turli tipdagi darslarda bilim va ko‘nikmalarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish
darajasini loyihalash;
- o‘qitish jarayonida nazorat va tekshirishning turli usullaridan foydalanishni loyihalash
va h.k.
Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. Bu metod
ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil
111
qilishga yordam beradi. Loyihalash (lot. rrojectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini
o'zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt ma'lum
bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida
mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni mohiyatini va uni amalga
oshirish imkoniyatlarini ochib beradi. Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim
jihatlaridan biri bo'lib, o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi.
O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni
chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda
didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi.
Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
1- bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari,
bosqichma-bosqich natijalari ham ko'rsatiladi.
2- bosqich. Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi. Bu bosqichda talabalar mustaqil
ravishda individual va guruh bo'yicha qo'yilgan vazifalami bajaradilar. Material, axborot
to'playdilar. To'plangan ma'lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab
chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi.
3-bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun
qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xoniaki varianti yozib chiqiladi. So'ngra yakuniy variant
tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi.
4-bosqich. Loyihaning so'nggi varianti ekspertga, taqr ga beriladi. Bunda matn aniq
asoslangan bo'lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi
kerak. Matnda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga o'xshash
materiallar bo'lishi shart.
5-bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini
elon qilingach, lugallangan hisoblanadi.
6-bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida
jyuri yoki komissiya a'zolari tomonidan baholanadi. Jyuri a'zolari tarkibi loyiha ishlab
chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan" loyihani ko'rib chiqib, tanlanib, so'ngra
tayyorlangan hisobot ko'rib chiqiladi.
Loyihalash metodi asosida dars jarayonini tashkil etishda o'quv guruhi ichida ishchi
guruhlari tuziladi. Ular o'zlashtirish darajalariga qarab uch ishchi guruhga bo'linadi. Bunda
kuchli ishchi guruhlar mustaqil shug'ullanganda, o'qituvchi o'zlashtirishi past bo'lgan
o'quvchRalabalar bilan mashg'ulot o'tkazishi uchun ko'proq vaqt ajratiladi. Ishchi guruhlar
ishtirokchilarining o'zlashtirish darajasi taxminan teng bo'lganida ta'limda yuqori natijaga
erishiladi. Bunday guruhlami ta'lim oluvchilarning o'zlari tuzgani ma'qul, chunki ular
o'zlarining qaysi guruhga mos ekanliklarini juda yaxshi bilishadi. 2-va 3-ishchi guruhidan 1-
ishchi guruhiga o'tishga imkon beriladi. Kichik guruhlarda har bir o'quvchi yakka tartibda
loyiha ishini bajargani uchun individual amaliy usuldan ham foydalanish mumkin.
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini
ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir. Pedagogik jarayonni loyihalashda:
1) pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
2) natijalarni oldindin ko’ra bilish;
112
3) rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi.
Bu bosqichida o’qituvchining mustaqil, shu bilan birga o’quvchi bilan hamkorlikda o’quv
jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o’rin
tutadi. O’qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o’tkazish haqida
bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo’llab o'tkazaversa
bo’ladi, lekin amalda buning iloji yo’q. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablar, mavjud
sharoit salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Ta’lim jarayonini loyihalash doirasida o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish muhim o’rin
tutadi. Shu bois nazorat jarayonini loyihalash ham o’qituvchidan alohida malakali yondoshuvni
talab etadi. Ayniqsa boshlang’ich sinflarda o’qituvchi bu etapga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda eng ko’p loyihalashdan foydalaniladigan fanlarga ona tili va o’qish, tabiiy
fanlar, texnologiya kabi fanlarda ko’p foydalaniladi. Bu darslarda o’qituvchi o’quvchilarga
mavzularni izchil, aniq va tushunarli yetkazib berishi uchun loyihani to’g’ri tuzishi muhimdir.
To’g’ri tashkil etilgan darslar orqali o’quvchilarda mavzu yuzasidan aniq tasavvur, mavzuni
hayot bilan bog’lash, mavzuga mos atamalarni toppish kabi ko’nikmalar shakllanadi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi loyihasini amalga oshirishda uning shaxsiy sifatlari, ya’ni,
kasbiy mahorati, motivatsiya, pedagogik qobiliyat, xarakter, temperament, ruhiy holati, o’z-
o’zini anglashi va hokazolar namoyon bo’ladi, ta’lim jarayonini loyihalashda o’qituvchi
loyihachi va bajaruvchi sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo’lini tanlaydi. Axborot
ta’minotini loyihalash tamoyillari ta’lim jarayoni loyihasida axborot ta’minoti shakllantirishga
xizmat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ta’minotni loyihalash tamoyili iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni
ta’minlashni anglatadi. Ta’lim jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy loyihalash ta’lim menedjerining
vazifasidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” toʻgʻrisida 2019-yil 29-aprel, 5712-
sonli Farmoni.
2.
Sulaymanova D.N. Loyihaga asoslangan o’qitish(PLB) bo’lajak o’qituvchilarda kreativ
tafakkurni rivojlantiruvchi texnologiya sifatida “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA
TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIKPEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-
AMALIY ANJUMANI” 2023-yil 2-iyun.
3.
Husenova A.Sh. “BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH DARSLARINI
INTEGRATSIYALASHDA O‘QITUVCHI FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH METODIKASI”
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, Buxoro 2023
4.
Arifova N.B. “LOYIHALASH METODI – O’QITISHNI TASHKILLASHTIRISHNING MUHIM
SHAKLI” mavzusida bitiruv malakaviy ish, Andijon 2014
5.
Haydarkulova M.Z. “THE USE OF THE PRINCIPLE OF DESIGN EDUCATION BY PRIMARY
SCHOOL TEACHERS”