105
ADABIYOT DARSLARIDA RUBOIYNI SHARHLAB O‘QITISHNING
AFZALLIKLARI
Norbaboyeva Matluba Toxirovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Til va adabiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi
mnorbaboyeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15575866
Annotatsiya:
mazkur maqolada mumtoz adabiyotda sharhlab o‘qitish tushunchasi va
uning foydalari, ruboiy janrining shakl va mazmun, vazn xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek
Navoiy ijodidan ruboiyini sharhlab o‘qitish misol qilib keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
sharhlab o‘qitish, ruboiy janri, hazaj bahri, axram va axrab tarmoqlari.
Abstract:
This article presents the concept of teaching by commentary in classical
literature and its benefits, the study of the form, content, and rhythm characteristics of the rubai
genre, as well as the example of teaching by commentary on Navoi’s rubai.
Keywords:
teaching with commentary, rubai genre, hajaj bahri, akhram and akhrab
networks.
Sharhlab o‘qitish
–
bu umumta’lim maktablarida o‘quvchi bilimini ko‘nikmaga
aylantirishdagi asosiy usul hisoblanadi. Inson tushunmagan narsasini xotirasida saqlab qolishi
qiyin. Shuning uchun ta’limning asosini sharhlash tashkil etadi.
Sharh tushuncha yo‘lining darchasi hisoblanadi. Sharqda sharhlab o‘qitishning tarixi
qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu jarayon, avvalo, Qur’oni karim sharhidan boshlangan.
Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”,
Rabg‘uziy “Qissasi Rabg‘uziy” kabi nodir manbalar adabiy sharhlashning dastlabki namunalari
hisoblanadi.
Ruboiy Sharq poeziyasidagi falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, ba’zan ishqiy mazmunni ifodalovchi
lirik janrdir. Ruboiy atamasidagi ildiz “arbaun” hisoblanadi. X.Zarif, I.Sulton, A.Hayitmetov kabi
taniqli olimlar ruboiyning mazmunini to‘rt misra orqali ifodalanishini qayd etgan. I.Haqqul bu
o‘rinda dubayta atamasini ilgari surgan. Dubayt ikki misra degan ma’noni ifodalaydi. I.haqqul
fikriga ko‘ra dubayt atamasi bilan ruboiy atamasini teng ko‘rish maqsadga muvofiq emas.
Janrlarning bir-biridan farqlashda ikki yo‘l mavjud:
1.
Asosiysi ruboiy hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufi ajabb bahrida yoziladi. Dubayt
esa ramali musammani mahzuf vaznida yoziladi.
2.
Dubaytning mazmun yo‘nalishi muhabbat hisoblanadi. Ya’ni dubaytda ishqiy mazmun
yetakchilik qiladi. Ruboiyda esa falsafiy mazmun yetakchilik qiladi. Ba’zi ruboiylar ishqiy
mazmunda bo‘lsa-da, ularning mohiyatida baribir falsafiy mazmun sezilib turadi, ya’ni falsafiy
belgilari mavjud bo‘ladi.
Ruboiyning qofiyalanishi ikki xil:
1.
a–a–b–a xossa ruboiy.
2.
a–a–a–a taronai ruboiy.
Ruboiy axram va axrab tarmoqlarida yoziladi. Ammo axrab tarmog‘ida yozilgan ruboiylar
axram tarmog‘ida yozilgan ruboiylarga nisbatan juda ko‘p. Ruboiyda kamdan kam holatda to‘rt
misra bir bahrda keladi, asosan ikki bahr, ayrim hollarda uch bahr va ba’zan to‘rt bahr keladi.
“Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”sida 17 tagina aaba tarzida qofiyalangan”
1
1
Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – Toshkent: Sharq, 1999. – B. 108.
106
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
1 2 3 4
V – – – // V – – – //V – – – // V – – –
Ma–fo–iy–lun//ma–fo–iy–lun// ma–fo–iy–lun// ma–fo–iy–lun
Hazaji musammani solim.
Axrab – kaltaklash, axta – vayron qilish degan ma’noni bildiradi.
– – V // V – V – // V – – V // V –
Ikkinchi rukn maqbuz “qabz” qotmoq, saqlanmoq.
Uchinchi rukn makfuf qayirgan, qaytarilgan.
To‘rtinchi rukn axta qilmoq – bichish ma’nosini bildiradi.
G‘urbatda // ga‘rib sho//dmon bo‘lma//s emish,
– – V // V – V– // V – – V // V –
Maf’–uv–lu//ma–fo–i–lun//ma–fo–iy–lu// fa’–ad
1, 2, 3-misralar shu bahrda yozilgan.
Oltin qa//fas ichra gar// qizil gul butsa
3-rukn solim, 4-rukn fa’u abtar, “abtar” ildizidan ag‘darish degan ma’noni bildiradi. Hazaji
musammani axrabi maqbuzi solimi abtar.
Ushbu ruboiyning 1,2,4-misralari hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufi ajabb, 3-
misrasi hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi abtar bahrida yozilgan. “Ruboiyga xos kichik
hajm xilma-xil mavzulardagi lirik kechinmalarni g‘oyat ixcham tarzda, ayni vaqtda ta’sirchan va
jozibali aks ettirishni taqozo etadi”
2
Navoiy ruboiylari badiiy adabiyotda falsafiy tafakkurning taraqqiyotiga alohida hissa
bo‘lib qo‘shilgan. Chunki Sharq adabiyotida ruboiy U.Xayyom nomi bilan bog‘liq, undan so‘ng
Pahlavon Mahmud o‘z ruboiylarida may, adolat, tafakkur, axloq masalalarini ham ifodalashga
muvaffaq bo‘lgan. Navoiy ana shu an’anani rivojlantirgan. Bu o‘rinda Navoiy shunday
yondashganki, ruboiyda vatan mavzusini ham olib kirgan, uning ruboiylari turkiy tilda
yozilgan. Vatan mavzusini keyinchalik Bobur ijojida uchratamiz. Navoiyning mazkur ruboiysini
o‘rganishda g‘urbat so‘zining ma’nosini izohlash kerak. “G‘urbat” – ayriliq, ajralmoq so‘zidan
olingan. Insonning o‘z yurtidan ajratilishi ikki xil bo‘ladi: g‘ariblikda vatandan ayrilish va
musofirlikda vatandan ayrilish.
G‘ariblikda Muhammad s.a.v ning yurtidan majburan ketishi va unga qaytishning imkoni
yo‘qligidir. Musofirlikdagi ayriliq safarda yurgan kishining vatandan ayrilishidir. “Shodmon
bo‘lmas emish” jumlasini sharhlasak, o‘z yurtidan mutlaq ajralgan inson o‘zga yurtda xursand
bo‘la olmaydi, chunki uning qalbini vatanga bo‘lgan sog‘inch hissi jarohatlab turadi. “El anga
shafiqu mehribon bo‘lmas emish” satrida esa o‘zga yurt, millatning odamlari g‘ariblarni begona
deb biladi va o‘z yurtidagi odamlarni ulardan ustunroq sanaydi, ular o‘z millatiga va xalqiga
mansub kishilarga nisbatan mehr ko‘rsatishi mumkin, o‘zgalarga emas. Navoiy oltin qafasni
begona yurtga, g‘arib insonni esa bulbulga qiyoslaydi. Qizil gul esa bulbulning havasi bilan
tengdir. Ammo bulbul uchun oltin qafasdagi qizil guldan tikonzordagi butalar ming marta
yaxshiroq va afzalroqdir. Ruboiy satrida oshyon so‘zi ham mavjud bo‘lib, yashash makoni,
2
Hojiahmov A. Mumtoz badiiyat adabiy janrlar, she’r san’atlari, aruz va qofiya. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008.
– B.93-94.
107
manzilini ifodalaydi. Bulbul uchun tikonzordan afzalroq yashash makoni yo‘qligiga ishora bor.
Bundan ko‘rinadiki, insonga o‘z tug‘ilib, o‘sgan vatanidan azizroq makon yo‘q.
Ilmni kim vositai joh etar,
O‘zini-yu xalqini gumrah etar.
Olim agar joh uchun o‘lsa zalil,
Ilmi aning jahlig‘a bo‘lg‘ay dadil.
“Ruboiy shakl jihatdan ixcham bo‘lsa ham, biroq u katta falsafiy umumlashmalarni
ifodalashi bilan alohida ajralib turadi”
3
. A.Navoiy bu baytda ilm olish xolis va oliy ne’mat natijasi
bo‘lmog‘ini ta’kidlaydilar. Kimki ilmni amal, boylik, mavqe’, shuhrat orttirish uchun amalga
oshirsa, u odam, avvalo, o‘zini, qolaversa, butun xalqni nochorlikka yo‘llaydi. Navoiy ijodi,
avvalo, oliy martabadagi san’at namunasi hisoblanadi, san’at so‘zining ikki ma’nosi mavjud
bo‘lib, birinchidan, yaratmoq ma’noisida qo‘llangan bo‘lsa, ikkinchidan, mahorat bilan
yaratilgan asar san’atdir. San’atning namunasi bitta, san’at insonning ruhiy olamiga ta’sir qiladi.
Insonni o‘ylashga, yashashga o‘rgatadi. Badiiy adabiyot so‘z san’ati sifatida o‘ziga xos bir necha
talablarga javob berishi kerak. Badiiy adabiyotning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, asarda
aqlli gap yoki fikr bo‘lishi kerak. Ya’ni san’at asarida fikriy kashfiyotning bo‘lishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi talabi shundaki, so‘z san’ati namunasida shakl va mazmunning
mutanosibligi bo‘lishi shart. Uchinchi talabi shundaki, badiiy adabiyotda majoziy fikrlash tizimi
mavjud bo‘lishi kerak. Majoz – vosita. Navoiy ijodida majoziy fikrlash tizimi yetakchi o‘rinda
turadi. Masalan, “gul” so‘zi o‘rnida mashuqa nazarda tutilishi mumkin va hokazo. A.Oripovning
“Buloq” she’rida buloq haqiqiy tabiatdagi buloq bo‘lmasligi mumkin, she’r satrlarida yosh,
shijoatli inson nazarda tutilgan deya fikrlashda majozning ahamiyati katta. To‘rtinchi
xususiyati shundaki, san’at asarida so‘z kashfiyotining mavjudligi. Shoirning mahorati
tanlangan so‘zning mohiyatiga bog‘liq. Har bir so‘z milliy lug‘at boyligining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ammo so‘z badiiy matn tarkibida kelsa, endi u san’at quroliga aylanadi. Matn
tarkibida har so‘z qurolga aylanadi. Beshinchi xususiyati shuki, san’at namunasida badiiy tasvir
vositalarining mavjudligi. Badiiy tasvir vositalari adabiyotga qon bag‘ishlaydi. Badiiy tasvir
vositalarining san’atni shakllantirishdagi ahamiyati katta. Poetika – badiiy adabiyot paydo
bo‘lgandan buyon adabiyotshunoslarni, adabiyot muxlislarini o‘ziga jalb qiladigan soha. Badiiy
adabiyotning nimaligi, uning qanday ifodalanishi, badiiy adabiyotning mohiyati – poetikadir.
Poetika so‘zi ikki ma’noda qo‘llaniladi: birinchisi, keng ma’noda adabiyot nazariyasi deb
tushuniladi. Yunonchada esa poetika “poetik san’at” degan ma’noni bildiradi. Ikkinchisi, tor
ma’noda badiiyatni o‘rganadi.
Xulosa qilib aytganda, badiiyatni badiiy san’atlar tashkil etadi. Undan so‘ng janrlar
munosabati: masnaviy, g‘azal, murabba’da so‘z mazmuni bo‘lishi kerak. Keyingisi vazn, qofiya,
shakl va mazmun munosabati shu bilan birga bu tushuncha janr, ijodkorning dunyoqarashi va
ijodkorning individual usuli, tushunchalarini poetika me’yoriga singdirgan.
References:
Используемая литература:
3
Ҳотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1979. – Б..269.
108
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat adabiy janrlar, she’r san’atlari, aruz va qofiya. –
Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008. – 196 b.
2.
Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – Toshkent: Sharq, 1999. – 240 b.
3.
Ҳотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча
изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – 366 б.
4.
Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. – 560 б.
5.
Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: А.С.Аҳмедов
босмахонаси, 2004. – 128 б.