102
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISH
USULLARI
Parpiyev Odil Olimovich
Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi dotsent v.b.
odilparpiyev71@gmail.com, +998996193971
https://doi.org/10.5281/zenodo.15573977
Annotatsiya:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrni yozma bayon eta olishlari va
bunday vazifalarni amalga oshirish har doim dolzarb vazifa sanalgan. Maqolada fikrni yozma
bayon etish masalasida tilshunos olimlar: Nunan, Braun, Xarmer, S.Matchonov,
Ramzayevalarning fikrlari bayon qilinib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma nutqni
shakllantirishdagi ustuvor vazifalar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
yozish, yozma nutq, nutq, gap, grammatika, matn.
Аннотация:
Умение письменно выражать свои мысли и выполнять подобные
задания всегда было актуальной задачей для учащихся начальной школы. В статье
представлены мнения лингвистов: Нунан, Брауна, Хармера, С. Матчонова, Рамзаевой по
вопросу письменного выражения мысли, а также описаны приоритетные задачи
формирования письменной речи у учащихся младших классов.
Ключевые слова:
письмо, письменная речь, речь, предложение, грамматика,
текст.
Abstract:
It has always been an urgent task for elementary school students to be able to
express their thoughts in writing and to carry out such tasks. In the article, the opinions of
linguists: Nunan, Brown, Harmer, S. Matchonov, Ramzayeva on the issue of written expression
of thought are presented, and the priority tasks in the formation of written speech in
elementary school students are described.
Key words:
writing, written speech, speech, sentence, grammar, text.
Yozish turli yo‘llar bilan ta’riflangan. Nunan yozishni jismoniy va aqliy harakatlar
sifatida belgilaydi [1;16]. Oddiy so‘zlar yoki gaplarni daftarga yozish jismoniy harakat bo‘lsa,
g‘oyalarni ixtiro qilish, ularni qanday ifodalash haqida o‘ylash, kreativ fikrlash va ularni sodda,
tushunarli tarzda ifodalsh aqliy harakatlardir. Braun esa: “Yozish – bu fikrni so‘zlarga
aylantirish, grammatik jihatdan izchil tuzilish asosida g‘oyalarni qog‘ozga tushirish
jarayoni”[2;68], deydi. Demak, yozish so‘zlar, fikrlar, g‘oyalarni yozma shaklda yozma nutq
qonuniyatlari asosida kompozitsion bir butunlikda tinglovchilarga uzatish jarayonidir.
Xarmer nazariyasiga ko‘ra, yozish – o‘qish va uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin
bo‘lgan haqiqiy mahsulotni ishlab chiqaradigan yagona mahoratdir. Tilning og‘zaki shaklidan
farq qilib, yozma nutq vaqt va makonni o‘z ichiga oladi [3;101].
Yozma xabarda o‘quvchilar hamma narsani to‘g‘ri tushunishlari kerak. O‘quvchilar
o‘zaro og‘zaki muloqotidan farqli ravishda yozma fikrlar aniq va lo‘nda bo‘lishi bilan
tavsiflanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutq faoliyatini rivojlantirishda o‘qituvchi
tomonidan e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan quyidagi vazifalar mavjud:
1.Mustahkamlash. Tilni og‘zaki yoki audiolingval usulda o‘rganish. Bu o‘quvchilarni
yozma nutqni yaxshi egallashlariga zamin hozirlaydi. Kuzatishlarimiz natijasida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining lug‘atini boyitish, nofaol lug‘atni faol lug‘atga aylantirish, yangi so‘zlar
103
ishtirokida gaplar tuzish yozma savodxonlikni rivojlantirishdagi asosiy omil ekanligiga guvoh
bo‘ldik.
2.Nutqni rivojlantirish. Bolalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun turli
interaktiv usullar vositasida mashqlar bajarish. Jumladan, “Davom ettir”, “O‘rniga qo‘y”, “Kim
birinchi”, “Zanjir”, “Musobaqa”, “Mening fikrim”, “Kim zukko”, “Mosini qo‘y” kabi usullar
o‘quvchilarning yozma nutqni amaliy o‘zlashtirishlarida yaqindan yordam beradi. Loyiha
metodi asosida uyushtirilgan darslarda asosiy e’tibor jamoada ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantiribgina qolmasdan kichik yoshli maktab o‘quvchilarining yozma nutq malakalarini
rivojlantirishga ham qaratiladi. Loyiha metodi asosida topshiriqlarni bajarish o‘quvchilarni
XXI asr hayotiy ko‘nikmalariga tayyorlash, ularni nutqiy vaziyatlarda o‘z fikrini sodda va
to‘laqonli ifodalashlariga yaqindan yordam beradi.
3.Uslub. Yozma nutq mashg‘ulotlarida hosil qilingan ko‘nikmalarning malakaga
aylantirish natijasida o‘quvchilar yozma fikrni mahorat darajasida ifodalay oladilar. Ya’ni
bunda bolalar matn mazmuni talabiga muvofiq so‘zlarni to‘g‘ri tanlay bilish, ma’nodosh,
shakldosh, zid ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlardan mohirona foydalana olish, sintaktik jihatdan
to‘g‘ri gap tuza olish darajasiga erishadilar.
Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli
ravishda besh yo‘nalishga bo‘ladi:
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim
belgilarini o‘rgatish).
2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash,
gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyatlari, yoyiq va
yig‘iq gaplar ustida ishlash).
3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish.
4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.
5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish
belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish [4;152]. Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga
o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri
mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini
shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga
asoslanadi. 0‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji
tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi.
Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni,
birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan
foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat
jarayonida o‘zlashtiradi. Buning o‘zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o'zlashtiradi.
Professor S.Matchonov nutqni egallashning quyidagi aspektlarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish. Maktab o‘quvchilarini adabiy tilni sodda
so‘zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o‘rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy,
so‘zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni
o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. Bu bilan o‘quvchilar yozma nutqning
xususiyatlarini, uning og‘zaki so‘zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.
104
3. O‘quvchilarning nutq madaniyatini takomillashtirish [5; 167].
Yozma nutqni rivojlantirishda o‘qituvchi tomonidan tanlanadigan vazifalar turi ham
muhimdir. O‘qituvchi tasodifiy topshiriqlardan foydalana olmaydi, lekin u faoliyat sifatini
tekshirishi kerak. Yozma nutq mashqlarini tanlashda baʼzi bir mezonlarni hisobga olishi
kerak. Ya’ni tavsiya qilinayotgan topshiriqlar o‘quvchilarni qiziqtira olishi, ularning
o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi, mazmun o‘quvchilar kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi,
o‘ta darajada murakkab bo‘lmasligi, shaxsiy qarashlarni bayon eta olish muvofiqligini
ta’minlanishi, interaktiv usullarni qo‘llash asosida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrni yozma
ifodalash samaradorligini ta’minlash, avvalo, ta’lim vaziyatiga va uni boshqarayotgan ta’lim
rahbariga bog‘liqdir. Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har bir o‘quvchi haqida
qayg‘urishi, ularning yozma nutqlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishi va
amaliyotga tatbiq eta olishi kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nunan, D. 2005. Practical English Language Teaching: Grammar. New York: McGraw Hill.
2.
Brown, D. H. 2003. Teaching by Principles. An Interactive Approach to Language
Pedagogy. (2 nd ed). New York: Addison Wesley Longman, Inc.
3.
Harmer, J. 2004. How to Teach Writing. Effective Sentence, Paragraph, and Essay. New
York: Longman.
4.
Рамзаева Т.Г., Львов М.P. Методика обучени русскому зыку в начальных классах. -
М.: 1979. с.291-292.
5.
S.Matchonov, H.Bakiyeva, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G.Xolboyeva. Boshlang‘ich
sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. – 2021-yil.
6.
Abdupattayev, G. (2025). NABIJON BOQIYNING “ROHILA” QISSASIDA XARAKTER VA
KONFLIKT
MASALASI.
QO‘QON
UNIVERSITETI
XABARNOMASI,
14,
127–128.
https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1140
7.
Xodjaev, S., & Abdupattaev, G. (2022). Murod Muhammad Do‘st ijodida davr va
qahramon muammosi. Amerika ijtimoiy va gumanitar tadqiqotlar jurnali , 3 (12), 77-81.
8.
Parpiyev, O. (2025). O‘QUVCHILARNING YOZMA NUTQ KOMPETENSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH.
QO‘QON
UNIVERSITETI
XABARNOMASI
,
14
,
122–126.
https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1139