Авторы

  • Javohir Sattorov
    Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta'lim (biznes huquqi) talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.101243

Аннотация

Globallashuv va raqamli transformatsiya davrida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, ayniqsa, tadbirkorlik sohasida texnologik yondashuvlar keskin rivojlanmoqda. Tadbirkorlik faoliyati endilikda an’anaviy shakllar bilan cheklanmay, zamonaviy raqamli vositalar va innovatsion g‘oyalar yordamida amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar tadbirkorlik huquqining o‘zini ham chuqur ta’sir ostida qoldirdi. Endilikda huquqiy munosabatlar, shartnoma tuzish, yuridik shaxs tashkil etish, soliq to‘lovlari, intellektual mulkni muhofaza qilish kabi barcha jarayonlarda raqamli texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda. Tadbirkorlik huquqi — bu yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik yuritish faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy sohadir.


background image

98

TADBIRKORLIK HUQUQIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING VA

INNOVATSIYALAR JORIY QILISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Javohir Sattorov Jahon o'gli

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta'lim (biznes huquqi) talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15573861

Globallashuv va raqamli transformatsiya davrida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida,

ayniqsa, tadbirkorlik sohasida texnologik yondashuvlar keskin rivojlanmoqda. Tadbirkorlik
faoliyati endilikda an’anaviy shakllar bilan cheklanmay, zamonaviy raqamli vositalar va
innovatsion g‘oyalar yordamida amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar tadbirkorlik
huquqining o‘zini ham chuqur ta’sir ostida qoldirdi. Endilikda huquqiy munosabatlar,
shartnoma tuzish, yuridik shaxs tashkil etish, soliq to‘lovlari, intellektual mulkni muhofaza
qilish kabi barcha jarayonlarda raqamli texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda. Tadbirkorlik
huquqi — bu yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik yuritish faoliyatini amalga oshirishda
yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy sohadir. Bu soha tijorat
shartnomalari, yuridik shaxslarning tashkil etilishi, soliqqa tortish, litsenziyalash, intellektual
mulk va raqobat qonunchiligini o‘z ichiga oladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
keng joriy etilishi Elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzoning joriy etilishi, Onlayn
xizmatlar, masalan, soliq hisobotlari, yuridik ro‘yxatga olish, litsenziya olish, Blokcheyn, sun’iy
intellekt, big data kabi ilg‘or texnologiyalarning huquqiy jarayonlarga tatbiqi bularning
barchasi tadbirkorlik huquqi sohasida amalga oshirilgan islohotlardir.

Raqamli texnologiyalarning tadbirkorlik huquqiga ta’sirini biz quyidagilarda ko’rishimiz

mumkin.

Tadbirkorlik subyektlarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish.

Oldinlari yuridik shaxs

ochish ko‘p vaqt talab qilgan bo‘lsa, hozirda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
bu jarayonni bir necha soat ichida bajarish mumkin.

Bu tartib byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni

yengillashtiradi, yangi ishtirokchilarning bozorga kirishini tezlashtiradi. Oldinlari tadbirkorlik
subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish mahalliy davlat hokimiyat organlari orqali amalga oshirilib,
turli xil idora va tashkilotlardan ma’lumotlar olib kelish holatlari kuzatilgan

1

. O’zbekiton

Respublikasining Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida “gi qarorining 1-bandida 2017-yil 1-
apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublikasi
Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal)
integratsiyalashgan Internet tarmog‘idagi tizim orqali kechayu-kunduz o‘tkazish va hisobga
qo‘yish belgilangan, ro‘yxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari
zimmasiga — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning
qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarini buzganligi, tadbirkorlik subyektlarini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishdan noqonuniy bosh tortishi yoki bo‘yin
tovlashi uchun shaxsiy javobgarlik belgilanishi belgilangan

2

. Ushbu qarorning ijrosini

ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamsining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

1

Askarov, J. I Biznes huquqi [Matn]: o'quv qo'llanma / LT. Askarov. - T.: TDYU nashriyoti, 2024-216 b

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish

tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qaror

https://lex.uz/docs/-3111347


background image

99

“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi pq-2646-son qarorini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 66-qarorida “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida “gi Nizom tasdiqlangan. Unga ko’ra Tadbirkorlik subyektlarini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari
tomonidan amalga oshiriladi.

Kripto-aktivlarlarni huquqiy tartibga solish. Ushbu holatda 03.07.2018 yilda qabul

qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli
iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi PQ-3832-sonli qarorini keltirish mumkin. Unga ko’ra investitsiyaviy va tadbirkorlik
faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi
sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kripto-aktivlarda yangi birliklar va komissiya
yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va
yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik
tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron
shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish,
sug‘urtalash, shuningdek, ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etish
va rivojlantirish, ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini ishlab chiqish va
ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, kripto-
aktivlar bo‘yicha faoliyat va ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari sohasida
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli
iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ma’lumotlarning taqsimlangan
reyestri texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori malakali
xorijlik mutaxassislarni jalb qilish belgilangan

3

. Shuningdek, 2029-yil 1-yanvarga qadar

yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari,
jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan
obyekt hisoblanmasligi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmasligi belgilangan. Smart-
kontraktlar bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, o‘z-o‘zini bajara oladigan
shartnomalardir. Masalan, tovar yetkazib berilganda avtomatik to‘lov amalga oshadi, shartlar
bajarilmasa, mablag‘lar avtomatik bloklanadi.

Soliqqa tortish va elektron hisobotlar.

Hozirgi kunda, elektron soliq deklaratsiyalari,

Onlayn-kassa apparatlari, soliq monitoringi tizimlari yordamida soliqqa tortish jarayoni
avtomatlashtirilgan. Bu soliq to‘lovchilarga vaqt va resurslarni tejash, hisobotlarni tez va aniq
topshirish, soliq nazoratini optimallashtirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat
soliq qo‘mitasining “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari
vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida” qarori asosida “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya
kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi to‘g‘risidagi”
nizom tasdiqlangan bo’lib, ushbu nizom moliyaviy va soliq hisobotlarini (bundan buyon

3

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar

aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3832-sonli qaror

https://lex.uz/ru/docs/-3806053


background image

100

matnda hisobot deb yuritiladi aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq
xizmati organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi. Unga ko’ra Soliq to‘lovchi elektron hujjat
tarzidagi hisobotni qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etadi va Elektron hujjat
tarzidagi hisobotni qabul qilib olishda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining dasturiy-
apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi to‘g‘risida, qabul qilib olingan sanasi
ko‘rsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishni ta’minlaydi. Innovatsion mahsulotlar,
g‘oyalar va texnologiyalar tadbirkorlikning asosiy aktiviga aylanmoqda. Ularni huquqiy
jihatdan himoya qilish zarur. Raqamli vositalar bu borada bir qancha yutuqlarni
ta’minlamoqda . Xususan, yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tishda ular firma nomlarini
zaxirag olishlari. Bu bo’yicha “Firma nomlari to’g’risida”gi qonun qabul qilingan. Shunindek,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016 yil 28 oktabrdagi PQ-2646-son
qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik
subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ularni firma nomini zaxiraga olish,
tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish
Yagona markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

XULOSA

Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar zamonaviy tadbirkorlikning ajralmas tarkibiy

qismiga aylanmoqda. Ularning keng joriy etilishi natijasida ish jarayonlari soddalashmoqda,
byurokratik to‘siqlar kamaymoqda va samaradorlik oshmoqda. Shu bilan birga, raqamli
vositalarni qonuniy asosda, xavfsiz va shaffof tarzda qo‘llash dolzarb huquqiy masalalardan
biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalarni tadbirkorlikda
qo‘llashga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Elektron hujjatlar, elektron
raqamli imzolar, onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimlari va elektron tijorat sohalarida muayyan
yutuqlarga erishilgan. Biroq, bu sohada qonunchilikni texnologik taraqqiyotga mos holda
takomillashtirib borish, innovatsion texnologiyalarning huquqiy maqomini belgilash va
tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli huquqiy infratuzilmani mustahkamlash zarur.
Kelgusida raqamli tadbirkorlikni yuksaltirish uchun qonun hujjatlarini zamon talablariga
moslashtirish, tadbirkorlar o‘rtasida raqamli huquqiy savodxonlikni oshirish hamda sun’iy
intellekt, blokcheyn va smart-kontraktlar kabi yangi texnologiyalarni huquqiy tartibga solish
dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Shu yo‘sinda raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar
asosidagi barqaror, qonuniy va samarali tadbirkorlik muhitini shakllantirish mumkin bo‘ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Askarov, J. I Biznes huquqi [Matn]: o'quv qo'llanma / LT. Askarov. - T.: TDYU nashriyoti,

2024-216 b
2.

O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonun

https://lex.uz/docs/-

1055517

3.

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi qonun

https://lex.uz/ru/docs/6234904

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan

o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-


background image

101

2646-son qaror

https://lex.uz/docs/-3111347

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktyabrdagi pq-2646-son qarorini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori

https://lex.uz/docs/-3111347

6.

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining “Moliyaviy va soliq hisobotlarini

aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim
etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori

https://lex.uz/docs/-3000958

7.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli

iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi PQ-3832-sonli qaror

https://lex.uz/ru/docs/-3806053

Библиографические ссылки

Askarov, J. I Biznes huquqi [Matn]: o'quv qo'llanma / LT. Askarov. - T.: TDYU nashriyoti, 2024-216 b

O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonun https://lex.uz/docs/-1055517

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi qonun https://lex.uz/ru/docs/6234904

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qaror https://lex.uz/docs/-3111347

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktyabrdagi pq-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori https://lex.uz/docs/-3111347

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori https://lex.uz/docs/-3000958

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3832-sonli qaror https://lex.uz/ru/docs/-3806053