135
MINTAQADA TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMI SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR
Nargiza Eshqobilova
Denov tadbirkorlik pedogogika instituti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13981218
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini
oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda istiqbollari, samaradorligini
oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda yuklarni tashishda
yuzaga keladigan, ortib-tushurish, hujjatlarni rasmiylashtirish, eng qulay va mos
harakatlanish yo’nalishini tanlash, yuk turiga asosan mos transport turini aniqlab olish
zarurati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ortib-tushurish, samaradorlik,
tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, mintaqa.
O‘zbekiston dunyodagi rivojlanaytogan davlatlar kabi yer yuzida sodir bo’layotgan turli
ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarda sezilarli darajada ishtirok etayotganligi transport-logistika
xizmatlarida ham qator o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Aynan tashqi savdo munosabatlari,
chegaradosh davlatlar bilan aloqalarning mustahkamlanishi, tranzit yo’llardagi yangi
yo‘nalishlarning ochilishi, bojxona tizimidagi yengilliklar, dunyo okeaniga chiqish yo‘lidagi
sa’y-harakatlari
sohaga
oid
ma’muriy
va
iqtisodiy
bazaning
yanada
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, 765 kilometr uzunlikdagi “Termiz –
Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li va 2023- yil 14-sentyabrda imzolangan 454
kilometrlik “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li qurilish loyihalari xalqaro yuk
tashish sohasida istiqbolli rejalar qilayotganligining ko‘rsatadi.
Mahalliy, mintaqaviy hamda xalqaro yuk tashuvlar uchun kerakli infratuzilma yaratish,
imtiyozlarning berilishi va boshqa davlatlar bilan shartnoma va bitimlar tuzib transport-
logistikaning rivojlanishiga e’tibor qaratib bormoqda. Endi asosiy e’tibor mazkur sohaning
samardorligi, unga ta’sir etuvchi omillar va soha samaradorligini oshirishdagi muammolarni
hal qilishga qaratish lozim.
O‘zbekistonda transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va
ularni hal qilish yo’llarining nazariy-uslubiy masalalari R.G. Samatov[8], Yusufxonov[9], D.T.
Axmedov[10] kabi tadqiqotchilarning ishlari transport-logistika obyektlari va ularni
boshqarish bo‘yicha fikr va tavsiyalar berilgan.
Yuqorida keltirilgan olimlarning ilmiy izlanishlarida transport-logistik tizimi
samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari chuqur tadqiq etilmagan.
O‘zbekistonda transport-logistika markazlari faoliyati va ular samaradorligini oshirish yo‘llari
yetarlicha o‘rganilmagan. Shuningdek, transport-logistika tizimi samaradorligi va uning
mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri masalalarini tizimli va majmuali tadqiq qilish zarurati mavjud.
Tadqiqot jarayonida mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi
muammolar va ularni hal qilish yo’llari qiyosiy fikrlash, induksiya va deduksiya hamda
abstraksiya usullaridan keng foydalanilgan
Mavjud imkoniyatlarga qaramay sohada qator kamchiliklar mavjud. Bu kamchiliklarni
aniqlash maqsadida transport logistika xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasida so‘rovnoma
o‘tkazildi. Unda 97 ta respondent qatnashib, ulardan 22 tasi logistik markazlar qolganlari turli
136
mulkchilik shaklidagi korxonalar. So‘rovnomada qatnashgan logistik markaz va yuk
tashuvchilarning 43,8% davlat mulki, 37,5 % xususiy va 18,8% aralash mulkchilik shakliga
ega. Asosan 5 yildan ko‘p vaqt faoliyat yuritayotgan korxonalar qatnashgan. Ishlaydigan
xodimlar soni 1-15 tani tashkil qiladiganlari 81,3% ni tashkil qiladi. Ko‘p sonli ishchi kuchi
talab etmaydigan xizmat turi. Korxonaar asosan 3 PL provayderlari hisoblanadi. 5PLning
ulushi juda kam. 19,9 % respondent qaysi prvayderga mansubligini , bu haqida ma’lumotga
ega emasligi tufayli belgilamagan.
Ishtirokchilarning 81 % mamlakatda korxonalar va hududlarni transport logistik
samaradorligini aniqlovchi ko‘rsatkich zarur deb javob bergan. Bu bizning
yondashuvimizning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Milliy katalog tuzilishini ham 62,5 % qo‘llab
quvvatlagan. Sohadagi kadrlar talabga qisman javob berishi, ta’limda bu sohaga yanada e’tibor
qaratish zarurligini bildiradi. Yashil iqtisodiyotga o‘tishda asosan davlat ko‘magini
ma’qullagan. Soliqlar borasida imtiyozlar berilishini xohlovchilarning ko‘pligiga sabab,
ularning 46,7 % faoliyatidagi asosiy xarajatlar soliqlar ekanini aytgan.
So‘rovnoma natijasiga ko‘ra aniqlangan muammolar quyidagilar.
1.
Samaradorlikni aniqlashda xususiy ko‘rsatkichlar tizimi shakllanmagan.
2.
Raqamlashtirish va avtomatizatsiya darajasi past
3.
Investitsiyani jalb qilish darajasi past
4.
Yo‘l infratuzilmasining to‘liq mamlakat bo‘ylab talab darjasida emasligi.
5.
Rasmiylashtirish jarayonlari uzoq vaqt oladi. Masalan, DOZVOL
ruxsatnomasini
olish
aynan
Vazirlik
tomonidan
inson
ishtirokida
beriladi,
raqamlashtirilmagan.
6.
Bojxonadan o‘tish vaqti uzoq.
7.
Raqobat darajasi past
8.
Transport vositalari harakatlanish muddati va hududi bilan bog‘liq cheklovlar.
9.
Subyektlarni qo‘llab-quvvatlovchi markaz faoligining pastligi.
Bu muammolarning qay darajada asosli ekanligini bilish uchun ularga to‘xtalib o‘tamiz.
Jumladan bojxonadan o‘tish vaqti 2022-yilda 2021-yilga nisbatan o‘zgarmagan. Xalqaro
indeksda ham aynan shu ko‘rsatkich eng past. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga qarasak, eng
ko‘p avtotransport vositasi Yallama postidan o‘tgan. Bu postdan bir transport vositasining
o‘rtacha o‘tish vaqti 19 min tashkil etadi (7-ilova). Undan keyingi o‘rinlarni Sirdaryo, Olot,
Daut Ota postlari egallaydi. Ularan o‘tish vaqti 20-24 minutni tashkil etadi. Yuklar eksportida
1 ta dekloratsiyani to‘ldirish vaqti 4 minutda 2 soatgacha vaqt talab etadi. Importda esa 2
soatdan 8 soatgacha vaqt sarflanadi. Bu yuklar importini va eksportini hajmiga ta’sir qiladi.
Hozirda chegara bojxona postlaridan o‘tishda bitta yuk mashinasini rasmiylashtirish uchun
mavjud 18 postdan eng kam vaqt sarfi 10 daqiqayu 13 soniya Farg‘ona postida, eng uzog‘i
Shovot postida 28 daqiqayu 37 soniyani tashkil etgan
1
. O‘tish joyining ensizligi, postdagi
xodimlar soni va o‘tayotgna yuk mashinalarining soni nuqtai nazaridan yondoshsak bu vaqt
ko‘p. Uzun navbatlarni hosil qiladi. Bu muammo barcha tranzit yo‘laklaridan o‘tishda mavjud.
Shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishni yanada takomillashtirish zarur.
Biz yuqorida birinchi bobning 2-paragrafida transport-logistika xizmatlarining
samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni ifodalovchi sxemalarni ko’rdik. Bu sxema barcha
1
https://www.customs.uz/uz/page/opendata
137
omillarning ta’sirlarni e’tiborga oluvchi mukammal sxema bo‘lmaganligi sababli, biz
tadqiqotimizda qo‘shimcha ravishda mamlakatda transport-logistika xizmatlarini
ko‘rsatuvchi subyektlarga makro muhitda ta’sir qiluvchi omillar tahlilini o‘tkazish kerak.
Buning uchun biz PESTEL tahlilini tanlab oldik.
Bu metodning zarurligi bu kompaniya, biznes, tarmoq faoliyatini kelajakda qanday
to‘siqlar va imkoniyalar kutayotganligini ko‘rsatib beradi. Yangi ochilgan korxona yoki
raqobat kuchli bo‘lgan tarmoq uchun bu zarur. Bu metodning SWOT tahlilidan farqi u asosan
tashqi muhit ta’sirini baholash imkonini bersa, SWOT tahlilida ham ichki ham tashqi xatarlar
inobatga olinadi. Transport-logistika xizmatlari bozorini hududlar bilan cheklab bo‘lmaydi va
faqat bir mamlakat doirasida ko‘rsatilishi ham ancha kamyob hodisa hisoblanadi. Shuning
uchun xam bu turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchilar faoliyatiga tashqi olam ta’sirini oldindan
aytib bo‘lmaydi. Bu ta’sirlarni kuzatib, tahlil qilish kutilmagan zararlar, chegaralarda
yuklarning turib qolishi kabi muammolarni kamaytirishga hizmat qiladi.
Yuqoridagilarni nobatga olib, biz respublikada ishlab turgan logistika markazlari,
transport-ekspeditorlik firmalari, yuk tashuvchi yakka tadbirkorlar faolyatida biznes
yuritishning istiqbolini aniqlash maqsadida PESTEL tahlilidan foydalandik. Bu tahlilni
o‘tkazishda kompaniyalar mustaqil yoki guruh bo‘lib holatni baholaydigan ekspertlar
fikrlaridan foydalanadi. Biz esa savolnomamizga tahlilda omillarni baholash imkonini
beruvchi savollarni kiritdik. Savolnomada ishtirok etganlar ularning anonomligi saqlanib
qolganligi uchun holat bo‘yicha holis baho bergan deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari
siyosiy, iqtisodiy, ijtiomiy holatlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning dinamikasi ham asosiy
manba bo‘lib xizmat qildi.
Yo‘l infratuzilmasi nisbatan og‘riqli nuqtalardan biri hisoblanib, bu muammoni hal etish
uchun ichki imkoniyatlar yetarli. Umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari Avtomobil yo‘llari
Qo‘mitasi tasarrufida bo‘lib, 2020-yilda 6 442,6 km avtomobil yo‘llari qayta qurilda va
ta’mirlandi. Ushbu ishlar investitsiya dasturi, kapital ta’mirlash dasturi, “Iniqrozga qarshi
kurashish jamg‘armasi”, “Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan
bajarilgan. 2020-yildan beri 2022-yilgacha umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari uzunligi
o‘zgarmagan. Asosan mavjud ichki yo‘llarni ta’mirlashga ko‘p xarajat ketganligini ko‘rish
mumkin. Yuk mashinalariga sig’imidan ko‘proq yuk yuklanishidan ko‘priklar, qoplamali
yo‘llarda yorilish, sinish ko‘chishlar yuzaga kelmoqda. Bu yo‘llarni ta’mirlashda ularda
harakatlanuvchi yuk mashinalarining sig‘imi hisobga olinadi. Yuk tashuvchilar bu
harakatlarining sababini ruxsatnoma olishning qiyinligi, ko‘proq va tezroq yukni yetkazish
istagi bilan izohlaydi. Aynan infratuzilma va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq
muammolarni hal qilishning yana bir yechimi sifatida Global Raqobatbardoshlik Indeksi
(GRI)ni O‘zbekiston uchun ham hisoblanishiga erishishni aytish mumkin. Chunki bu
indeksning hisoblashdagi komponentlardan 3 tasi bizning PESTEL analizimizdagi ta’sir
etadigan muhim omillarning 3 tasi bilan infrastrukutra, ta’lim va axborot texnologiyalari
aynan bir xil. Bu indeksni hisoblash va undagi pozitsiyamizni yaxshilash butun iqtisodiyot
uchun va aynan biz o‘rganayotgan sohadagi kamchilik va ustunliklarni baholash imkonini
beradi
2
.
2
Экономикоправовые институты регулирования регионального развития. Рецензия на книгу: Казанцев Н. М.
,Бухвальд Е. М. , Бахтизин А. Р. И др. Экономикоправовые институты регулирования регионального развития
138
Soliqlarga keladigan bo‘lsak 2022-yilda mamlakatimizda yuridik shaxslar foyda (15%),
QQS, aksiz, yer resusrlaridan foydalanganlik uchun, suv resusrlaridan foydalanganlik uchun,
mol-mulk, yer va ijtimoiy soliqlarni to‘laydi. Tashish va saqlash va ularga xizmat qiluvchilar
uchun bu soliqlarga qator imtiyozlar belgilangan.
Ombor terminallari va Logistik markazlar bo‘limida esa MDH davlatlaridagi terminal va
markazlarni ham topish mumkin. Ammo mamlakatimizdagi birorta Logistik markaz haqida
ma’lumot yo‘q. Faqat logistik markaz hududida faoliyat yuritayotgan 2 ta xususiy terminal
bor. Logistik markazlar ma’lumotlarini kiritish ularni kelgusidagi salohiyatini oshirish
mumkin.
Har bir kataloglar bo‘limiga kirib kerakli korxonani topgach u korxonaning qaysi
davlatdaligi, telefon va elektron pochtasi, manzili, mavjud bo‘lsa rasmiy sayti, faoliyati haqida
qisqacha ma’lumot mavjud. Saytda ro‘yxatdan o‘tish orqali bu ma’lumotlarni olish, korxonalar
bilan bog‘lanish osonlashadi.
Mazkur portalning afzalliklari sifatida unda ma’lumot olish uchun normativ-huquqiy
aktlar bazasida Respublikamizning chet davlatlar bilan avtotransport sohasida ikki
tomonlama kelishuvi, O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro konvensiyalar, transport sohasidagi
huquqiy aktlar ro‘yxati, yuklar tranziti haqida barcha ma’lumotlar rus tilida keltirilgan
3
.
Informatsion markazda esa seminar, konferensiya va ko‘rgazmalar haqida doimiy yangi
ma’lumotlar keltriladi. Oldingilarining natijalari haqida qisqacha hisobotlarni o‘qish mumkin.
Atamalar lug‘ati, foydalnuvchilarning har bir turi bo‘yicha saytdan foydalanishda
yordam olish, tajriba almashish maslahat olish uchun forum, reklama berish bo‘limi ham
mavjud.
Mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni
hal qilish yo’llari o‘rganilib o‘z ta’rifimizni taklif etganmiz. Samaradorlik trilemmasi
atamasiga o‘z yondashuvimiz nuqtai nazaridan ta’rif berilgan. Transport logistika xizmatlarini
amalga oshirishda korxonada yuzaga keladigan xarajatlar guruhlanib ularga nimalar kirishi
sanab o‘tilgan.
Transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish
yo’llari haqida aytib o‘tilgan.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son farmoni
bilan tasdiqlangan
2.
D.Topolšek, k. Čižiūnienė, T. Cvahte Ojsteršek. Defining transport logistics: a literature
review and practitioner opinion based approach, Dantzig, G. B.;
3.
Ramser, J. H. 1959. The truck dispatching problem, Management Science 6(1): 80–91.
Lai, K.-H.; Ngai, E. W. T.; 4.Cheng, T. C. E. 2004. An empirical study of supply chain
performance in transport logistics, International Journal of Production Economics 87(3): 321–
331. Lun, Y. H. V.; Lu, C.-S.;
4.
Lai, K.-H. 2009. Introduction to the special issue on transport logistics and physical
российской Федерации https://cyberleninka.ru/article/n/ekonomikopravovye-instituty-regulirovaniya-
regionalnogo-razvitiya-retsenziya-na-knigu-kazantsev-n-m-buhvald-e-m-bahtizin-a-r-i-dr?ysclid=ltsca7wzro391592726
3
https://logistika.uz/
139
distribution, International Journal of Production Economics 122(1): 1–3. Wong, C. W. Y.; Lai,
K.-H.; Ngai, E. W. T. 2009b. The role of supplier operational adaptation on the performance of
ITenabled transport logistics under environmental uncertainty, International Journal of
Production Economics 122(1): 47–55.
5.
Kovalev. M.M, Koroleva A.A., Dutina A.A. Transportnaya logistika v Belorusi:
sostoyaniye, perspektivы. Monografiya. Minsk, BGU- 2017, 328 str.
6.
Samatov R.G., Axmedov D.T., Yusufxonov Z.Yu. Perspektivы razvitiya effektivnosti
logistiki, Yarashova V.K. Metodы povыsheniya effektivnosti logistiki v mejdunarodnыx
reytingax,
7.
Zokirkhan Yusufkhonov, Malik Ravshanov, Akmal Kamolov, and Elmira Kamalova.
Improving the position of the logistics performance index of Uzbekistan. E3S Web of
Conferences
264
, 05028 (2021),
8.
Kodirov T.U., Yusufxonov Z.Yu. U., & Axmedov D.T. U. (2021). Analiz faktorov, vliyayuщix
na reyting indeksa effektivnosti logistiki Respubliki Uzbekistan. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 245-252.
9.