Авторы

  • Nargiza Eshqobilova
    Denov tadbirkorlik pedogogika instituti tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.45859

Ключевые слова:

transport-logistika yuklar samaradorlik ta’sir etuvchi omillar ortib-tushurish baholash tashkiliy-iqtisodiy mexanizm mintaqa.

Аннотация

Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samardorligini aniqlashning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, transport-logistika tizimini rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda transport-logistika tizimlarining  samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu xizmatlarga aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o‘rganish zarurligi hamda  bu omillarni turlicha guruhlash mumkin bo‘lib, ular bozordagi ishtirokchilarning aynan qaysisining samaradorligini aniqlanayotganligiga bog‘lik yoritib berilgan.


background image

131

TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARI SAMARDORLIGINI ANIQLASH

IMKONIYATLARI

Nargiza Eshqobilova

Denov tadbirkorlik pedogogika instituti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13981192

Annotatsiya:

Ushbu maqolada transport-logistika xizmatlari samardorligini

aniqlashning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan.
Shuningdek, transport-logistika tizimini rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari, samaradorligini
oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda transport-logistika
tizimlarining samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu xizmatlarga aynan qanday
omillar, qay darajada ta’sir etishini o‘rganish zarurligi hamda bu omillarni turlicha guruhlash
mumkin bo‘lib, ular bozordagi ishtirokchilarning aynan qaysisining samaradorligini
aniqlanayotganligiga bog‘lik yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ta’sir etuvchi omillar, ortib-

tushurish, samaradorlik, baholash, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, mintaqa.


Mamlakatdagi transport-logistika xizmatlari sohasining joriy holati va kelgusidagi

istiqbolini tahlil etishda nafaqat mamlakat ichidagi korxona va markazlar faoliyatini balki
xorijiy davlatlar bilan ham taqqoslash zarur. Qiyosiy tahlil qilish maqsadida xorijiiy
davlatlarini tanlashda geografik joylashuv, eksport-import hamkorlar, transport-logistika
samaradorligi indeksida еtkachilik kabi kriteriyalarga asoslangan. Shunda kelib chiqqan
holda, asosiy eksport va import hamkorlar Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston
faoliyati tahlil qilinadi. Belorussiya va Qozog‘iston MDH ga kiruvchi hamkorlar, georafik
yaqinlik asosida tahlil qilinadi. Germaniya, Singapur va Avtraliya esa transport-logistika
samaradorligi indeksida еtkachi davlatlar sifatida tahlil uchun tanlangan. Vetnam va Kot-
D’Ivuar esa transport-logistika samaradorligi indeksida birdaniga katta sakrash qilgan
davlatlar sifatida tajribasini o‘rganish uchun tahlil etiladi. Davlatlar asosan umumiy, iqtisodiy
va aynan transport-logistika xizmatlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilinadi.

O‘zbekistonda ochiq dengizga chiqish yo‘laklarini mavjud emasligi sababli ichki va

tashqi yuklar importi va eksportida temir yo‘l, havo yo‘llari va avtomobil yo‘llari tizimlariga
asoslangan transport-logistika tizimilari ni rivojlantirish yo‘li tanlangan. Qabul qilingan
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi”da[1] “O‘zbekiston Respublikasining global transport-
logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining
salohiyatini oshirish” nomli maxsus 53-bandida respublikamiz transport tizimlarini
modernizatsiyalash va isloh qilishga doir ustuvor maqsad va vazifalar belgilangan. Ushbu
maqsad va vazifalarni hal etish transport-logistik xizmatlarni rivojlantirish yo‘llari va
istiqbollari, ular samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlarni olib borishni
zarurat qilib qo‘yadi.

Avstraliya.

1901-yilda mustaqillikka erishgan dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan

biri hisoblanadi. Hududining kattalagi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallagan bu davlat Hind va
Tinch okeanlariga chiqish imkoniga ega. 2021-yil holatiga YaIM 1,454 trln dollarni tashkil
etadi. 2021-yilda YaIM ning o‘sish sur’ati 5,9 % ga, 2022-yilda 2,7 % ga o‘sgan. Aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 56 412 dollarni tashkil etadi. Dunyo iqtisodiyotining 2,1 % ni


background image

132

Avstraliya hissasiga to‘g‘ri keladi. Dunyoda eksport va import hajmi bo‘yicha 19-o‘rinni
egallaydi. Avstraliya yuqori rivojlangan postindustrial davlat bo‘lib, iqtisodiyotiga “ikki xil
tezlikka ega iqtisodiyot” deb ta’rif berish mumkin. Mamalakat hududining barcha qismi bir xil
rivojlanmagan. Mamlakat iqtisodiyoti rivojiga asosan tog‘-kon sanoati, resurslarga asoslangan
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish rivojlangan hududlar hissa qo‘shadi. Mamlakat qishloq
xo‘jalik mahsulotlari, bug‘doy, foydali qazilmalarni asosiy eksportyori hisoblanadi.
Avstriyaning yirik eksport bozorlari Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston va AQSh
hisoblanadi. Transport-logistika xizmatlariga qaraydigan bo‘lsak, mamlakat bu xizmatlar
eksporti importiga nisbatan 4 barobargacha ortiq. Lekin bu tendensiya 2021-yilga kelib
pasaygan. Shunday bo‘lsa ham transport- xizmatlari eksporti importidan ko‘p bo‘lib, ijobiy
saldoga ega. Avstraliyaning yuk tashish va logistika xizmatlari bozori funksiyalariga ko‘ra
segmentlarga ajratilgan: yuk tashish, ekspeditorlik, saqlash, qiymat qo‘shadigan xizmatlar va
boshqalar. Xuddi shuningdek iste’molchilar ham segmentlarga ajratilgan: ishlab chiqarish va
avtomobilsozlik, neft va gaz, tog‘-kon sanoati va karyerlarni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi va
boshqalar. Chakana va ulgurji savdo segmentlari, xalq iste’moli tovarlari, farmasevtika kabilar
ham alohida ajratilgan.

Belorussiya Respublikasi.

1991-yilda mustaqillikka erishgan bo‘lib, dunyoda

iqtisodiyoti bo‘yicha 114-o‘rinni egallaydi. O‘rtacha darajada rivojlangan industrial davlat.
Asosan qishloq xo‘jaligi va mashinasozlik iqtisodiyotda еtakchi tarmoqlar hisoblanadi.2021-
yil ma’lumotiga ko‘ra YaIM 69,75 mlrd dollarni tashkil etadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan YaIM 6744 dollarni tashkil etadi. YaIM ning tarkibida sektorlar ulushiga
qaraydigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligi 8,1% , sanoat 40,8 %, xizmatlar ko‘rsatish 51,1% ni
tashkil etadi. Asosiy eksport va import hamkorlari Rossiya, Ukraina, Germaniya, Polsha
hisoblanadi.

O‘zbekiston bilan solishtirganda hududi, aholisi, YaIM hajmi aancha kam bo‘lgan bu

davlat xalqaro reytinglarda davlatimiz bilan yaqin natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Demak,
mamlakatimizda salohiyat bor uni yuzaga chiqarish kerak. Belorussiya qulay geografik
joylashuvga ega davlat bo‘lib, G‘arbiy Yevropa bilan Sharqni bog‘laydigan transport
marshurtlari chorrahasida joylashgan. Bundan tashqari Qora dengiz va Boltiq dengizi bilan
ham ularni bog‘laydi. 2021-yil ma’lumotlariga qaraganda transport xizmatlarining YaIMdagi
ulushi 5,1 % ini tashkil etadi. Transport xizmtalari eksporti jami eksport hajmining 43 %ni,
tashqi savdo saldosining esa 41%ni tashkil etib, 4,4 mld dollarni tashkil etdi. 2022-yil 1-
yanvar holatiga ko‘ra 61 ta turli funksiyalarni bajaruvchi logistik markazlar mavjud.

1

Xalqaro

yuk tashish bo‘yicha elektron nakladnoyga oid xalqaro Konvensiyaga a’zo.

Vetnam.

1945-yilda mustaqillikka erishgan davlat bo‘lib, aralash iqtisodiyotga

asoslangan sanoati rivojlanayotgan agrar davlat hisoblanadi. YaIM 1016 trln AQSh dollarini
tashkil etadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 10 538 AQSh dollarini tashkil etadi.
YaIM ning hajmida xizmatlar sohasi ulushi 43,3 %ni, sanoat 38,3 % ni , qishloq xo‘jaligi 18,4
%ni tashkil etadi. Asosy eksport va import hamkorlari AQSh, Xitoy, Yaponiya va Janubiy
Koreyadir.

Germaniya.

Tarixan paydo bo‘lishi 843-yilga borib taqalgan bu davlat birlashuvi 1990-

yildan keyin to‘laqonli butun bir davlat sifatida mavjud. YaIM 4 672 trln AQSh dollarini tashkil

1

https://president.gov.by/ru/belarus/economics/osnovnye-otrasli/sfera-uslug/transport-i-logistika


background image

133

etadi. Germaniya rivojlangan postindustrial davlat bo‘lib, YaIMning 78%ni xizmatlar tashkil
etadi. Germaniyada ham Avstraliyadagi kabi yuk tashish va logistika xizmtalari bozori
segmentlarga ajratilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra mamlakatda bu xizmatlar bozorinig
o‘sishi 2028-yilga kelib 3 %ga o‘sishi prognoz qilingan.

2

Pandemiya davrida mamlakatda

sezilarli pasayish kuzatildi. Chunki asosan transport xizmatlari eksportiga asoslanganligi
uchun buyurtalar hajmi keskin pasaygan edi. Lekin keyin o‘zini tiklab oldi. Elektron tijorat
bozorining rivoji mamlakatda logistika xizmtalari bozorining yanada rvojlanishiga yo‘l ochib
berdi. Germaniyada jami tashilgan yuklar ulushida avtomobil transporti еtakchilik qiladi.
Ichki tashuvlarning 90% milliy transport xizmatidan tomonidan tashilgan.

Germaniya bugungi ko‘rinishdagi ilk logistik markazlar paydo davlatlardan hisoblanib,

eng katta logistik markazlar vatani hisoblanadi. Logistik markazlar faoliyati shunchalik yaxshi
tashkil etilganki, kompaniyala o‘z omborlari va transportlariga ega ekanligiga qaramasdan
logistik markazlar xizmatidan foydalanishadi. Dunyodagi katta logistik kompaniyalar ham
Germaniyaga tegishli. Samaradorlik bo‘yicha ham xaqaro indeksda Singapur bilan teng
raqobat olib borib yuqori o‘rinlarni egallaydi.

Qozog‘iston.

Mamlakatimizga ko‘p jihatdan yaqin bo‘lgan qo‘shnimiz dengizga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar orasida eng kattasi hisoblanadi.
Aholisi soni 19 854 083 kishi. 2022-yilgi ma’lumotga ko‘ra YaIM 574,10 mlrd Aqsh dollarini
tashkil etadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi 30 876 Aqsh dollariga teng.
Markaziy osiyodagi eng katta iqtisodiyotga ega davlat hisoblanadi. Mamlakatda ishlab
chiqarish sanoati еtakchi o‘rinni egallab YaIM ning uchdan birini tashkil etadi. Asosiy eksport
va import hamkorlari Xitoy, Germaniya. AQSh va Rossiya hisoblanadi. O‘zbekistonning asosiy
eksport import hamkori hisoblanadi. Mamlakat oxirgi yillardagi transport xizmatlari eksport
va import dinamikasini kuzatsak, transport xizmatlari eksporti hajmi kichik tebranishlar bilan
o‘sish sur’atini saqlab turibdi. Import esa kamaymoqda. Xizmatlar eksporti importidan deyarli
2 barobar ko‘p.

Xitoy Xalq Respublikasi.

YaIM 23 393 trln AQSh dollarini tashkil etadi. Aholi jon

boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 16 709 AQSh dollariga teng. Xitoy iqtisodiyotining dunyo
iqtisodiyotidagi ulushi so‘nggi 10 yilda 11,4 dan 18% gacha o‘sgan. Jahon bankining
ma’lumotlariga qaraganda so‘nggi 10 yilda mamlakat YaIM tarkibida sanoat 46,9 dan 4,7 %
ga pasaygan. Qishloq xo‘jaligi 10,2 dan 7,1 % gacha pasaygan. Xizmatlar sohasi esa 42, 9dan
52,2 %ga o‘sgan.

3

Xitoy xizmatlar sohasida logistika sektorini ahamiyati katta. So‘nggi 5

dekadada bu sektor to‘xtovsiz ravishda o‘sib bormoqda. 2022-yilda logistika sohasidagi
tushum 4,7% ga oshgan. Xitoyning eng katta tashqi savdo konteyner portlari uchta logistik
klasterda joylashgan. Quruqlikda temryo‘l orqali tashishda ham quruqlik portlari faoliyat
yaxshi olib borilmoqda. Xitoyda ijtimoiy logitsika ham mavjud bo‘lib uning hajmi o‘smoqda.
Bu bizda hali umuman mavjud bo‘lmagan faoliyat turi. Uni tarifiga e’tibor qaratsak uning
ahamiyati va zaruriyatini aniq anglaymiz.

Ijtimoiy logistika

- o‘zaro ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi algoritmlar ketma-

ketligidir. U moddiy buyumlar va manfaatlar logistikasini o‘rganmaydi. Ijtimoy logistikada
subyekt alohida inson hisoblanadi. U ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib asosiy maqsad iqtisodiy

2

https://www.mordorintelligence.com/ru/industry-reports/germany-freight-logistics-market-study

3

ttps://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%.


background image

134

logistikadan farqli ravishda foyda emas balki turmush sifati hisoblanadi. Umumiy qilib
jamiyat to‘g‘ri faoliyat yuritishi va tegishli yashash sifatini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan fazo
va vaqt bo‘shlig‘ida aniq yutuqlarga erishish uchun moddiy va ularga bog‘liq axborotlar
oqimini boshqarish san’atini tushunish kerak.

Xitoyda ijtimoiy logistikani qo‘llash va Singapurda raqamlashtirish, Rossiyadagi

rivojlantirish vazifalaridan foydalanish eng ma’qul tanlov hisoblanadi.

References:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 11 сентябрдаги ПФ-158-сон

фармони билан тасдиқланган
2.

D.Тopolšek, k. Čižiūnienė, Т. Cvahte Оjsteršek. Defining transport logistics: a literature

review and practitioner opinion based approach, Dantzig, G. B.;
3.

Ramser, J. H. 1959. The truck dispatching problem, Management Science 6(1): 80–91.

Lai, K.-H.; Ngai, E. W. T.; 4.Cheng, T. C. E. 2004. An empirical study of supply chain
performance in transport logistics, International Journal of Production Economics 87(3): 321–
331. Lun, Y. H. V.; Lu, C.-S.;
4.

Lai, K.-H. 2009. Introduction to the special issue on transport logistics and physical

distribution, International Journal of Production Economics 122(1): 1–3. Wong, C. W. Y.; Lai,
K.-H.; Ngai, E. W. T. 2009b. The role of supplier operational adaptation on the performance of
ITenabled transport logistics under environmental uncertainty, International Journal of
Production Economics 122(1): 47–55.
5.

Ковалев. М.М, Королева А.А., Дутина А.А. Транспортная логистика в Белоруси:

состояние, перспективы. Монография. Минск, БГУ- 2017, 328 стр.
6.

Саматов Р.Г., Ахмедов Д.Т., Юсуфхонов З.Ю. Перспективы развития

эффективности логистики, Ярашова В.К. Методы повышения эффективности
логистики в международных рейтингах,
7.

Zokirkhan Yusufkhonov, Malik Ravshanov, Akmal Kamolov, and Elmira Kamalova.

Improving the position of the logistics performance index of Uzbekistan. E3S Web of
Conferences

264

, 05028 (2021),

8.

Кодиров Т.У., Юсуфхонов З.Ю. У., & Ахмедов Д.Т. У. (2021). Анализ факторов,

влияющих на рейтинг индекса эффективности логистики Республики Узбекистан.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 245-252.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 11 сентябрдаги ПФ-158-сон фармони билан тасдиқланган

D.Тopolšek, k. Čižiūnienė, Т. Cvahte Оjsteršek. Defining transport logistics: a literature review and practitioner opinion based approach, Dantzig, G. B.;

Ramser, J. H. 1959. The truck dispatching problem, Management Science 6(1): 80–91. Lai, K.-H.; Ngai, E. W. T.; 4.Cheng, T. C. E. 2004. An empirical study of supply chain performance in transport logistics, International Journal of Production Economics 87(3): 321–331. Lun, Y. H. V.; Lu, C.-S.;

Lai, K.-H. 2009. Introduction to the special issue on transport logistics and physical distribution, International Journal of Production Economics 122(1): 1–3. Wong, C. W. Y.; Lai, K.-H.; Ngai, E. W. T. 2009b. The role of supplier operational adaptation on the performance of ITenabled transport logistics under environmental uncertainty, International Journal of Production Economics 122(1): 47–55.

Ковалев. М.М, Королева А.А., Дутина А.А. Транспортная логистика в Белоруси: состояние, перспективы. Монография. Минск, БГУ- 2017, 328 стр.

Саматов Р.Г., Ахмедов Д.Т., Юсуфхонов З.Ю. Перспективы развития эффективности логистики, Ярашова В.К. Методы повышения эффективности логистики в международных рейтингах,

Zokirkhan Yusufkhonov, Malik Ravshanov, Akmal Kamolov, and Elmira Kamalova. Improving the position of the logistics performance index of Uzbekistan. E3S Web of Conferences 264, 05028 (2021),

Кодиров Т.У., Юсуфхонов З.Ю. У., & Ахмедов Д.Т. У. (2021). Анализ факторов, влияющих на рейтинг индекса эффективности логистики Республики Узбекистан. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 245-252.