Авторы

  • Hikmatilla Gadayev
    Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52025

Ключевые слова:

Nodir xazina qoviq keli kelisop chekich urchuq shinni moʻtadil shotut Ibn Qutayba afsona avliyo xosiyatli dastgohlar qonun ud moʻjiza.

Аннотация

Ushbu  “Nodir neʼmat” nomli maqolada tut daraxtini  insonlar xayotiga kirib kelishi, tut daraxtidan yasalgan ilk  asboblar xaqida gapiriladi. Bundan tashqari undan olinadigan xomashyo, mevasidan , ildizi dan, bargidan inson organizmi uchun foydali dori-darmonlar, sharbatlar, ipak qurtini boqilishi hamda, shoyi ipak matolar , shuningdek bu daraxtning bizga bergan neʼmatlarini xalq ogʻzaki ijodiyotida namoyon boʻlishi xaqida maʼlumot beradi va yoritadi.


background image

40

“NODIR NEʼMAT”

Hikmatilla Gadayev

Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti

katta ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14055854

Annotatsiya:

Ushbu “Nodir neʼmat” nomli maqolada tut daraxtini insonlar xayotiga kirib

kelishi, tut daraxtidan yasalgan ilk asboblar xaqida gapiriladi. Bundan tashqari undan
olinadigan xomashyo, mevasidan , ildizi dan, bargidan inson organizmi uchun foydali dori-
darmonlar, sharbatlar, ipak qurtini boqilishi hamda, shoyi ipak matolar , shuningdek bu
daraxtning bizga bergan neʼmatlarini xalq ogʻzaki ijodiyotida namoyon boʻlishi xaqida
maʼlumot beradi va yoritadi.

Kalit soʻzlar:

Nodir, xazina, qoviq,keli, kelisop,chekich, urchuq, shinni, moʻtadil, shotut,

Ibn Qutayba, afsona, avliyo, xosiyatli, dastgohlar, qonun, ud, moʻjiza.

Аннотация:

В этом "редком благословении" говорится о появлении шелковичного

дерева в жизни человека на самых ранних панелях инструментов, изготовленных из
шелковицы. Кроме того, извлекаемое из него сырье, полезные для организма человека
плоды, корни, листья, соки, используемые для кормления шелкопрядов, а также
шелковые ткани, а также польза, которую дает нам это дерево, информируют и
освещают проявление его в народном устном творчестве.

Ключевые слова:

редкость, сокровище, қобиқ, кели, келисоп, чекич, урчук, шинни,

чудо, шотут, Ибн Кутайба, легенда, святой, своеобразие, станки, закон, қонун, уд-(муз
инстр) чудо.

Abstract:

This "rare blessing" refers to the appearance of the mulberry tree in human life

on the earliest instrument panels made of mulberry. In addition, the raw materials extracted
from it, fruits useful for the human div, roots, leaves, juices used for feeding silkworms, as
well as silk fabrics, as well as the benefits that this tree gives us, inform and illuminate its
manifestation in folk oral art.

Keywords:

rarity, treasure, kobik, keli, kelisop, chekich, urchuk, shinni, miracle, shotut,

Ibn Kutaiba, legend, saint, originality, machines, law, konun, ud-(muz instr) miracle.

Yaratganning bandasiga tuhfa qilgan nodir neʼmatlaridan biri –

tut

daraxti bizning va

boshqa xalqlar olimlari tomonidan oʻrganilgan va bu jarayon hamon davom etmoqda. Tut
daraxti paydo boʻlgandan buyon jamiki tirik jonga, insonlarga misoli sehrli buloqday beminnat
hizmat qilib kelayotir. Insoniyatning madaniy hayoti rivojlangani sayin, jahon tabobati,
hunarmandchilik, ipakchilik, sozgarlik, qandolatchilik, dexqonchilik, binokorlik, sanoat va
boshqa sohalarda ham uning bebaho qadrini yaqqol koʻramiz. Shu bois koʻp sohalarning
tadqiqotchilari oʻz ilmiy izlanishlarida tutning yangidan yangi foydali tomonlarini,
xususiyatlarini oʻrganib, xalqqa havola etmoqda. Odamzot yaralgandan buyon qancha
zamonlarni bosib oʻtgan boʻlsa, ildizidan to bargigacha koni foyda boʻlgan ushbu “qut-baraka”,
“moʻjiza” yoki “xazina” daraxti insondan kam yoʻlni bosib oʻtmadi. Sekin-asta odamlar hayotiga
kirib, u bilan chambarchas bogʻlanib ketdi. Ilm-fan, iqtisod, madaniyat taraqqiyotida ham,
xattoki, xalq ogʻzaki ijodida ham sermazmun mavqeni egalladi. Qadimdanoq insonlar yaxshi
yashash uchun intilishi, izlanishi ortidan oʻz tafakkurini boyitib, tut daraxti tanasidan ov
qurollari, ish qurollari, keli, kelisop, chekich, gʻalvir gardishi, beshik, egar, toʻquvchilik


background image

41

dastgohlari, urchuq, taroq va boshqa narsalar yasagan. Qavigʻidan ham pishiq ip, eng sifatli
qogʻoz, boʻyoq, bargi esa chorvaga ham, ipak qurtiga ham ozuqa, ildizi, bargi mevalari tabobatda
dori, tanasi yoki novdalari binokorlikda ishlatilgan.

Tut daraxtining yer yuzida tarqalgan navlari asosan Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo

mintaqalari, Hindiston, Afrika va Shimoliy Amerikaning moʻtadil va subtropik hududlarida koʻp
uchrashi aytiladi. Uning 20 dan ortiq turi mavjud boʻlib, koʻp navlari Xitoyda oʻsadi. Oq tutning
vatani -Xitoy, shotutning vatani- Eron va Afgʻoniston hisoblanadi. Oʻzbekistonda ham tutning
beshdan ortiq turi yetishtiriladi. Tutning xususiyatlaridan oldin yurtimizdagi eng keksa tut
daraxtlariga toʻxtalsak:

Yarim asrlik tarixdan soʻzlaguvchi 37 tup yoshi ulugʻ tut daraxtlari Zomin tumanidagi

Turkman qishlogʻida asrlar silsilasidan oʻtgan. Ularning 9 tasi 500 yosh, 28 tasi esa 200 va
undan ortiq yoshga kirgani taxmin qilinmoqda. Ushbu daraxtlarni kim ekkanligi toʻgʻrisida aniq
maʼlumotlar yoʻq. Lekin ular nafaqat qishloq ahlining, balki, butun xalqimizning fahriga
aylangani bor gap. Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhit muhofazasi boshqarmasi xodimlari
hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Jizzax viloyati kengashi aʼzolari hamkorlikda
qishloqning eng yoshi ulugʻ nuroniy otaxonlari va mahalla faollari viloyatda 112 tup shunday
yoshi katta daraxtlar borligini aniqladi. Ularning 82 tupi tut, 23 tupi yongʻoq, 4 tupi chinor, 2
tupi tol va 1 tupi biota daraxti ekan.

Navbatdagi Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi “Mironqul” mahallasining togʻli

hududida yoshi asrlarga boʻylashgan tut daraxtining ham yoshi qariyb 450-yilga tengligi taxmin
qilinmoqda. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi Ibn Qutayba ziyoratgohidagi tutni 1000
yoshliligi aytilmoqda. Mahalliy hokimiyat davlat organlarining qarori bilan ushbu daraxtlar
“Davlat tabiat yodgorligi” deb eʼlon qilinib, bu borada yana izlanishlarning davomi cheksiz.

Olimlarimiz tomonidan bildirilishicha tut (Morus) – tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar

turkumiga kirgan mevali daraxt hisoblanadi; Oq tut (M.alba) va qora tutning (M.migra) mevasi
isteʼmol qilinadi. Sershox tut (M.multicaulis), kagayama tut (M.Kagayame) va ipak qurti tuti
(M.bonabycis) turlaridan, asosan, ipak kurti boqishda foydalaniladi. Tut tez oʻsuvchan,
qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli, shox-shabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida
shaklida boʻlishi mumkin. Boʻyi 15-18 metr, baʼzilariniki 20-25 metrgacha, yoʻgʻonligi 1,5
metrgacha boʻladi. Katta yoshdagi baland tanali tut daraxtlaridan 20-40 kilogrammgacha barg,
50-60 kilogramm meva hosili olinadi. Tutning egri-bugri (ilonoʻt) va pastga qarab oʻsadigan
(majnun tut) xillari ham uchraydi. Hayratlanarlisi tut daraxti 300, ayrimlari 500-yilgacha
yashaydi. Oq tut (Balxi tut) va shotut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy boʻlib,
yangiligida isteʼmol qilinadi. Undan shinni, murabbo, mayiz, tayyorlanadi. Bargidan ipak qurti
boqishda foydalaniladi. Tut ikki uyli oʻsimlik. Gullari bir jinsli. Tut urugʻidan, qalamchasidan,
payvand va parxish (parxama) usulida koʻpaytiriladi. (“OʻzME” dan).

Ushbu barakali tut daraxtning, asosan, ikki xil turi, oq tut va shotut -isteʼmolga yaroqli

hisoblanadi. (Shotutni qora tut deb ham atashadi.)

Tutning mevasi toʻliq pishib yetilgach, sershira, yangi uzilgan holda yoki quritilgan (tut

mayizi) holida isteʼmol qilinadi. Yana tutdan turli xildagi pishiriqlar, murabbo va marmeladlar,
qiyom, shinni tayyorlanib, dasturhonimizni obod qiladi.

Tut mevasi sersuv, uning tarkibida 82,9-86,2 % gacha suv bor. Bundan tashqari, u sershira

meva 10,9-12,7 % gacha qand miqdori mavjud. Tutning mevasi quritib, isteʼmol qilinsa, shirasi
yanada koʻpayadi. Tut mayizida qand miqdori 73,29-83,71 % ini tashkil etadi. Boz ustiga tut


background image

42

mevasi V, S, E, K, RR vitaminlariga boy. Shunga koʻra, uni kasallikdan zaiflashib qolgan, tez-tez
shamollaydigan kishilarga isteʼmol qilib turishlari tavsiya etiladi. Mineral moddalardan esa
kaliy, natriy, rux, selen, mis, fosfor, kalsiy, magniy, temirga boy, urugʻi 24-33 foizgacha yogʻ va
boshqa oshlovchi moddalarni oʻzida saqlaydi. Tarkibida koʻp miqdorda fosfor saqlagani bois,
tut aqliy faoliyat bilan shugʻullanadigan kishilar uchun koni foyda sanaladi. Homilador ayollar
uchun ham tut mevasi homilaning yaxshi rivojlanishi uchun kerakli darmondorilar manbai
hisoblanadi. Tut mevasi insonning immun tizimni kuchaytirib, organizmni yuqumli
kasalliklarga qarshi himoya tizimini mustahkamlaydi, teriga barvaqt ajin tushishining oldini
oladi, koʻrish qobiliyatini yaxshilab, koʻz toʻrpardasining zararlanishi kabi kasalliklardan
asraydi. Tut bargi va tanasining poʻstlogʻi ham turli biologik faol moddalar koʻp. Bargi tarkibida
flavonoidlar, vitaminlar, karotin, efir moyi, organik kislotalar, poʻstlogʻida esa boʻyoqli va
oshlovchi moddalar, turli xildagi kislotalar mavjudligi aniqlangan. Oʻlkamizda qadimdan xalq
tabobatida tutdan turli kasalliklarni davolashda keng foydalanilgan. Qonni tozalashda, qonni
koʻpaytirishda tut shirasi, bargining qaynatmasi esa angina va boshqa shamollash kasalliklarida
isitmani tushiruvchi, chanqoqni qondiruvchi vosita sifatida qoʻllanilgan.

Bobomiz Abu Ali Ibn Sino tutdan shifobaxsh vosita sifatida, tut, tok va qora anjirning

barglarini yomgʻir suvida qaynatib ishlatilsa, sochni qoraytirishini, oq tut bargi tomoq ogʻrigʻini,
yangi uzilgan barg shirasi tish ogʻrigʻini, tut mevasi va uning shirasi ogʻiz va tomoqdagi
shishlarni davolashini misol qilib keltiradi. Ichburugʻ kasalligini davolashda tuzlab quritilgan
tutdan, buyrak, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda ham tut mevasi tanani ortiqcha
suyuqlikdan tozalovchi, peshob haydovchi vosita hisoblanadi. Tut mevasini ovqatlanishdan
oldin isteʼmol qilinsa, oshqozonga uning zarari tegmaydi.

Tut mevasining quritilganidan tayyorlangan damlama, sharbat darmonsizlikni davolaydi,

ozishga yordam beradi, organizmni tozalaydi. Qish oylarida tut daraxtining kurtagini olib,
tozalab, damlamasini ichib yurish, yurakning quvvatini oshiradi. Tut daraxti gullari oʻsimlik
yogʻi bilan aralashtirilib, qorongʻi joyda tindirilsa, teridagi mayda husnbuzar, dogʻlar va sepkilni
davolash uchun ajoyib krem hosil boʻladi. Tanadagi eski yara va shikastlangan joylarni
davolashda tut bargi va shoxchasini maydalab, oʻsimlik yogʻi bilan aralashtirib surtilsa, yaralar
tez bitadi, yaraning oʻrnida iz qolmaydi. Tutning oziqaviy qiymati 70 kkal tengligi aytiladi. Nafas
yoʻllari kasalligi, yurak xastaliklari, revmatizm, surunkali yoʻtal, pnevmaniya va bronxit, teri
kuyishi, stomatit, tomoq va yara kaslliklari, qon bosimi va qon aylanishi kasalliklarining
barchasiga tut daraxtida davo bor. Bir soʻz bilan aytganda xalq tabobatida tutning ildizidan
tortib mevasi, bargi, novdasi odam organizmidagi koʻp kasalliklarga davo ekanligi oʻz isbotini
topgan.

Tut daraxtining xalq hunarmandchiligining rivojiga qoʻshgan hissasida ipakchilikni misol

keltirmaslikni iloji yoʻq. Oʻlkamizda qadimdanoq qoʻshni va olis yurtlar bilan savdo
aloqalarining yoʻlga qoʻyilishi hunarmandchilikni rivojlanishiga ham beqiyos taʼsir koʻrsatgan.
Qadimiy manbalarda ipak qurti taʼrifi chindan ham ulugʻlanadi. Hazrati Navoiy bobomizning
ushbu soʻzlari esa ipak qurtining nechogʻli qadrli ekanini anglatadi.

ʻ yerga tushib, chechak boʻldi,
Qurt jondan kechib, ipak boʻldi,
Lola tuxumichalik gʻayrating yoʻqmi?
Ipak qurtichalik himmating yoʻqmi?


background image

43

Xitoy shoyilari dunyo bozorini lol qoldirgan boʻlsa, asta-sekin bizning shoyi matolarimiz,

atlaslarimiz ham jahon bozorida oʻz oʻrnini egallagan. Shoyi atlas xaqida gap ketganda goʻzal
Margʻilon shahri esga olinadi. Margʻilon – hunarmandlar oʻlkasi. Bu goʻshaning yoshu qarisi
biror hunar bilan shugʻullanadi. Shahar “Buyuk ipak yoʻli” da joylashganligi uchun qadimdanoq
savdo karvonlari qoʻnib oʻtadigan joy boʻlgan. Margʻilon deyilganda odamlarning koʻz oʻngiga
rang-barang naqshlar bilan bezalgan, kamalakdek serjilo atlas va adras matolari keladi.

Margʻilondagi Said Ahmad Xoʻja eshon madrasasi madaniy meros obyekti hisoblanadi.

2007-yili bu yerda Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Bu markazga
bugungi kunda taniqli ustazoda hunarmand Rasuljon Mirzaahmedov rahbarlik qilmoqda. 2017-
yili markaz Yunesko tomonidan madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan. Bunday markazlar Osiyo,
Tinch okeani mintaqasida Xitoy, Indoneziya va Oʻzbekistonda bor xolos. Usta-hunarmand
Rasuljon Mirzaahmedov atlas, adras toʻqish texnologiyasini Afgʻoniston, Qirgʻiziston va
Amerikada boʻlib oʻtgan koʻrgazmalarda ham koʻrsatib keldi. Rasuljon akaning otasi
Margʻilonning katta ustasi Turgʻunboy Mirzaxmedov, muzeylarda nusxalarni oʻrganib, atlas,
adras va shoyi matolarini qayta tiklash bilan shugʻullangan. Bugungi kunda ushbu sexda yuz
foiz tabiiy ipak va ipdan adras, atlas va shoyi matosi toʻqilmoqda. 2022-yil Margʻilon shahriga
dunyo hunarmandlari kengashi tomonidan xalqaro hunarmandlar shahri maqomi berildi.
Margʻilon tarixi muzeyida alohida shu atlas, adrasga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil qilingan.
Asosan Mirzaahmedovlar oilasi, bobosi tomonidan qayta ishlangan eski, qadimgi nusxalarning
asli, qadimda toʻquvchilar ishlatgan dastgohlar, anjomlar qoʻyilgan. Rasuljon Mirzaahmedov
alohida atlas, adras, toʻqimachilikka bagʻishlangan muzey qilib, avlodlarga qoldirishga bel
bogʻlagan.

Endi atlasga toʻxtalamiz. atlas oʻzi qanday mato?

Atlas

(arabcha -tekis, silliq) – tanda ipi

ham, arqoni ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida
boʻyab bezatiladi va alohida ishlov ortidan atlasga jilo beriladi, uning oʻzgachaligi ham shundan.
Avvallari mato yuziga kudung urilgan, endilikda, atlas issiq sathli baraban – kalandrdan
oʻtkaziladi. Bizning atlaslar rang-barang nafis gullarga boy, ularning uygʻunligi matoda yaxlit
goʻzal bir naqshni hosil qiladi. Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi sakkiz tepkili
xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va toʻqilish usulidadir. Atlasning
toʻqilish jarayoni: toʻrt tepkili atlas toʻrt tepkili dastgohda, sakkiz tepkili atlas sakkiz tepkili
dastgohda toʻqiladi. Yurtimizda tayyorlangan atlaslar respublikamizdan tashqari xorijiy
mamlakatlarga ham chiqarilmoqda. 1967-yilda Monreal (Kanada)da oʻtkazilgan Xalqaro
koʻrgazmada, 1978-yilda Yugoslaviyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro yarmarkada
xonatlas Oltin medal bilan mukofotlandi. Toshkent Modellar uyida xonatlasdan tiqilgan tayyor
kiyimlar 1970-yilda Yaponiya (Osako)da, 1987-yilda Budapesht kuzgi yarmarkasida, 1988-
yilda Bagʻdodda, 1989-yilda Hindiston (Dehli) da boʻlib oʻtgan Xalqaro yarmarkalarda,
AQSHning Vashington (1998) va Chikago (1999) shaharlarida namoyish etildi.

Ayollar liboslari, koʻrpa, koʻrpachalar, erkaklar qiyiqchasi va boshqa buyumlar

tayyorlanadigan bu bebaho atlas – “Qora atlas”, “Bargi karam”, “Chaqirim”, “Yahudiy nusxa”,
“Nomozshomgul”, “Shaxmat”, “Qora koʻzim” va boshqa nomlar bilan ataladi. Yana ipak tolaga
qaytsak, sanoatda harbiylarimiz uchun parashyut ham ipak matodan tayyorlanadi.

Turkiy xalqlarda ham boshqa xalqlar folklorshunosligi qatori daraxt obrazining badiiy

tarqqiyot xususiyatlari, genezisi, xalq asarlaridagi poetik talqinlari va vazifalari tarixiy hamda
ritual-mifologik maktab barcha xalqlar folklorida milliy dunyoqarashdan kelib chiqib talqin


background image

44

etilishi kuzatiladi. Shuning uchun har bir xalq ijodida daraxt obrazining tarixiy-tadrijiy talqin
xususiyatlarini ochish, mifologik asoslarini yoritish, dolzarb masalalardan biri hisoblanadi

Tut daraxtining Nomoddiy madaniy merosimizda xalq ogʻzaki ijodi tomonidan ham oʻz

oʻrni bor. Bunga bolalikda eshitgan ertagu-afsonalarimzda, dostonlarimizda rivoyat va
maqollarimizda koʻp uchratishimiz mumkin. Xalqimizda tut daraxti bilan bogʻliq afsonalar
koʻplab yaratilgan boʻlib, ularning aksariyatida tutning biror aziz avliyo hassasidan koʻkarib
unib chiqishi, zum oʻtmay ulkan daraxtga aylanishi motivlari, yaʼni, “Yakkatut buva” afsonasini
koʻrsatishimiz mumkin. Shuningdek, bu anʼanaviy motivga Bahouddin Naqshband nomi bilan
bogʻliq afsonalarda duch kelish mumkin. Unda aytilishicha, Bahouddin Naqshband
ziyoratgohida saqlanayotgan katta tut yogʻochi bir vaqtlar aziz avliyoning yerga suqib qoʻyilgan
hassasidan unib chiqqan daraxt ekan.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida Kuyik, “tut” degan avliyo joy bor. Ana shu joy

nomining kelib chiqishi toʻgʻrisidagi afsonada hikoya qilinishicha, Qoraxon eshon buva degan
kishi daryodan qoʻlini yuvib turgan ekan, suv betida bir yogʻi kuyik kosov oqib kelayotganini
koʻrib qolibdi. Eshon buva kosovni suvdan olib daryo boʻyiga suqib qoʻyibdi. Xudoning amri
bilan kosov barglab, katta tut daraxti oʻsib chiqibdi. Lekin oʻsha kosovning bir uchi kuyik
boʻlganligi sababli bu tut oʻsib turgan boʻlsa-da, uning ichi kuyib, qop-qorayib ketibdi. Zamonlar
oʻtib, oʻsha tut daraxti oʻsgan makon ziyoratgohga aylanibdi. Boshqa afsonada yovdan qochib,
avliyo tutgan iltijo qilibdi, tut ikkiga ajralib, uni yashiribdi. Tutga qoʻnib turgan olashaqshaq
dushmanga uni sotibdi. Yov bir oz uchi qisilib qolgan yaktagidan tortib chiqara olmay tutni
yarim belidan aralashibdi. Kesilgan tut agʻdarilib ikkiga boʻlinib, orasidan qon chiqibdi. Shu-shu
qachonkim tut kesilsa, tanasidan qizil suyuqlik oqib turarkan.

“Tut shirasi” nomli afsonaga koʻra, dushmanlaridan qochib borayotgan bir avliyo tut

daraxti yoniga kelganida Xudoga yolboribdi. Shunda Xudoning amri bilan tut yorilib, avliyo
uning ichiga kirib ketgan ekan. Tut tanasidan gohida sizib chiqadigan qizgʻish rangli suyuqlik
va shira ana oʻsha avliyoning qonli koʻz yoshlari deyiladi. Yana bir afsonada “Tut daraxtining
xosiyati” haqida hikoya qilinadi. “Qadim zamonda, Surxon vohasi tomonda bir podshoh
meʼmorlariga yangi yerda oʻziga saroy qurdirishni buyuribdi. Meʼmorlar tez fursatda tinmay
mehnat qilib, shohning amrini bajarishibdi. Saroy qurilishi yakuniga yetibdi, ammo biroz
vaqtdan soʻng, imorat poydevoridan nurashni boshlabdi. Shoh saroyni qayta qurishga farmon
beribdi, yana shu xol takrorlanibdi. Quruvchilar saroyni yanada mustahkamroq qilib qursada,
yana saroy nuray boshlabdi. Ular qoʻrqib turganlarida bir donishmand chol kelib, meʼmorlarga
qurilishdan oldin saroy atrofiga tut ekishni maslahat beribdi. Bu safar bino nuramabdi.
Donishmandan sababi soʻralganda: “Tut daraxtining ildizlari mustahkam boʻlib, aynan shoʻrni,
va sizot suvlarni oʻziga tortadi”, – deb javob beribdi chol. Podshoh esa uning donishmandligiga
tasannolar aytibdi. Macjit va minoralar, imoratlar yaqinida tut ekish odati shundan saqlanib
qolgan ekan”. Ipak tayyorlangan matolar va tutdan daraxtidan yasalgan sozlarni halq
qoʻshiqlarida juda goʻzal tarzda ulugʻlanadi.

Ipak roʻmol boshingda hilpillaydi,
Choy ichganda yuraging kilkillaydi.
Olib ber deb otamga aytolmayman.
Til tagida koʻmakday bilqillaydi.
Yoki
Boshimda ipak roʻmolim, yanogʻimda birdona xol,


background image

45

manim jamolim, yorim bor labzi halol.
Koʻylagim girim, girim, girimga yetmaydi puli
Girimga yetmasa pulim, bu dunyoda koʻnglim yarim.
Yalo, yalo yalo, yalo demasmano,
atlas koʻylak obermasang yorim demasman.
Yana,
Muhayyo, Curayyo, Raʼno muqaddas,
Koʻzimni kuydurib kiyibsiz atlas.
Yana
Doʻppi tikdim ipaklari tillodan,
Demak uning zarlari ham tillodan.
Daryo toshqin
Daryolarning ul yuzida uyloringizey,
Oqarishib koʻrinadi boʻyloringizey.
Ipdanmidi, ipakmidi kiygoningizey?
Bizlardan ham ortiqmidi suygoningizey?
Yoki koʻhna qoʻshiqlardan biri “Jinaynik” da shunday soʻzlar bor,
Alvon koʻylak etagiga, tut qoqaylik, jinaynik.
Dushmanlarning bagʻriga oʻt yqaylik, jinaynik.
Ushbu xalq qoʻshiqlarida ipakni nafis, mayin va uning rangli jilosi yorning chiroyi,

goʻzalligi, ibo-hayosi bilan qoʻshib kuylansa, tut tanasidan yasalgan milliy sozlarda ham
oʻzgacha bogʻliqlikni anglaymiz.

Doira doʻm-doʻma, bahori mavsuma,
Kelsa bahor gullar terib, qilar tabassuma.
Doirangni qasqoni, ipi bormi osgani?
Yoshligingda oʻynab qol, yoring bormi toʻsgoni?
Kuyla dilkash, kuyla dilkash dutorim,
Tinglab orom olsin suyukli yorim.
Ishq sadosi boʻlib yangra tilimda
Humorim yoz humorim yoz, humorim.
Yana doʻmbira toʻgʻrisida, dutor, tanbur, nay, gʻijjak, surnay toʻgʻrisida aytilgan xalq va

xalqona qoʻshiqlarni koʻplab misol qilib keltirishimiz mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, tut
daraxti – xalq ogʻzaki ijodida insonning tabiat bilan qanchalar uygʻunligini bildirib,
farzandlariga bor mehrini berayotgan onaday ifodalanadi.

Boshqa sohalarda ham tut daraxtining insoniyatga bergan beminnat hizmatini sezmay

iloji yoʻq. Ajdodlarimiz beshiklarni, keli-kelisop, toʻquv dastgohlarini, elak, urchuq, taroq kabi
xoʻjalik anjomlarini, yovvoyi otlarni qoʻlga oʻrgatib, undan foydalanishni yoʻlga qoʻyganlarida
uning egarini tutdan yasashgan.

Yana bu sehrli daraxtning Nomoddiy madaniy merosga qoʻshgan eng katta hissasi, Turkiy

dunyo va osiyo xalqlarining eng zoʻr cholgʻu sozlarini ham tutdan yasalishidir. Tor, Rubob,
Dutor, Tanbur, Doira, Nay, Gʻijjak, Surnay, Ud, Turk sozi, Qonun, Chang, Doʻmbira va boshqalarni
misol qilishimiz mumkin (oʻrik, yongʻoq, nokdan ham yasalmoqda) Hunarmandchilikning
“Sozgarlik” yoʻnalishi sanʼat darajasiga koʻtarildi va cholgʻu sanʼatini, musiqa sabogʻini rivojini
koʻklarga koʻtardi. Tut daraxtidan yaratilgan ldastgohlar, sozlar, buyumlarning har-biri oʻzi bir


background image

46

asar. Allohning moʻjizasini qarang, “Tut tanasidan yaralgan (dutor) cholgʻu uning bargidan
ozuqlangan ipak qurti eshgan ipakdan eshilgan torlarini yana bagʻriga olib, sozanda qoʻlida ajib
ohanglar bilan koʻngillarni hushnud aylarkan”.

References:

1.

Jaloliddin Nuriddinov 27-may 2016-yil “ Tut mevalarining xossalari”

2.

Dori Darmon Aksiyadorlik Kompaniyasi 12 May 2020 g., 08:43

3.

TUTNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI https://t.me/doridarmon_ak telegram kanali

O‘zbekiston nomoddiy madamiy merosi Ichkap 2017 Motxi 2017 YUNESKO ishlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi 2017
4.

“O‘zbek xalq cholg‘ulari ijrochilik san’ati tarixi” Lutfullayev. O‘zbek davlat

konservatoriyasining “Musiqa nashriyoti” 2006.

Библиографические ссылки

Jaloliddin Nuriddinov 27-may 2016-yil “ Tut mevalarining xossalari”

Dori Darmon Aksiyadorlik Kompaniyasi 12 May 2020 g., 08:43

TUTNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI https://t.me/doridarmon_ak telegram kanali O‘zbekiston nomoddiy madamiy merosi Ichkap 2017 Motxi 2017 YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi 2017

“O‘zbek xalq cholg‘ulari ijrochilik san’ati tarixi” Lutfullayev. O‘zbek davlat konservatoriyasining “Musiqa nashriyoti” 2006.