Авторы

  • Nigora Uralova
    Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52044

Аннотация

Har qaysi til olamni o’ziga xos usulda ifodalagani sababli tillarning har biri o’ziga xos tarzda “olamning lisoniy manzarasi”ni hosil qiladi. Tillarning “olamning lisoniy manzarasi”ni aks ettirishida xalqning madaniyati, milliylik, qadriyatlari, urf-odat va an’analari muhim rol o’ynaydi. Bu esa, o’rganilayotgan tilning – Olamning lisoniy manzarasini beruvchi madaniy konseptlarini tushunib yetish bilan bog’liqdir.[1] S.A.Arutonovning ta’kidlashicha, taom – madaniyatning shunday moddiy elementiki, unda boshqalariga qaraganda ko’proq milliy qarashlar saqlanib, xalqning o’z milliy xususiyatlari spesifikasi haqidagi farazlari shakllanadi va oson tushuniladi.[2]


background image

67

“HAYVONOT OLAMIGA MANSUB MAHSULOTLAR” LEKSIK-SEMANTIK

GURUHI

Uralova Nigora Abduvaliyevna

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi

o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14061636

Har qaysi til olamni o’ziga xos usulda ifodalagani sababli tillarning har biri o’ziga xos

tarzda “olamning lisoniy manzarasi”ni hosil qiladi. Tillarning “olamning lisoniy manzarasi”ni
aks ettirishida xalqning madaniyati, milliylik, qadriyatlari, urf-odat va an’analari muhim rol
o’ynaydi. Bu esa, o’rganilayotgan tilning – Olamning lisoniy manzarasini beruvchi madaniy
konseptlarini tushunib yetish bilan bog’liqdir.[1] S.A.Arutonovning ta’kidlashicha, taom –
madaniyatning shunday moddiy elementiki, unda boshqalariga qaraganda ko’proq milliy
qarashlar saqlanib, xalqning o’z milliy xususiyatlari spesifikasi haqidagi farazlari shakllanadi va
oson tushuniladi.[2]

Iboralarni lingvomadaniy konseptual asoslarda o’rganish narsa va hodisalarning muhim

belgilarini ajratish, borliqning lisoniy manzarasini yaratishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Iboralarni o’rganishda turli til vakillarining borliq, undagi narsa va hodisalarga munosabati,
milliy va madaniy dunyoqarashi kabi xususiyatlar markaziy o’rinda turadi. Iboralarni etnik,
ijtimoiy, pragmatik jihatdan o’rganish esa uning ayni xususiyatlarini yanada kengroq va
teranroq ochib berish imkonini beradi.[3] Xuddi shunday o’zbek tilida gastronomik frazeologik
birliklar tarkibida

«Hayvonot olamiga mansub mahsulotlar»

leksik-semantik guruhi

«Sut

mahsulotlari»; «Go‘sht, go‘shtdan tayyorlanadigan mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar»;
«Baliq mahsulotlari»; «Qush va parrandachilik sanoati mahsulotlari»

kabi mikroguruhlarga

bo’linib ketadi.

«Sut mahsulotlari» leksik-semantik guruhi.

O’zbek gastronomik frazeologizmlarda

“sut mahsulotlari” mikroguruhiga “

sut, qatiq, qaymoq, ayron, pishloq

” leksemalari faol

komponentlardan biri hisoblanadi.

Sut gastronomik kodi.

N.S.Marushkina o’z maqolasida sutga “xudolar taomi, hayot

eliksiri, qayta tirilish, abadiyat, mehribonlik, g’amxo’rlik, achinish, mo’l-ko’lchilik va hosildorlik
ramzi” deya ta’rif bergan. O’zbek tilida sut frazeologik birikmalarda komponent sifatida
quyidagi ma’nolarda kelishi mumkin:

Halollik, poklik ramzi sifatida:

ona sutidek pok

(halol) – hech qanday nopoklik,

qalbakilik aralashmagan kishining o’z peshona teri evaziga kelgan.

Ona sutiday halol

{yoki

pok)

– hech qanday nopoklik, qalbakilik aralashmagan, kishining o’z peshona teri evaziga kelgan.

Sutdan oq, qordan toza

- pokdomon, pokdil, mutlaq begunoh

(kesatiq bilan). To’laganova qo’y

og’zidan cho’p olmagan farishta. Keling-chi? Keling?! Balki u ham

sutdek oppoq,

musichadek

beozordir!

(O‘.Xoshimov. Tushda kechgan umrlar. Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat-2002. 240

b).

Men halol narx qo’ydim, to’g’rimi yigitlar?

- Ona sutidek halol

, - yana “paxta” qo’yishdi

yigitlar

(Xolidiy Husayniy. Shamol ortidan yugurib…Toshkent: Yangi asr avlodi- 2016.).

Sutdek oq

- pokdomon, pokdil, mutlaq begunoh.

Sutdan oq, suvdan tiniq

-

Beg’ubor, pok,

begunoh odam haqida. masalan,

Singlim go’zal bir sanam yetaklab kelayotgan edi, uning ta’rifiga

til ojiz! Ayniqsa, oyning

sutday oppoq

nurida uning chehrasi boshqacha ko’rinardi

(N.Ismoilov.

O‘limga mahkum qilinganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi- 2007. 256 b).


background image

68

Buzoqning haqi bor deb sigirning sutini ichmaslik

-

kim

birovning haqiga zarracha xiyonat

qilmaslik.

Ha, shunaqangi dog‘uli edi u, yiqiladigan joyiga oldindan ko‘rpa to‘shab qo‘yardi,

ishigayam, so‘zigayam hamisha birovlarni qalqon qilardi, o‘zi qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan,

buzoqning haqi bor deb sigirning sutini ichmaydigan

faqir va hattoki jabrdiyda misoli

panada qolib ketaverardi…

(Abduqayum Yo’ldoshev. Puankare.ZIYOUZ.COM)

Buzoqning

haqi buzoqqa degandek, qatorasiga ikki yil quruqdan quruqqa ho‘kiz yetaklab buzoq bermagan
sigirni pushti kuygan deyishadi.

(Bahodir Qobul. Oybuloq.ZIYOUZ.COM.)

Tajribasizlik timsolida:

“Ona suti og’zidan ketmagan”

frazeologizmi hali yosh,

turmushning achchiq-chuchugini, tajribasini ko’rmagan go’dak mazmunida mavjud. Masalan:

Og’zidan suti ketmagan

, yaxshi yomonning farqiga bormagan go’dakning qo’li bilan qon

to’kishingizga yo’l qo’ymayman!

(Isoqjon Nishonov Afg‘on shamoli. 3-kitob, Namangan-

2011.224 b.).

Biz ro’y bergan yoki ro’y berayotgan jinoyatlarga qarshi kurashamiz. Lekin mana

bunaqa

ona suti og’zidan ketmagan

bolalarni bu kimsasiz ovloq cho’llarga, ayniga kimsalar,

ashaddiy jinoyatchilar orasiga kimlar, qanday qilib jo’natayotganlarini bizlar bilmaymiz

(Chingiz Aytmatov. Qulayotgan tog‘lar. Toshkent: O‘zbekiston-2011. 536 b).

– Afv

etasizlar, urushga manavinaqa

ona suti o’zidan ketmagan

go’daklarni jo’natishadi

(Erkin

Malik. Shaytonvachchaning nayranglari. Toshkent: Adabiyot uchqunlari-2013. 368 b).

Berilgan gaplarda ishtirok etgan iboralarni yuqoridagi birlashtiruvchi semalari asosida

o’zaro sinonimik munosabatdagi birliklar sifatida ham ko’rsatib o’tish mumkin. Ushbu
iboralarga ma’lum ma’noda qarama-qarshi bo’lgan

ona suti og’zidan ketmagan

frazeologizmini

keltirib o’tish mumkin, bu yerda ular o’rtasidagi zidlik “boshlanish”, “yakunlanish” semalari
sanaladi.

Shuncha yil biz qilmagan ishni og’zidan

ona suti ketmagan

nevaramiz tengi bir qiz

kelib qilmoqchi

(S.Abduqahhor). Ko’rinadiki,

og’zidan ona suti ketmagan

iborasida “vaqt”

semasiga aloqador bo’lgan “yosh” semasi mavjud. O’zbek tilining o’ziga xos ifoda
imkoniyatlarini turli semantik umumiyliklar ostida birlashgan iboralar orqali ham aniqlash
katta ahamiyatga ega. Bunda iboralarni muayyan umumiy va xususiy semalar yordamida tahlil
qilish maqsadga muvofiq.[4]

Sh.Rahmatullayev “O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”da ayrim yosh anglatuvchi

frazeologik iboralarni keltirib o’tgan bo’lishiga qaramay, bunday belgiga ega bo’lgan iboralar
ancha kam uchraydi. Yosh belgisi bilan alohida farqlanuvchi frazeologizmlar qatoriga

ona suti

og’zidan ketmagan, balog’atga yetgan, suyagi qotmagan, bir oyog’i yerda, bir oyog’i go’rda, esini
tanigan, sharti ketib, parti qolgan, o’n gulidan bir guli ochilmagan

kabi iboralar mansub. Bunday

frazeologizmlar uchun xos bo’lgan umumiy ma’no belgisi “yosh” semasi sanaladi. O’z tarkibida
bunday frazeologizmlarni “

yoshlik

” hamda “

keksalik

” belgisi bilan zidlangan frazeologizmlarga

ajratish mumkin. O’z navbatida, ularning har qaysisi ma’lum ichki belgilari bilan farqlanadi.
Dastlabki bo’linishda ular quyidagicha guruhlanadi: - “

go’daklik

” semali frazeologizmlar; -

navqironlik

” semali frazeologizmlar; - “

keksalik

” semali frazeologizmlar. Birinchi kichik

guruhga

suyagi qotmagan, ona suti og’zidan ketmagan

frazeologik birliklarini kiritish mumkin.

Ularda mavjud yosh belgisi bilan birga, “

go’daklik

” semasi kuzatiladi. Buni qarang-a, menga hali

ona suti og’zidan ketmagan bir bola aql o’rgatsa-ya! (S.A.).

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ba’zan bir xalqdagi qiyos ikkinchisidagiga umuman

o’xshamaydi, hattoki zid bo’lishi ham mumkin, ijobiy va salbiy baholash holatlari ham
kuzatiladi. Dunyoni til vositalarida ko’rish inson ongida olamni mantiqiy aks ettirish bilan
bog’liq bo’ladi.


background image

69

References:

1.

Марушкина Н.С. “Гaстрономические” фразеологические единицы как средство

формирования концепта еда. Преподователь XXI века, 2012.
2.

Арутонов С.А. Основные пищевые модели и их локальные варианты у народов

России // Традиционная пища как выражение этнического самосознания. –Москва:
Наука, 2001.
3.

Yarasheva N. Iboralarning lingvomadaniy tadqiqi. Til va adabiyot ta’limi jurnali. 11-

son,2018.
4.

Ganiyeva Sh.A O‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning semantic va valent xususiyatlari:

Magistrlik dissert. -Farg‘ona, 2011.
5.

Raxmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. -Toshkent: O‘qituvchi, 1978.

Библиографические ссылки

Марушкина Н.С. “Гaстрономические” фразеологические единицы как средство формирования концепта еда. Преподователь XXI века, 2012.

Арутонов С.А. Основные пищевые модели и их локальные варианты у народов России // Традиционная пища как выражение этнического самосознания. –Москва: Наука, 2001.

Yarasheva N. Iboralarning lingvomadaniy tadqiqi. Til va adabiyot ta’limi jurnali. 11-son,2018.

Ganiyeva Sh.A O‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning semantic va valent xususiyatlari: Magistrlik dissert. -Farg‘ona, 2011.

Raxmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. -Toshkent: O‘qituvchi, 1978.