Авторы

  • Dilnovoz Azimova
    Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisod va innovatsiyalar fakulteti 71-23 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52150

Ключевые слова:

Ekologiya atrof-muhit tabiatni muhofaza qilish chiqindilar barqaror rivojlanish yashillashtirish muqobil energiya tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya.

Аннотация

Ushbu maqolada ekologiyani asrashning dolzarbligi, atrof-muhitning inson hayotidagi orni va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida so’z boradi. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar, ularning oqibatlari hamda har bir shaxsning ekologiyani asrashdagi o’rni yoritiladi.


background image

96

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI “YASHILLASHTIRISH” ISTIQBOLLARI

Azimova Dilnovoz Bahrom qizi

Guliston davlat universiteti

Raqamli iqtisod va innovatsiyalar fakulteti 71-23 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14163114

Annotatsiya

. Ushbu maqolada ekologiyani asrashning dolzarbligi, atrof-muhitning inson

hayotidagi orni va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida so’z boradi. Atrof-muhitga salbiy
ta’sir ko’rsatuvchi omillar, ularning oqibatlari hamda har bir shaxsning ekologiyani asrashdagi
o’rni yoritiladi.

Kalit so’zlar

: Ekologiya, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, chiqindilar, barqaror

rivojlanish, yashillashtirish, muqobil energiya, tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya.

Kirish

. Ekologiya va atrof-muhitning inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Tabiatning

bizga bergan ne’matlari, havoning tozaligi, suvning tiniqligi va yerning unumdorligi inson
salomatligi va hayotining bardavomligi uchun zarurdir. Biroq, sanoatning rivojlanishi,
urbanizatsiya va odamlarning no’noq munosabati tufayli atrof-muhitga katta zarar
yetkazilmoqda. Bu esa nafaqat hozirgi avlod, balki kelgusi avlodlar uchun ham xavf tug’diradi.
Shuning uchun ekologiyani asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi sifatida qabul qilinishi
kerak.

Hozirgi zamonda ekologik muammolar har qachongidan ham dolzarbroq. Havo

ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, yerning cho’llanishi va chiqindilar bilan to’ldirilishi
bularning barchasi inson faoliyatining oqibatidir.

Misol uchun, transport vositalaridan chiqqan gazlar havo tarkibiga zarar keltirib, turli

kasalliklarga olib keladi. Qishloq xo’jaligida ishlatilayotgan kimyoviy o’g’itlar va resurslarini
ifloslantiradi. Plastik chiqindilarning ko’piyishi esa dengiz hayvonlari va qushlar uchun xavf
tug’diradi.

Ekologiyani muhofaza qilish faqat hukumat yoki ekologik tashkilotlarning ishi emas. Har

bir inson o’z xatti-harakatlari orqali ekologiyani asrashi mumkin. Chiqindilarni ajratish va
qayta ishlash, energiya va suvni tejash, plastik iste’molini tabiatga katta foyda keltiradi.
Bularning barchasi ekologik barqarorlikka erishish uchun muhim qadamlar hisoblanadi.

Barchamizga ma’lumki, iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida atrof-muhit, tabiat

iqtisodiyotning asosiy elementi, omili sanaladi. Tabiat va iqtisodiyotning mukammal
muvozanatlashgan o‘zaro munosabati yashil iqtisodiyot konsepsiyasida namoyon bo‘ladi.
Yashil iqtisodiyot oxirgi yigirma yillik mobaynida shakllangan iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalish
bo‘lib, unga ko‘ra iqtisodiyot tabiiy muhitning mustaqil bo‘lmagan komponenti hisoblanib,
aynan tabiiy muhit doirasida shakllanadi va rivojlanadi. Yashil iqtisodiyotning bosh vazifasi
ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish jarayonlarini ekologik standartlarga mos tarzda
o‘zgartirish (ecologization) dan iboratdir. Yashil iqtisodiyot nazariyasi quyidagi uch aksiomalar
asosida qurilgan:

Chegaralangan tabiiy muhitda iqtisodiy ta’sir doirasini va taraqqiyotini chegarasiz

ravishda kengaytirib hamda ta’minlab bo‘lmaydi;

Resurslar chegaralangan bir sharoitda doimiy o‘sib boruvchi cheksiz ehtiyojlarni qondirib

bo‘lmaydi;

Yerdagi barcha holat va tizimlar (shu o‘rinda tabiiy va iqtisodiy muhit) o‘zaro bog‘liq.


background image

97

Yashil iqtisodiyot nazariyasining bugungi kunga kelib keng yoyilishining asosiy sababi, bu

mavjud ekologik muammolarning global ahamiyat kasb etayotgani hamda yashil iqtisodiyot
taklif etayotgan tovar va xizmatlarning aholi ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda mavjud
muammolarni bartaraf etishga qaratilganligidadir. UNEP ning yashil iqtisodiyot to‘g‘risidagi
ma’ruzasida, jahon YAIM hajmining 2 foizi iqtisodiyotni yashillashtirishga sarflansa, 2011-2050
yillarda doimiy iqtisodiy o‘sish kabi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin va eng
asosiysi, bir vaqtning o‘zida iqlim sharoiti, suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni qisman hal
etish hamda ekotizimlar yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish mumkinligi ta’kidlanadi.

1992-yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan konferensiya yashil iqtisodiyot yo‘nalishining

xalqaro hamda milliy iqtisodiy tizimlar orasida keng yoyilishiga olib keldi. Ushbu
konferensiyada ko‘tarilgan bosh mavzu “O‘sib borayotgan iqtisodiy taraqqiyot sharoitida atrof-
muhitga ko‘rsatilayotgan zararni minimallashtirish masalasi” edi. 2012-yil aynan ushbu
shaharda o‘tkazilgan “Biz istagan kelajak” shiori ostida navbatdagi konferensiyada milliy
iqtisodiy tizimlarni barqaror taraqqiyot asosida modernizatsiya qilish majburiyatini yuklovchi
hujjat imzolandi. Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, dunyo iqtisodiy gigantlari biri bo`lgan
AQSH Iqlim o‘zgarishlari haqidagi Parij konvensiyasidan chiqib ketdi.

So‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yashil

iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun ko‘plab mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.
Misol uchun, yashil iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan bio energetika sohasiga
yo‘naltirilgan jami mablag‘lar miqdori 2005-2009 yillar oralig‘ida 230 foizga o‘sdi (o‘rta
hisobda 50 foiz) va 2013-yilda 320 mlrd. AQSH dollarga teng bo‘ldi. 2009-yildan hozirgi kunga
qadar “Umumjahon iqtisodiy forumi” mintaqaviy iqtisodiy tizimlarni yashil iqtisodiyotga
o‘tkazish uchun 750 mlrd AQSH dollari yo‘naltirdi hamda bu mablag‘larning asosiy qismi Osiyo
mamlakatlariga sarmoya sifatida kiritildi. Natijada, bugungi kunga kelib, xalqaro “yashil” tovar
va xizmatlar (cleantech va greentech) bozori yillik tovar aylanmasi 546 mlrd AQSH dollarini
tashkil etmoqda.

Biznes muhitida yashil iqtisodiyot tushunchasiga juda katta e’tibor berilmoqda va

moliyaviy fondlar, yirik kapital egalari, rivojlangan davlatlar hukumatlari, biznesmenlar va
ko‘pgina mamlakatlarda oddiy fuqarolar (misol uchun Skandinaviya mamlakatlarida) yashil
iqtisodiyotning targ‘ibotchilariga aylandilar. Misol tariqasida, Fransiya parlamenti tomonidan
2013-yilda qabul qilingan ekologik dasturga ko‘ra, barqaror rivojlanish yo‘lini tanlagan
tashkilotlardan olinuvchi foyda solig‘i besh yil davomida 30 foizga kamaytirilishi belgilab
qo‘yilgan bo‘lsa, Norvegiyada alternativ energiya manbalaridan biri quyosh energiyasidan
olinuvchi elektr manbaini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishdan oladigan yillik foyda
umumiy elektr energiyasi eksportidan keladigan foydaning 20 foizini tashkil etadi. Bu borada
uzoq sharq mamlakatlari, YAponiya va Janubiy Koreya ham ancha ilgarilab ketmoqda.
YAponiyada yashil iqtisodiyot tamoyillari muhandislik sohasida ham keng qo‘llanilib
kelmoqda. Unchalik ham quyoshga boy bo‘lmagan o‘lkada kunduzgi vaqtda elektr energiyasi va
issiqlikni tejash imkonini beruvchi binolar va iqtisodiy obektlar soni yildan-yilga ortib
bormoqda.

Bir qarashda oddiy iqtisodiyotdan yashil iqtisodiyotga o‘tish ancha ko‘p mablag‘ talab

etadigan qiyin jarayondek tuyuladi, ammo, yashil iqtisodiyot tamoyillariga amal qilish orqali
resurlarni tejash, ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish, uzoq muddatga xizmat
qiluvchi va to‘liq yangilangan ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyati


background image

98

yaratiladi. “Worldwatch Institute” taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta hajmdagi iqtisodiy
tizimga ega mamlakatlar uchun yashil iqtisodiyotga o‘tish oddiy ishlab chiqarish natijasida
yuzaga keluvchi muammolarni echishga qaraganda kamroq mablag‘ talab etadi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, har bir mamlakat o‘z iqtisodiy, tabiiy va inson

resurslari potensiali, yutuq va kamchiliklaridan kelib chiqgan holda, o‘z yashil iqtisodiyotini
yaratadi chunki, hozirda universal yashil iqtisodiy tizim modeli mavjud emas.

O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida yashil iqtisodiyotning o‘rnini

yuqori baholash mumkin. Chunki, mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni shakllantirish
masalasining muhim ekanligi tabiiy resurs potensialini saqlash, atrof-muhitga zarar
keltirmaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish va shu bilan bir qatorda yuqori o‘sish
sur’atlariga erishish lozimligi bilan xarakterlanadi. O‘zbekistonning yuqori tabiiy resurs va
inson kapitaliga ega ekanligini unda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ko‘plab
imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslarining hozirgi hajmda iste’mol qilinishi davom

etsa, ular mamlakatning yoqilg‘i-energetikaga bo‘lgan ehtiyojini 20-30 yil davomida ta’minlab
berishi bashorat qilingan. Shu sababli ham iqtisodiyotni yashillashtirish jarayonini ushbu
sohaga keng targ‘ib etish, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi, alternativ energiya manbalaridan
foydalanish darajasini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. SHuningdek, BMT “Atrof
muhit muhofazasi va taraqqiyot xalqaro komissiyasi” ning hisobotida “Kelajak rivojlanishi,
ravnaqi shunday energiyalardan foydalanish formasi, ya’ni, atrof muhit holatiga zarar
etkazmaydigan, xavfsiz, tiklanadigan, kafolatlangan, doimiy o‘sib, tiklanib boruvchi va
foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan energiyalarga bog‘liq bo‘lib qoladi”, deya qayd
etilganligini e’tirof etish joiz. O‘zbekistonning quyosh energiyasi bo‘yicha yalpi salohiyati 50973
mln. tonna neft ekvivalentiga (mln.t.n.e.) teng bo‘lsa, shamol energiyasining yalpi salohiyati 2,2
mln.t.n.e. deb baholanadi. Bu sohada yurtimizda bir qancha islohotlar amalga oshirilgan bo‘lib,
ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona ilmiy-eksperimental markaz — Fanlar

akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan bo‘lib,
uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etildi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi “2013-2017

yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi
to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida “Eko-energiya” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan
Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Kitob va SHahrisabz tumanlarining chekka qishloqlari –
Komilon, YUqori Maymanoq, Varganzadagi qishloq ta’lim va tibbiyot muassasalariga quyosh
batareyalari o‘rnatildi;

2014 yilda “O‘zbekenergo” kompaniyasi tomonidan Janubiy Koreya fotoelektr sanoati

uyushmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatining Pop tumanida sinov tariqasida quvvati
130 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushdi;

2016 yilning aprel oyining boshida Buxoroda MDH da yagona bo‘lgan 1,2 mVt quvvatiga

ega ko‘chma, avtonom quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi;

Samarkand viloyatida quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda;

O‘zbekistonda 2030 yilgacha issiqlik-energiya balansining konsepsiyasini shakllantirish

vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mamlakatning umumiy energiya balansida tiklanuvchan
energiya resurslari, xususan gidroenergentika, quyosh va shamol generatsiyasining ulushini


background image

99

10 foizdan 20 foizgacha, ko‘mir hissasini esa, 5 dan 15 foizgacha oshirish, shu bilan birga gaz
generatsiyasi ulushini 85 dan 65 foizga pasaytirish nazarda tutilgan

Ulardan foydalanishni yanada samarali tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish

olib borish muhim sanaladi:

Qishloq joylarida fotoelektrik qayta ishlovchi vositalarni o‘rnatishni kengaytirish;

Energetika sohasida yirik fotoelektrik stansiyalarni barpo etish;

Issiqlik yig‘ish tizimlariga quyosh energiyasidan foydalanish vositalarini joylashtish va

boshqalar.

Natijada esa, qayta tiklanuvchi energiya sohasida yashillashtirish jarayonini olib borish

2050 yilga kelib umumiy energiya ishlab chiqarish hajmida uglevedorodlar hajmini 50
foizgacha qisqartirish imkonini yaratishi mumkin.

Transport sohasida yashillashtirishning yo‘qligi sababli bugungi kunda ushbu sohada

$722,9 mln. Yo‘qotilmoqda. SHu sababli ham, O‘zbekistonda transport vositalarining ekologik
xavfsizligini oshirish masalasi ham iqtisodiyotni innovatsion modernizatsiya qilishning muhim
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu

yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar

qatoriga transport vositalari tomonidan ishlatiladigan yoqilg‘ining energetik samarasini
oshirish, yoqilg‘ining “yashil” alternativ turlaridan foydalanish, “yashil” elektrodvigitellardan
foydalanishni kiritishimiz mumkin. Quyosh batareyalari orqali harakatlanuvchi transport
vositalarining keng joriy qilinishi atrof muhitga chiqarilayotgan turli xildagi chiqindilar
hajmining kamayishi, shaharlar ekotizimining yaxshilanishiga olib keladi.

Yashil iqtisodiyotning keng joriy qilinishi uy-kommunal xo‘jaligi tizimining

modernizatsiya qilinishini talab etadi. Buning uchun passiv-quyosh isitish texnologiyasini joriy
qilish, binolarda qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan foydalanish, issitish tizimini isloh
qilish kabi vazifalar amalga oshirilishi kerak. Ushbu yo‘nalishda olib boriladigan islohotlar
yurtimizda 2020 yilga kelib 15 ming, 2050 yilda esa 120 ming yangi ish o‘rinlarini tashkil etish
imkonini beradi.

Rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalik chiqindilarini qayta ishlash sanoati keng yo‘lga

qo‘yilgan bo‘lib, buning natijasida qattiq xo‘jalik chiqindilarining hajmi, atrof-muhitga zarari
kamaytiriladi. O‘zbekistonda bugungi kunga kelib, mavjud poligonlarda 370 mln.m

3

dan ortiq

chiqindi to‘plangan. Ularni qayta ishlashga jalb etilmaganligi sababli, chiqindilarni saqlash va
utilizatsiya qilish uchun sarf etilayotgan mablag‘lar iqtisodiyotga $611,6 mln.ga teg bo‘lgan
umumiy zarar keltirmoqda. Bu muammoni hal etishning usuli chiqindilarni qayta ishlashga
moslashgan zavodlarni qurish, aholining chiqindi mahsulotlarini tashlash madaniyatini
rivojlantirish (chiqindilarni turiga qarab ajratish), zarasizlantirishning imkoni yo‘q bo‘lgan turli
xildagi chiqindilarni qabul qiluvchi shaxobchalarni joriy etish, oziq-ovqat va xo‘jalik
mahsulotlari iste’molida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Xulosa

. Ekologiyani asrab-avaylash faqatgina bugungi kunda yashayotgan odamlar

uchun emas, balki kelajak avlodlar uchun ham katta ahamiyatga ega. Har birimizning kichik
harakatlarimiz jahon ekologik muammolarini hal qilishda katta rol o’ynashi mumkin. Shu
sabali, atrof-muhitni muhofaza qilishda o’z burchimizni anglab, tabiiy resurslarni tejab, tabiatni
muhofaza qilish yo’lida birlashaylik.

References:

1.

Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlarning hisobotlari.


background image

100

2.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid o’quv qo’llanmalar.

3.

https/ecological.com

4.

Бобылев С.Н., Захаров В.М. Модернизация экономики и устойчивое развитие. М:

Экономика, 2011, стр.14
5.

Данилов-Данильян В.И., Лосев К.С. Экологический вызов и устойчивое развитие. М.:

Прогресс-традиция, 2000. стр.97-98
6.

www.unep.com

7.

World Energy Outlook 2013.Executive Summary. IEA, 2013.

8.

Report by the Commission on the Measurement of Economic Performance and Social

Progress. J.E. Stiglitz, A. Sen and J-P. Fitoussi (www.stiglitz-sen-fitoussi.fr)
9.

Brown L.R. Eco-Economy. Building an Economy for the Earth. Earth Policy Institute. W.W.

Norton&Company. New York, London, 2013.
10.

Xi Lu, M. McElroy, J. Kiviluoma. Global potential for wind generated electricity. //PNAS.

2013. V. 106. No.27.
11.

Decoupling natural resource use and environmental impacts from economic growth.

UNEP, 2011.
12.

www.uznature.uz/Республикада қайта тикланувчи энергия манбаларини тадбиқ

қилиш тажриба ва истиқболлари.
13.

www.daryo.uz/2014/12/30/namangna-viloyatining-pop-tumanida-sinov-tariqasida-

quosh-elektr-stansiyasi-ishga-tushirildi/
14.

www.daryo.uz/2016/04/04/buxoroda-quyosh-elektr-stansiyasi-ishga-tushirildi

15.

www.uzreport.uz/news_4_u_131524.html

16.

www.uznature.uz / Республикада қайта тикланувчи энергия манбаларини тадбиқ

қилиш тажриба ва истиқболлари
17.

Концептуальные подходы к формированию Green Economy в Узбекистане//

Аналитический доклад 2011/04. Центр экономических исследований, 2011
18.

Концептуальные подходы к формированию Green Economy в Узбекистане//

Аналитический доклад 2011/04. Центр экономических исследований, 2011.

Библиографические ссылки

Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlarning hisobotlari.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid o’quv qo’llanmalar.

https/ecological.com

Бобылев С.Н., Захаров В.М. Модернизация экономики и устойчивое развитие. М: Экономика, 2011, стр.14

Данилов-Данильян В.И., Лосев К.С. Экологический вызов и устойчивое развитие. М.: Прогресс-традиция, 2000. стр.97-98

www.unep.com

World Energy Outlook 2013.Executive Summary. IEA, 2013.

Report by the Commission on the Measurement of Economic Performance and Social Progress. J.E. Stiglitz, A. Sen and J-P. Fitoussi (www.stiglitz-sen-fitoussi.fr)

Brown L.R. Eco-Economy. Building an Economy for the Earth. Earth Policy Institute. W.W. Norton&Company. New York, London, 2013.

Xi Lu, M. McElroy, J. Kiviluoma. Global potential for wind generated electricity. //PNAS. 2013. V. 106. No.27.

Decoupling natural resource use and environmental impacts from economic growth. UNEP, 2011.

www.uznature.uz/Республикада қайта тикланувчи энергия манбаларини тадбиқ қилиш тажриба ва истиқболлари.

www.daryo.uz/2014/12/30/namangna-viloyatining-pop-tumanida-sinov-tariqasida-quosh-elektr-stansiyasi-ishga-tushirildi/

www.daryo.uz/2016/04/04/buxoroda-quyosh-elektr-stansiyasi-ishga-tushirildi

www.uzreport.uz/news_4_u_131524.html

www.uznature.uz / Республикада қайта тикланувчи энергия манбаларини тадбиқ қилиш тажриба ва истиқболлари

Концептуальные подходы к формированию Green Economy в Узбекистане// Аналитический доклад 2011/04. Центр экономических исследований, 2011

Концептуальные подходы к формированию Green Economy в Узбекистане// Аналитический доклад 2011/04. Центр экономических исследований, 2011.