Авторы

  • S.S. Saidjalolov
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52153

Ключевые слова:

No‘mon ibn Sobit Mahmud Zamaxshariy ibn Xalikon Xoji Xalifa Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy Ruus al-masail Toj at-tarojim A’lom.

Аннотация

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqolalar asosan “Ruus al-masail” qo‘lyozmalaridagi Qur’on oyatlaridan foydalanishga yordamchi manba bo‘ladi.


background image

84

ZAMAXSHARIY FIQHIY QARASHLARINING XUSUSIYATLARI

S.S.Saidjalolov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti,

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14160332

Annotatsiya.

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir,

mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz
tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on
va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar
ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqolalar asosan “Ruus al-masail”
qo‘lyozmalaridagi Qur’on oyatlaridan foydalanishga yordamchi manba bo‘ladi.

Kalit so‘zlar

: No‘mon ibn Sobit, Mahmud Zamaxshariy, ibn Xalikon, Xoji Xalifa,

Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy, Ruus al-masail, Toj at-tarojim, A’lom.

FEATURES OF ZAMAKHSHARĪS JURİSPRUDENTİCAL VİEWS

S.S. Saidjalolov

Docent of the International Islamic Academy of Uzbekistan,

Doctor of Philosophy in History (PhD)

Abstract.

Maḥmūd Zamakhsharī is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from

Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Mā Warāʾ al-Nahr was
in decline, Maḥmūd Zamakhsharī served to revive and restore science, specially in Qur’ān and
fiqh sudies with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific
researches on these works continue without stopping. This articles mainly contributed to use
Qur’ānic verses in Ru’ūs al-masā’il manuscript.

Key words:

Nuʿmān ibn Thābit, Maḥmūd Zamakhsharī, ibn Khallikān, Ḥājjī Khalīfah,

Muḥammad ibn Idrīs ash-Shāfiʿī, Ru’ūs al-masā’il, Tāj al-tarājim, Qur’ān.

Zamaxshariy yashagan davr fiqh ilmi shakllanishining so‘nggi bosqichini o‘zida namoyon

etadi. Unda turli fiqhiy maktablar qaror topgan va to‘rtinchi hijriy asr fiqh ilmi shakllanishida
taqlid va mazhablarga ergashishning boshlanish davrini o‘z ichiga oladi. Islom huquqida yangi
bosqich yuzaga keldi, bu bosqich “Tahzib va tanqih” deb atalib, u fiqhiy masalalarni qayta
ko‘rib chiqish va bir masaladagi fatvolardan haqqoniylarini tanlab olish va shu orqali fiqh
sohasini yanada yaxshilashni anglatar edi. Shuningdek, mazhab ulamolari qarashlarini tahrir
etish va yo‘nalishlarini aniqlash, dalillarini izlash, fatvolarni sohalarga bo‘lish va ularning
orasidan tegishlilarini ajratib olishni ham bildirar edi

1

.

Bu asrda fiqhiy mazhablar ta’limotini sharhlagan, rivojlantirgan va taraqqiyotini yangi

bosqichga ko‘targan bir qator faqihlar faoliyat ko‘rsatdilar. Keyingi avlodlar mazkur faqihlar
merosi, fikrlari va mazhab fatvolari borasidagi qarashlaridan ta’sirlandilar. Masalan, hanafiy
mazhabi faqihlarining uchinchi guruhi, ya’ni “Mazhab sohibi – Imom A’zamdan rivoyat
qilinmagan masalalarda fatvo berish salohiyatiga ega mujtahidlar guruhi”ga kiruvchi - Imom
Saraxsiy, shuningdek, faqihlarning beshinchi guruhi hisoblanmish “Tarjih sohiblari”, ya’ni
fatvolarning qaysi biri boshqasidan ko‘ra ustunroq, haqiqatga yaqinroq ekanini aniqlay

1

Abu Zahra. Tarix al-mazahib al-fiqhiya. –Qohira: Dar al-fikr al-arabiy, 1983.-B.17.


background image

85

oladigan mujtahidlar guruhiga mansub bo‘lgan - Imom Quduriy bilan Zamaxshariy
zamondosh bo‘lgan

2

. Bu faqihlarning mazhab borasidagi qarashlariga hozirgacha suyanadilar

va asoslanadilar. Zero, mazkur davr hanafiy mazhabi taraqqiyotida rivojlanish, atrofga
tarqalish va olam bo‘ylab yoyilish bosqichi bo‘ldi.

Shuningdek, bu asrda shofeiy mazhabi haqida ham yuqoridagiga o‘xshash fikrlarni

bildirish mumkin. Zamaxshariy hozirgacha qarashlari mo‘tabar bo‘lgan va asos sifatida qabul
qilinadigan, hali-hanuz mazhab oid fatvolarni anig‘ini ajratib olishda fikrlari e’timodga loyiq
bo‘lgan shofeiy mazhabi faqihlari bilan hamasr bo‘ldi. Masalan, “Al–Muhazzib” kitobi sohibi
Imom Sheroziy va “Al–Vasit” asari sohibi Imom G‘azzoliy kabilarni zikr qilish mumkin

3

.

Bu asrda shofeiy mazhabi o‘z taraqqiyoti iroqliklar va xurosonliklar qarashlarini

jamlashga bo‘lgan faol harakat bosqichini boshidan o‘tkazmoqda edi. Buning oqibatida
mazhab fatvolari ikki buyuk imom Rofi’iy va Navaviy tomonidan tahrir etildi.

Islom huquqi o‘z takomili yo‘lida bir qancha bosqichlardan o‘tdi. Bu bosqichlarni ijtihod

darajalari orqali anglash mumkin. “Ijtihod” so‘zi lug‘atda biror maqsadga erishish yo‘lida bor
imkoniyatni sarflash ma’nosini bildiradi. Ijtihodning istilohiy ma’nosi faqih o‘zining bor
salohiyatini Qur’on va hadisda hukmi aniq- ravshan bayon qilinmagan masalaning yechimini
topishga sarflashini anglatadi. Masalan, Qur’oni karimda savdo–sotiq haqida sanoqli oyat
kelgan. Bu borada naql qilingan hadislarning soni ham ko‘p emas. Biroq oldi-sotdi
masalalarga bag‘ishlangan alohida kitoblar tasnif etilgan. Yuzaga kelgan minglab savollarga
javob berilgan. Yuzaga kelgan savollarga olimlarning ijtihodi orqali javob berilgan

4

.

Ijtihod qiluvchi olimga mujtahid deyiladi. Har bir olim ham mujtahid bo‘lavermaydi.

Chunki mujtahid ilmning kamida 5 ta sohasini mukammal bilishi zarur bo‘ladi:
1.

Qur’oni karim oyatlarini, ularning ma’nolari, nozil bo‘lish sabablarini eng nozik

jihatlarigacha yoddan bilishi.
2.

Hadisi shariflarni, ularning ma’no–murodlari hamda roviylari bilan yoddan bilishi.

3.

Sahoba va tobe’inlar hamda o‘zidan oldin o‘tgan mujtahid olimlar fatvolarini yaxshi

bilishi.
4.

Qiyos ilmini yaxshi bilishi.

5.

Arab tilini mukammal bilishi.
Mazkur talablar mujtahidlikning eng quyi martabasi uchun qo‘yilgan. Ba’zi manbalarda

mujtahid darajasiga yetish uchun ilmning o‘n ikki xil sohasini bilish zarur deyilgan. Bunda
nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar ham nazarda tutilgan. Masalan, mashhur “Hidoya”
asarining tahorat kitobida inson burnidan keladigan suyuqlik ikki turga bo‘linishi, birinchi
turi miyadan kelishi, ikkinchi turi ko‘krakdan kelishi, bularning qaysi biri tahoratni
ketkazishi yoki ketkazmasligi to‘g‘risida bahs boradi

5

. Demak, mazkur masalada munozara

qilgan faqihlar inson tanasida kechadigan o‘zgarishlardan, boshqacharoq ifoda etsak, bugungi
kundagi anatomiya, biologiya kabi fan sohalaridan xabardor bo‘lganlar. Shuningdek, qiblani

2

Ibn Obidiyn. Hashiya ibn Obidiyn. –Riyoz: Dar alam al-kutub, 2003. J.1.-B: 37.

3

Mahmud Zamaxshariy. Ruus al-masail al-xilafiya bayna al-hanafiya vash-shafiiya. Nashrga tayyorlovchi va

so‘zboshi muallifi Abdulloh Nazir Ahmad. –Bayrut: Dar al-bashair al-islamiya, 1987. –B.25.

4

S.Saidjalolov. Dinlardagi oqimlar va sektalar. –T: Complex print,2019. –B.44.

5

Burhoniddin Marg‘inoniy. Hidoya. Sharh bidoyatil mubtadi. Ibodot qismi.Tarjima va izohlar muallifi A.Qambarov,

A.Ikromjonov, I.Bekmirzayev.-T: Hilol-nashr, 2020. J.1. B.38.


background image

86

topish, oy kunlarini aniqlash uchun astronomiyani, meros masalalarini hal etish uchun
matematikani bilish kerak bo‘lgan. Al-Xorazmiy Qur’ondagi merosga oid masalalarni yechish
yuzasidan hisob-kitob olib borib, algoritmga asos solgani haqidagi ma’lumot mashhurdir.
Mutaxassislar buyuk allomaning nafaqat matematika kabi dunyoviy ilmlar bilimdoni, balki
fikh ilmini yaxshi biluvchi hanafiy mazhabi faqihi ekanini e’tirof etganlar

6

.

6

S.Saidjalolov. Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablar. –T. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbaa

birlashmasi, 2021.-B.72.