76
TIBBIYOT YO‘NALISHI TALABALARINI MA’NAVIY-AXLOQIY
TARBIYALASHDA QO‘LLANILADIGAN MASOFAVIY TA’LIM
TEXNOLOGIYALARI
Ergashev Anvar Ramоzаnovich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14135413
Annotatsiya.
Mazkur maqolada tibbiyot sohasidagi talabalarni ma’naviy-axloqiy
jihatdan rivojlantirishda masofaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishning ahamiyati
tahlil qilingan. Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarning kasbiy mas’uliyati va axloqiy
qadriyatlarini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarning samaradorligi, ularning ta’lim
jarayonidagi roli va ular orqali talabalarning shaxsiy rivojlanishiga bo‘lgan ta’siri ko‘rib
chiqilgan. Asosiy e’tibor interaktiv ta’lim platformalari, multimedia vositalari va maxsus ishlab
chiqilgan mobil ilovalarning (masalan, "Medicon") imkoniyatlariga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
ma’naviy-axloqiy tarbiya, masofaviy ta’lim, texnologiyalar, COVID-19,
axloqiy qadriyatlar, interaktiv ta’lim, platformalar, "Medicon" dasturi, individuallashtirilgan
ta’lim, axloqiy kompetensiya, innovatsion texnologiyalar, shaxsiy rivojlanish.
Аннотaция.
В данной статье проанализировано значение совершенствования
дистанционных образовательных технологий в нравственно-этическом развитии
студентов медицинских специальностей. Рассмотрены эффективность современных
технологий в формировании профессиональной ответственности и нравственных
ценностей у студентов-медиков, их роль в учебном процессе, а также их влияние на
личностное развитие учащихся. Основное внимание уделено возможностям
интерактивных образовательных платформ, мультимедийных средств и специально
разработанных мобильных приложений (например, «Medicon»).
Ключевые
слова:
духовно-нравственное
образование,
дистанционное
образование, технологии, COVID-19, моральные ценности, интерактивное образование,
платформы, программа «Медикон», индивидуализированное обучение, моральная
компетентность, инновatsiонные технологии, личностное развитие.
Kirish.
Tibbiyot sohasidagi talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ularning
kelajakdagi kasbiy mas’uliyatini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalangan holda, talabalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirish
masofaviy ta’limning asl vazifalaridan biridir. Shuning uchun, tibbiyot yo‘nalishi talabalari
uchun maxsus ishlab chiqilgan ma’naviy-axloqiy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Asosiy qism.
Masofaviy ta’lim tibbiyot sohasida ilk bor 1950-yillarda AQSh va Kanadada
telemeditsina orqali qo‘llanila boshlangan. Bu jarayonda tibbiy maslahat berish va xodimlarni
o‘qitish maqsadida televizion aloqa texnologiyalaridan foydalanilgan. 1980-yillardan keyin
internetning rivoji bilan onlayn kurslar paydo bo‘ldi, xususan, Buyuk Britaniya va Avstraliya
bu borada birinchilardan bo’lgan. 2020-yillarda COVID-19 pandemiyasi masofaviy tibbiy
ta’limni global darajada rivojlantirdi. Hozirgi kunda virtual laboratoriyalar, simulyatsiya va
vebinarlar orqali tibbiy amaliyotlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. AQSh, Yevropa va Avstraliya
ushbu sohada yetakchi davlatlardir.
77
Masofaviy ta’lim tibbiyot sohasida zamonaviy texnologiyalar yordamida tezkor
rivojlanmoqda va uning qo‘llanish doirasi kengayib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston
tibbiyotida ham masofaviy ta’lim an’anaviy o‘quv jarayonlarini to‘ldiruvchi muhim vosita
sifatida qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonda tibbiy ta’lim sohasida masofaviy o‘qitishni
rivojlantirish maqsadida bir qator loyihalar va dasturlar ishlab chiqilgan, jumladan, elektron
platforma va mobil ilovalarni joriy qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunday platformalar
orqali talabalar leksiyalar, interaktiv darslar, video darslar va boshqa multimedia resurslariga
onlayn tarzda kirish imkoniga ega bo‘lib, o‘quv jarayonidagi ma’lumotlarni vaqtida olishlari
osonlashadi.
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun ma’naviy-axloqiy tarbiya berish jarayoni ularning
kelajakdagi kasbiy mas’uliyati va jamiyatdagi ijobiy ta’sirini ta’minlashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Shu munosabat bilan masofaviy ta’lim texnologiyalari zamonaviy pedagogik vosita
sifatida mazkur jarayonda yetakchi rol o‘ynaydi. Bugungi kun talablari asosida axloqiy
qadriyatlarni shakllantirish va shaxsiy rivojlanishni ta’minlash uchun interaktiv ta’lim
platformalari, multimedia vositalari va maxsus mobil ilovalar, xususan "Medicon" dasturi,
katta imkoniyatlarga ega. Masofaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorligini oshirish,
ularni tibbiy ta’lim jarayonida to‘g‘ri qo‘llash va talabalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
rivojlantirish masalalari ushbu tezisni asosiy maqsadini tashkil etadi.
Bugungi kunda "Medicon" kabi maxsus mobil ilovalardan foydalanish imkoniyatlari
kengaymoqda. Bunday ilova talabalarga kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun zarur axloqiy
qadriyatlarni rivojlantirishga ko‘mak beradi. Ushbu mobil dasturlar, shuningdek, diagnostika,
ta’lim jarayonini individuallashtirish va talabalarning o‘z-o‘zini baholash imkoniyatlarini ham
taqdim etmoqda. Tibbiy yo‘nalishdagi talabalar uchun mo’ljallangan maxsus mobil ilova
"Medicon", shaxsiy rivojlanish, axloqiy va kasbiy qadriyatlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Ushbu ilova orqali talabalar axloqiy ta’lim materiallarini o‘zlashtirishi, o‘z-o‘zini baholash
jarayonlarini olib borishi va turli axloqiy dilemmalarni muhokama qilishlari mumkin.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari har bir talabaning o‘qish suratiga mos ravishda
individuallashtirilgan ta’limni joriy etishga imkon beradi. Tibbiyot yo‘nalishidagi
talabalarning bilim darajasi, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab, o‘quv jarayonida individual
materiallar va vazifalar taqdim etilishi mumkin. Bunda interaktiv testlar, ko‘nikmalarni
baholash simulyatsiyalari va o‘z-o‘zini baholash dasturlari yordamida talabalar o‘z bilimi va
ko‘nikmalarini mustahkamlashlari mumkin.
Virtual laboratoriyalar, simulyatsiya vositalari va videolar orqali talabalar tibbiy fanlarni
amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etganday o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan,
xirurgik amaliyotlar yoki tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha trenajyor simulyatsiyalar
orqali talabalar qimmatli ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Bu ularga real amaliyotga tayyor
bo‘lishda yordam beradi.
Masofaviy ta’limda talabalarning bilimi, malakasi va rivojlanish sur’atini diagnostika
qilish osonlashadi. Onlayn testlar va baholash vositalari orqali har bir talabaning o‘quv
jarayonida qanday muvaffaqiyatga erishgani yoki qaysi sohalarda muammolar borligini
aniqlash mumkin. Bu o‘quvchilarga o‘zlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlab, ta’lim
jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Masofaviy ta’lim jarayonida yangi texnologiyalar va ilg‘or dasturlardan foydalanish
orqali talabalarning ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatini oshirish mumkin. Masalan,
78
talabalar tibbiy tadqiqot ishlari, virtual patsientlar bilan simulyatsiya mashg‘ulotlari va
interaktiv o‘yinlar orqali nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Masofaviy ta’lim talabalarga nafaqat o‘qituvchilar bilan, balki xalqaro darajadagi
ekspertlar, professorlar va talabalar bilan ham muloqot qilish imkonini beradi. Masalan,
videokonferensiyalar, xalqaro vebinarlar va forumlar orqali talabalar turli mamlakatlar va
sohalardan bilim olishadi. Bu esa talabalarning dunyoqarashi va kasbiy o‘ziga xoslikni
kengaytirishga yordam beradi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari talabalarning kasbiy kompetensiyasi va axloqiy ongini
shakllantirish uchun innovatsion imkoniyatlarni taqdim etadi. Talabalar axloqiy bilim va
qadriyatlarni virtual treninglar, video-ta’lim materiallari va o‘zaro muhokama qilish vositalari
orqali o‘zlashtirishadi. Bu ularning kelajakda tibbiy mutaxassis sifatida axloqiy yetuk
bo‘lishini ta’minlaydi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari orqali tibbiy ta’lim jarayonida xarajatlarni qisqartirish
imkoni tug‘iladi. Joylashuvdan qat’i nazar ta’lim jarayonini tashkil qilish imkoni, maxsus
vositalardan foydalanish va ta’lim olishdagi cheklovlarni yengib o‘tish talabalarning ta’limga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi va samaradorlikni kuchaytiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, masofaviy ta’lim texnologiyalari tibbiy ta’limda
talabalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini va kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi. Ushbu texnologiyalar talabalarga individual ta’lim olish, axloqiy
qadriyatlarni rivojlantirish va zamonaviy innovatsion vositalar orqali bilimlarini
mustahkamlash imkonini beradi. Masofaviy ta’limni samarali joriy etish talabalarning kasbiy
va axloqiy shakllanishini takomillashtirishga xizmat qiladi.
References:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi
farmoni.
2.
O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish chora– tadbirlari to’g’risida”gi qarori.
3.
Ibraimov Kh. I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future
teacher
4.
// Science, education and culture. – 2018. – no. 3 (27). - P. 44-46.
5.
Ibragimovich Kh.I. Peculiarities of using credit-module technologies in the higher
education system of Uzbekistan //Integration of science, education and practice. Scientific-
methodical journal. - 2021. - P. 209-214.
6.
Ibraimov Kh. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of
education in higher education system." International journal of discourse on innovation,
integration and education 1 (2020): 6-15.
7.
Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya
288 (2008).