124
KALLA SUYAK NOMLARINING ÔZBEK VA LOTIN TILLARIDA QIYOSSIY
TAHLILI
Sabirova Sabina Olimovna
Оsiyo Xalqaro Universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14185374
Annotatsiya:
Maqolada xorijiy til o’qitishning eng muhim “til tajribasi” metodini afzallik
tomonlari va foydalanish o’rni vaqti hamda kutiladigan natijalar pedagogik ish tajribalarimdan
va ilmiy – nazariy, ilmiy – amaliy yozishmalarning teran xulosalaridan kelib chiqib, mazkur
metodni Respublikamiz Tibbiy oliygohlarida lotin kasbiy tilni o’qitish, o’rganishga
samaradorligini asoslovchi fikr- mulohazalarni tasdiqlovchi misollar yordamida yozma bayon
etishga harakat qilindi.
Kalit so`zlar:
suyak, kalla, miya qismi, skeleti, og`iz bo`shlig`i, kalla qopqog`i.
Bosh suyagi
,
bosh skeleti
cranium
) – umurtqali hayvonlar va odamning bosh
skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu
suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan qism – liqildoqlar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat,
ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining
miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi
oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u
bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab
turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim
ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi – burun boʻshligʻi, ovqat hazm
qilish sistemasining boshlanish qismi – ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash
aʼzolari joylashgan.
Kalla suyagining miya boʻlimi tepa tomondan kalla qopqogʻi bilan chegaralangan boʻlib,
ichida bosh miya joylashadigan kalla boʻshligʻidan iborat. Kalla boʻshligʻi umurtqa kanalining
kengaygan uchi boʻlib, u yerda bosh miya pardalarga oʻralgan holda joylashgan. Kalla tubidagi
teshiklar orqali nervlar (koʻruv, hidlov, uchlik, yuz, eshituv nervlari va b.) va qon tomirlari
(uyqu arteriyalari, boʻyinturuq venalari) oʻtadi. Chakka suyagida oʻrta quloq boʻshligʻi va ichki
quloq bor. Kalla suyagi ning oʻrtasi asosidagi turk egarida gipofiz yotadi. Ensa suyagida
uzunchoq miya joylashgan. Kalla suyagi asosidagi eng katta teshik – ensa teshigi orqali
uzunchoq miya orqa miyaga tushadi.
Kalla suyagi gumbazini hosil qiladigan har bir suyak 2 plastinkadan iborat: tashqi
plastinkasi qalinroq, ichki (miyaga qaragan) plastinka moʻrt va sinuvchan (buni shishasimon
plastinka deb ham ataladi) boʻlib, bosh zarb yeganda (hatto tashqi plastinka shikastlanmaganda
ham) sinishi va bunda miya pardasi yirtilib, qon oqishi yoki bosh miyani jarohatlashi mumkin,
bu esa hayot uchun xavflidir. Shuning uchun K. s. shikastlanganda uni rentgenda
tekshirmasdan, kalla suyagining ichki plastinkasi holatini aniqlamasdan aniq bir xulosaga
kelish qiyin. Kalla suyagining 2 plastinkasi oraligʻida yupqa gʻovak modda va vena kanallari
mavjud. Kanaldan oʻtgan qon tomir miya boʻshligʻidagi pardalardan hosil boʻlgan vena
sinuslarini kallani qoplab turgan teri venalari bilan qoʻshadi. Bu venalar miya boʻshligʻidagi qon
oqimini bir meʼyorda saqlaydi. Baʼzan kalla terisi jarohatlanganda zudlik bilan chora koʻrish
lozim, aks holda jarohatlangan sohadan qon tomir orqali miyaga mikroblar oʻtib, koʻpgina
125
noxushliklarga olib kelishi mumkin. Kalla suyagining miya qismi – ensa suyagi, peshona suyagi,
bir juft tepa suyagi, ponasimon suyak, gʻalvir suyak va bir juft chakka suyaklardan tuzilgan.
Kalla suyagining yuz qismi yuqori jagʻ, bir juft tanglay, yonoq, burun, koʻz yoshi, pastki
chigʻanoq, dimogʻ hamda pastki jagʻ va til osti suyaklaridan iborat. Bu suyaklar (pastki jagʻ
suyagidan tashqari) bir-biriga oʻzaro chok hosil qilib, pastki jagʻ suyagi esa boʻgʻim orqali
birikadi.
Yangi tugʻilgan bola kallasining miya qismi yuz qismiga nisbatan kattaroq boʻladi;
suyaklanish bevosita parda davridan boshlanadi, natijada chaqaloqlarda suyaklar oraligʻida
parda bilan qoplangan qismlar – liqildoqlar uchraydi. Kalla suyagi bola tugʻilishi vaqtida
garmonga oʻxshab yigʻilib, tugʻilishni osonlashtiradi. Liqildoqlar 2—3 oydan bir yoshgacha
suyaklanib boʻladi, suyaklanish kechikkanda bolalarga baliq moyi berib turish, koʻproq ochiq
havoda olib yurish lozim. Kalla suyagi haddan tashqari katta (makrotsefaliya) yoki juda kichik
(mikrotsefaliya), shakli har xil (choʻzinchoq, yumaloq va hokazo) boʻlib, hajmlarning turlicha
boʻlishi odamning aql-idrokiga hech qanday taʼsir etmasligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
References:
1.
Sabirova S. (2023). LOTIN TIL AMALIY MASHG’ULOTLARIDA TERMIN, ATAMA VA IBORA
SO’ZLARINING QO’LLANILISHI. Eurasian Journal of Academic Research, 3(2 Part 2), 9– 13.
извлечено
от
https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/10105
9.
DOI:
https://www.doi.org/10.37547/ejar-v03-i02-p2-42
2.
Sabirova , S. (2023). ÒZBEK, LOTIN VA FRANSUZ TILLARIDA TIBBIY TERMINLARNING
LEKSIKOGRAFIK TAXLILI. Евразийский журнал академических исследований, 3(12), 208–
211. извлечено от
https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view
https://doi.org/10.5281/zenodo.10401056
Сабирова Сабина Олимовна. (2023). ОСОБЕННОСТИ ИЗУЧЕНИЯ ОСНОВ ЛАТИНСКОЙ
МЕДИЦИНСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ АНГЛОЯЗЫЧНЫМИ СТУДЕНТАМИ НА ИХ ПУТИ
СТАНОВЛЕНИЯ БУДУЩИМИ ВРАЧАМИ . Journal of New Century Innovations, 26(4), 92–97.
Retrieved from
http://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/5037
4.
SABIROVA SABINA OLIMOVNA. (2023). TYPICAL MISTAKES OF FOREIGN STUDENTS
WHEN LEARNING LATIN AND WAYS TO ELIMINATE THEM. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
EDUCATION AND INNOVATION, 2(3), 16–21.
https://doi.org/10.5281/zenodo
. 7698143
5.
Sabirova S. (2023). GENERAL CULTURAL AND EDUCATIONAL VALUES OF THE OLD
CLASSICAL LATIN LANGUAGE. Zamonaviy Dunyoda Ilm-Fan Va Texnologiya, 2(8), 57–58.
извлечено от
https://in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/10926
6.
Sabirova , . S. . (2023). GENERAL CULTURAL AND EDUCATIONAL VALUES OF THE OLD
CLASSICAL LATIN LANGUAGE. Zamonaviy Dunyoda Ilm-Fan Va Texnologiya, 2(8), 57–58.
извлечено от