120
SIRDARYO VILOYATIDA UZUM HOSILINI QURITISHNI TASHKIL ETISH
Abdurazoqova M.B.
1
Bozorboyeva M.A.
2
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14184634
Annotatsiya:
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan yurtimizda qishloq xo‘jaligi
sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida ham uzumchilikka va ularni
hosilini quritish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda. Uzumchilik respublikamiz qishloq
xo‘jaligining qadimiy serdaromad tarmoqlaridan biri sanaladi. Uzumning quritiladigan
navlari hamda mayizlarning sifati kop jihatdan xom ashyoga bog’liq boladi. Talablarga hamda
ularni eksport qilish uchun ham javob beradigan uzumning quritishbop yaxshi navlarini
quritish maqsadga muvofiqdir. Maqolada uzumni quritish usullari va ushbu sohadagi
kamchiliklar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
kishmish, girmiyon, soyaki, oftobi, sun’iy quritish, shtabel, zarsimon sabza
mayiz, objosh, sabza, bedona, shig‘oniy, lo‘nda kishmish, Oq kishmish, Qora kishmish, Xishrav
kishmish.
Kirish.
O‘zbekiston respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarchiligida 2019 yil 16 oktabr
kuni chorvachilik va bog’dorchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga
bag’ishlangan yig’ilish bayonining 8-bandida respublikada 2020-2021yillarda tokzorlarni tik
simbag’azga ko‘tarish vazifasi belgilab berilgan. [1]
Pishib yetilgan uzum tarkibida ayniqsa uzum kishmish navlarida 28-30% gacha
organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladigan qandlar, glyukoza, fruktoza va saxaroza bor.
Uzumdan turli maqsadlarda is’temol qilish , qayta ishlash va bir qancha maqsadlarda
foydalaniladi.yangi uzumlardan murabbo,kompot, , sharbatlar , shinni,yuqori sifatli vinolar
ham tayyorlanadi.
Uzum hosilidan quritish orqali turli xil mayiz mahsulotlari ham tayyorlanadi va ular turli
usullar bilan quritiladi, ularga quydagilarni misol qilib aytsak bo‘ladi:
1)Oftobi;
2)soyaki;
3)sun’iy quritish.
Uzum mahsuloti urinmagan hamda chirimagan, tarkibida esa har xil zarur moddalari,
ayniqsa kislota va qand moddasi yetarli bo‘lishi kerak. Qand miqdori uzumning mayiz holatiga
kelishining asosiy ko‘rsatkichdir. Qand miqdori kishmish navida salkam 22-23% bo‘lishi
zarur. Quruq moddasi yetarli darajada bo‘lmagan uzumlarning mayizi sifatsiz holatda bo‘ladi.
Asosiy qism.
Uzum yetishtirish bo‘yicha yurtimizda ayrim viloyatlar yetakchilik qilib kelmoqda,
ularga Farg’ona viloyati, Samarqand viloyati hamda Toshkent viloyatining Parkent
tumanlarida uzumchilikka katta e’tibor qilib yetishtirib kelinmoqda. Bu uzumchilikka
Sirdaryo viloyati ham yetakchilik qilib, uzumchilikmi yanada rivojlantirib kelishmoqda hamda
uzumni quritish uchun shart sharoitlar yaratilmoqda.
Respublikamizda mayiz quritish bo‘yicha Samarqand viloyati 1-o‘rinni egallab
kelmoqda. Samarqand viloyatda yiliga 7 ming tonnadan 10 ming tonnagacha mayiz quritiladi.
Uzumdan 2 xil mahsulot olinadi, ya’ni kishmish hamda mayiz olinadi. Kishmish urug‘i yo‘q
121
uzumdan, mayiz esa urug‘li uzumdan tayyorlanadi. Quritishbop eng yaxshi navlarga
quyidagilar kiradi: urug‘siz navlariga: Oq kishmish, Qora kishmish, , Lo‘nda kishmish, Askari,
Bedona Xishrav kishmishlar kirsa, urug‘li navlariga esa Kattaqo‘rg‘on, Sultoniy,
Rizamat,Qorakaltak, Oqkaltak, Qora janjal, Shtruangur,Aleksandr muskati kabilar kiradi.
Kishmish navli uzumlarning qand moddasi 23- 25% gacha, mayizbop navlariga esa 22-23%
gacha yetganda uzib olinadi. Qand moddasi yetarli bo‘lmasa xom ashyodan kam mayiz
tushadi, uning xaridorgirlik qiymati pasayadi va natijada quruq mahsulot ishlab chiqarish
xo‘jalik uchun foydali bo‘lmasdan, zarar keltirishi yuqori bo‘ladi. Uzumning bir qator
navlarida qand moddasi yetarli darajada bo‘ladi, lekin uning po‘sti qattiqligi sababli ularni
quritishni iloji bo‘lmaydi. Bunday uzumlar sharbat va sharob olish uchungina yaraydi.
Aynan bir navining o‘zi turli sharoitda sifat jihatdan har xil hosil beradi. Misol uchun,
Qashqadaryo viloyatida yetishtirilayotgan uzumning Kattaqo‘rg‘on, Sultoni navlari
Samarqand viloyatida yetishtirilayotgan Kattaqo‘rg‘on va Sultoni navlaridan tayyorlangan
mayizlaridan sifati birmuncha past bo‘ladi. Hosilni o‘z vaqtida, to‘g‘ri yig‘ib olish hamda
tashish va quritishga tayyorlash sifatli kishmish va mayiz olish, mahsulot narxini
kamaytirishda katta ahamiyatga egadir. Barvaqt uzilgan uzum hosilning mazasi, rangi, og‘irligi
talabga javob bermaydi shuning uchun ulardan sifatsiz mayiz olinadi va kech uzilganlari esa
nobud bolish ehtimoli yuqori. Mayiz qilinadigan uzumlarning qand moddasi eng yuqorisi 24-
25% ga yetsa , desert sharoblar tayyorlash uchun 22% gacha, oddiy sharoblar tayyorlash
uchun esa 17-20% ga yetganda uzib olinadi.
Quritiladigan uzumlarning eng yaxshi navlari quyidagilar hisoblanadi: uzumning
urug‘siz navlaridan - Oq kishmish, Qora kishmish, Lo‘nda kishmish, Xishrav kishmish, Askari,
Bedona kabilar kiradi. Urug‘li navlariga esa: Kattaqo‘rg‘on, Sultoniy, Rizamat,Qorakaltak,
Oqkaltak, Qora janjal, Shtruangur , Aleksandr muskatilarni misol qilib aytsak bo‘ladi..
Kishmish navli uzumlardagi qand miqdori 23- 25% , mayizbop navlariniki esa 22-23% ga
yetganda uzib olinadi. Qand moddasi yetarli bo‘lmagan taqdirda esa xom ashyodan kam mayiz
tushadi va uning xaridorgirlik qiymati pasayib ketadi va quruq mahsulot ishlab chiqarish
xo‘jalik uchun foydali bo‘lmasdan zarar keltiradi
Uzumning navi hamda quritish usuliga qarab quruq mahsulotning quyida keltirilgan
xillari ishlab chiqariladi:
Bedona
- oftobda Oqkishmishdan quritilgan mayiz turi;
Sabza
– qaynoq ishqor eritmasiga botirib olib, oftobda quritilgan mayiz;
Zarsimon sabza
– avvalo ishqor eritmasiga botirib olib va oltingugurt angidridi bilan
dudlab, so‘ngra shtabelda quritilgan Oq kishmish;
Soyaki – maxsus xonalarda Oq kishmishdan soyaki qilib quritiladi. Bunda ishqorga
botirilmaydi, oltingugurt bilan dudlanmaydi;
Girmiyon
– Kattaqo‘rg‘on, Sultoni, Nimrang kabi yirik g‘ujumli uzum navlaridan
tayyorlanadi.
Qora vassarga
– Qora uzum navlaridan dorilanmay oftobda quritiladigan nav
hisoblanadi;
avlon
– har xil nav uzumlardan dorilanmay faqat oftobda quritib olinadigan mayiz turi.
122
Quritish maydonchasiga olib kelingan barcha xom ashyolar yuviladi, tozalanadi,
saralanadi, maydalanadi, ishqorli suv va oltingugurtda yaxshilab ishlov beriladi. Uzumni
quritish asosan 4 usulga bo‘linadi ularga quydagilar kiradi: Oftobi, soyaki,objo‘sh, shtabel
kabilar kiradi.
1-rasm
.Uzumni quritish jarayoni.
2-rasm.
Uzumni quritib olingan mahsulot
Objo‘sh
- usulida uzumni ishqorli qaynoq suvga botirib olib oftobga yoyib quritiladi.
Objo‘sh usulni afzalligining sababi,, ishqorli qaynoq suvga botirib olingandan keyin uzum
ustida mayda yoriqlar paydo bo‘ladi va ustidan g‘ubori ketadi. Bu uzumni qurish muddatini
3-4 marotaba qisqartirib mayiz chiqishi birmuncha qulay bo‘ladi.
Oftobi-
usulida quritish erta pishib yetiladigan xududlarda qo‘llanilib , uzumga
dastlabki ishlov berilmagan holda o‘tkaziladi. Bu quritish usulda asosan qora kishmish navi
quritiladi.
123
Soyaki-
usulda quritishning mohiyati shundan iboratki, uzum soyada ya’ni shamol
esadigan yerlarga qurilgan maxsus soyaki xonalarda quritiladi.
Xulosa.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki,uzumni mazkur usullarda quritish iqtisodiy jihat
tarafidan ham maqsadga muvofiqdir. Bunda uzum eng avvallo ochiq havoda, keng maydonda
quritiladi va quritishning ikkinchi davrida , quyosh faolligi pasaygan davrida oftobda so‘ligan
uzumlar yig‘ib olinib quritgichda quritiladi. Uzumlarni ochiq havoda quritish natijasida
yoqilg‘i sarflari kamayadi, quritgichlarning unumdorligi ortadi, murakkab usulda quritilganda
bir soatda 170 kg quruq mahsulot tayyor boladi. Ayni paytda bir soatda 40 kg yoqilg‘i
sarflanib hamda mahsulot sifati 25-26% ni tashkil etadi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori.
2.
Bo‘riev H., Rizaev R. “Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi” T.,"Mehnat”,
1996.
3.
Jo‘raev R., Islomov X. «Meva-sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlov berish 34
texnologiyasi» fanidan ma‘ruza matnlari. Toshkent, ToshDAU nashriyoti 2000 y.
4.
Bo‘riyev H., Jo‘rayev R., Alimov O. Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov
berish. T., ”Mehnat”, 2002.
5.