Авторы

  • Dilmurod Asqarov
    O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52217

Ключевые слова:

adabiy muhit o’zbek adabiyoti mumtoz adabiyot badiiy ijod musammat muxammas obraz ifoda usuli vazn qofiya band.

Аннотация

Mazkur maqolada Qo’qon adabiy muhiti ijodkorlari, xususan, Amiriy ijodida muxammas adabiy shaklining o’rni ochib berilgan. Amiriy muxammaslarini yaratishda ustoz salaflari Lutfiy, Fuzuliy, Jomiy, Navoiy g’azallaridan unumli foydalangan. Muxammas shakllarining har ikki turida ijod qilgan Amiriyning taxmislari badiiy jihatdan yetuk namunalar hisoblanadi. Navoiy g’azallariga bog’langan tazmin muxammaslarning vazn, qofiya, badiiy san’at jihatidan tahlillari asosida muxammasnavislik mahorati ochib berilgan.


background image

87

AMIRIY LIRIKASIDA NAVOIYGA MUXAMMASLAR

Dilmurod Asqarov

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti

va folklori instituti tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14160996

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Qo’qon adabiy muhiti ijodkorlari, xususan, Amiriy

ijodida muxammas adabiy shaklining o’rni ochib berilgan. Amiriy muxammaslarini yaratishda
ustoz salaflari Lutfiy, Fuzuliy, Jomiy, Navoiy g’azallaridan unumli foydalangan. Muxammas
shakllarining har ikki turida ijod qilgan Amiriyning taxmislari badiiy jihatdan yetuk
namunalar hisoblanadi. Navoiy g’azallariga bog’langan tazmin muxammaslarning vazn, qofiya,
badiiy san’at jihatidan tahlillari asosida muxammasnavislik mahorati ochib berilgan.

Tayanch so‘z va iboralar:

adabiy muhit, o’zbek adabiyoti, mumtoz adabiyot, badiiy ijod,

musammat, muxammas, obraz, ifoda usuli, vazn, qofiya, band.


Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixining alohida bosqichini tashkil

etadi. Uning vujudga kelishi, rivojlanishi va yaxlit bir adabiy muhit darajasiga ko‘tarilishi
Qo‘qon xoni Amir Umarxon nomi bilan bog‘liq. Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti tarixini “saroy
adabiyoti”dan ajratib olib tasavvur qilish mumkin emas. Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy,
Munis, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi o‘zbek so‘z san’atining zabardast namoyandalari ijodi
bevosita saroy muhiti bilan bog‘liq bo‘lgan edi. Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad
Bobur, Ubaydiy, Feruz kabi hukmdorlar o‘zlari badiiy ijod bilan Shug‘ullanibgina qolmay, fan,
madaniyat va adabiyot taraqqiyotiga homiylik qilganlar. O‘zbek mumtoz adabiyotining asosiy
qismi saroyda va unga bog‘liq holda yaratilgan.

Qo‘qon adabiy muhiti shoirlari o’zlariga ustoz deb bilgan ulug’ salafi hazrat Navoiyning

ijod mahsullaridan ta’sirlanganlar. Bu ta’sirni Qo’qon adabiy muhiti vakillari asarlarining
mavzu doirasi, obrazlar sistemasi, fikrni bayon etish usuli kabi shakllarida ko’ramiz. Salafi
g‘azallariga bog‘langan tatabbular, tazminlar va muxammaslar esa qo‘qonlik ijodkorlarning
ustoziga muhabbati hamda ustoz maktabidan o‘rganish, she’r yozishda mahorat qozonish
omilidir.

“Muxammas bog’lash shoir ijodiy doirasining kengayishiga, o‘tmishdagi ilg’or shoirlar

ijodi bilan qiziqishning oshishiga, ular qoldirgan ijodiy tradisiyani egallashga va ularning ilg’or
fikrlarini xalqqa yetkazishga xizmat qilgan”. [5.89]

“Hech

qayerda

muxammaschilikka

berilish

Xorazmdagichalik

ko’zga

tashlanmaydi”,[7.45]- deb yozgan edi navoiyshunos olim A.Hayitmetov. Bu jihatdan Amiriy
boshchiligidagi Qo’qon adabiy muhiti vakillari ham sira kam emasligini, bu muhitda ham
muxammasnavislik yuksak bir cho’qqiga chiqqanligini ham e’tirof etish kerak. V.Mo’minova
so’zlari bilan aytganda, “klassik shoirlar muxammas janriga o’zlarining eng yaxshi g’oyalarini
singdirish bilan birga, bu davrda yuz bergan voqea-hodisalardan olgan o’z taassurotlarini
g’azalga nisbatan chuqurroq ifodalaganlar”. [3.127] Shuni ham nazardan soqit qilmaslik
kerakki, “Navoiyga muxammas bog’lash jiddiy va mas’uliyatli ish. Chunki Navoiyga
muxammas bog’lagan shoir o’zi qo’shgan satrlarida Navoiy darajasida fikr, mazmun
chuqurligiga erishishi, badiiy tasvir sohasida ham unga yaqinlashishi kerak”. [6.14]

“Majmuai shoiron”da Navoiyga izdoshlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu buyuk shoir

g‘azallariga bog’langan muxammaslar va tatabbularda ko’rinadi. Tazkirada Amiriyning Navoiy


background image

88

g‘azaliga bog’langan bir muxammasi bor. Ushbu taxmis haqida amiriyshunos olima Z.Qobilova
o’zining nomzodlik dissertasiyasida

1

qisman to’xtalib o’tganlar.

Qo‘qon adabiy muhitida muxammas yozish ham nihoyatda rivojlangan. Shoirlar Amiriy

va bir-birlarining g‘azallariga ham, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy kabi buyuk salaflarining g‘azallariga
ham ko‘plab taxmislar bog‘laganlar, ayni paytda, mustaqil muxammaslar ham ijod qilganlar.
Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Muznib, Fazliy, Nola, Xotif, Ma’yus, Ramziy, Kiromiy,
Shavqiy, Sharifiy, Nozik, Jaloliy kabi deyarli barcha shoirlar ijodida muxammas namunalariga
duch kelish mumkin. Masalan, Amiriyning o‘zi Navoiyning 24 g‘azaliga taxmis bog‘lagan,
Shuningdek, Kamol, Lutfiy, Jomiy, Fuzuliy, Bedil, Zaliliy, Nobiy g‘azallariga muxammaslar
yozgan. O‘zining alohida muxammaslari bilan qo‘shib hisoblaganda shoir devonida jami 60 ta
muxammas mavjud. Alisher Navoiyning to‘rt devonni o‘z ichiga olgan “Xazoyin ul-maoniy”
sida 10 ta muxammas mavjudligini hisobga olsak, Amiriy ijodida va Qo‘qon adabiy muhitida
muxammas janrining qanchalik katta o‘rin tutgani o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi.

Navoiy va Fuzuliy g‘azallariga Uvaysiy, Nodira, Ramziy, Kiromiy, Ma’yus, Xotif va boshqa

shoirlar ham ko‘plab muxammaslar bog‘laganlar.

Amiriy Navoiyning “Ko’lum o’rtansun, agar g’ayringga parvo aylasa”, “Sahldur to’bo

demak, ra’no niholingni ko’rub”, “Lolazor ermaski, ohimdan jahonga tushdi o’t”, “Botqali xoki
tanimg’a novaki ishqing kushoq”, “O’yla hijron toshlarin yog’durda charxi tezgard”, “Yo’q
damekim furqati jonimg’a bedod aylamas”, “Muhabbat shevasining lozimi ajzu niyoz ermish”,
“Ko’ngullar quti shirin dostoning”, “Bo’ldi qotil ko’z bila zulfi siyahkori aning”, “vah, nadur
maydonda har dam azmi javlon aylamak?!”, “Donayi xoling bila ko’nglum qushin qom
aylading”, “G’am xazoni zohir etmish chehrayi zardim mening”, “Ohimni sarsar aylabon
ashkimni to’fon aylading”, “Latofat oyi ul yuz, shomi savdo sunbuli nobing”, “Ishq sirrin hajr
asiri notavonlardin so’rung”, “Muvofiq keldilar, bo’lmish magar Navro’z ila bayram”, “Charx
ayirdi tez etib nolamni ham, ohimni ham”, “Hajr qonim to’kkudekdur, bo’ylakim zor
o’lmisham”, “Azal naqqoshi tarh aylarda gul bargi namudorin”, “Masihodin labing afsah,
quyoshdin orazing ahsan”, “Balo dashti aro Majnun maningdek ko’rmamish davron”, “Orazing
mushtoqidur bu ko’zki, bo’lmish dardmand”, “Qasrning har kunguri uzra balo toshimudur?”,
“Ichib ul sho’x, gul-gul qildi la’li nob ila oraz” [1.634-406] misralari bilan boshlangan
g’azallarida ifoda etilgan oshiqona, orifona va rindona ma’nolarni chuqur anglagan holda
muxammas bog’lagan.

Ma’lumki, muxammas bog’lash shoirdan juda katta mahorat talab qiladi. Bunda taxmis

bog’lanayotgan she’rning tub mohiyatini chuqur anglab etish, unda shakllangan mazmuniy
butunlikni yana qismlarga bo‘lish va mazkurlarni o’zaro birlashtirish, baytlarga qo’shilgan
musallaslarni shu bayt va g’azalning umumg’oyasi bilan uyg’unlashtirish, baytlarda qo’llangan
timsollar va badiiy tasvir vositalarini qo’shish, qisqasi, taxmis bog’lanayotgan g’azal
darajasida yangi bir asar yaratish talab etiladi. Amiriyning Navoiy g’azaliga bog’langan
muxammasi bu talablarga to’la javob beradi.

Navoiy g’azali majoziy ishq to’g’risida. Shu boisdan g’azalda oshiqning beparvo, bee’tibor

va zolim ma’shuqaga iltijolari undan tarahhum qilishni o’tinish barobarida, uni vasf etish kabi
usullar etakchilik qiladi. Shunga bog’liq holda, Amiriy bog’lagan musallas bandlar ham
mazmunan ma’shuqani vasf etish, uning savdoyi oshiqning jununona muhabbatiga

1

Қобилова З.Б. Амирий ва унинг адабий фаолияти: Филол. фан. номз. дисс. ... – Тошкент, 2007. – 134 б.


background image

89

e’tiborsizligini ko’rsatish, oshiq va ma’shuqa oralaridagi diltortar munosabatlarga urg’u berish
oldingi rejaga chiqadi. Majoziy ishq va bu tufayli paydo bo’lgan vasf mazmuni Navoiy bilan
Amiriy misralarida uyg’unlashish barobarida ma’shuqani real hayotga juda yaqinlashtirib
boradi. Shu sababli, keyingi bandlarda qo‘llangan badiiy timsollar, tasviriy vositalar
ma’shuqani naqadar latofatli, ayni chog‘da unga qul bo‘lmoqqa-da orzumand lirik qahramon
iltijolariga loqayd shaxs ekanligini ta’kidlashga bo‘ysundirilgan:

Adamdan man qachon o‘z ixtiyorim birla kelmishmen,
Jamoling shevasi birla vujudi izhor qilmishmen.
Gireboni sahardek choklik bag‘rimni tutmishmen,
Tunu kun jilva qilma, ey, arusi dahr, bilmishman,
Ki mehnat subhi bo‘lmush qoqumung, g‘am shomi sinjobing. [1.378]
Yana shuni aytish mumkinki, g’azal janrida ishqiy mavzuning qo‘yilishi va hal etilishi

barcha g‘azalnavislarning falsafiy va axloqiy dunyoqarashi bilan uzviy aloqador bo‘lib, ko‘proq
dunyoviy ma’shuqaning fazilatlarini ulug‘lashga qaratilgan. Mazkur taxmisda ana shu holat
birmuncha to‘liqroq namoyon bo‘ladi. Chunki bu mavzu Navoiyning o‘zida yuqori cho‘qqiga
ko‘tarilgan. Shoir muayyan bir mavzu doirasida yana bir boshqa masalalarga ham murojaat
etish yoxud ishora qila bilish darajasidagi san’atkor bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, uning
she’rlari muhabbat nuri bilan yo‘g‘rilgan holda serqirra mohiyat va salmoq kasb etgan. Amiriy
buni chuqur anglagan va shu g‘azal darajasidagi go‘zal bir she’rni dunyoga keltirgan.

Muxammas janrining imkoniyatlari birmuncha chegaralangan. Taxmis bitayotgan shoir

g‘azal muallifining mazmunda yetkazib bermoqchi bo’lgan asosiy g‘oyasidan chiqib ketishi
yaralajak she’rning mazmuni va shakliga putur yetkazishi mumkin. Shunga ko‘ra, g’azalga
muxammas bog’lar ekan, shoir g’azal muallifi bilan teng bilim va iqtidorga, she’r bitish
salohiyatiga ega bo’lishi, kerak bo’lsa, undan o’tkazadigan darajada she’r (uchliklar) yaratishi,
bog’lanayotgan g’azalning bo’shliqlarini to’ldirishi, undagi ma’ni-mazmunni kuchaytirishi va
kengaytirishi darkor. Hatto, shunday hodisalar kuzatilganki, u qadar mashhur bo’lmagan
g’azallar muxammas bog’langandan keyin el aro shuhrat topib ketgan.

Ma’lumki, biror g‘azalga taxmis bog‘lagan shoir o‘sha g‘azalda aytilgan fikrlarni

to‘ldirishi zarur va shu g‘azal darajasida asar yaratishi kerak.

Amiriy devonida Navoiy g‘azallariga 24 ta va Kamol, Lutfiy, Jomiy, Fuzuliy, Bedil, Zaliliy,

Nobiy g‘azallariga bog‘langan bir necha taxmislar mavjud.

Amiriy taxmislari, aytish mumkinki, hamma tomondan g‘azallari asos bo‘lgan mualliflar

uslubi, dunyoqarashi, g‘oyasi, badiiy ifoda vositalariga yaqinlashib boradi. Masalan, Alisher
Navoiyning “Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o‘t” misrasi bilan boshlanuvchi mashhur
g‘azaliga bog‘langan taxmisda Amiriy mahoratining yana bir qirrasi namoyon bo‘ladi. Navoiy
qo‘llagan romantik uslub, ifoda etayotgan hayotiy mazmun va samimiy ohang Amiriyga ilhom
baxsh etadi, lirik qahramonning dard-u hasratlarini, ruhiy kechinmalarini, dil so‘zlarini
ifodalash vositasiga aylanadi. Bu taxmis mahbubaning beparvo va jafokor, sitam qiluvchi
odatlaridan pajmurda bo‘lgan oshiq holatining bayoniga oid. Binobarin, Navoiy lirik
qahramonining ohu nolasidan o‘t yog‘ilishi, bu o‘tning ufqning qirmizlanishiga sabab bo‘lishi,
yor dardida oshiq ko‘zi, badanining kuyishi kabi poetik tasvirlarni Amiriy yanada
kuchaytirishni maqsad qilib olganligini g‘azalga bog‘langan misralar ko‘rsatib turadi. Lirik
qahramonning “dog‘lik ko‘ksi” o‘tidan nafaqat zamin, balki osmon (kahkashon – somon yo‘li)
ham kuyadi. Zero, hajr o‘tlari oshiq boshiga “gardi balo”dek yog‘ilar ekan, undan oshiq


background image

90

ko‘nglining o‘t ichra qolishi tabiiy. Buni Amiriy kul ichra vatan tutgan laxcha cho‘qqa
mengzaydi:

Soldi ko‘ksim ichra o‘t bir sarvqaddu siymtan,

Yona-yona sham’ yanglig‘ paykarim o‘ldi tikan,

Tong emas, axgar kibi kul ichra gar qilsam vatan,

O‘qlaring ko‘nglumga tushdi – kuydi ham ko‘z, ham badan –

Kim, kuyar ho‘lu qurug‘, chun naysitong‘a tushti o‘t. [1.368]

Navoiy g‘azaliga bog‘langan yana bir taxmisida Amiriyga xos so‘z tanlash mahorati

hamda go‘zal va betakror tashbehlar silsilasiga qurilgan serma’nolik ko‘zga yaqqol tashlanadi.

U ikki mushtari ko‘zlar hiloli ichra jo o‘lmish,
Iki bodomdurkim, boridin qoshlar duto o‘lmish,
Tugunlar zulfunga solkim, tushib, bas, zeri po o‘lmish,
Ko‘ngullar xayliga xush-xush kezarga shohroh o‘lmish,
Tarog‘ chekkan zamon yo‘l-yo‘lki bo‘ldi sunbuli nobing. [2.315]
Ko‘zni – yulduzga, qoshni – hilol (yangi chiqqan oy)ga o‘xshatish qadim an’ana. Ammo

yuqorida qo‘llangan tasvirlardagi yulduz yanglig‘ go‘zal ko‘zlarning oy ichida joylashishi,
qaboq (bodomdek)larning yukidan qoshlar egilganligi, uzun sochlar oyoq ostida qolgandek
(zeri po) taqimga tegib tebranishi yangicha tasvirni yuzaga keltiradi. Va bu holat tasviri
Navoiy aytmoqchi bo‘lgan fikr (uzun sochlar taralganda ko‘ngil uchun katta yo‘l ochilishi) ga
muvofiq tushadi.

Yoki yana bir muxammasida Amiriy ustozi g’azalini har tomondan munosib beshlik

shaklga keltirganini ko’rishimiz mumkin.

Nargising sha’nidadur, ey sho’x, afsun aylamak,
Ul sitamgarga ko’ngul naqdini topshurmak kerak,
Ko’rmadi bu gulshan ichra naxl qaddingdek falak,
Sarvdin qumri, ne tong, ram qilsa to’bodin malak,
Jilvayi had holatida e’tidolingni ko’rub. [1.366]
Ma’shuqaning ko’zlari haqida gap ketganda uning sho’xligi, afsun qiladigan sehrgar

ekanligi, nargis guliga monandligi yodga olinadi. Yor jabr qiluvchi sitamgar, shu sitamgarga
oshiq o’z ko’nglini topshirgan. Inson ko’ngli Alloh topshirilgandagina haqiqiy ishqqa giriftor
bo’ladi. Mumtoz adabiyotda yor qaddi sarvga mengzaladi. Amiriy esa ma’shuqasi qaddini yosh
niholga o’xshatgan. Yaratgan yaratiqlari gulzori ichra oshiq uchun go’zalning yosh niholga
monand qaddi falakda yagona. Navoiy yorning qaddini jannatdagi tik daraxtga qiyoslar ekan,
bunday malakni ko’rsa qumri o’zi oshiq bo’lgan sarvdan yuz o’giradi. Amiriy so’z qo’llashda
salaflari bilan tenglasha olishini g’azallarida, muxammaslarida ko’rishimiz mumkin. Bandda
yorning ko’zlari va qomati haqida so’z borganda Amiriy nargis, sho’x, afsun so’zlarini bir
misraga joylay olgan. Mazkur so’zlar ko’zning shakl hamda xususiyatini ochib bergan.

Aytish mumkinki, Amiriy tomonidan Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘langan

taxmislarning aksariyatida mana shunday hassos, ta’sirchan va purma’no misralar bor.
Amiriyning Alisher Navoiy merosidan o‘rganishi, undan mahorat sirlarini o‘zlashtirishi hech
qachon yuzaki taqlidchilik, nusxa olish darajasida bo‘lmagan, ustoz tajribalaridan ruhlanib
yaratgan asarlari esa shakliy o‘xshashlik doirasidagina qolib ketmagan.

Navoiy Amiriy ijodiga ko’p va ho’p ta’sir ko’rsatgan. Bu ta’sirlarni Amiriy lirikasidagi

Navoiy g’azallariga bog’lagan muxammaslari hamda navoiyona yo’nalishdagi g’azallarida


background image

91

ko’rishimiz mumkin. Ushbu muxammas ham Navoiy an’anasini davom etirgan holda mavzuni
mutanosib shaklda davom ettirgani, misralarni o’z o’rnida qo’llay olganini ko’rishimiz
mumkin. Alisher Navoiyga munosib, hamoxang tarzda muxammas yoza olish mahoratini
ko’rsata olgan.

Bunday muxammaslarning adadi yigirma to’rtga boradi. “Aylasa” radifidagi Navoiy

g‘azaliga nazira, muxammas yozmagan shoir yo‘q darajada. XVI-XIX asrlar orasida yashab,
ijod etgan deyarli barcha mashhur qalam sohiblari bu g‘azalga yo nazira, yo tazmin, yo
taxmis yozganlar. Natijada shu g‘azal vaznida, radifida, mavzuida yuzlab navoiyona
g‘azallar maydonga kelgan. Ba’zilari nazirai benazir, ba’zilari esa taqlidnamo she’rlar
sifatida baholangan. Alisher Navoiyning bu g‘azali o‘n baytdan iborat bo‘lib, aruzdagi eng
o‘ynoqi, ohangdor bahr - ramalning «ramali musammani mahzuf» vaznida yozilgan. Uning
taqti’i (paradigmasi):

foilotun foilotun foilotun foilun
- V - - / - V - - / - V - - / - V -
G‘azalda Navoiy o‘ta vafodor, ahdiga sodiq oshiqning yurak monologini, va’dalarini,

aytish mumkinki, ishq yo‘lidagi qasamyodini bergan. Oshiq har qanday mushkul sharoitlarda
ham raqiblar qarshiligini sindirib o‘z yoriga qalqon bo‘lishga intiladi. Shu yo'lda u dahr-
dunning zulmi, bedodlarning tazyiqiga ham chidashga tayyor. Bu uning komilligidan dalolat
beradi. Amiriy shu g'azalning to‘qqiz baytiga muxammas bog‘lagan ko‘rinadi. Uning
muxammasi tarkibida Navoiy g‘azalidagi yettinchi bayt:

Ofiyat jonimg'a yetti, ey xush ul, mug'kim meni,
Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa
uchramaydi. Tazmin muxammaschilikda bunday faktlar uchrab turadi. G‘azalga

tazmin bog‘layotgan shoir g'azaldagi ba'zi baytlarni tushirib qoldirishi mumkin. Bu
muxammasning eng afzal tomoni shundaki, o‘zini ishq dunyosining amiri deb bilgan
shoir oshiqona tuyg'ularini lirik qahramoniga ko‘chirib, Navoiy lirik qahramoni
tomonidan izhor qilingan samimiy tuyg‘ularni rivojlantirgan, undagi yangi qirralarni
ochishga muvaffaq bo‘lgan. Amiriy ham salafi Navoiydek o‘zi pok, dili pok, tili pok, niyati
pok, yuzi pok ideal oshiq obrazini namoyon etganki, bunda tasavvufiy nazokat va ehtiroslar
ham sado bergandek tuyuladi. Bu holatni Navoiy baytlariga qo‘shilgan uchliklar payvandi
orqali yaqqol his qilish mumkin:

Boshim o‘lsun poymol ar tarki savdo aylasa,
Xira bo‘lsun ko'z jamolingdin tabarro aylasa,
Jong'a o't tushsin bo'lak dilbar tamanno aylasa,
Ko'nglum o'rtansun agar g'ayringg'a parvo aylasa,
Har ko'ngul ham kim sening shavqingni paydo aylasa...

Sendin o ‘zga yor paydo aylasam chiqsun ko‘zum,
G‘ayr diydorin tamanno aylasam chiqsun ko‘zum,
Gar party ruxsorig'a vo aylasam chiqsun ko‘zum,
O‘zgalar husnun tamosho aylasam chiqsun ko‘zum,
O‘zga bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa.

Necha vasfing bog‘ida tutimisol o‘lsun tilim,


background image

92

La’li nobing sharhida shirinmaqol o‘lsun tilim,
O‘zgalar harfini insho qilsa nol o‘lsun tilim,
G‘ayr zikrin oshkoro qilsa lol o'lsun tilim,
Qaysi bir til hamki, zikring oshkoro aylasa. [1.364]
Amiriyning nashr etilgan “Devon”iga kiritilmay qolgan bir tazmin muxammasida

uning Navoiy g‘azallaridangina emas, balki dostonlaridagi obrazlardan ham ta’sirlanib
misralar ijod etganligini ko‘ramiz. Chunonchi, u bu muxammasida “Farhod va Shirin”
dostonidagi qahramonlarni eslab Xusrav tog‘qazuvchi Farhod ishqining qadriga qayerdan
yetsin, deb yozadi. Kontrast tasvir orqali Farhodning ulug‘ligini sharaflaydi. Amiriyning
g‘azal, muxammas, musaddas va tuyuqlarida Navoiy dostonlari va lirik asarlaridagi
timsollarga, naqllarga, rivoyatlarga ishora qilib, ularga qiyoslab yaratilgan va badiiy ijodda
talmeh deb atalgan san’at namunalarini tez-tez uchratib turamiz. Amiriy Navoiy
g‘azallariga bog‘langan ayrim muxammaslarida Navoiy g‘azallarida kuylangan oshiq
dardlarini izchil kengaytirib, uni sevgi qissasi darajasiga chiqarishga, sevgi, hijron va visol
haqidagi qissani to‘ldirishga erishadi. Uning «O‘lmisham» radifli muxammasida shunday.
Amiriyning Navoiy baytiga bog’lagan quyidagi uchligida Navoiy baytidagi mazmunga mos
«Men mahbub firoqida qayg‘ularimni devor ustiga naqsh etarman, devor-la turib sirimni
oshkor etmoqchiman, shu umidda devor osha termulaman», deb oh chekadi. Bu tasvirda
hayotda uchrab turgan hodisalardan ilhom olish, kuzatuvchanlik, ularni badiiy ijodda
tasvirlash holatlari namoyon bo‘ladi.

Furqatingdin naqsh etgaymen, so'zum devor uza,
Fosh etay dardim tasalli-chun, o'zum devor uza,
Telmurar vasling umidi-la ko'zum devor uza,
Kecha tengrang aylanib, kunduz yuzum devor uza,
Uylaki, parvonadin go'yo nomudor o'lmisham.
Bu muxammas besh banddan—beshlamadan iborat.
Taxmis bog‘lash shoir ijodiy mahoratini belgilovchi bosh xususiyat hisoblanishi qiyin.

G‘azal har tomonlama pishiq-puxta bo‘lsa-yu, unga bog‘langan misralarning nuqsonlari ko‘zga
tashlanib tursa, baytlar mazmunini to‘liq ochib berishga bo‘ysundirilmasa yoki aksincha,
g‘azal anchayin sayoz bo‘lgani holda, unga bog‘langan misralar pishiq bo‘lsa, har ikki holatda
ham yaratilgan taxmisning Shuhrat topishiga umid qilib bo‘lmaydi. Amiriy taxmislari,
shubhasiz, har ikki holatdan xoli, ya’ni taxmis uchun tanlangan g‘azallar ham, unga bog‘langan
misralar ham badiiy jihatdan barkamol.

Ustozlar she’riyatining zamirida yashirin yotgan sirlarni ilg‘ay bilgan, shu sirlar

ta’siridan zavqlangan, yangidan yangi badiiy ifodalar yaratishga uringan. Amiriy biror shoir
g‘azaliga taxmis bog‘laganda g‘azal qofiyasi va uning tuzilishiga e’tibor qilish bilan birga,
g‘azalning ruhiga, unda yaratilgan timsollarning ma’naviy mazmuniga e’tibor bergan. Shu
sababli, Amiriy taxmislarida Lutfiy, Navoiy, Fuzuliydagi teran ma’nolar rivojlantiriladi.

Amiriy Navoiy g’azallariga eng ko’p muxammas bog’lagan ijodkor hisoblanadi. [4.21]
Demak Amiriy she’riyatida Navoiy g‘azallariga tazmin muxammaslar badiiyatini

o‘rganayotganda tamomila dunyoviy, oddiy insoniy his-tuyg‘ularni va kechinmalarni yuksak
baadiyat bilan kuylangan lirikani tahlil qilishimiz va uning badiiy ta’sirini ochib berishga
urinishimiz zarurdir.


background image

93

References:

1.

Amiriy. Devon. I. O’zbekcha she’rlar / Nashrga tayyorlovchilar: A.Madaminov, E.Ochilov,

Z.Qobilova, O.Davlatov.–Toshkent:Tamaddun, 2017. 364–406 b.
2.

Amiriy. Devon. O’zbek tilidagi she’rlar / Nashrga tayyorlovchi: M.Qodirova.–

Toshkent:Fan, 1972. 315-b.
3.

В.Мўминова. Аваз Ўтар ўғли// Аваз ва унинг адабий муҳити. - Т.: “Фан”, 1987. -

Б.127.
4.

Жўрабоев О. Амирийнинг Навоий ғазалларига тахмислари хусусида. // Филология

масалалари. 2005. №2-3. – Б. 21-27.
5.

Мажидий Р. Огаҳий лирикаси. –Тошкент.: “Фан”, 1963. 89-бет

6.

Т.Аҳмедов. Мунис. – Тошкент.: “Фан”, 1980. 14-бет.

7.

Ҳайитметов.А. Адабий мросимиз уфқлари. – Тошкент.: “Ўқитувчи”, 1997. 45-бет

8.

Қобилова З.Б. Амирий ва унинг адабий фаолияти: Филол. фан. номз. дисс. ... –

Тошкент, 2007. – 134 б.

Библиографические ссылки

Amiriy. Devon. I. O’zbekcha she’rlar / Nashrga tayyorlovchilar: A.Madaminov, E.Ochilov, Z.Qobilova, O.Davlatov.–Toshkent:Tamaddun, 2017. 364–406 b.

Amiriy. Devon. O’zbek tilidagi she’rlar / Nashrga tayyorlovchi: M.Qodirova.–Toshkent:Fan, 1972. 315-b.

В.Мўминова. Аваз Ўтар ўғли// Аваз ва унинг адабий муҳити. - Т.: “Фан”, 1987. - Б.127.

Жўрабоев О. Амирийнинг Навоий ғазалларига тахмислари хусусида. // Филология масалалари. 2005. №2-3. – Б. 21-27.

Мажидий Р. Огаҳий лирикаси. –Тошкент.: “Фан”, 1963. 89-бет

Т.Аҳмедов. Мунис. – Тошкент.: “Фан”, 1980. 14-бет.

Ҳайитметов.А. Адабий мросимиз уфқлари. – Тошкент.: “Ўқитувчи”, 1997. 45-бет

Қобилова З.Б. Амирий ва унинг адабий фаолияти: Филол. фан. номз. дисс. ... – Тошкент, 2007. – 134 б.