Авторы

  • San’atjon Sharipov
    Toshkent amaliy fanlar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.62606

Ключевые слова:

musiqa madaniy hayot musiqiy savod qashqar rubobi Muhammadjon Mirzayev menzura latun kosali rubob.

Аннотация

O‘zbek xalqining musiqa madaniyati uzoq asrlik tarixga ega,  ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa san’ati bu haqda guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O‘zbekiston hududida Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi svilizatsiya mavjud bo‘lgan. Arxeologiya ma’lumotlari, tasviriy san’at asarlari (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniaturalar), sharqshunoslarning yangi tadqiqotlari, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan olimlarning musiqiy risolalari tarjimasi o‘zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi. O‘zbek xalqining ma’naviy va milliy boyligi hisoblangan tanbur, dutor, nay, chang, g‘ijjak, qonun, ud, rubob kabi milliy cholg‘ulari mavjud. Xususan, o‘zbek ijrochilik san’atida ko‘plab cholg‘ular qatorida qashqar rubobi alohida o‘rin tutadi. Bu cholg‘u o‘zining jarangdorligi va juda qulayligi bilan xalqimizning sevimli cholg‘ularidan biriga aylangani ushbu maqolada ilmiy isbotlangan.


background image

97

MUSIQA TA’LIMINING INSON HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA QASHQAR

RUBOBI BILAN ISHLASH TEXNIKASI

Sharipov San’atjon Valijonovich

Toshkent amaliy fanlar universiteti

sanatjonsharipov445@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14415009

Annotatsiya:

O‘zbek xalqining musiqa madaniyati uzoq asrlik tarixga ega, ko‘pgina

sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki an’anadagi
ustozona musiqa san’ati bu haqda guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining
tasdiqlashicha, bugungi O‘zbekiston hududida Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan
qadimgi svilizatsiya mavjud bo‘lgan. Arxeologiya ma’lumotlari, tasviriy san’at asarlari (sharq
poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniaturalar), sharqshunoslarning yangi tadqiqotlari,
o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan olimlarning musiqiy risolalari tarjimasi
o‘zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga
yordam beradi. O‘zbek xalqining ma’naviy va milliy boyligi hisoblangan tanbur, dutor, nay,
chang, g‘ijjak, qonun, ud, rubob kabi milliy cholg‘ulari mavjud. Xususan, o‘zbek ijrochilik
san’atida ko‘plab cholg‘ular qatorida qashqar rubobi alohida o‘rin tutadi. Bu cholg‘u o‘zining
jarangdorligi va juda qulayligi bilan xalqimizning sevimli cholg‘ularidan biriga aylangani
ushbu maqolada ilmiy isbotlangan.

Kalit so‘zlar:

musiqa, madaniy hayot, musiqiy savod, qashqar rubobi, Muhammadjon

Mirzayev, menzura, latun, kosali rubob.


Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda

muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy
va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri, maksimal darajada
idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va
tafakkurini yuksaltiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega
bo‘lib, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g‘oyaviy tarbiyalashning muhim
vositasidir. Qomusiy olim Abu Nosir al-Farobiy “Bu fan tanning sog‘lig‘i uchun foydalidir”, -
degan bo‘lsa, Shayx Sa’diy esa: “Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir”, - deb ta’kidlagan edi.
Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson
musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi.
Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismidir. Musiqadan ruhiy ozuqa olish uchun inson
yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan, o‘z kasbiga, Ona vataniga mehr
qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois o‘quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan
musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadidir. Bu oliy maqsadni
amalga oshirish uchun tadqiqotchilar tomonidan musiqa o‘qituvchisining oldiga quyidagi
vazifalar qo‘yilgan:
1.

O‘quvchilarda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehr-muhabbatni oshirish.

2.

Musiqiy faoliyat jarayonida badiiy ijodkorlik va his-tuyg‘ularni rivojlantirish.

3.

Asarlarning badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida o‘quvchilarni axloqiy-estetik

tarbiyalash.
4.

Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish.


background image

98

Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchining professional va axloqiy

qiyofasiga bog‘liq. Har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darslarini olib borolmaydi.
Buning uchun musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan yuksak madaniyatli
keng dunyoqarashli ma’naviy yetuk, biror bir cholg‘u asbobini mohirlik bilan ijro eta oladigan
shaxs bo‘lmog‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika va estetika
nazariyasi, musiqa nazariyasining amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi fanlaridan
chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i talab qilinadi. Musiqa o‘qituvchisi musiqa san’atining nazariy va
amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim, ya’ni
musiqa o‘qituvchisi ham cholg‘uchi, ham xonanda. Xor direjyori, jo‘rnovozchi, musiqa
nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida ish ko‘rmog‘i lozim. Musiqa o‘qituvchisining ijodkorligi
shundaki, u bir soatlik darsga senariy muallifi, uning ijrochisi va rejissyori sifatida ish tutadi.
Shu bois musiqa darsi san’at darsi deyiladi. Maktab hayotida musiqa o‘qituvchisining faoliyat
miqyosi kengdir.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa

tarbiyasining ommaviy shakllarini (san’atkorlar bilan uchrashuvlar, ma’ruza-konsertlar,
shoirlar bilan uchrashuvlar, “Navro‘z” bayramlari, “Alifbe” bayramlari, “O‘zbekiston – vatanim
manim”, “Ilhom chashmalari” ko‘rik-tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish va tashkil etish
musiqa o‘qituvchisining zimmasiga yuklatiladi va vazifasiga kiradi. Shu bilan birga,
maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari (bolalar musiqa maktablari, bolalar teatri,
o‘quvchilar saroylari) bilan aloqada bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarni ularga jalb etish va
faoliyatini maktab hayotida qo‘llash ham musiqa o‘qituvchisining zimmasidagi vazifasidan
biridir.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, qashqar rubobining o‘qitish metodikasi bilan

yaqindan tanishtiramiz.

Qashqar rubobining O‘zbekistonga kirib kelishi

Xalq musiqasi asrlar davomida muayyan bir shaklga kelibgina qolmay yangi-yangi

ohanglarga suyanadi va uni o‘zgartirib boradi. Hozirgi madaniyatimizning muhim omillaridan
biri musiqa merosini o‘zlashtirish, bastakorlarning xalq cholg‘ulari uchun yaratgan zamonaviy

asarlarini va ularning rivojlanish istiqbolini chuqur tushunishdan iborat.

Zamonaviy ijrochidan musiqani nozik tushunish, ijro etilayotgan asarning mazmuni va

rang-barangligini aniq hamda yuqori badiiy saviyada yetkazish, bastakor g‘oyasiga tayanib,
mahorat bilan ijro etish talab etiladi. Bularning barchasi mukammal darajada ijrochilik
nazariyasini va mahoratini texnik jihatdan doimo takomillashtirib borish bilan bog‘liqdir.
Zamonaviy ijrochilik madaniyatini yangi darajaga ko‘tarish, xalq musiqasi va qardosh musiqa
namunalari hisobiga o‘z repertuarlarini doimo kengaytirib borishni va jahon musiqa
madaniyatining nodir namunalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi.

XX asr o‘zbek ijrochilik san’atining zabardast namoyondasi, betakror rubobchi, o‘z ijodiy

uslubiga ega sozanda, bastakor O‘zbekiston xalq artisti Muhammadjon Mirzayev 1936-yil
Farg‘ona vodiysining Shohimardon qishlog‘iga borganda uyg‘ur dorbozlari tomonidan dor
o‘yini ko‘rsatilyotgamiga guvoh bo‘ladi. O‘shanda dorbozlarning o‘rtasida turib tomoshani olib
boradigan qashqarlik Mamad Oxun ismli

“o‘rtakash”

kichkina kosali rubobda odam chaqirib

jamoani yig‘ib turganiga ko‘zi tushadi.

Muhammadjon Mirzayev Mamad Oxundan o‘sha rubobni sotib oladi. Toshkentga

qaytgach, Usta Usmon Zufarov bilan birga bu cholg‘uni qayta takomillashtiradilar

(Mirzayevni


background image

99

ko‘rsatmasiga binoan)

.

Usta Usmon Zufarovning ustaxonasida yangi ko‘rinishdagi yoqimli

ovozli, zamonaviy rubob yaratish ustida ko‘p ish olib borishadi. Natijada ijrochining talabiga
ko‘ra rubobning

menzurasi

uzaytiriladi, dastasi esa

latun

qalamchalar bilan pardalar teng

bo‘linib, kosaxonasini kattaroq qilib, Muhammadjon Mirzayevning qaddi-bastiga mos qilib,
torlarini esa fortepianoni kvarta intervali bo‘yicha

Lya-Mi-Si

soziga sozlab, hozirgi

ko‘rinishdagi rubobni yaratadilar. O‘sha rubobni pardalar soni kam edi.

Muhammadjon Mirzayev keyinchalik rubobdagi kamchiliklarni to‘ldirgan. Ya’ni rubob

pardalarini 14 tadan 24 tagacha oralig‘ini oshirib, rubob torlarini ichak va po‘lat simli torlarga
almashtirdi, natijada rubob ansamblga moslashtiriladi. Rubobning ushbu nusxasi hozir ham
Muhammadjon Mirzayevning uyida saqlanmoqda.

XX asrning 40-50 yillaridan boshlab, Toshkent davlat konservatoriyasi qoshida

cholg‘ularni o‘rganish va takomillashtirish maqsadida professor A. I. Petrosyans boshchiligida
eksperemental labaratoriya tashkil qilinib, unda xalq cholg‘ulari qayta ishlana boshlangan.
Jumladan, qashqar rubobi ham qayta ishlanib, temperatsiyali tovush qatorga asoslangan
turlari yaratilgan.

Natijada qashqar rubobida shashmaqom asarlari va o‘zbek xalq musiqasi bilan birga

ko‘plab boshqa xalqlarning kuylari va kompozitorlar ijodiga mansub bo‘lgan murakkab, yirik
shakldagi asarlarni ijro etish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Takomillashtirish natijasida
yaratilgan ruboblarni keng miqyosida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, bu
ruboblarning kosasi yog‘och qovurg‘alarni biriktirib ishlana boshlandi. Bugungi kunda
rubobning qovurg‘ali hamda an’anaviy o‘yma qashqar rubob turlari amaliyotda keng
qo‘llanilmoqda.

Qashqar rubobida ijro etish, qo‘llar va gavdaning holati

Rubob kosasini ushlab turishda 3 asosiy tayanch vazifasini bajaradi.

Bu tayanchlar:

Gavdaning ko‘krak qismi.

Kosani ilmoqlar tomonidan tutib turuvchi bilakning yuqori qismi.


background image

100

O‘ng qo‘lning rubob kosasini tagidan tutib turuvchi bilak qismi.
Bu 3 nuqta juda muhimdir. Ular rubob kosasini pastga tushib ketmasligini va aksincha

tepaga yoki yonga chaqib ketmasligini ta’minlaydi.

O‘ng qo‘lning tirsak qismi

rubob kosasini tagidan ushlab turadi. O‘ng qo‘lni rubob

kosasining chetiga shunday qo‘yish kerakki, mizrob rubob harragidan 7-8 sm uzoqlikda
joylashgan bo‘lishi shart. Bunday holat aynan o‘ng qo‘lning pastga yuqoriga erkin
harakatlanishini va sifatli tovush qilishni ta`minlaydi.

Qashqar rubobida ijrochilik ta’limi

Qashqar rubobi ijrochilik amaliyotida juda keng qo‘llanadigan cholg‘u hisoblanadi.

Qashqar rubob o‘tirib va turib chalinadigan sozlardan bo‘lib, orkestr, ansambl ijrochiligida va
yakkaxon ijrochilikda juda ko‘p qo‘llaniladi. Cholg‘uni yaxshi o‘zlashtirish uchun ijro paytida
uni to‘g‘ri tutish muhimdir. Ijro paytida ijrochining tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi,
gavdaning, oyoq-qo‘llarining erkin tutishi katta ahamiyatga ega.

Ijrochilik holatiga dastlabki mashg‘ulotlardanoq katta e’tibor berish maqsadga muvofiq.

Bunda o‘ng va chap qo‘llarning holati, ya’ni cholg‘uni to‘g‘ri ushlash, dastani to‘g‘ri tutish,
mizrobni to‘g‘ri ushlash kabi elementlarning bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini
ta’minlash eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Cholg‘uni tutish holatidagi mavjud
kamchiliklar ko‘pincha ijrochilik mahoratining past darajada bo‘lishiga, hatto gavda
tuzilishining noto‘g‘ri shakllanib qolishiga sabab bo‘ladi.


background image

101

Ijrochilik holati bir yoki bir necha darsda o‘zlashtiriladigan jarayon emas. Tajriba shuni

ko‘rsatadiki, o‘qituvchi o‘quvchi yoki talaba bilan doimiy ravishda ijrochilik holati ustida
ishlash davomida uni noto‘g‘ri bo‘lib qolmasligi uchun nazorat qilib borishi kerak. Chunki
ijrochining holati avval yaxshi bo‘lib, keyinroq buzilishi ham uchrab turadi. Amaliyotda
musiqa maktablarida o‘qitishning dastlabki bosqichlarida asosan

Plastmassa mizrobdan

foydalaniladi. Uning shaklan kattaroq va yumshoqligi Yangi o‘rganuvchiga qulayroq.

Ebonitlar

pishiqligi va sifatli tovush hosil qilishi bilan plastmassa mizrobdan afzal

hisoblanadi.

Mizrobni ushlash uchun

o‘ng qo‘l barmoqlari

yarim aylana holga

keltiriladi. Bunda

barmoqlarning so‘nggi bo‘g‘inlari bir tekisda bukilib, ko‘rsatkich barmoq tirnoqqa yaqinroq
bukilgan holda ushlanadi.

Aks holda mizrobni sezish va boshqarish imkoniyati yo‘qoladi. Ayniqsa, maktab

o‘quvchilarida shu xato ko‘p uchrab turadi. Mazkur kamchilikni bartaraf qilishda quyidagi
uslubni tavsiya qilamiz: o‘quvchi o‘ng qo‘lining to‘rt barmog‘i bo‘g‘inlari bilan erkin ushlay
oladigan biror narsani ushlatib, undan keyin mizrobni ko‘rsatkich barmoqning oxirgi
bo‘g‘iniga bosh barmoq bo‘g‘inlari bukilgan holda ushlanadi va nazorat ostida mashq qilinadi.

Chap qo‘l barmoqlari harakatlari

Rubob dastasi

bosh va ko‘rsatkich barmoqlar

o‘rtasida bo‘lib bunda dasta siqib

ushlanmasligi,

bosh barmoq

esa ikkinchi va uchinchi barmoqlar o‘rtasida turishi kerak.

Bunda kaftning dastaga yopishib turmasligini doim nazorat qilish lozim.


background image

102

Yuqoridagi misolimizda va shunga o‘xshash asarlar ijrosida chap qo‘l barmoqlarining

aniq harakati va rubobning har bir pardasini juda yaxshi sezishi talab etiladi. Buning uchun
har bir notani barmoqlar uchi bilan bosishi tanlanishi juda muhim hisoblanadi.

Yuqorida ta`kidlanganimizdek, o‘ng va chap qo‘llar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular

qashqar rubob ijrochilik holatini tashkil qiladi. Ijrochilik holatining buzilib qolmasligini esa
doim nazorat qilib turish kerak. Agar o‘quvchiga ko‘proq vazifa berib, ularni vaqtida
bajarishga o‘rgatib, vazifa va topshiriqlarni murakkablashtirib borilsa, ular uchun
qiyinchiliklarni yengish va ijro malakalarini tez o‘zlashtirish imkoniyat darajasidagi talablarga
aylanadi muntazam o‘z ustida ishlab borish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

References:

1.

Musiqa o‘qitish metodikasi. o‘quv qo‘llanma / J. Yarashev, D. Murotova. -Buxoro:

Durdona, 2021.-72 b.
2.

G.Sharipova. “Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish metodikasi”. Ma’ruza matni.

Toshkent: TDPU, 2001
3.

Ibrohimov О. O‘zbek xalq musiqa ijodi. 1-qism (metodik tavsiyalar) – Toshkent: O‘zR XT

o‘quv-metodik markazi, 1994, 62-b.
4.

Музикальная эстетика стран Востока. Обш. Ред. В.П. Шестакова. – Л.: Музика, 1967.

5.

Yunusov R.Yu. O‘zbek xalq musiqa ijodi. 2-qism. (O‘quv-uslubiy qo‘llanma) – Т.: Ziyo

chashma, 2000, 56-b.
6.

Karomatov F. O‘zbek xalqi musiqa merosi. Yigirmanchi asrda. II tom. – Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot, 1985, 207-b

Библиографические ссылки

Musiqa o‘qitish metodikasi. o‘quv qo‘llanma / J. Yarashev, D. Murotova. -Buxoro: Durdona, 2021.-72 b.

G.Sharipova. “Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish metodikasi”. Ma’ruza matni. Toshkent: TDPU, 2001

Ibrohimov О. O‘zbek xalq musiqa ijodi. 1-qism (metodik tavsiyalar) – Toshkent: O‘zR XT o‘quv-metodik markazi, 1994, 62-b.

Музикальная эстетика стран Востока. Обш. Ред. В.П. Шестакова. – Л.: Музика, 1967.

Yunusov R.Yu. O‘zbek xalq musiqa ijodi. 2-qism. (O‘quv-uslubiy qo‘llanma) – Т.: Ziyo chashma, 2000, 56-b.

Karomatov F. O‘zbek xalqi musiqa merosi. Yigirmanchi asrda. II tom. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1985, 207-b