73
AXBOROT-KOMMUNIKASION TA’LIM MUHITIDA TALABALAR MUSTAQIL
TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY-METODIK TIZIMI
Safarova Ziyoda Ro‘ziboyevna
Ubaydullayeva Sitora Azim qizi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi
texnikumi o‘qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14412111
Pedagogika fani rivojlanishining zamonaviy bosqichida kompyuterli modellashtirish
muhim ahamiyat kasb etadi. B.S. Gershunskiy o‘zining ishlarida ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda
kompyuter vositalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratadi. Xususan, uning ta’kidlashicha,
o‘zining ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, biroq hozirgi kecha-kunduzda tobora
keskinlashib borayotgan pedagogik faoliyatning optimallashuvi va jadallashuvi uning qaysi
sohada qo‘llanilishidan qat’iy nazar mazkur sohani har tomonlama, ishonchli va tezkor
axborot ta’minoti masalalarini hal etish bilan organik jihatdan bog‘liqdir”
1
.
B.S.Gershunskiyning fikriga ko‘ra, faqatgina insonning intellektual imkoniyatlari va
kompyuter texnologiyalarining o‘zaro uyg‘unligidagi hamkorligi ko‘p qirrali pedagogik
faoliyatning jadallashuvi va optimallashuvi jarayonining yangi bosqichiga olib keladi.
O‘qitishning har qanday modelini tuzishda mavjud didaktik nazariya va kontsepsiyalarga
tayanadi
2
.
Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan axborot-kommunikasiya ta’lim vositasida talabalarni
kasbiy faoliyatga tayyorlashda talabalar mustaqil ta''imi tizimining didaktik modeli auditoriya
va auditoriyadan tashqari mustaqil ish bloklari orqali taqdim etilgan.
Bloklar
mustaqillik
darajasini
shakllantirishning
belgilangan
bosqichlariga
(moslashuvchan, shakllantiruvchi, refleksiv) muvofiq ravishdagi modullardan iborat.
Modullarning har biri muayyan turdagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:
ma’ruza mashg‘ulotida qo‘llaniladigan mustaqil ta’lim topshirig‘i;
Muammoni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilganimizda, T.N.Kulikova tomonidan
tadqiq etilgan ma’lumotlarga tayangan holda biz o‘qituvchining TMTni tashkil etishda AKTdan
foydalanishga tayyorligi quyidagi – motivatsion, texnologik va psixologik-pedagogik
komponentlarni o‘z ichiga olishini aniqladik. Bu esa tahsil oluvchi shaxsning mustaqil ta’limini
yaxlit tarzda, samarali amalga oshirish komponenti sifatida ko‘rib chiqilishiga e’tibor qaratdik.
1.
Tayyorgarlikning motivatsion komponenti ta’limni axborotlashtirish ishining
ahamiyatini anglash, TMTni AKT yordamida tashkil etishning manfaati va zaruratini nazarda
tutadi.
2.
Tayyorgarlikning texnologik komponenti o‘qituvchida axborot - kommunikatsion va
texnologik kompetentliklarining shakllanganligini nazarda tutadi.
3.
Tayyorgarlikning psixologik-pedagogik komponenti o‘qituvchining kasbiy-metodik
jihatdan tayyorligi, kasbiy kompetentsiyasining shakllanganligi, ya’ni, turli xil didaktik
usullarini bilishi va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash qobiliyatini egallaganligi, o‘quv
jarayonida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning psixologik mexanizmlarini anglay olishi
1
Гершунский Б.С. Компьютеризация в сфере образования: Проблемы и перспективы. М.: Педагогика, 1987. 263
с.
2
Гершунский Б.С. Компьютеризация в сфере образования: Проблемы и перспективы. М.: Педагогика, 1987.
263 с.
74
hamda psixologik-pedagogik kompetentsiyalarga qay darajada ega ekanliklari bilan
tavsiflanadi
i
.
T.N.Kulikova ta’kidlaganidek, ta’lim sohasidagi zamonaviy mutaxassis, axborot-
kommunikasion kompetentlikning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi:
- ta’lim tizimining global axborot jarayonlariga qo‘shilganligini anglashi;
- axborotning cheksiz hajmiga samarali yo‘l topish hamda mazkur axborotni tahliliy qayta
ishlashga tayyor bo‘lishi;
- innovatsion pedagogik natijalarga erishish, shuningdek, shaxsiy axborot muhitini yaratish
maqsadida zamonaviy axborot muhitida pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishiga imkon
beruvchi shaxsiy ijodiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishga intilishi;
- yuksak darajadagi muloqot madaniyati (shu jumladan, axborot vositalari orqali muloqotga
kirishish), dialog rejimida amalga oshiriladigan axborot sohasida o‘zaro hamkorlikni tashkil
etishning nazariy tasavvurlari va tajribasiga ega bo‘lishi;
- axborotni olish, uni tanlash, saqlash, qayta jonlantirish, tasavvurga ega bo‘lish, uzatish va
integrasiyalash madaniyatini o‘zlashtirishi lozim
3
. Jumladan, Internet tarmoqlaridan yuklab
olingan filmlarni ko‘rish, tahlil qilishi natijasida munosabatlarga doir bilimga ega bo'ladi.
Filmni kompyuter yoki interfaol doska orqali “giperssilka” qilingan elektron adress orqali
namoyish qilish ham maqsadga muvofiq (10 Potryasayutshix Simbiozov jivotnix.mp4);
- uzluksiz ta'lim sharoitlarida doimiy ravishda o‘zgaruvchan axborot jamiyatida (teleanjuman,
masofaviy ta’lim va boshqalar) kasbiy o‘sishning muhim jihati sifatida namoyon bo‘ladigan
zamonaviy interfaol telemuloqot texnologiyalaridan foydalanishga tayyorligi, ya’ni, Zoom
dasturi orqali o‘quv mashg'ulotlarini o'tish yoki Bandicam dasturi orqali videodars tayyorlash
malakasiga ega bo‘lishi lozim;
- axborot ta’lim muhitini modellashtirish va tuzish hamda o‘zining shaxsiy kasbiy faoliyati
natijalarini oldindan bashorat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. Shunday qilib, tashkiliy
va metodik omillar, o‘qituvchida AKTdan foydalanishga tayyorligining shakllanganligi,
talabaning mustaqil ishi va AKTdan foydalanishga tayyorligi darajasini aniqlash, mustaqil
ishiga yo'naltirilgan maxsus loyihalashtirilgan AKTMning mavjudligi shaxsga yo‘naltirilgan va
kompetentli yondashuv asosida zamonaviy pedagogik, axborot va kommunikasiya
texnologiyalaridan foydalangan holda TMIni samarali amalga oshirish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim oluvchi o‘zi uchun muhim bo‘lgan bilimlarni o‘zi
mustaqil qidirib o‘zlashtirsa, ta’limda muvaffaqiyatga erishadi. Bilimlarni izlab o‘zlashtirish
jarayoni chegaralanmagan uzluksiz jarayondir. Bu ayniqsa, hozirgi fan-texnika rivoji va global
axborot qurshovi davrida, bilimlar tez-tez o‘zgarib borayotgan davrda muhim ahamiyat kasb
etadi. Natijada o‘qituvchi va talaba o‘rtasida refleksiv tipdagi muloqot vujudga keladi. Amaliy
mashg‘ulot esa dastlabki boshlang‘ich nazoratdan boshlanadi.
References:
1.
Гершунский Б.С. Компьютеризация в сфере образования: Проблемы и
перспективы. М.: Педагогика, 1987. 263 с
2.
kizi Tohirova, M. A., & Tursunnazarova, E. T. (2022). BASIC LITERARY ELEMENTS OF
3
Гершунский Б.С. Компьютеризация в сфере образования: Проблемы и перспективы. М.: Педагогика, 1987. 263
с
75
THE XX CENTURY ENGLISH AND UZBEK SHORT STORIES (BASED ON HERBERT BATES AND
SAID AHMAD’S SHORT STORIES). THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN
WORLD, 1(2), 192-195.
3.
ugli Tojimurodov, H. Y., & Tursunnazarova, E. T. (2022). BEOWULF–THE EARLIEST EPIC
POEM IN ENGLISH FOLKLORE. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN
WORLD, 1(2), 189-191.
4.
kizi Aliyeva, G. A., & Tursunnazarova, E. T. (2022). ANALYSIS OF THE STORY ‘LUCKY
ARTISTAND’BY ENGLISH AUTHOR SOMERSET MAUGHAM. THE ROLE OF SCIENCE AND
INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 1(2), 172-175.
5.
kizi Abdullayeva, L. Z., & Tursunnazarova, E. T. (2022). CHRISTOPHER MARLOWE IS
“THE FATHER OF ENGLISH TRAGEDY”. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE
MODERN WORLD, 1(2), 168-171.
6.
kizi Abdukodirova, K. A., & Tursunnazarova, E. T. (2022). LITERARY VERSION OF
ENGLISH LANGUAGE AND CHOOSING ITS TEACHING BALANCE. THE ROLE OF SCIENCE AND
INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 1(2), 164-167.
7.
kizi Daulbayeva, J. R., & Tursunnazarova, E. T. (2022). UNFORGETTABLE MEMORIES OF
CHILDHOOD THE ARTISTIC ANALYSIS OF THE NOVEL “KITE RUNNER” WRITTEN BY KHALID
HUSAINI. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 1(2), 181-183.
8.
kizi Gadayeva, G. F., & Tursunnazarova, E. T. (2022). USEFUL CREATIVE TECHNIQUES
PROPOSED FOR TEACHING CHILDREN. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE
MODERN WORLD, 1(2), 176-180.
9.
Ishankhodjayeva, G. T., & Qodirova, Z. M. (2024). SUBACUTE SCLEROSING
PANENSEPHALITIS IN CHILDREN: MANIFESTATION OF COGNITIVE DISORDERS. Scientific
Journal Of Medical Science And Biology, 3, 108-113.
10.
Maxamatjanova, N. M., Mirxaydarova, F. S., & Mirxaydarova, S. M. (2023). THE
IMPORTANCE OF DIABETES IN THE DEVELOPMENT OF DEPRESSION. Инновационные
исследования в современном мире: теория и практика, 2(8), 9-10.
11.
Batirov, D. B. (2024). AMIR TEMUR’S CAMPAIGNS AGAINST TOKHTAMISH KHAN.
Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(12), 120-124.
12.
Ugulbekovich, I. J. (2024). AMIR TIMUR: THE BRIGHT GENIUS OF THE
MOVAROUNNAHR. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(12), 79-
83.
13.
kizi Usmonova, Y. N., & Tursunnazarova, E. T. (2022). SHAKESPEARE’S INFLUENCE ON
OTHER AUTHORS. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 1(2),
201-204.
14.
Куликова Т.А. Организация самостоятельной работы студентов вуза в
информационно-коммуникационной обучающей среде. Дисс. к.п.н. Ставрополь -2011.
181с.
i
Куликова Т.А. Организация самостоятельной работы студентов вуза в информационно-коммуникационной
обучающей среде. Дисс. к.п.н. Ставрополь -2011. 181с.
