Авторы

  • Javlonbek Raxmanov
    “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Shartnomalar va daromadlarni hisobga olish bo‘limi boshlig‘i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.62635

Ключевые слова:

qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq tarixi egri soliq.

Аннотация

Qo‘shilgan qiymat – bu iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra sotilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom ashyo va xizmatlar qiymati o‘rtasidagi farqning ifodasidir. Maqolada ushbu masalalar ko`rib chiqiladi.


background image

136

QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`INI QAYTARISH MASALALARI

Raxmanov Javlonbek Erimmatovich

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Shartnomalar va daromadlarni

hisobga olish bo‘limi boshlig‘i

https://doi.org/10.5281/zenodo.14504357

Annotatsiya:

Qo‘shilgan qiymat – bu iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra sotilgan tovarlar,

bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol
qilingan tovarlar, xom ashyo va xizmatlar qiymati o‘rtasidagi farqning ifodasidir. Maqolada
ushbu masalalar ko`rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

qo‘shilgan qiymat solig‘i, soliq tarixi, egri soliq.

KIRISH

Qo‘shilgan qiymat solig‘i jahon amaliyotida nisbatan yangi soliq hisoblanadi. U ilk bor

Fransiyada XX asrning 50-yillari o‘rtalarida joriy etilgan va keyinchalik iqtisodiy
taraqqiyotning turli bosqichlarida dunyoning turli burchaklarida ko‘plab mamlakatlarda
bilvosita soliqqa tortishning asosiy shakliga aylangan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yin tovlash qiyin bo‘lgan iste’molni soliqqa tortishdagi

budjetga barqaror va kafolatli mablag‘lar oqimini ta’minovchi kuchli fiskal instrumentga
aylandi. Shu bilan birga qo‘shilgan qiymat solig‘i mamlakatlarda bozor iqtisodiyotini soliqlar
vositasida tartibga solish tizimida muhim taktik vosita sifatida ham qo‘llaniladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (keyingi o‘rinlarda — soliq) salbiy farq summasini qoplash,

shu jumladan, boshqa soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni uzish hisobiga qoplash Soliq kodeksiga va
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi 489-son qaroriga 1-ilovada Nizomga
keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu Nizom maqsadlarida qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi deganda Soliq

kodeksiga muvofiq aniqlanadigan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir
operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar
(xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi salbiy farq tushuniladi.

Bunda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan

diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari,
shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi
hududida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha yetkazib beruvchilarga tovarlar
(xizmatlar) qiymatida to‘langan soliq summasi tushuniladi.

Soliq summasining qoplanishi soliq to‘lovchining ushbu Nizomga 2- ilovaga muvofiq

shakldagi qo‘shilgan qiymat solig‘ining qoplanishi lozim bo‘lgan summasini qaytarish
to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi.

Ariza soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy

kabineti orqali taqdim etiladi.


background image

137

1-rasm. Qo‘shilgan qimat solig‘i summasini qaytarish jarayoni
Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi deb e’tirof etilmagan

holatlarda kontrakt hamda xorijiy xaridor tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya
qilinganligini (ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Bunda, vositachilik
shartnomasiga asosan vositachining (agentning) vositachilik haqi summasi ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun komitent hisobidan vositachiga kelib tushgan summadan ushlab
qolinganligini tasdiqlovchi hisobot (bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma) taqdim etiladi.

Ushbu xizmatlar butunjahon Internet axborot tarmog‘i orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa

(elektron shakldagi xizmatlardan tashqari), kontrakt hamda xorijiy xaridor tomonidan
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi
ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

Agar ushbu bandning ikkinchi-oltinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan hujjatlar Tashqi savdo

operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud bo‘lsa, mazkur hujjatlarni soliq
organiga taqdim etish talab etilmaydi.

QQS mavjud bo‘lgan deyarli barcha mamlakatlarda ushbu soliqdan daromad orttirishga

urinadigan uyushgan firibgarlikka qarshi kurash olib boriladi. Mazkur materialda QQS
borasidagi firibgarliklar turlarini tasniflashga, ularga qarshi kurashish uchun mavjud
vositalarni tahlil qilishga harakat qilinadi hamda ularni takomillashtirishga oid chora-
tadbirlar taklif etiladi. 2019 yilga qadar ushbu huquqbuzarliklar amalda qayd etilmagan,
sababi QQS to‘lovchilar soni ko‘p bo‘lmagan. Soliq islohotlari natijasida so‘nggi 2 yil
mobaynida ushbu soliqni to‘lovchilar soni 16 baravardan ko‘p oshgan, bu esa QQS borasida
firibgarlik harakatlarining ko‘payishiga olib kelgan.

2023 yil 1 maydan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy

shaxslar chakana savdo ob’ektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1%
miqdoridagi keshbek o‘rniga, 12% miqdorida to‘langan QQS summasi qaytariladi.

QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati:
qo‘y go‘shti;
parranda go‘shti; mol go‘shti; tuxum;
o‘simlik yog‘i.


background image

138

QQSni qaytarib olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan iste’molchi

“Soliq” mobil ilovasini yuklab olib, FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda ilovada xarid
chekining QR-kodini skaner qilishi lozim.

QQSni qaytarishda:
sotib olingan tovar QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilganligi;
xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligi;
tadbirkor QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi inobatga olinadi.
Agar reestrga kiritilgan iste’molchi:
QQS qaytariladigan tovarlar bilan birga boshqa turdagi tovarlarni xarid qilib chekni

ro‘yxatdan o‘tkazsa, QQS qaytariladigan tovarlar uchun 12%, boshqa turdagi tovarlar uchun
1% keshbekka ega bo‘ladi;

QQS to‘lovchisi bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektidan QQS qaytariladigan tovarlar sotib

olsa, unga 1% keshbek qaytariladi.

QQS summasi chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyin oyning 25 sanasidan so‘ng “Soliq”

mobil ilovasi orqali to‘lab beriladi.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosalar:

1.

qo‘shilgan qiymat solig‘ining narxga ta’sirini kamaytirish va sog‘lom raqobat muhitini

yaratish bo‘yicha muddatsiz berilgan soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish;
2.

har xil uyushma va assotsiatsiyalar tarkibiga kirgan tashkilotlar uchun qo‘shilganqiymat

solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish;
3.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ni qaytarish tizimini takomillashtirib, inson omilini

kamaytirishga e’tibor qaratish shart;
4.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ni qaytarish jarayonida avtomatlashtirilgan tizimi keng joriy

etish shart.

References:

1.

https://review.uz/oz/post/koronavirus-pandemiyasining-global-iqtisodiyotga-va-

ozbekistonning-iqtisodiy-hamkor-mamlakatlariga-tasiri
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 24.01.2020 yildagi Oliy Majlisga

Murojaatnomasi.
3.

https://soliq.uz/page/asosiy-korsatkichlar

4.

A.Jo‘raev, A.Amanov “Soliqlar va soliqqa tortish” darslik 2020 yil.

5.

O.Sattorqulov, A.Abduvoxidov, A.Abduvaliev, A.Burxanov// Iqtisodiy xavfsizlik. O‘quv

qo‘llanma, “NOSHIRLIK YOG’DUSI” 2019-yil.394 bet.
6.

Abdullaev, D., Shukhratovna, D. L., Rasulovna, J. O., Umirzakovich, J. U., & Staroverova, O.

V. (2024). Examining Local Item Dependence in a Cloze Test with the Rasch Model.
International Journal of Language Testing, 14(1), 75-81.

Библиографические ссылки

https://review.uz/oz/post/koronavirus-pandemiyasining-global-iqtisodiyotga-va- ozbekistonning-iqtisodiy-hamkor-mamlakatlariga-tasiri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 24.01.2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

A.Jo‘raev, A.Amanov “Soliqlar va soliqqa tortish” darslik 2020 yil.

O.Sattorqulov, A.Abduvoxidov, A.Abduvaliev, A.Burxanov// Iqtisodiy xavfsizlik. O‘quv qo‘llanma, “NOSHIRLIK YOG’DUSI” 2019-yil.394 bet.

Abdullaev, D., Shukhratovna, D. L., Rasulovna, J. O., Umirzakovich, J. U., & Staroverova, O. V. (2024). Examining Local Item Dependence in a Cloze Test with the Rasch Model. International Journal of Language Testing, 14(1), 75-81.