Том 3 № 15 (2024)

Том 3 № 15 (2024)
Опубликован: 17-03-2025

Статьи

4-7 66 93

ROBOTOTEXNIKADA ARDUINO UNO QURILMALARINING IMKONIYATLARI VA QULAYLIKLARI

Musharraf Ziyodullayeva

Ushbu maqola Arduino UNO mikrokontrollyerining  robototexnikadagi  imkoniyatlari va qulayliklarini tahlil qiladi. Arduino UNO plotformasi, uning arzonligi, dasturlashning osonligi va turli komponentlar bilan integratsiya qilinishi kabi afzalliklari sababli robototexnika sohasida keng qo’llaniladi.

8-12 102 32

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI

Farrux Qodirov, Iqbol Abdimurodova

Raqamli texnologiyalar va ularning iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarga ta'siri haqida so'nggi yillardagi o'zgarishlarni ko'rib chiqadi.  Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning iqtisodiy rivojlanishga, ishchi kuchining yangi formatlarga moslashishiga, shuningdek, davlat siyosati va ijtimoiy tartibotdagi o'zgarishlarga qanday ta'sir qilishi tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali biznes jarayonlarini soddalashtirish, samaradorlikni oshirish va innovatsion iqtisodiy tizimlarni yaratishga qaratilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning yuksalishi bilan yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish bo'yicha tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi. Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni raqamli platformalar yordamida boshqarish va rivojlantirishning yangi usullari hamda bu jarayonlarga ta'sir qiluvchi global trendlar haqida ham muhokama qilinadi.         

13-15 50 32

BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING XUSUSIYATLARI, AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Mehriniso Cho’lliyeva

Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning asosiy xususiyatlari,ular taqdim etadigan afzalliklari va ulardan foydalamishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kamchiliklar tahlil qilinadi .Bulutli texnologiyalar zamonaviy axborot texnologiyalari infratuzilmasining muhim qismi sifatida korxonalar va shaxslar uchun katta imkonyatlar yaratadi. shu bilan birga, xavfsizlik, qaramlik va internetga bog’liqlik kabi muammolar ushbu texnologiyalarni joriy etishda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan jihatlardan biridir.

16-23 175 109

BIG DATA VA IQTISODIY TADQIQOTLARDA TAHLILIY IMKONIYATLAR

Dilbar Rajabova , Diyora Usmonova

Ushbu maqola Big Data texnologiyalarining iqtisodiy tadqiqotlardagi tahliliy imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan.Zamonaviy iqtisodiyotda ma'lumotlarning roli  oshib bormoqda. Big Data (Katta Ma'lumotlar) tizimlari va texnologiyalarining rivojlanishi iqtisodiy tadqiqotlar va tahlil sohasida yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Katta ma'lumotlar iqtisodiy jarayonlar, xususiyatlar va tendensiyalarni aniqlashda, shuningdek, prognozlash va qarorlar qabul qilishda samarali vosita sifatida ishlatiladi. Big Data atamasi hozirgi kunda zamonning talabi hisoblanadi. Big Data atamasi oldingi vaqtlarda ham ishlatilgan boʻlsada hozirgi kunda asosiy oqim vositasi hisoblanadi.Ushbu maqolada Big Data tizimi haqida toʻliq va chuqur maʼlumotlar berib oʻtilgan.Big Data tizimining oʻziga xos xususiyatlari ham yaxshi bahon etilgan. Mazkur tizim haqida toʻliq va sifatli qilib maʼlumotlar keltirilgan. Shuninhdek Big Data tizimidagi kamchiliklar va yutuqlar haqida ham koʻplab maʼlumotlar taqdim etilgan.

24-28 45 61

ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR: GADJETLAR, BUYUMLAR INTERNETI, SIMSIZ INTERNET 3D BOSMA TEXNOLOGIYALAR

Munisa Elboyeva

Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Ular nafaqat ish jarayonlarini soddalashtiradi, balki turmush sifatini oshiradi va imkoniyatlar chegarasini kengaytiradi. Ushbu maqolada gadjetlar, Buyumlar Interneti (IoT), simsiz internet va 3D bosma texnologiyalari haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

29-34 151 61

ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARI

Farrux Qodirov , Mushtariy Hakimova

Ushbu maqolada elektron tijorat tizimlarining mohiyati, ularning turlari va texnologik asoslari o‘rganilgan. Zamonaviy iqtisodiyotda B2B, B2C va C2C kabi tijorat modellari keng qo‘llanilib, ularning afzalliklari va cheklovlari tahlil qilingan. Shuningdek, elektron tijoratda ishlatiladigan to‘lov tizimlari, ma'lumot xavfsizligi va platformalarning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida elektron tijoratning jamiyat va iqtisodiyotga ta'siri, shuningdek, uning istiqboldagi roli haqida xulosalar chiqarilgan. Ushbu maqola sohaga qiziquvchilar va mutaxassislar uchun dolzarb ma'lumotlar taqdim etadi.

35-40 93 144

ELEKTRON RAQAMLI IMZO VA UNING OCHIQ VA YOPIQ KALITLARI. ELEKTRON SERTIFIKATLAR

Ilhom Hayitmurodov , Zilola Rajapova

Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi bilan birga, ma’lumotlar almashinuvi va xavfsizlikni ta’minlash uchun yangi texnologiyalar va usullar ishlab chiqildi. Elektron raqamli imzo (ERI) — bu ma’lum bir hujjatni yoki ma’lumotni tasdiqlovchi raqamli usul bo‘lib, u axborot xavfsizligi va identifikatsiya sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Elektron raqamli imzo yordamida, shuningdek, muhim hujjatlar va ma’lumotlar ham ishonchli tarzda autentifikatsiya qilinadi. ERI ning ishlashi uchun esa, ochiq va yopiq kalitlar tizimi asosiy elementlardan biridir.

41-48 140 107

AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O'ZIGA XOS JIHATLARI VA INSONNING TUTGAN O'RNI

Farrux Qodirov , Mushtariy Musayeva

Axborotlashgan jamiyat- zamonaviy texnologiyalar va axborot oqimlari asosida iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va kundalik hayotning barcha sohalarida axborotning ustuvor ahamiyat kasb etgan ijtimoiy tizimidir.

49-52 34 19

AXBOROTLASHTIRISH JARAYONI. JAMIYAT VA TA'LIMNI AXBOROTLASHTIRISH

Yayra Musurmanova

Bu maqola ta'limda axborotlashtirish jarayoni o'quv jarayonini samarali boshqarishga, o'quvchilar va o'qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam beradi. Bu maqola axborotlashtirishning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy aspektlarini ham tahlil qiladi. 

53-55 34 22

T.VULF ASARLARIDA O‘TMISH VA BUGUN GORMONIYASINING RAMZIY MA’NODORLIGI

O.X. Ganiyeva

AQSH modern davr nasrining o’ziga xos jihatlaridan biri bu vaqt tushunchasidir. Bunday asarlarda vaqt inversiyalari, ularning qorishiq tarzda ifoda etilishi har qanday zamonaviy hikoyanavisning ma’lum motivi hisoblanadi. Ushbu maqolada ana shunday hikoyachilikning yirik namoyondalaridan biri T.Volf asarlarida o’tmish va bugun gormoniyasining yoritilish usullari talqini bayon etiladi

56-58 31 18

T.VULF ASARLARIDA MODERNISTIK USLUB BADIIY IFODASI

O.X. Ganiyeva

AQSH adabiyotida o’zining yuksak g’oyaviyligi hamda mukammal psixologik teranligi bilan tanilgan T.Vulfning ijod namunalari bo’lmish hikoya hamda romanlari yozuvchining o’ziga xos individual uslubi orqali yaratilgan. Uning nasriy boyligida  modernizm badiiy elementlari o’ziga xos metod bilan mohirona tarzda bayon etilgan. Mazkur maqolada biz yozuchi asarlaridagi mana shu uning hikoyalar tahlili toritamiz.

59-65 47 48

O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI

Ahmad Xasanov, Vohid Tursunov , Behruzbek Samarov

Ushbu maqola O'zbekistonda jadal iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashishda oliy ta'limga investitsiyalarning hal qiluvchi rolini o'rganadi. Unda oliy ta’lim sohasining “O‘zbekiston – 2030” milliy strategiyasi bilan uyg‘unlashgan holda investitsiyalar jozibadorligi alohida ta’kidlangan. Maqolada mavjud adabiyotlar va ekspert xulosalari asosida “investitsiyalar” va “investitsion jozibadorlik” tushunchalari berilgan. Nihoyat, oliy ta'lim xizmatlarida investitsion jozibadorlikni rivojlantirish bo'yicha takliflar bayon etilgan.

66-71 139 89

ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR GADJETLAR, BUYUMLAR INTERNETI, SIMSIZ INTERNET, 3D BOSMA TEXNOLOGIYALAR

Farrux Qodirov, Kamola Ne`matova

Ushbu maqola Zamonaviy raqamli texnologiyalar, gadjetlar, buyumlar interneti, simsiz internet, 3D bosma texnologiyalar toʻgʻrisida. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, hayotimizning deyarli barcha sohalariga ta'sir ko'rsatgan va davom etayotgan yangiliklar va innovatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bu texnologiyalar asosan raqamli ma'lumotlarni saqlash, ishlov berish, uzatish va tahlil qilish bilan bog'liq.

72-76 193 30

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING GLOBAL IQTISODIY TIZIMDAGI O‘RNI

Farrux Qodirov, Mahorat Turayeva

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, uning tarkibiy qismlari va global iqtisodiy tizimdagi ahamiyati keng yoritiladi. Xususan, raqamli infratuzilma, elektron tijorat, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarning xalqaro savdo, moliyaviy tizimlar va mehnat bozoriga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ijobiy va salbiy tomonlari, ularni tartibga solish bo‘yicha takliflar hamda mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish usullari haqida so‘z yuritiladi.

77-81 106 42

ROBOTOTEXNIKADA ARDUINO UNO QURILAMALARINING IMKONIAYATLARI VA QULAYLIKLARI

Farrux Qodirov , Sabina Tolipova

Bu maqola robot texnikani qanday ishlashi afzalliklari haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Arduino uno qurilamalarining imkoniayatlari haqida ham afzalliklari va uning foydalari haqida tushinchalar bayon qilingan.

82-85 123 68

RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Farrux Qodirov , Barno Sattorova

Ushbu maqolada raqamli to‘lov tizimlarining iqtisodiyotdagi roli va ularning samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli to‘lov tizimlari yordamida moliyaviy operatsiyalarning tezkorligi, shaffofligi va xavfsizligi ta'minlanib, naqd pulga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Bu jarayon iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, pul aylanmasini tezlashtiradi va moliyaviy xizmatlarning ommabop bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, maqolada raqamli to‘lov tizimlarining joriy etilishi bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi.

86-89 88 101

AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING OʻZIGA XOS JIHATLARI AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INSONNING TUTGAN OʻRNI

Farrux Qodirov, Mashxura Rajabova

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat haqida asosiy tushunchalar va bu jamiyatning inson takomillashib borishidagi asosiy jihatlari bayon qilingan.

90-93 97 31

RAQAMLI VA IJTIMOIY MEDIA MARKETING VA UNING IMKONIYATLARI

Farrux Qodirov , Muxlisa Eshdavlatova

Ushbu maqolada ijtimoiy media marketing faoliyati bilan shug’ullanishning afzalliklari va kamchiliklari, ijtimoiy media orqali mahsulot brendini keng targ‘ib qilish va xaridorlar auditoriyasini kengaytirish, ijtimoiy media marketing faoliyatiga doir asosiy tushunchalar, vazifalar hamda SMM platformalari haqidagi to‘liq ma’lumotlar yoritib berilgan. Shuningdek, mamlakatimizda SMM mutaxassislari brendni keng targ‘ib qilish, reklama berish ishlari bilan shug‘ullanishlarida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni haqida tushunchalar keltirilgan.

94-97 133 31

AXBOROTLASHTIRISH JARAYONI.JAMIYAT VA TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH

Farrux Qodirov, Mohinabonu Safarova

Axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot va bilimlar boshqaruv, taʼlim va iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omiliga aylanmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish – bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida ijtimoiy hayotning barcha sohalariga axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonidir. Ushbu jarayon taʼlim tizimida ham chuqur o‘zgarishlarni talab qiladi, chunki bilim va malakalarni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi.

98-101 124 51

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING IMKONIYATLARI

Farrux Qodirov, Gulasal Husanova

Insoniyat va hayot uchun eng zarur bo'lgan narsa bu energiya hisoblanadi. Hayotimizda energiyaning o'rni juda ham katta hisoblanadi. Inson tomonidan bir kunda istemol qilinadigan o'rtacha quvvat ya'ni ularning yashashini taminlovchi energiya metobalik energiya. Shu kabi muqobil energiya ham.

102-105 265 53

TASHQI XOTIRA QURILMALARI.AXBOROTNI KIRITISH -CHIQARISH QURILMALARI

Farrux Qodirov, Dilroza Omonova

Tashqi xotira qurilmalari kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalardan tashqarida joylashgan va maʼlumotlarni uzoq muddatli saqlash imkonini beruvchi qurilmalardir.Ular turli xil turdagi boʻlib, foydalanuvchilarning ehtiyotlariga qarab tanlanadi. Tashqi xotira qurilmalarining asosiy vazifasi-maʼlumotlarni saqlash, zaxira nusxasini yaratish va ularga kirishni osonlashtirish dir.

106-110 136 56

BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Farrux Qodirov , Jo`rabek Ganchiyev

Bu maqola blokcheyn texnologiyasing afzalliklari va kamchiliklari haqida malumot beradi. Blokcheyn texnologiyasini tanlashning eng asosiy maqsadi, xavfsiz tarmoq orqali operatsiyalarni amalga oshirish yoki ma’lumot almashishdir. Blokcheyn texnologiyasining xavfsizligi, samarodrligi, auditi, masshtabligi, maxfiyligi malumotlarni saqlashi va bir qator vazifalari bo’yicha afzalliklari va kamchiliklari bor. Blokcheyn shartnomalar va biznesdan biznesga tranzaksiyalarni samaraliroq qiladi.

111-115 116 47

BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING XUSUSIYATLARI, AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Farrux Qodirov, Ozoda Maxsadova

Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning  yaratilishi  batafsil keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari bulutli texnologiyalarning afzalliklari va kamchiliklari ham tahlil etilgan.

116-120 182 53

TIZIMLI BLОK VА UNING TАRKIBIY ELЕMЕNTLАRI: PRОTSЕSSОR, SОPRОTSЕSSОR, ХОTIRА

Farrux Qodirov , Zebiniso Polvonxonova

Ushbu maqolada tizimli blok, uning asosiy tarkibiy elementlari, ya'ni protsessor, soprotsessor va xotira haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kompyuter tizimi muhandisligi va informatika sohasida tizimli bloklar, ularning tarkibiy qismlari va ularning o'zaro ishlashi juda muhim ahamiyatga ega. Maqolada tizimli bloklarning umumiy tuzilmasi, har bir elementning vazifasi va o'zaro bog'lanishlari haqida to'liq tasavvur beriladi. Ushbu maqola nafaqat kompyuter texnologiyalari sohasida ishlayotganlar uchun, balki ushbu texnologiyalardan foydalanuvchilar uchun ham foydalidir.

121-126 94 30

BULUT TEXNOLOGIYALARI VA BIZNES FAOLIYATINING OPTIMALLASHTIRILISHI

Farrux Qodirov , Sarvinoz Tursunova

Hozirgi kunda bulut texnologiyalari (Cloud Technologies) biznes va sanoatning ko'plab sohalarida innovatsion yechimlarni joriy etishga va faoliyatni optimallashtirishga yordam bermoqda. Ushbu maqolada bulut texnologiyalarining biznes faoliyatini samarali optimallashtirishdagi roli, foydalari va qo'llanilish sohalari batafsil tahlil qilinadi. Bulut texnologiyalarining asosiy xususiyatlari — masofaviy saqlash, hisoblash quvvatlarini dinamik tarzda boshqarish va yuqori darajadagi ma'lumot xavfsizligi — korxonalarga o'z operatsiyalarini yanada samarali, tezkor va arzonroq amalga oshirish imkonini beradi. Maqolada bulut platformalaridan foydalanish orqali resurslar va vaqtni tejash, yangi bozorlarni zabt etish va raqobatbardoshlikni oshirish kabi biznes jihatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada bulut texnologiyalarining kirib kelishi va ular bilan bog'liq muammolar, xavfsizlik va maxfiylikka oid masalalar ham yoritilgan.

127-130 115 20

IJTIMOIY IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O'RNI

Farrux Qodirov, Iroda Bozorova

Ushbu maqolada iqtisodiy ijtimoiy jarayonlarning axborot texnologiyalari bilan aloqadorligi,uning hozirgi kunda jadal rivojlanishi va O'zbekiston Respublikasida an'anaviy iqtisodiyotdan raqamli iqtisodiyotga o'tish haqida batafsil yoritib berilgan.Shuningdek iqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishda axborot texnologiyalarning o'rni hozirgi kunda qanchalik ahamiyatga ega ekanligi aytib o'tilgan.                                                                   

131-135 120 37

KRIPTO-VALYUTALAR VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI, IQTISODIY IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR

Farrux Qodirov , Mehroj Shodiyev

Kripyovalyutalar va blokchein texnologiyalari so’nggi yillarda iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi Blokchein texnologiyasi ma’lumotlarni saqlash taqsimlash va tasdiqlash jarayonlarini yanada ishonchli xavfsiz va shaffof qilish imkoniyatlarini yaratadi Kriptovalyutalar esa markazlashmagan raqamli valyutalar sifatida moliyaviy tizimni isloh qilish va global iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ro’l o’ynaydi Shu bilan birga ushbu texnologiyalar o’zlarining xavf xatarlaridan ham xoli emas   

136-138 45 8

QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`INI QAYTARISH MASALALARI

Javlonbek Raxmanov

Qo‘shilgan qiymat – bu iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra sotilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom ashyo va xizmatlar qiymati o‘rtasidagi farqning ifodasidir. Maqolada ushbu masalalar ko`rib chiqiladi.

139-142 183 15

MEHNAT MUNOSABATLARIDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH ISTIQBOLLARI

Aziza Ismoilova

Mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlash zamonaviy jamiyatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillaridan biridir. Ushbu maqolada gender tenglikka erishishda yuzaga keladigan muammolar, ularning sabab va oqibatlari, shuningdek, xalqaro va milliy tajriba asosida ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi. Mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlash uchun huquqiy va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish, gender auditi tizimini rivojlantirish va xalqaro standartlarga mos siyosat yuritish zarurligi ta’kidlanadi.

143-146 28 19

O‘ZBEKISTONDA TURIZM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI AHAMIYATI

Nazar Nazarov , Zuhra Odilova

Ushbu tezisda hozirgi kunda O‘zbekistonda turizm faoliyatini rivojlantirishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda buning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati o‘rganilgan. Turizm salohiyatini oshirishda oliy ta’lim muassasalarining bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilingan.

147-149 38 21

O‘ZBEKISTONDA MEHMONXONA XO‘JALIGI FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH

Nazar Nazarov , Ibrohim Ismanov

Ushbu tezisda hozirgi kunda O‘zbekistonda mehmonxona xo’jaligi boshqaruvi samaradorligini oshirish, mehmonxona biznesini rivojlantirish va bu sohani rivojlantirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, xulosalar keltirilgan.

150-152 42 17

THE HISTORY OF USING MOBILE APPS IN TEACHING ENGLISH

Behzod Murodillayev

Language learning and teaching is a complex process that requires to use various approaches to make the process more effective and engaging. This in turn enables to test different methods and technologies in language acquisition. This article aims to explore use of modern technologies, in particular mobile applications in teaching language skills, as well as offer basic insights into history, effectiveness and possible difficulties of using apps in language learning process.

153-156 42 48

OTA-ONA O'ZARO MUNOSABATINING BOLALARDAGI EMPATIYAGA TA'SIR KO'RSATISH XUSUSIYATLARI

Bahodir Eshmamatov

Ushbu maqolada ota-ona o'rtasidagi munosabatlarning bolalar empatiyasiga ta'siri o'rganiladi. Adabiyotlar tahlili asosida ota-onalar o'rtasidagi sog'lom va nosog'lom munosabatlarning bolalar emotsional rivojlanishiga ta'siri, empatiya shakllanishining asosiy mexanizmlari va oilaviy muhitning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ota-onalar o'rtasidagi munosabatlar sifati bolalarning empatik qobiliyatlari shakllanishida muhim rol o'ynaydi.

157-159 27 21

INGLIZ TILINI O'QITISHGA USLUBIY YONDASHUVLAR

Saodat Mirpayazova

Maqolada ingliz tilini o'qitishga uslubiy yondashuvlar turlari va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi mohiyati ko’rib chiqildi. Shuningdek, ingliz tilini o'rgatishda maxsus texnikadan foydalanish harakatlarni rag'batlantirish, mustaqil harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish va shu bilan birga ijodiy fikrlashni faollashtirish, ijodiy qobiliyatni namoyish etishni yaxshilashga yordam beradigan usullar keltirib o’tilgan.

160-161 37 13

ETILENDAN VINILASETATNING KATALITIK SINTEZI VA TEXNOLOGIYASI

Behruzjon Omanov, Oydin Allanazarova

Mazkur tadqiqot etilendan asetat olish jarayonlarining kinetika va texnologik jihatlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Ushbu ishda etilendan vinilasetatning katalitik sintezi va ushbu jarayon optimallashtirish texnologiyasi yoritilgan. Vinilasetat kimyo sanoatida polimerlar, qoplama materiallari, elimlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Uning etilendan sintezi hozirgi zamonaviy texnologiyalar va samarali katalizatorlarni qoʻllash bilan yuqori hosildorlikka erishishga imkon beradi. Katalizatorning samaradorligini saqlash uchun regenetorlarda qayta tiklash amalga oshiriladi. Bu ekologik xavfsizlikni taʼminlash va ishlab chiqarish tannarxi kamaytiradi. Etilendan vinilasetatning katalitik sintezi va texnologiyasi yuqori samaradorligi va ekologik tozaligi bilan zamonaviy kimyo sanoati uchun strategik ahamiyatga ega.

162-163 29 11

MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI PROGNOZLASHTIRISH VA ULARNI OSHIRISH MASALALARI

G’iyos Hamrayev , Dilrabo Muhiddinova

Mahalliy byudjetlar mamlakat iqtisodiyotining muhim qismi bo'lib, ularning daromadlari mahalliy muammolarni hal qilish, infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy xizmatlarni ta'minlashda asosiy rol o'ynaydi. Mahalliy byudjet daromadlarini prognozlashtirish va oshirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega, chunki bu jarayonlar mahalliy o'zgarishlar va rivojlanishlarga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini prognozlashning usullari va ularni oshirish yo'llari ko'rib chiqiladi.

164-166 28 21

ВЛИЯНИЕ ТРЕВОГИ И ДЕПРЕССИИ НА КОГНИТИВНЫЕ ФУНКЦИИ У ПАЦИЕНТОВ С ХРОНИЧЕСКИМИ ЦЕРЕБРОВАСКУЛЯРНЫМИ ЗАБОЛЕВАНИЯМИ

Азиза Джурабекова, Мавлюда Мамурова, Мехринисо Сулаймонова

Очень много споров и разногласий вокруг фундаментальной проблемы неврологии: нарушения головного мозга сосудистого происхождения, прежде всего касательно терминологии, отражающих нарастание очаговых и когнитивных процессов, где традиционно используется термин «дисциркуляторная энцефалопатия», в котором не отражаются конкретные причины нарушений. В связи с этим, многие авторы акцентируют клинические формы сосудистых заболеваний и взаимодействие с хронической ишемией головного мозга (или хроническим нарушением мозгового кровообращения) ассоциированных с перфузионной недостаточностью, на фоне дисфункции микроциркуляторного русла . Кроме того, литературные источники, выделяют главную основу сосудистых нарушений головного мозга, синдром когнитивных расстройств, как ведущий признак заболевания.

167-171 43 16

BOLALARDA KOʻP UCHRAYDIGAN DUDUQLANISH

Noilaxon Mirkomilova

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda koʻp uchraydigan duduqlanish va uni bartaraf etishga oid nazariy va amaliy materiallar keltirilgan bo‘lib, tegishli soha vakillari foydalanishlari mumkin.

172-173 19 13

СВОЙСТВА РЕКЛАМНЫХ ТЕКСТОВ

Азизбой Ахтямов

При чтении или прослушивании текста реципиент ищет связь между отдельными предложениями и ее непрерывностью. Наличие в нескольких предложения слов с одинаковыми корневыми морфемами может не считаться текстом, если между ними не существует содержательной связи. Реципиент сравнивает их со своим «миром текстов», с совокупностью смысловых отношений, которые являются основой текста.

174-177 85 32

TA’LIMDA SMART TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Iroda Buxorova

Ushbu maqola ta’limda SMART texnologiyalarni qo’llash imkoniyatlarini o’rganadi va ularni mahalliy sharoitga moslashuviga innovatsion yondashuvlarni taklif qiladi. Global misollardan farqli ravishda, maqolada ta’lim tizimida internatga ulanmagan hududlar uchun offline platformalarni ishlab chiqish, sun’iy intellekt yordamida shaxslashtirilgan ta’lim tizimlarini yaratish va loT qurilmalarini dars jarayoniga joriy etish kabi yangi yondashuvlar keltirilgan. Shuningdek virtual laboratoriyalar, Metaverse ta’limi va blockchain texnologiyalarini ta’limdagi kelajakdagi roli haqida futuristik g’oyalar taqdim etiladi.  Maqola inonovatsion yechimlar orqali ta’lim jarayonini yanada samarali va qulay qilishni maqsad qiladi.

178-181 401 62

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT

Farrux Qodirov , Jasmina Murodulloyeva

Ushbu maqola statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzusiga bag'ishlanadi. Maqolada statistik maʼlumotlarning o'ziga xos jihatlari, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek statistika tizimida "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasining asosan amalga oshirilgan va amaliyotga joriy etilgan loyihalar kabi masalalar ko'rib chiqilgan.Raqamli iqtisodiyot dunyo miqyosida global iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy omillardan biriga aylanib bormoqda. Informatsion texnologiyalar va raqamlashtirish jarayonlari iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy o'zgarishlar olib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlida qator islohotlarni amalga oshirib, bu yo'nalishda jadal qadamlar tashlamoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati, rivojlanish tendensiyalari, mavjud imkoniyatlar va yechimini kutayotgan muammolar tahlil qilinadi.