Авторы

  • Iroda Buxorova
    Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.62663

Ключевые слова:

Smart texnologiyalar Ta’lim innovatsiyalari Sun’iy intellekt loT qurilmalari Virtual laboratoriyalar Shaxsiylashtirilgan ta’lim Metaverse ta’limi Blockchain texnologiyasi Gamifikatsiya (o’yinlashtirish) Offlina platformalar Aqlli doskalar Ta’limda raqamli transformatsiya

Аннотация

Ushbu maqola ta’limda SMART texnologiyalarni qo’llash imkoniyatlarini o’rganadi va ularni mahalliy sharoitga moslashuviga innovatsion yondashuvlarni taklif qiladi. Global misollardan farqli ravishda, maqolada ta’lim tizimida internatga ulanmagan hududlar uchun offline platformalarni ishlab chiqish, sun’iy intellekt yordamida shaxslashtirilgan ta’lim tizimlarini yaratish va loT qurilmalarini dars jarayoniga joriy etish kabi yangi yondashuvlar keltirilgan. Shuningdek virtual laboratoriyalar, Metaverse ta’limi va blockchain texnologiyalarini ta’limdagi kelajakdagi roli haqida futuristik g’oyalar taqdim etiladi.  Maqola inonovatsion yechimlar orqali ta’lim jarayonini yanada samarali va qulay qilishni maqsad qiladi.


background image

174

TA’LIMDA SMART TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Buxorova Iroda

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14511636

Annotatsiya:

Ushbu maqola ta’limda SMART texnologiyalarni qo’llash imkoniyatlarini

o’rganadi va ularni mahalliy sharoitga moslashuviga innovatsion yondashuvlarni taklif qiladi.
Global misollardan farqli ravishda, maqolada ta’lim tizimida internatga ulanmagan hududlar
uchun offline platformalarni ishlab chiqish, sun’iy intellekt yordamida shaxslashtirilgan ta’lim
tizimlarini yaratish va loT qurilmalarini dars jarayoniga joriy etish kabi yangi yondashuvlar
keltirilgan. Shuningdek virtual laboratoriyalar, Metaverse ta’limi va blockchain
texnologiyalarini ta’limdagi kelajakdagi roli haqida futuristik g’oyalar taqdim etiladi. Maqola
inonovatsion yechimlar orqali ta’lim jarayonini yanada samarali va qulay qilishni maqsad
qiladi.

Kalit so’z:

Smart texnologiyalar, Ta’lim innovatsiyalari, Sun’iy intellekt, loT qurilmalari,

Virtual laboratoriyalar, Shaxsiylashtirilgan ta’lim, Metaverse ta’limi, Blockchain texnologiyasi,
Gamifikatsiya (o’yinlashtirish), Offlina platformalar, Aqlli doskalar, Ta’limda raqamli
transformatsiya

Аннотация:

В данной статье исследуются возможности использования SMART-

технологий в образовании и предлагаются инновационные подходы к их адаптации к
местным условиям. В отличие от мировых примеров, в статье представлены новые
подходы в системе образования, такие как развитие офлайн-платформ для
территорий, не связанных со школой-интернатом, создание персонализированных
образовательных систем с использованием искусственного интеллекта, внедрение
LoT-устройств. в учебный процесс. Также представлены футуристические идеи о
будущей роли виртуальных лабораторий, образования Metaverse и блокчейн-
технологий в образовании. Статья направлена на то, чтобы сделать образовательный
процесс более эффективным и удобным за счет инновационных решений.

Ключевые

слова:

Смарт-технологии,

Образовательные

инновации,

Искусственный

интеллект,

LoT-устройства,

Виртуальные

лаборатории,

Персонализированное

образование, Метавселенное

образование,

Технология

Блокчейн, Геймификация (геймификация), Офлайн-платформы, Смарт-доски,
Цифровая трансформация в образовании.

Abstract:

This article explores the possibilities of using SMART technologies in

education and proposes innovative approaches to their adaptation to local conditions. In
contrast to global examples, the article presents new approaches in the education system,
such as developing offline platforms for regions without internet access, creating personalized
learning systems using artificial intelligence, and introducing IoT devices into the teaching
process. It also presents futuristic ideas about the future role of virtual laboratories,
Metaverse education, and blockchain technologies in education. The article aims to make the
educational process more efficient and convenient through innovative solutions.

Keywords:

Smart technologies, Educational innovations, Artificial intelligence, IoT

devices, Virtual laboratories, Personalized education, Metaverse education, Blockchain
technology, Gamification, Offline platforms, Smart boards, Digital transformation in education


background image

175

Kirish.

Ta’limda Smart Texnologiyalar: Mahalliy yondashuv va Yangi imkoniyatlar.

Bugungi kunda ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilmoqda. Smart
texnologiyalar o’quv jarayonlarini faqat qulayroq emas, balki samaraliroq ham qilmoqda.
Biroq, ushbu texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirsh va o’ziga xos
yondashuvlarni yaratish yetarlicha tadqiq qilinmagan. Shu bois biz ta’limda smart
texnologiyalarning yangi usullarini o’rganib, ularni amaliyotga joriy qilishda innovatsion
yondashuvlarni taklif qilamiz.

Mahalliy ta’limda smart texnologiyalar: Maxsus platformalar.

Ko’pchilik o’quv

muassasalari global platformalardan foydalanmoqda, lekin ular mahalliy ehtiyoj va
imkoniyatlarga mos emas. Masalan:
1.

“EduSmart Local” loyihasi: Hududiy tlda ishlaydigan va o’quvchilarning mahalliy

madaniyatiga moslashtirilgan ta’lim dasturlari.
2.

Qishloq hududlari uchun Offline Smart platformalar: Internetga ulanmagan sharoitlarda

ishlay oladigan o’quv resurslarini yaratish, maslan, oldindan yuklangan ma’lumotlar bilan
ishlaydigan aqlli qurilmalar

loT qurilmalari va o’quv muammolari :

Internetga ulangan qurilmalar orqali sinf

jarayonini avtomatlashtirish mumkin. Misol uchun:

1.

Har bir o’quvchi uchun aqlli sensorli joylar: O’quvchilar faoliyatini real vaqt rejimida

kuzatish va ularning darsga ishtirokini tahlil etish.

2.

Eko-ta’limni targ’ib qilish uchun aqlli doskalar: Elektirni tejaydigan va raqamli

yozuvlarni real vaqt rejimida saqlash imkonini beradigan qurilmalar.

Smart texnologiyalar yordamida shaxsiylashtirilgan ta’lim.

Har bir o’quvchining

ehtiyojlariga mos yondashuvlarni ishlab chiqish:

1.

Sun’iy intellekt asosida ishlaydiigan shaxsiy virtual yordamchilar. Masalan, AI

yordamida har bir o’quvchilarning zaif tomonlarini aniqlash va ularni rivojlantirish bo’yicha
maxsus dasturlarni ishlab chiqish

2.

O’quvchilar faoliyatini kuzatish uchun VR texnologiyalar: Dars vaqtida muammolarni

interaktiv muhitda hal qilish imkoniyatni beradigan treninglar.

Futuristik yondashuv: Ta’lim va Metaverse.

Metaverse texnologiyasi kelajakda

ta’limni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Virtual dunyoda yaratilgan sinflar va
laboratoriyalar o’quvchilarni real tajribalar bilan tanishtirishga yordam beradi. Masalan:

1.

Fizika va kimyo fanlari uchun virtual laboratoriyalar: Tajribalarni xavfsiz va aniq

o’tkazish.

2.

Geografik masofadan qat’i nazar birlashgan sinflar: Butun dunyo o’quvchilari virtual

platformada birga ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Innovatsion takliflar.

1

.Talimda Blockchain

:

Diplomlar va sertifikatlarni blokcheyn texnologiyasi asosida

saqlash va ulardan soxtalashtirishni oldini olish.

2

. Smart qurilmalar uchun maxsus quvvat tizimlari: Elektir ta’minoti past hududlarda

ishlashga moslashtirilgan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish.

3

. Mahalliy o’yinlashtirish platformalari: Maktab dasturlariga moslashtirilgan o’yinlar

orqali o’quvchilarni rag’batlashtirish.

Smart texnologiyalarning asosiy afzalliklari ta’limda: Har bir o’quvchi uchun individual

ta’lim dasturini yaratish imkoniyati. Masalan, sun’iy intellekt yordamida bilim darajasini


background image

176

baholash va shunga mos mashg’ulotlarni taklif qilish. Elektiron kitoblar, interaktiv dasturlar
va video darsliklar o’quv jarayonini boyitadi. Bu nafaqat o’qituvchilar ishini osonlashtiradi,
balki o’quvchilar ham uchun qulay. Onlayn platformalar orqali dunyoning istalgan joyidan
bilim olish, xalqaro kurslarda ishtirok etish va boshqa o’quvchilar bilan muloqot qilish
imkoonini beradi.

Smart texnologiyalarning kamchiliklari va ularga yechimlar:

1. Internetga ulanish imkoni yo’qligi ko’plab o’quvchilarni bu texnologiyalardan

foydalanishda chetda qoldiradi. Yechim: Offiline smart platformalarni rivojlantirish va
mahalliy sharoitga moslashtirilgan qurilmalarni ishlab chiqish.

2. Bazi fanlar (masalan, jismoniy tarbiya yoki an’anaviy laboratoriyalar) uchun

texnologiyalar yetarli bo’lmasligi mumkin. Yechim: Texnologiyalarni amaliy mashg’ulotlar
bilan birlashtiruvchi gibrid ta’lim tizimlarini ishlab chiqish.

Kelajakdagi tendensiyalar.Virtual dunyolar va kengaytirilgan haqiqat orqali

o’quvchilarga amaliy tajribalar yaratish. Masalan,VR yordamida o’quvchilar tarixiy
voqealarning ichiga “kirib borishlari” mumkin. AI orqali ta’lim muassasalarini boshqarish:
avtomatik sinf jadvalini tuzish, o’quvchilar ishtirokini tahlil qilish va o’quv jarayonidagi
muammolarni aniqlash. Diplomlar, baholar va o’quvchilarning shaxsiy ma’lumotini xavsiiz
saqlashda blokcheyn texnoologiyalaridan foydalanish.

Ta’limda SMART texnologiyalardan foydalanishdagi real misollar va natijalar: Janubiy

Koreada sun’iy intelektdan foydalangan holda til o’rganish platformalari. Bu platformalar har
bir foydalanuvchining zaif tomonlarini aniqlaydi va shu asosda mashg’ulotlarni moslashtiradi.
Finlandiyada IoT asosida ishlaydigan sinf xonalari: havo sifatini, yorug’lik darajasini va
o’quvchilar faoliyatini kuzatish uchun aqlli sensorlardan foydalaniladi. Hindistonning qishloq
joylarida offline raqamli ta’lim dasturlarining joriy etilishi, bu orqali o’quvchilar smart
quriilmalarda oldindan yuklangan resurslardan foydalanmoqda.

Smart texnologiyalar orqali hissiy intelektni rivojlantirish.

Smart texnologiyalar ta’limni shunchaki bilim olish jarayonidan ko’ra shaxsiy va ijtimoiy

ko’nikmalarni rivojlantiruvchi tizim sifatida xizmat qilishi muumkin: Sun’iy intellekt yordami
o’quvchilarning hissiy holatini kuzatish va stress darajasini aniqlash. Masalan, smart sinflarda
yuz ifodalarini va ovozli ohangni aniqlovchi qurilmalar yordamida o’quvchining kayfiyati
monitoring qilinadi va unga mos materiallar taqdim etiladi. VR texnologiyasi orqali
o’quvchilarni bir biri bilan hamkorlik qilishga o’rgatish va ularning ijtimoiy ko’nikmalarini
rivojlantirish. Masalan, VR muhitda muammolarni hal qilish uchun jamoaviy topshiriqlar.

Ekstremal sharoitlar uchun moslashtirilgan ta’lim texnologiyalari.

Quyosh batareyalarida ishlaydigan mobil sinflar yoki dronlar yordamida o’quv

materiallarini yetkazish. Masalan,ofat zonasidagi maktab o’quvchilari uchun offline ma’lumot
bazasi bilan ta’minlangan aqlli planshetlar. Elektr quvvatiga cheklov mavjud bo’lgan joylarda
e-ink texnologiyasidan foydalanadigan qurilmalar (maslan, Amazon Kindle kabi ekranga ega
o’quv moslamalari).

Neuro-Feedback texnologiyalari.

Neyron-sensorli qurilmalar yordamida o’quvchilarning miyaning qaysi qismi

faollashganini kuzatish va unga mos materiallarni taklif qilish. Masalan, matematik
topshiriqlar vaqtida diqqatni jamlash darajasi past bo’lsa , o’quvchini motivatsiya qilish
uchun vizual vositalarni taklif etuvchi tizim. Aqlli bosh kiyimlar (neuro-headsets) yordamida


background image

177

o’quvchilarning diqqat va hissiy holatini kuzatish .Ushbu qurilmalar diqqatni
susaytirmaydigan mos materiallarni avtomatik tarzda taklif qiladi

Ushbu fikrlar ta’lim tizimida smart texnologiyalarni yangi va o’ziga xos yo’nalishlarda

qo’llash imkoniyatini beradi. Ular amalda joriy etilsa, nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki uni
global darajada innovatsion tizimga aylantiradi. Bu g’oyalar hali keng miqyosida tadbiq
etilmagan va o’z dolzarbligini yo’qotmagan.

References:

1.

Dillenbourg, P., Schneider, D., &Synteta, P.,(2002). Virtual Learning Environments .

Proceedings of the 3

rd

Hellenic Conference on Information &Communication Technologies in

Education.
2.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi (2023). Raqamli ta’limni rivojlantirish bo’yicha milliy strategiya.
3.

Khan Academy (

www.khanacademy.org

) :Ta’lim texnologiyalari bo’yicha dolzarb

yangiliklar va tahlillar.
4.

Google Classroom: Raqamli ta’lim jarayonini boshqarish va baholash tizimi.

5.

Microsoft teams:Ta’lim muhitida virtual hamkorlik va darslarni boshqarish va baholash

tizimi.

Библиографические ссылки

Dillenbourg, P., Schneider, D., &Synteta, P.,(2002). Virtual Learning Environments . Proceedings of the 3rd Hellenic Conference on Information &Communication Technologies in Education.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (2023). Raqamli ta’limni rivojlantirish bo’yicha milliy strategiya.

Khan Academy (www.khanacademy.org) :Ta’lim texnologiyalari bo’yicha dolzarb yangiliklar va tahlillar.

Google Classroom: Raqamli ta’lim jarayonini boshqarish va baholash tizimi.

Microsoft teams:Ta’lim muhitida virtual hamkorlik va darslarni boshqarish va baholash tizimi.