157
INGLIZ TILINI O'QITISHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
Mirpayazova Saodat Zafarovna
Academy of Armed Forces of the Republic of Uzbekistan
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504531
Annotatsiya:
Maqolada ingliz tilini o'qitishga uslubiy yondashuvlar turlari va ularning
zamonaviy ta’lim jarayonidagi mohiyati ko’rib chiqildi. Shuningdek, ingliz tilini o'rgatishda
maxsus texnikadan foydalanish harakatlarni rag'batlantirish, mustaqil harakat qilish
qobiliyatini rivojlantirish va shu bilan birga ijodiy fikrlashni faollashtirish, ijodiy qobiliyatni
namoyish etishni yaxshilashga yordam beradigan usullar keltirib o’tilgan.
Kalit so‘zlar
: uslubiy yondashuv, texnologiya, metodlar, oliy ta’lim, ingliz tili.
Hozirgi vaqtda ingliz tilini o'qitishning uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqishga
bag'ishlangan bir qator o'zbek va xorijiy tadqiqotlarning ishlari mavjud bo'lib, ular orasida:
individual yondashuv, innovatsion yondashuv, kognitiv yondashuv, muammoli yondashuv,
zamonaviy yondashuv, ijodiy yondashuv va boshqalar ko’rib chiqilgan.
Zamonaviy ta’lim jarayonida ko‘rsatilgan metodik yondashuvlar ichida Davlat ta’lim
standartlari asosida innovatsion yondashuvlar alohida e’tibor tortadi. Shu tariqa, zamonaviy
ingliz tili darsini ta'lim texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi va texnologiyadan
foydalanish samarasi ancha yuqoriligi tasdiqlangan. Har qanday texnologiya o'qituvchilar va
talabalar tomonidan turli ta'lim sharoitlarida foydalanishda tushunarli bo'lishi kerak. Shiddat
bilan rivojlanayotgan davrda, o’quvchilarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun eng
samarali texnologiyalar quyidagilar deb belgilangan:
Quyidagi bir nechta usullar, xorijiy tillarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar
hisoblanadi:
Interfaol o'qitish metodi: Bu usulda, talaba o'zlashtirilgan xalqaro bo'limlarda interfaol
darslar olib boradi. Virtual platformalardan foydalanib, online o'qituvchilar bilan bog'lanib,
onlayn savollar va vazifalar orqali talabalarga xorijiy tillarni o'qishda interfaollik yaratiladi.
axborot
texnologiyalari
loyiha
texnologiyasi
tanqidiy
fikrlash
texnologiyasi
muammoli
ta'lim
texnologiyasi
keys
texnologiyasi
158
Yakuniy loyihalar va amaliy mashg'ulotlar: Talabalarni o'qitishda, xorijiy tillarga qiziqish
uyg'onib, ularning maqolalari, yangiliklari, sheriklik qilishlari va boshqa amaliy faoliyatlarini
qo'llabquvvatlash uchun loyihalar va amaliy mashg'ulotlar tashkil etish foydali bo'ladi.
Xalqaro hamkorlik: O'qituvchilar va talabalar o'rtasida xalqaro hamkorlikni o'rnatish
yordamida, boshqa mamlakatlardagi maktablar, o'qituvchilar, yoshlar va oliy ta'lim
muassasalari bilan aloqalar o'rnatish orqali, xorijiy tillarni o'qitishda ilg'or o'qitish
metodlarini izlash va amalga oshirish mumkin.
O'z-o'zini baholash tizimi: Talabalarni motivatsiyalash va o'zlashtirish maqsadida o'z-
o'zini baholash tizimlari tashkil etiladi. Bu tizimlarda, talabalar o'z o'qish natijalarini,
o'rganish jarayonlarini o'zlarini baholab, yangi maqbul o'qitish usullari va materiallarini
tanishlari va qo'llabquvvatlashlari mumkin.
Texnologiyalarni foydalanish: Texnologiyalarni foydalanish, online lug'atlar, maqolalar,
onlayn darslar, taqdimotlar va interfaol o'qitish vositalari orqali talabalarga xorijiy tillarni
o'qitishda o'rganishni oshirish uchun bir necha foydali usullardan biridir. Bu usullar bir qator
xilma-xillikda foydalaniladigan innovatsion usullardir. O'qituvchilar va o'quvchilar o'zlariga
eng mos keladigan va natijalarni olishda yordam bera olishadi.
Har bir jarayon birinchi navbatda suhbat orqali amalga oshiriladi. Shu bois,
talabalarda eng avvalo suhbatlashish qobiliyatini o’stirishi lozim. Buning uchun innovatsion
yondashuvlar asosida suhbat metodidan foydalanishlari mumkin. Bunda ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchi o’rtasida ikki taraflama fikr-mulohazalar yuritila boshlaydi va talabaning
ma’naviy va aqliy jihatdan salohiyati rivojlantirila boshlaydi. Biz bilamizki, zamonaviy
yoshlarning asosiy qismi kommunikativ va gaymerdir. Bundan kelib chiqadiki, ularga dars
jarayonlarini turli xil didaktik vazifalar va interfaol metodlarni qo’llab o’tish talab qilinadi.
Shuning uchun ham ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o’rgatish uchun quyidagi interfaol
metodlardan foydalanish mumkin:
“Tarjimon” o’yini. Bu talabalarni bilim darajasiga mos tarzda belgilangan xorijiy
so’zlarni kim tezda topib o’zbek tiliga almashtirish jarayonidan iborat. Aynan xorijiy til
bo’lganligi uchun ham bu o’yin juda samarali bo’adi. Chunki bu o’yin orqali talabalar miya
faoliyati, yodda saqlab qolish qobliyatlarini amalga oshirishadi va xotirasini rivojlantiradi.
“So’z yasash” o’yini. Bunda talabalar o’qituvchi tomonidan taqdim etilgan ingliz
tilidagi ko’p harflardan tashkil topgan birikmadan turli xil yangi so’zlarni yaratishlari kerak
bo’ladi. Bu usul orqali talabalar ilgari o’tilgan so’zlat va mazvularni yodga olishadi va
ularda ijodiy tafakkurni yanada faollashtiradi.
Ingliz tilini o'qitishning uslubiy yondashuvlarini tahlil qilish bizga ingliz tilini o'qitish
samaradorligini oshirish uchun interfaol yondashuv g'oyalari va tamoyillarining didaktik
imkoniyatlari haqida xulosa chiqarish imkonini berdi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya tizimida uslubiy yondashuvlarining bir
turi bo’lgan interfaol usullardan foydalanish talabalarga, ularning ta’limiy qudratini
faollashtirish, o’quv jarayonida aqliy kuchini o’stirib borish va yetuk qilib
shakllantirishga samarali xizmat ko’rsatadi.
References:
1.
Dehkanova G.N. (2024). Uslubiy yondashuvlar tizimli yondashuvning mohiyatini, ilmiy
faktni aniqlash muammosi. Academic research in educational sciences, 5NUU Conference (2),
159
179-185.
2.
Suvankulov B. M. 2024. O’quvchilarga xorijiy tillarni interfaol usullar orqali
o’rgatish.
Proceedings of International Educators Conference
. 3, 5 (May 2024), 196–199.
3.
Юсупова А.М. Обзор методических подходов к обучению// Научное обозрение.
Педагогические науки. – 2024. – № 1. – С. 113-127.
