147
O‘ZBEKISTONDA MEHMONXONA XO‘JALIGI FAOLIYATINI DAVLAT
TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH
Nazarov Nazar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti,
“Turizm” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d., (PhD)
Ismanov Ibrohim
Turizm fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504499
Annotatsiya:
Ushbu tezisda hozirgi kunda O‘zbekistonda mehmonxona xo’jaligi
boshqaruvi samaradorligini oshirish, mehmonxona biznesini rivojlantirish va bu sohani
rivojlantirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, xulosalar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
mehmonxona xo’jaligi, biznes, turizm, innovatsion texnologiya.
Abstract:
In this thesis, the effectiveness of hotel management in Uzbekistan is
analyzed, and the conditions being created to develop the hotel business and improve this
field are evaluated, and conclusions are given.
Key words:
hotel industry, business, tourism, innovative technology.
Kirish
Hozirgi kunda eng serdaromad sohaga aylanib ulgurgan turizm sohasida mehmonxona
xo’jaligi katta ahamiyatga ega. Turistlarni jalb qilishda tarixiy obidalar, diqqatga sazovor
joylar bilan bir qatorda barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar ham alohida ahamiyat kasb
etadi. O’zbekistonda bu sohani rivojlantirishga doir bir qancha chora tadbirlar amalga
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-noyabrdagi 954-
son qaroriga binoan “Respublika hududlarining turizm salohiyatidan foydalanish
samaradorligini yanada oshirish, hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal
rivojlanishini ta’minlash, mehmonxona xizmatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash,
mehmonxona sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, shuningdek, joylashtirish
obyektlarining mavjud kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi
quyidagilarni qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligining loyihalashning ijobiy xorijiy tajribasini, shu jumladan,
birinchi navbatda Turkiya va Koreya respublikalari tajribasini hisobga olib namunaviy
loyihalar bo‘yicha ishlab chiqilgan sig‘imi 8-50 nomerli kichik mehmonxona va xostellar
(keyingi o‘rinlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar deb ataladi) qurilishini
amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullash.
2. Kichik mehmonxonalar va hostellarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish
doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – buyurtmachi;
“Qishloqqurilishloyiha” MChJ — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilanishi.
Shuningdek, kichik mehmonxona va hostellarning namunaviy loyihalari investorlarga —
tadbirkorlarga bepul asosda berilishi”.
Yuqoridagi qarorning ijrosi ta’minlanishi asosida, mamlakatimizda mehmonxona
xo’jaligi sonining oshishi hamda qo’shimcha bo’sh ish o’rnining yaratilishi, shuningdek,
mamlakatning turizm jozibadorligi yanada oshishiga erishish mumkin.
148
Bugungi kunda O‘zbekistonda mehmonxona xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda chet el
tajribalaridan, ayniqsa, turizm sohasi jadal rivojlanayotgan, xususan, 2023-yilda 43
milliondan ortiq turistlarni jalb qilgan, Turkiya davlatining tajribalaridan foydalanish
mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha oxirgi yillarda
davlat tomonidan bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qaroriga muvofiq mehmonxona xo’jaligini
rivojlantirishga doir bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bir qancha tadbirkorlik
subyektlari tomonidan mehmonxonalar qurilishini rag‘batlantirish, turizm sohasida
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishini jadallashtirish, taniqli va nufuzli xalqaro
mehmonxona brendlarini mamlakatga faol jalb etish, respublikadaga umumiy mehmonxona
xonalari sonini oshirishga qaratilgan vazifalar huquqiy tartibga solindi.
Shuningdek, qarorda yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarga
subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman
moliyalashtirish uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
tasdiqlandi.
Nizom muvofiq talabgorlar (tadbirkorlar) uchun Davlat budjetidan kompensatsiya
miqdori quyidagi hajmlarda o‘rnatilgan:a) yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun
kelgusi yil Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili
indeksatsiya qilgan holda:
kamida 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘m;
kamida 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘m;
Bunda moliyalashtirish respublika bo‘yicha umumiy mehmonxona xonalari sonini 50
mingga yetguniga qadar amalga oshiriladi.
b) dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (“Brand Finance” reytngidagi
TOP-50 ga kiruvchi mehmonxona brendlari yoki Turizmni rivojlantirish bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida) foydalanish
bo‘yicha royalti franchayzing shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida
quyidagi hajmda Davlat budjetidan moliyalashtiriladi:
dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir xonasi uchun yillik 200
AQSh dollari ekvivalentida;
dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir xonasi uchun yillik 400
AQSh dollari ekvivalentida.
Vazirlar Mahkamasining bu qarori O’zbekistonda reytingi baland bo’lgan
mehmonxonalar sonining oshishiga xizmat qilyapti va ayniqsa, chet el tajriba va nomdor
kompaniyalarining jalb qilinishi raqobatbardosh mehmonxonalarning ko’payishiga xizmat
qilmoqda. Bularning barchasi O’zbekiston turizm sohasini rivojlantirishga va yanada yuqori
darajaga olib chiqishga qaratilgan yurtimizning kuchli siyosatidan dalolatdir.
Xulosa qilganda. mamlakatimizda davlat tomonidan turizm sohasiga bo’lgan e’tibor
so’nggi yillardan oshib bormoqda, buning natijasida oxirgi 5 yilda mehmonxonalar soni 700
tadan 1500 tagacha oshdi va bu sohada qo’shimcha 4250 ta ish o’rinlari yaratildi. Bu esa aholi
daromadining oshishiga va mamlatamizda turistlar oqimining oshishiga ijobiy ta’sirini
ko’rsatdi.
149
References:
1.
Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” 954-sonli qarori, 2018-yil, 24-noyabr.
2.
Mirziyoyev Sh. M. “Republikaning Turzim salohiyatini jadal rivojlantirish hamda
mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘chimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” PQ-135-son, 2023-yil 26-aprel.
3.
Nazarov, N. G. "STATE SUPPORT MEASURES FOR SMALL BUSINESS IN
UZBEKISTAN."
The American Journal of Management and Economics Innovations
6.06 (2024):
30-36.
4.
Назар Н. THE ROLE OF FREE ECONOMIC ZONES IN DEVELOPMENT OF SMALL
BUSINESS IN UZBEKISTAN //ЖУРНАЛ ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ. – 2021. – Т. 4. – №. 6.
5.
Nazarov N. G. STATE SUPPORT MEASURES FOR SMALL BUSINESS IN UZBEKISTAN
//The American Journal of Management and Economics Innovations. – 2024. – Т. 6. – №. 06. –
С. 30-36.
