BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRISHI PAST O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKALARI

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berishda o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash, bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini shakllantirish, bilimlarni egallashida yuzaga keladigan muammolarni yechish qo‘llaniladigan metodikalar va bu orqali erishilgan yaxshi natijalar kabi masalalar ochib beriladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
75-79
20

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Karamatova , D. ., & Qilichova , M. . (2024). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRISHI PAST O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKALARI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(16), 75–79. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63109
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berishda o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash, bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini shakllantirish, bilimlarni egallashida yuzaga keladigan muammolarni yechish qo‘llaniladigan metodikalar va bu orqali erishilgan yaxshi natijalar kabi masalalar ochib beriladi.


background image

75

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZLASHTIRISHI PAST O‘QUVCHILAR BILAN

ISHLASH METODIKALARI

Karamatova Dilfuza Sadinovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Boshlang‘ich ta’lim

pedagogikasi kafedrasi dotsenti v.b.

Qilichova Mohichexra Jumaqul qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Boshlang‘ich ta’lim

yo’nalishi 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14564318

Annotatsiya

: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish

jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berishda o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning
faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash, bilim,
ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini shakllantirish, bilimlarni egallashida yuzaga
keladigan muammolarni yechish qo‘llaniladigan metodikalar va bu orqali erishilgan yaxshi
natijalar kabi masalalar ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf, ta’lim, tarbiya, o‘quvchi, bilim, ko‘nikma, malaka,

kompitensiya, interfaol yondashuv, faollikni oshirish.


Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim

maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun
qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum
predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi
pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik yo‘naltirilgan
pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini
anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.

Shu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mustaqil o‘ylay

oladigan tafakkur yuritib to‘g‘ri ma’qul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni
shakillantirish va tarbiyalash kerak deb ta’kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlaridi [1].

Darhaqiqat, yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan

bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib yetishishiga zamin
yarata olmaymiz. Eng avvalo, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarga to‘g‘ri va maqsadga
muvofiq bilim berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kuzatishlar asosida ayta olamizki, boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchida o‘yin

faoliyatining o‘rnini o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi
bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv qurollarini saranjom saqlash, o‘z
vaqtida o‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni
bajarish yuzasidan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi [2]. O‘quvchi tobora mas’uliyatli bo‘lib boradi.
Bilimlar bolaning saviyasini o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining
o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘quvchi birinchi

sinfdan boshlab, ta’lim jarayonida o‘quv materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda eslab
qoladi. Shu bilan birga o‘z-o‘zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida
o‘quvchining xotirasi takomillashadi, tafakkuri o‘sadi. 7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali
konkret xarakterda bo‘ladi. Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina


background image

76

fikr yuritadilar. Mantiqiy tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshlaydi [3].
Uchinchi va to‘rtinchi sinflarda o‘quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim tushunchalarni ham
o‘zlashtirib oladilar. Bu davrda o‘quvchilarning ruhiyatida hissiy kechinmalar yuz beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. Ular

ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida o‘quvchi faoliyatiga qo‘yilgan
yuqori baho o‘quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlik, iftixor kabi hissiy kechinmalarni tug‘diradi.
Ammo o‘quvchilar orasida fanlardan orqada qolish, o‘zlashtirishi past baholanadiganlari ham
uchrab turadi. Ushbu o‘quvchilar bilan har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi alohida ishlarni
olib borishi va ulardagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, imkon qadar bunga yechim topishi
zarur [4]. Shunday ekan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi har tomonlama yetuk, o‘tkir diplamat,
o‘z kasbini ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo‘lishi shart.

Har bir boshlang‘ich sinfda dars berish jarayonida fanlarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan

o‘quvchilarga duch kelamiz. Bu o‘quvchilar bilan ishlash o‘qituvchidan yuqori malaka talab
qiladi. Bu jarayonda o‘qituvchi yangi metodikalari qo‘llashi,past o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarning faolligini oshirishi va bu orqali past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning boshqa
tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash lozim [4]. Shundagina har bir boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olgan va har bir o‘quvchi bilan individual
ishlash jarayonini amalga oshiradi olgan hisoblanadi.

Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi.

Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab
o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o‘quvchilarni
mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli
bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim [5].

Mustaqil ish turlari, avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim maqsadiga

yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining imkoniyati hisobga
olinishi, yosh xususiyati, qiziqishlari ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. O‘quvchilarni
aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni to‘la “eslab qolib” bajarishdir. Bunda
bajariladigan ishning maqsadini tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va
ish usulini tanlash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga
alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay
usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir [6].

Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o`ziga xos

xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko`rishadi va nimani istashadi?” degan savolga
S.T.Shatskiy shunday javob beradi:
1.

Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda tanishib

oladilar – o`yinlar, hikoyalar, o`zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday instinkning
belgilaridir.
2.

Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo`zg`aluvchanlik, oxiri ko`rinmaydigan

savollar, hamma narsaga tegib ko`rish, ushlab ko`rish, tatib ko`rishga intilish sababi ana
shunda.
3.

Bolalar o`zini namoyish qilgisi keladi, o`zi haqida, o`z taassurotlari haqida gapirgisi,

o`rtoqlashgisi keladi. O`z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana shundan. Uning
fantaziyalari va tasavvurlari boy bo`ladi – bu bolalar ijodkorligi instinktidir.


background image

77

4.

Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g`ayrioddiy narsalarni to`qib

chiqarishni yaxshi ko`rishadi.
5.

Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol o`ynaydi [7].
Boshlang`ich ta’lim jarayonida bo‘sh o‘zlashtirishni vujudga keltiruvchi omillar,

o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish ta’lim jarayonida
o‘quvchi o‘zlashtirmasligining oldini olishga yo‘naltirilgan chora – tadbirlar tizimini ishlab
chiqish imkonini beradi. bo‘sh o‘zlashtirishning oldini olish bo‘yicha tadbirlar tizimi har bir
o‘quvchi real o‘quv imkoniyatlarining barcha asosiy tarkibiy qismlarini kompleks
rivojlantirishga, ya’ni shaxsning intellektual, irodaviy, hissiy sohalarini bir vaqtda
rivojlantirishga, uning ta’lim va tarbiyasini ta’minlash, o‘qishga va jamoaga ijobiy
munosabatini rivojlantirish, uning ishga qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak. O‘quvchi real o‘quv imkoniyatlaridan birining shakllanishi muhimligini yetarlicha
baholamaslik, bu tizimning yaxlitligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bo‘sh o‘zlashtirishning
muvafaqqiyatli oldini olishga olib kelmaydi [8].

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni zo‘riqish va turli psixologik ta’sirlardan asrash,

qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi
o‘quvchilarni ziyraklik va chaqqonlikka hamda fikrini to‘g‘ri va aniq ifoda etishga undovchi
o‘yinlardan foydalanishi samarali natija beradi. Masalan, “G‘oyib bo‘lganini top” o‘yinida turli
geometrik shakllar yozuv taxtasi yoki magnitli doskaga tartibsiz joylashtiriladi.O‘quvchilar
shakllarni ko‘rib bo‘lgach, o‘qituvchi “Tun”, deydi. Bolalar ko‘zini yumadi. O‘qituvchi
shakllardan bir nechtasini olib, yashiradi va “Kun”, deydi. O‘quvchilar ko‘zini ochib, qaysi
shakllar g‘oyib bo‘lganini aytishi kerak.

Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash o‘qituvchidan alohida

sabot va mas’uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa bolalar bilan shug‘ullanish uchun, avvalo,
yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, ularning qiziqishlarini aniqlash lozim. Maxsus jurnal tutilib,
bolalarning o‘zlashtirishini muntazam monitoring qilib borilishi, o‘quvchilarga qiynalayotgan
fanidan alohida mashg‘ulotlar daftari tuttirish kabi usullar ham samarali hisoblanadi.
Shuningdek o‘quvchilardagi ijobiy o‘zgarishlar rag‘batlantirilishi muhim [9].

Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun ularning mustaqil fikrlash

qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish kerak. Bunda turli ertaklardan foydalanish mumkin.
O‘qituvchi dars o‘tishda boshqa ko‘plab usullardan ham foydalanishi lozim. Eng muhimi, ular
samara berishi.

Shuningdek, o‘zlashtirishi past o‘quvchilar uchun O‘qish darslarni tashkil etish ham

muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali nafaqat o‘quvchining o‘qish savodxonligi ortadi,shu
bilan birgalikda dunyoqarashi ham kengayadi. Ayniqsa,boshlangich sinf o‘qish darsligida juda
ham ko‘plab hikoyalar beriladi.

O‘qish darsida hikoyaning rejasini tuzish uchun quyidagicha xotiranoma juda foydalidir.

1.

Hikoyani o‘qi.

2.

Uni qismlarga ajrat.

3.

Har bir qismdagi asosiy masalalarni top.

4.

Har bir qismga sarlavhalar qo‘y.

5.

Qismlaming sarlavhalaridan reja tuz.


background image

78

O‘quv topshiriqlarining har xil turlaridan foydalanish o‘quvchilami ishga. ijodiy

yondashishga va nazariy bilimlami amalda qo‘llashga yordam beradi. Bunga erishish uchun
o‘quvchilaming bilimlarini ulaming dastlabki tushuncha, tasavvur va ko‘nikmalarini
shakllantirgan materiallardan boshqacha materiailar asosida mustahkamlash va
takomillashtirish kerak [10]. Shuningdek, bu materiailar ko‘p variantli topshiriqlardan tashkil
topib, ulaming har biri o‘ziga xos bilishga doir va mantiqiy topshiriq bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. O‘rganish mashqlarining ana shunday yoiga qo‘yilishi o‘quvchilar ongida yangi
bogianishlar hosil boiishiga va shunga ko‘ra materialning yaxshiroq o‘zlashtirilisiga yordam
beradi.

Boshlang‘ich sinflarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar davlat ilg‘or ta’lim

texnologiyalaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Chunki o‘sha o‘quvchi an’anaviy
darslarda, yoki har doim jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan darslarda ta’limni o‘ziga qabul qila
olmagan. Shunday ekan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan dastlab barcha metodikalari
individual qo‘llab, keyin ularni jamoaviy metodikalar va doimgidek ta’lim-tarbiyada
jarayoniga jalb qilish kerak.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinflarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar

bilan ishlash jarayonini tashkil etishda zamonaviy ta’lim-tarbiyada texnologiyalaridan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, yangi metodikalar fan foydalanish
bilan bir qatorda ta’lim texnologiyalarini ham bu jarayon bilan uzviy ravishda bog‘lab
borishimiz kerak deb o‘ylayman. Biz shu orqali pedagogik faoliyatga va o‘quvchilar bilan
ishlash samaradorligini oshirishga to‘g‘ri yondashgan bo‘lamiz va passiv o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarini o‘z o‘rnida shakllantirishga erishamiz.

References:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
2.

Karamatova S.D. (2022). Integrative approach to forming ecological culture of future

primary class teachers // British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 6,
82-86.
3.

Karamatova D.S., Safarbayeva R.N., Murodova M.M. Bo’lajak pedagoglarning integrativ

yondashuv asosida ekologik madaniyatini shakllantirish // “Образование и наука в XXI
веке” Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25
(том 3), март, 2022. – В.950-955.
4.

Karamatova D.S., Tolliyeva G.R., Qilichova M.J. O'quvchilarda ekologik ong va ekologik

madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida// “Образование и наука в
XXI веке” Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск №
25 (том 3), март, 2022. – В.956-962.
5.

Salayeva M.S., Shayunusova F.S. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kognitiv mobilligini

xalqaro dasturlar asosida baholanishning o‘ziga xos jihatlari / “Халқ таълими соҳаси
бошқарув тизимини такомиллаштиришнинг долзарб масалалари” мавзусида
Республика илмий-амалий анжуман материаллари. 14-декабрь 2022 йил. - Б.64-71.
6.

Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarni ijtimoiy faolligini

rivojlantirish // Scientific progress. Volume 3 ǀ ISSUE 3 ǀ March, 2022. - Pages 380-383.
http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf


background image

79

7.

Салаева М.С., Мамадалиева У.С. Развитие когнитивной мобильности учащихся в

начальном образовании / “Xorijiy tillarni o‘qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi
xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va
adabiyoti universiteti – T.: “Firdavs-Shoh” nashriyoti, 2022 – B. 276-281.
8.

Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошланғич таълим ўқувчиларини ижтимоий

мобиллигини ривожлантириш // Eurasian journal of social sciences, philosophy and
culture. Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 Volume 2 Issue
4, April 2022. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330
9.

Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как

педагогическая проблема // Scientific progress. Volume 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022. -Pages 384-390.
http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf
10.

Suvonov O.va boshqalar. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash davr taqozosi. «Xalq

ta’limi», 2004 yil, № 5.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.

Karamatova S.D. (2022). Integrative approach to forming ecological culture of future primary class teachers // British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 6, 82-86.

Karamatova D.S., Safarbayeva R.N., Murodova M.M. Bo’lajak pedagoglarning integrativ yondashuv asosida ekologik madaniyatini shakllantirish // “Образование и наука в XXI веке” Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022. – В.950-955.

Karamatova D.S., Tolliyeva G.R., Qilichova M.J. O'quvchilarda ekologik ong va ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida// “Образование и наука в XXI веке” Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022. – В.956-962.

Salayeva M.S., Shayunusova F.S. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kognitiv mobilligini xalqaro dasturlar asosida baholanishning o‘ziga xos jihatlari / “Халқ таълими соҳаси бошқарув тизимини такомиллаштиришнинг долзарб масалалари” мавзусида Республика илмий-амалий анжуман материаллари. 14-декабрь 2022 йил. - Б.64-71.

Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // Scientific progress. Volume 3 ǀ ISSUE 3 ǀ March, 2022. - Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

Салаева М.С., Мамадалиева У.С. Развитие когнитивной мобильности учащихся в начальном образовании / “Xorijiy tillarni o‘qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – T.: “Firdavs-Shoh” nashriyoti, 2022 – B. 276-281.

Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошланғич таълим ўқувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 Volume 2 Issue 4, April 2022. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как педагогическая проблема // Scientific progress. Volume 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022. -Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

Suvonov O.va boshqalar. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash davr taqozosi. «Xalq ta’limi», 2004 yil, № 5.