70
SHAXSNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKASI
Shukurova Ugiloy Umarovna
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Guliston davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14551565
Annotatsiya
: Ushbu maqolada shaxsning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi va
shaxsning tuzilishi haqida olimlarning ilmiy taxlillari ta’riflari berilgan hamda shaxsning
ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni haqida qarashlar bayon qilingan. Bugungi kunda psixologiya
soxasida shaxsning tuzilishi va uning komponentlari to‘g‘risidagi muammoli savollar o‘zining
dolzarbligi bilan ajralib turadi. Psixologiya sohasida ushbu muammoni o‘rganish uchun bir
qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kalit so‘zlar:
statik tuzilish, umuminsoniy psixologik xususiyatlar, ijtimoiy o‘ziga xos
xususiyatlar, individual, betakror xususiyatlar, ichki tizim, milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy,
sinfiy birlik, psixologik qiyofa, yo‘nalganlik ijtimoiy shartlangan, osttuzilish, dinamik qurilma.
Ilmiy tatqiqot olib borayotgan olimlar tomonidan shaxsning ijtimoiy-psixologik
xarakteristikasini o‘rganilishida bir chet ellik va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
mamlakatlarining qator olimlarini fikrlari va ilmiy qarashlarini inobatga olish zarur bo‘ladi.
Jumladan B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi:
1) umuminsoniy psixologik xususiyatlar;
2) milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o‘ziga xos
xususiyatlar;
3) shaxsning individual betakror xususiyatlari.
Bizningcha, olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan xususiyatlarning har qaysisi shaxs
psixikasida mavjud bo‘lib, ular alohida xislatlar guruhi ko‘rinishiga ega emasdirlar.
Amerika qo‘shma shtatlaridan psixolog G.Ollportning fikricha, shaxs “ichki tizim”,
“dinamik qurilma”, “Men”, “qandaydir metapsixologik Men” o‘zida oldindan maqsad va
dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror
toptiruvchi jonzotdir”. Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi
ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‘rnini psixologik talqin egallaydi.
B.D.Pariginning qat’iy asoslanib aytishiga ko‘ra, shaxsning dinamik strukturasining
etakchi (farqlanuvchi) alomati yaqqol vaqt oralig‘iga bog‘liqligi, shaxs faoliyati yoki
psixikaning muayyan holatiga aloqadorligidir. Shaxsning dinamik strukturasining ikki asosiy
jabhaga taalluqligiga, ya’ni psixik holatlarga va xulqqa ishora qilgan B.D.Pariginning
mulohazasicha, shaxsning kayfiyati yoki psixologik jihatdan o‘zining tayyorgarlik xislati
yuksak ahamiyatli yangilanishdir.
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi
(strukturasi) katta qiziqish uyg‘otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyligini qamrab
oluvchi, ko‘p bosqichli modelini yaratishga intiladi. Shaxs tuzilishining elementlari bo‘lib,
uning hossalari, xususiyatlari, qiyofasi hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishining turli
tomonlari bilan o‘zaro aloqador to‘rt tuzilishga ajratadi:
1) shaxsning axloqiy qiyofasi munosabati va yo‘nalganlik birlashtiruvchi ijtimoiy
shartlangan osttuzilish.
71
Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog‘liqligi yo‘q
va tarbiyaviy yo‘l bilan shakllantiriladi.
2) tajribaning osttuzilishi; unga ta’limiy yo‘l bilan egallangan bilimlar, malakalar,
ko‘nikmalar, odatlar kiradi, ammo bu narsa shaxsni qiyofasining biologik shartlangan ta’siri
ostida kechadi (K.K.Platonov). Ushbu osttuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi,
3) shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba’zi psixik jarayonlar (xotira
tipi, emotsional harakat barqarorligi ko‘rsatkichi, mashqlanish yo‘li) bilan shakllantiriladi.
Biologik shartlangan xususiyatlarning ta’siri yanada aniqroq ko‘zga tashlanadi.
4)
biologik
shartlangan
osttuzilish
biopsixik
xususiyatlarni,
fazilatlar,
temperament...(shaxsning tipologik xususiyatlarini), jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek,
insonning patologik o‘zgarishini birlashtiradi. Bu osttuzilish mashqlantirish orqali
shakllantiriladi, miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. K.K.Platonovning
fikricha, bu osttuzilishga shaxs qiyofasi (xususiyatlari) ning asosiy jabhalarini kiritish
mumkin.
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan olimlardan biri
sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin qilinmaydigan jabha (komponent) - bu
uning xislatlaridir. Ularning har biri muayyan yo‘nalganlik mohiyatini o‘zida
mujassamlashtirgan bo‘lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxs ning
tuzilishi deganda V.S.Merlin insonning o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga, mehnatga u yoki bu
munosabatini o‘zida birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o‘zaro aloqadorligini
anglatuvchi o‘ziga xos “simptomokompleks” ni tushunadi.
Xulosa qilib aytganda shaxsning ijtimoiy-psixologik xarakteristikasini o‘rganilayotganda
bir qator olimlarnihg fikrlarini taxlil qiladigan bo’lsak, B.D.Parigin shaxsdagi umuminsoniy
psixologik xususiyatlar milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy
xususiyatlar shaxsning individual betakror xususiyatlarini ta’kidlab o’tgan.
Amerika qo‘shma shtatlari psixologi G.Ollportning esa shaxsni “ichki tizim”, “dinamik
qurilma”, “Men”, “qandaydir metapsixologik Men” o‘zida oldindan maqsad va dispozitsiyani
aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzot
deb hisoblaydi. K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning strukturasi katta qiziqish
uyg‘otadi.
Demak shaxs tuzilishi muammosini uzil-kesil hal qilinishi, yechimini topish uchun ayrim
shartlarga rioya etilishimiz lozim.
References:
1.
Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining
bosmaxonasi : 2009.
2.
Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
3.
Nishonova Z.T., Alimbaeva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.T. “Fan va
texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.
