AKTSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KAPITAL TARKIBINI SHAKLLANTIRISH NAZIRIYASI VA UNING XUSUSIYATLARI

Аннотация

Hozirgi kunda jamiyat faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash aksiyadorlik jamiyatlarining hozirgi va uzoq muddatli davrda muvaffaqiyatli ishlashini belgilaydigan eng muhim omillardan biri bo’lib hizmat qiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarining strategik rivojlanish masalalari uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari bilan uzviy jihardan bog’liqdir.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
57-58
21

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Norqulov, M. . (2025). AKTSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KAPITAL TARKIBINI SHAKLLANTIRISH NAZIRIYASI VA UNING XUSUSIYATLARI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(5), 57–58. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/66077
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi kunda jamiyat faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash aksiyadorlik jamiyatlarining hozirgi va uzoq muddatli davrda muvaffaqiyatli ishlashini belgilaydigan eng muhim omillardan biri bo’lib hizmat qiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarining strategik rivojlanish masalalari uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari bilan uzviy jihardan bog’liqdir.


background image

57

AKTSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KAPITAL TARKIBINI SHAKLLANTIRISH

NAZIRIYASI VA UNING XUSUSIYATLARI

Mirsaid Norqulov

Termiz davlat universiteti

“Moliya va moliyaviy texnologiyalar”

kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14864629

Hozirgi kunda jamiyat faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash aksiyadorlik

jamiyatlarining hozirgi va uzoq muddatli davrda muvaffaqiyatli ishlashini belgilaydigan eng
muhim omillardan biri bo’lib hizmat qiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarining strategik rivojlanish
masalalari uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari bilan uzviy jihardan bog’liqdir.

Strategik rejalashtirish jarayonida kapital tarkibi masalasi alohida o’rin tutadi, chunki

qarz va o’z mablag’lari nisbati aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining bir qator jihatlariga,
xususan faoliyat samaradorligi, bozor qiymati, moliyaviy barqarorlik, manfaatlar to’qnashuvi
ehtimoli va boshqalarga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.

Global pandemiya hamda iqtisodiy cheklovlardan mamlakat iqtisodiyotni bosqichma-

bosqich tiklash sharoitida, bu ishbilarmonlik faolligining deyarli to’liq qisqarishini va mahalliy
aksiyadorlik jamiyatlari tobora ko’proq mablag’ jalb qilishga muhtoj bo’lganda, kapital
tarkibini shakllantirish xususiyatlari va uning jamiyat faoliyatiga ta’siri masalalari tobora
dolzarb ahamiyat kasb etmaqda.

Aksiyadorlik jamiyatlari kapital tarkibini shakllantirishning maqsadli tuzilishini

quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:

- bankrotlik xavfini, shu jumladan ichki yoki tashqi hamkorlar tomonidan qasddan kelib

chiqadigan bankrotlik xavfini kamaytirish;

- uzoq muddatda jamiyat faoliyatining barqarorligini oshirish;
- aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining tarmoq va institutsional xususiyatlari bilan

bog’liq xavflarni minimallashtirish va xatarlarni boshqarish.

Shu o’rinda aksiyadorlik jamiyatlari kapitaliyati va uning iqtisodiy ahamiyatiga to’xtalib

o’tish joizdir. Aksiyadorlik jamiyati kapitali-bu jamiyatga asosiy, investitsiya va moliyaviy
faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan moliyaviy vositalardir.

Aksiyadorlik jamiyatining kapitali buxgalteriya balansining majburiyatida aks ettiriladi,

u erda a’zolik asosida ikki shaklga bo’linadi: kapital va majburiyatlar.

Aksiyadorlik jamiyatlarning kapital tarkibini shakllantirishning shunday usullari va

shakllarini joriy etish joizki, bu usul va shakllar hozirgi kunda shiddat bilan yuz berayotgan
ichki va tashqi omillar hamda bozor talablariga juda tez moslashuvchan va iqtisodiy jihatdan
samarali boʼlishi lozim. Xususan, aksiyadorlik jamiyatlari shakllanish tarixi shuni koʼrsatadiki,
Italiyada 1345 yilda tashkil etilgan Avliyo Georgi Genuya banki dastlabki aksiyadorlik jamiyati
sifatida talqin etilgan

1

. Aktsiyadorlik jamiyatlari bozor iqtisodiyoti, yaʼni jamiyatni

boshqarishning klassik sharoitida tashkil etilib, unda ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilar
oʼrtasida tovar-pul munosabatlari, ayirboshlash, jamgʼarish va investitsiya jarayoni talab va
taklif asosida tartibga solinadi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda, quyida aksiyadorlik jamiyatlari

kapital tarkibini shakllantirishning iqtisodiy mohiyati va unga iqtisodchi olimlar tomonidan

1

www.grandars.ru/college/ekonomika-firmy/istoriya-ao.html

сайти маълумотлари


background image

58

berilgan taʼriflarga eʼtibor qaratib, unda asosan “kapital” va “kapital tarkibi”ning mohiyatan
biri-biriga yaqinligi yuzasidan turli-tuman fikrlar ifoda etilgan. Xususan, xorijlik iqtisodchi
olim, S. Myersning ta’kidlashicha «kapital tarkibi – aksiyadorlik jamiyati o’z investitsiyalarini
moliyalashtirish uchun tanlagan jamiyatning qimmatli qog’ozlari va moliyaviy manbalarining
nisbati sifatida aniqlanadi»

2

deya ta’rif bergan.

E.S Filonovaning fikricha «kapital tarkibi – bu jamiyatning o’z mablag’lari va qarz

mablag’lari o’rtasidagi nisbat. Kapitalning maqbul tuzilishini tanlash moliyaviy menejment va
jamiyat rahbariyati tomonidan hal qilinadigan eng muhim vazifalardan biridir»

3

. I. A. Blank

esa quyidagi ta’rifini beradi: «kapital-uning aktivlarini shakllantirishga investitsiya qilingan
pul, moddiy va nomoddiy shakllardagi mablag’larning umumiy qiymatidir»

4

Yuqoridagi keltirib o’tilgan ta’riflarni inobatga olgan holda, “kapital” tushunchasining

quyidagicha talqinini taklif qilish mumkin: «kapital-bu pul, moddiy va nomoddiy shakllarda
mujassamlangan va foyda olish uchun aktsiyadorlik jamiyatlarining aktivlarini
shakllantirishga investitsiya qilingan o’z-o’zidan o’sib boruvchi qiymatdir».

2

Майерс С. «Принципы корпоративных финансов». // Экономические науки. - 2011. - № 84. - C. 123-126.

3

Filonova E.S. «Оптимизация структуры капитала компаний телекоммуникационной отрасли». НИР.

Экономика (№ 3 (39), 2019). 72:4–13

4

Бланк И.А. Финансовый менеджмент. – Киев: Эльга: Ника– центр, 2008.– 527 с.