30
MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR
NUTQINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Xamidova Muborak Ubaydullayevna
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi”
kafedrasi v.b. professor PhD
Usarova Madina Odil qizi
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 2 -kurs magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14855046
Annotatsiya:
Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir - birlariga ta’sir
koʻratadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til bu fonetik, leksik va grammatik
vositalar tizimidir. Ushbu maqolada nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nuqsonining klinik
ko’rinishlari, nuqson turiga qarab korreksion ish jarayonini tashkil etish yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Nutq, nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar, korreksion ish tizimi , terapiya,
ertak terapiya, ertak, nutq kamchiligi, logopedik o’yin.
Аннотация:
В процессе речевого общения люди обмениваются идеями и влияют
друг на друга. Речевое общение осуществляется посредством языка, язык – это
представляет собой систему фонетических, лексических и грамматических средств.
Речь полная в этой статье клинические проявления недоразвитых детей в
зависимости от вида порока поясняется организация процесса коррекционной работы.
Ключевые слова:
Речь, дети с неразвитой речью, система коррекционной
работы, терапия, сказкотерапия, сказка, речевой дефицит, логопедическая игра.
Abstract:
In the process of speech communication, people exchange ideas and influence
each other. Speech communication is carried out through language, language is a system of
phonetic, lexical and grammatical tools. The speech is complete in this article clinical
manifestations of underdeveloped children, depending on the type of defect the organization
of the correctional work process is explained.
Key words:
Speech, children with incompletely developed speech, corrective work
system, therapy, fairy tale therapy, fairy tale, speech deficiency, logopedic game.
Nutq—
tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida
ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli)
va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi
(xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi
.
Nutq-
murakkab ruhiy faoliyat hisoblanadi.
Nutq
– inson tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani oʻzlashtirish, avlodlarga uzatish yoki
aloqa oʻrnatish, oʻz shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan
foydalanish jarayoni hisoblanadi . Bejizga so’zimnu nutqqa alohida ta’rif berishdan
boshlamadim, sababi tezisimni nutq nuqsonlari hamda nutqing to’liq rivojlanmaganligiga
bag’ishlayman. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi muammosini ilk bor nazariy jihatdan
R.E.Levina asoslab bergan. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi deb, intellekti normada bo‘lgan
nutqning fonetik-fonematik, leksik-grammatik tomondan rivojlanmaganligiga aytiladi. Nutq
nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda tovushlar talaffuzi va ularni eshitib farqlash u yoki bu
darajada buzilgan bo‘ladi, morfemalar sistemasini o‘zlashtirish ko‘nikmalari yaxshi
egallanmaydi. Lug‘at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha
31
orqada qoladi; bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi
1
. (V.K.Vorobeva, B.M.Grinshpun,
V.P.Gluxova, R.E.Levina, G.B.Filicheva, G.V.Chirkina).
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi bolalarda nutqiy patalogiyaning tobora murakkab
shakllari: alaliya, afaziya, shuningdek, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish xollarda - qachonki
bir paytning o‘zida lug‘at boyligi yetishmasligi, nutqning grammatik ko‘rilishi va fonetik-
fonematik rivojlanishida nuqsonlar aniqlanganida kuzatiladi. Bunday bolalarning nutqiy
tajribasi cheklangan, til vositalari takomillashmagan bo‘ladi. Nutqiy muloqotga ehtiyoj
yetarlicha qondirilmaydi. Eng asosiy belgilardan biri nutqni ancha kech shakllanishi
hisoblanadi; birinchi so‘zlar 3-4 yoshda, ba’zan esa, 5 yoshda paydo bo‘ladi. Nutqning
grammatikasi buzilgan va fonetik tuzilishi aniq emas. Birinchi qarashda unga aytilgan gapni
tushunish deyarli yaxshi hisoblanganida mazmunli (ekspressiv) nutqning ortda qolishi ancha
aniq ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday bolalarning nutqi tushunarli emas.
Nutqiy faollik yetarli emasligi kuzatiladi, yoshi ulg‘ayib borgan sari unga maxsus ta’lim
berilmasa, keskin pasayib ketadi. Biroq bolalar o‘z nuqsoniga ancha tanqidiy qaraydilar.
Nuqsonli nutqiy faoliyat bolalarda sensorli, intellektual va affektiv irodaviy sohalari
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Diqqat-e’tiborning yetarli darajada mustahkam
emasligi, uning boshqarish imkoniyatlari cheklanganligi kuzatiladi. Bolalarda ma’noli,
mantiqiy xotirasi nisbatan saqlanib qolgan bo‘lsa ham, ularning verbal xotirasi pasaygan eslab
qolish maxsuldorligi zararlangan bo‘ladi, ular murakkab ko‘rsatmalarni, topshiriqlarning
ketma-ketlik tartibini va elementlarini esdan chiqarib qo‘yadilar. Juda ham bo‘sh bolalarda
esga olish faolligi past bo‘lishi, idrok etish faoliyatining rivojlanish imkoniyatlarini
cheklanganligi bilan to‘ldiriladi. Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari
o‘rtasidagi bog‘liqliq tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi
2
. Nutq
nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar normal rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa
vaqt, tafakkur ko‘rsatkichlarida ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni
tashkil etuvchi qismlarni qoldirib ketadilar. Masalan: to‘pni qo‘ldan-qo‘lga yumalatish, uni
katta bo‘lmagan masofadan uzatish, qo‘lni almashtirib to‘pni yerga urish, chap va ung oyog‘ida
sakrash, musiqa eshitib ritmik xarakatlar bajarish.Nonutqiy jarayonlarni to‘g‘ri baxolash nutq
nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga
ularning o‘rnini to‘ldirishi imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutq nuqsoniga ega
bo‘lgan bolalarni shunga o‘xshash - nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi
kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda odatiy muddatlarda
kundalik so‘zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bo‘lgan hissiy tanlash munosabati
rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish o‘rtasidagi aloqaning yo‘qolishi diagnostik belgilardan
biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin
3
.Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda
nutqiy rivojlanishdan ko‘ra ancha o‘tib borishda namoyon bo‘ladi. Ularni ajratib turadigan
narsa nutqiy kamchiliklarga tanqidiy qarashlaridir. Nutqning boshlang‘ich patologiyasi nutqiy
1
Миронова С. А. Развитие речи дошкольников на логопедических занятиях. -Москва 1991.
2
Межиковская М.Б., Скрипченко М.П. Логопедические занятия в специализированных
детских садах - Т.1989.-23.с.
3
Филичева Т. Б. Дети с фонетико – фонематическим недорозвитием речи (Воспитание и
обучения) Москва 1999.-34с.
32
intellekti me’yordagidek ishlashga halaqit qilib, ma’lum darajada saqlanib qolgan aqliy
qobiliyatlari shakllanishini orqaga tortadi. Ammo so‘zlashuv nutqi yuzaga kelish va xususan
nutqiy qiyinchiliklar yo‘qolib borishi bilan ularning intellektual rivojlanishi normaga
yaqinlashadi. Bolaning individual siljishi tempi birlamchi nuqsonning birligi va uning
ko‘rinishi bilan belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-
kichikligi va rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu xossalarni to‘g‘ri idrok qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik
to‘g‘ri xal qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va xatto
ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini R.E.Levina uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa
vositalarning umuman yo‘q bo‘lishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan
rivojlanmaganlik elementlariga ega bo‘lgan mukammal nutq buzilishigacha.Nutq to‘liq
rivojlanmaganlikning 1-darajasi nutqning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar
nutqsiz bolalardir.4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq
bo‘ladi.Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo‘ladi.Narsa
va hodisalarning farq qilmagan holda ifodalash, so‘zlarning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi
xarakterli xususiyat hisoblanadi: “tu tu” mashina paravoz, samolyot, qayiq; “taq”- yiqildi,
tushirib yubordi,sindirdi,buzdi. Bu bolalarning passiv lug‘ati aktiv lug‘atiga nisbatan ancha
boyroq lekin nutqni tushunish pasaygan bo‘ladi, ular ko‘p so‘zlarning ma’nosini
tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg‘unlik bo‘lmaydi, tovushlar bir biri bilan
almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan bo‘ladi. Nutq to‘liq rivojlanmaganligining bu
darajasiga ega bo‘lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo‘yicha berilgan topshiriqlar
tushunarsiz bo‘ladi.
Nutq to‘liq rivojlanmaganlikning 2-darajasi dastlabki keng qo‘llaniladigan odatdagi
bo‘lishi bilan harakterlanadi.Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug‘at
boyligiga ega bo‘ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 3-darajasi nutqda leksik grammatik va fonetik-
fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bo‘lgan holda
kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona ishtirokida, ularning muayyan
tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo‘lish juda
qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini
artikulyatsiya jihatdan osonroq bo‘lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni
buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at xam orqada qolgan bo‘ladi, lug‘at
boyligi analizida leksik holatlarning o‘ziga xosligi ko‘rinadi.
Tavsiyalar:
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqini o‘stirish, so‘z boyligini oshirish korreksion -
pedagogik ishini bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan shakllarda (o‘yin, o‘quv-o‘yin) olib borilish
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqini o‘stirish, so‘z boyligini oshirish jarayonida
logopedik ritmika vositalaridan keng foydadalanish
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqini o‘stirish, so‘z boyligini oshirishni faoliyat va
muloqot mashqlardan boshlash.
33
References:
1.
O‘zbekiston Reespublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // O‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami.– T., 2017 .– B.39.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston,
3.
Sh.M. Mirziyoev
Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2016.
4.
Волкова Г.А. Логопедическая ритмика. – М., 2003.
5.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni – T.:Sharq nashriyot –
matbaa konserni, 1997.
6.
O‘zbekiston Reespublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // O‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami.– T., 2017 .– B.39.
7.
Sh.M. Mirziyoev
Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2016.
8.
Логоритмика для дошкольников в играх и упражнениях. – М., 2005.