Авторы

  • Olim Mamishev
    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Chirchiq shahri, Oʻzbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.65661

Ключевые слова:

Всадники физические качества физическая подготовка развитие методика.

Аннотация

Uloq-ko‘pkari bilan shug‘illanuvchi chavandozlarning jismoniy tayyorgarliklarini oshirish uchun ularni jismoniy sifatlarini rivojlantirishga e’tibor berish zarur.


background image

130

ULOQ-KO‘PKARI SPORT TURIDA UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY

TAYYORGARLIK NISBATLARI

Mamishev Olim Erkinovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Chirchiq shahri,

Oʻzbekiston

e-mail: olimerkinovich@mail.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14874309

Kalit soʻzlar:

Chavandozlar, jismoniy sifatlar, jismoniy tayyorgarlik, rivojlantirish,

uslubiyat.

Ключевые слова:

Всадники, физические качества, физическая подготовка,

развитие, методика.

Kirish.

Uloq-ko‘pkari bilan shug‘illanuvchi chavandozlarning jismoniy tayyorgarliklarini

oshirish uchun ularni jismoniy sifatlarini rivojlantirishga e’tibor berish zarur.

Tadqiqot ishining maqsadi.

Uloq-ko‘pkari oʻyining xalq anʼanalari, uning tarbiyaviy

ahamiyati, ot zotini yaxshilashga qoʻshgan hissasi, shuningdek, sportchining umumiy va
maxsus jismoniy tayyorgarlikning sport faoliyatidagi ahamiyatini, jismoniy tayyorgarlikning
asosiy maqsadlari va uning organizmning funksional imkoniyatlarini rivojlantirishdagi rolini
o‘rganish.

Uloq, koʻpkari-Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy oʻyinlaridan biri.

Asosan, gʻalaba va hosil bayramlari, toʻy va sayillar munosabati bilan oʻtkazilgan. Hukmdor va
har xil amaldorlardan tashqari oʻziga toʻq odamlar, hatto oddiy aholi ham Uloq oʻyinlarini
tashkil etgan. Koʻproq xatna (chipron) toʻylarida rasm boʻlgan. Uloq turkiy xalklar, ayniqsa,
uning qoʻngʻirot, qurama, ming, mangʻit, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urugʻlari
orasida ommalashgan. Uloq tomoshalari oldidan maxsus jarchilar qishloq, ovullarga yuborilib,
odamlar gavjum joylarda, bozorlarda Uloq kim tomonidan, qayerda, qachon va nima
maqsadda oʻtkazilayotganligini hamda qoʻyiladigan sovrinlarni eʼlon qilgan. Turli joyda har xil
qoida boʻyicha (chortoq, sudratma, marra, poyga, pakka, minbar va boshqa nomlar bilan
atalgan) Uloq oʻyini uyushtirilgan. Uloq koʻngilochar tomosha yoki shunchaki oʻyin
boʻlmasdan oʻgʻil bolalar, yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash vazifasini
bajargan. Uloq oʻyinlari ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini
koʻpaytirishga yordam qilgan. Qorabayir, arabi, axaltekin, qurama, laqay, kustanay, qorabogʻ
va hozirgi Orlov ot zotlari Uloqchi otlar qisoblanadi.

Chavandozning jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy

fazilatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash demakdir. Chavandozning jismoniy tayyorgarligi
bevosita amaliy sport yo‘nalishiga ega bo‘lgani uchun, ayni vaqtda organizmning umumiy
jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan tamomila bog‘liqdir.
Tayyorgarlikning barcha boshqa tomonlari singari jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va
maxsus bo‘ladi. Sportchining maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rishi tanlangan sport turiga xos
javob bera oladigan jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayonidan iboratdir.

Ma’lumki, chavandozning har bir turi chavandozning jismoniy qobiliyatlariga maxsus

talablar qo‘yadi, xilma-xil jismoniy fazilatlar o‘ziga xos uyg‘unlashgan bo‘lishi va namoyon
etilishi talab qilinadi. Masalan, sprinter (yaqin masofaga yuguruvchi)dan avvalo tezkor-
kuchlilik fazilatlarining maxsus nisbatda bo‘lishi (ba’zan uni sprinterlik qudrati deb ataladi),
shuningdek, jumladan, mushak qisqarishining energetik resurslaridan anaerob (ozod kislorod


background image

131

yo‘qligida) foydalanishga asoslangan tezlik, chidam talab qilinadi. Stayer (uzoq masofaga
yuguruvchi) uchun esa, aksincha birinchi navbatda nafas olishdagi modda almashinish
(kislorod almashinishi) jarayoni yuksak darajada bo‘lishiga asoslangan chidamlilik zarurdir.
Chavandozning umumiy jismoniy tayyorgarligi deganda, ular tanlangan sport turi uchun xos
bo‘lmagan, biroq sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun bevosita va bilvosita ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash nazarda tutiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratadi, ya’ni tanlangan
sport turida kamol topish uchun zarur shart-sharoit sifatida kuchlilikni, tezkorlikni,
chidamlilikni, epchillikni, chaqqonlikni har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
Chavandozning umumiy jismoniy tayyorgarligi mazmuni uning qaysi yoʻnalish bo‘yicha
ixtisoslashganligiga bog‘liq.

Chavandozning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi jarayonida jismoniy

tarbiyaning barcha vositalaridan, ya’ni jismoniy mashqlar, chiniqish va sog‘lomlashtirishning
tabiiy omillari (oftobda pishish, havo va suv muhitining xususiyatlari), rejim va boshqa
gigiyenik sharoitlaridan foydalaniladi. Bunda maxsus tanlangan jismoniy mashqlar asosiy rol
o‘ynaydi. Chavandozning har bir turidagi muvaffaqiyat faqat mazkur sport turining o‘ziga хos
tomonlarini ifoda etuvchi ayrim qobiliyatlar bilangina emas, balki organizmning funksional
imkoniyatlarining umumiy darajasi bilan ham belgilanadi. Shu sababdan ham maхsus
tayyorgarlik bilan umumiy tayyorgarlik birga qo‘shib olib borilganidagina sportchining
jismoniy tayyorgarligi har tomonlama bo‘lishi mumkin. Chiniqish, sog‘lomlashtirishning tabiiy
omillari hamda gigiyenik sharoitlardan mashg‘ulotlar vaqtida ham, shuningdek
mashg‘ulotdan tashqari holatlarda (maхsus gigiyenik omillar, hammomga tushish, massaj
qilish, umumiy turmush tartibiga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va hokazolarda) ham
foydalaniladi. Mazkur omil va shartlarning sport faoliyatidagi ahamiyati mashg‘ulot
yuklamalari ko‘paya borgan sari tobora ortib boradi.

Jismoniy tayyorgarlik: Jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi - chavandozni har

tomonlama rivojlantirish, uning funksional imkoniyatlarini oshirish va salomatligini
mustahkamlashdir. Chavandozlarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantiruvchi quyidagi
vazifalarni hal etishga qaratilgan:

organizmning funksional tayyorgarlik darajasini oshirish va uning imkoniyatlarini

kengaytirish (funksional tayyorgarlik);

mashg‘ulot faoliyati samaradorligini ta’minlab beradigan jismoniy sifatlar: kuch,

tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik bilan bevosita bog‘liq jismoniy qobiliyatlar:
sakrash, yugurish va uloqtirish harakatlarining quvvati, samaradorligini oshirish. Jismoniy
tayyorgarlik, asosan, quyidagilarga bo‘linadi:

Umumiy jismoniy tayyorgarlik.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) - jismonan,

salomatlikni yaxshilashning asosiy vositasi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik, asosan, quyidagi
vazifalarni yechishga imkon beradi:

Inson organizmining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, chidamlilik, kuch, tezlik,

egiluvchanlik, chaqqonlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirish, shu sifatlarni rivojlantirish
asosida chavandozlarni jismoniy rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan umumiy xarakterdagi
funksional bazani yaratish.

Salomatlikni mustahkamlash, tashqi muhitning zararli omillariga qarshi ta’sir ko‘rsatish.


background image

132

O‘quv va mehnat faoliyati jarayonida ishlash qobiliyati pasaygan davrda faol hordiq

chiqarish uchun sharoit yaratish.

Xulosa.

Qo‘shimcha tug‘dirilgan qiyinchiliklarni yengish jarayonida iroda kuchini

mustahkamlash. Jismonan yetuklik chavandozning jismoniy rivojlanishi, uning harakat bilim
va ko‘nikmalarining barcha ijodiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishga imkon beruvchi
darajasidir.

References:

1.

Юнусова Ф.Ю. Теория и методика физической воспитания. Учебное пособие.

Ташкент. УзГосУФК. 2007 г.
2.

Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari -Toshkent., O‘quv qo‘llanma O‘zDJTI,

2005-yil.
3.

Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., darslik

“Iqtisod - moliya” 2008-yil .
4.

Ёлдашов Ш.С. Бошланғич тайёргарлик босқичида ёш чавандоз-спортчиларнинг

жисмоний тайёргарлигини оширишдаги асосий мезонлар // “Jismoniy tarbiya va sport
sohasidagi muammolar, yеchimlar va istiqbollar” Rеspublika ilmiy-amaliy anjumani. Chirchiq,
2023. – B. 300-302.
5.

F.A.Керимов Спортда илмий тадқиқотлар. T.: Илмий техника ахбороти-press

нашриёти, 2018. -348 Б.
6.

Sayfullayevna, M. L., & Usmonovna, P. S. (2023). Dunyo Va O‘rta Osiya Xalqlarining Milliy

Ot Sporti O‘yinlari Turlari. Miasto Przyszłości, 33, 259-262.
7.

Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Jabbarov H.A., Yangi avlod chavandozlarini

tayyorlashning huquqiy asoslari. “Jismoniy tarbiya, Sport mashg‘ulotlari nazariyasi va
uslubiyatining nazariy-amaliy muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 2022-yil 29-
yanvar. 1353-1356 b.
8.

Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Kurnabov S.S., Jabbarov H.A., Toshmatov X.U., Esirkepov

A.E., Development of equesterian sports in Uzbekistan trends and prospects. Central Asian
research journal for interdisciplinary studies (carjis), ISSN: 2181-2454, Volume 2, ISSUE 11,
2022, 589-595 b.
9.

Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Jabbarov H.A., Milliy ot sporti – “Uloq-ko‘pkari”

o‘yinining jamiyatda turgan o‘rni va uning ijtimoiy ahamiyati. Central Asian research journal
for interdisciplinary studies (carjis), ISSN: 2181-2454, Volume 1, ISSUE 3, 2021, 313-320 b.
10.

Mamishev O.E., Yosh chavandozlarni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari. Sportda

ilmiy tadqiqotlar ilmiy-nazariy jurnal. 2023/1. 98-100 b.
11.

p.f.d (DSc)., professor Matkarimov R.M., Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Oyoq bilan

boshqarish vositalari yordamida otni harakatlantirish metodlari. “Jismoniy tarbiya, sport
sohasidagi muommolar, yechimlar va istiqbollar respublika ilmiy-amaliy anjumani” Chirchiq-
2022, 235-236 b.
12.

Yoldashov Sh.S., Ot sportida qo‘llaniladigan vosita va uslublar. “Ta’lim va innovatsion

tadqiqotlar” jurnali 2024-yil, dekabr №12. 320-325.
13.

p.f.d (DSc)., professor Matkarimov R.M., Yoldashov Sh.S., Tanlangan sport turi bo‘yicha

mutaxassislikka kirish (Ot sporti), Darslik, 2022 y.

Библиографические ссылки

Юнусова Ф.Ю. Теория и методика физической воспитания. Учебное пособие. Ташкент. УзГосУФК. 2007 г.

Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari -Toshkent., O‘quv qo‘llanma O‘zDJTI, 2005-yil.

Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., darslik “Iqtisod - moliya” 2008-yil .

Ёлдашов Ш.С. Бошланғич тайёргарлик босқичида ёш чавандоз-спортчиларнинг жисмоний тайёргарлигини оширишдаги асосий мезонлар // “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar, yеchimlar va istiqbollar” Rеspublika ilmiy-amaliy anjumani. Chirchiq, 2023. – B. 300-302.

F.A.Керимов Спортда илмий тадқиқотлар. T.: Илмий техника ахбороти-press нашриёти, 2018. -348 Б.

Sayfullayevna, M. L., & Usmonovna, P. S. (2023). Dunyo Va O‘rta Osiya Xalqlarining Milliy Ot Sporti O‘yinlari Turlari. Miasto Przyszłości, 33, 259-262.

Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Jabbarov H.A., Yangi avlod chavandozlarini tayyorlashning huquqiy asoslari. “Jismoniy tarbiya, Sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatining nazariy-amaliy muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 2022-yil 29-yanvar. 1353-1356 b.

Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Kurnabov S.S., Jabbarov H.A., Toshmatov X.U., Esirkepov A.E., Development of equesterian sports in Uzbekistan trends and prospects. Central Asian research journal for interdisciplinary studies (carjis), ISSN: 2181-2454, Volume 2, ISSUE 11, 2022, 589-595 b.

Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Jabbarov H.A., Milliy ot sporti – “Uloq-ko‘pkari” o‘yinining jamiyatda turgan o‘rni va uning ijtimoiy ahamiyati. Central Asian research journal for interdisciplinary studies (carjis), ISSN: 2181-2454, Volume 1, ISSUE 3, 2021, 313-320 b.

Mamishev O.E., Yosh chavandozlarni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari. Sportda ilmiy tadqiqotlar ilmiy-nazariy jurnal. 2023/1. 98-100 b.

p.f.d (DSc)., professor Matkarimov R.M., Yoldashov Sh.S., Mamishev O.E., Oyoq bilan boshqarish vositalari yordamida otni harakatlantirish metodlari. “Jismoniy tarbiya, sport sohasidagi muommolar, yechimlar va istiqbollar respublika ilmiy-amaliy anjumani” Chirchiq-2022, 235-236 b.

Yoldashov Sh.S., Ot sportida qo‘llaniladigan vosita va uslublar. “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnali 2024-yil, dekabr №12. 320-325.

p.f.d (DSc)., professor Matkarimov R.M., Yoldashov Sh.S., Tanlangan sport turi bo‘yicha mutaxassislikka kirish (Ot sporti), Darslik, 2022 y.