50
II JAHON URUSHI ARAFASIDA VA URUSH YILLARIDA IJTIMOIY HAYOTNING
MATBUOTDA AKS ETISHI: TIBBIYOT VA MAORIF MISOLIDA
Atamuratova Dilafruz Rashidovna
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
“Tarix” kafedrasi dotsenti
97 510 84 33
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087323
Annotatsiya.
II jahon urushi yillarida qishloq xo‘jaligidan tortib maorifgacha barcha
soha urushga safarbar etilgan. Maktablarda har qanday fandan ta’lim berish jarayonida
albatta frontdagi holat haqida o‘quvchilarga ma’lumot berib o‘tilishi o‘qituvchilar uchun shart
etib qo‘yilgan. Tibbiyotga doir xabarlar, ruknlar doimiy tarzda vaqtli matbuot sahifalaridan
joy olgan. Maqolada II jahon urushi arafasida va urush yillarida ijtimoiy hayot masalasin
tibbiyot va maorif misolida yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
tibbiyot, maorif, davriy matbuot, II jahon urushi, ijtimoiy hayot.
REFLECTİON OF SOCİAL LİFE İN THE PRESS ON THE EVE OF WORLD WAR II
AND DURİNG THE WAR YEARS: ON THE EXAMPLE OF MEDİCİNE AND
EDUCATİON
Atamuratova Dilafruz Rashidovna
Associate Professor of the Department of “History” of the Urgench State University
named after Abu Rayhon Beruni
97 510 84 33
Abstract.
During World War II, all sectors, from agriculture to education, were
mobilized for war. In the process of teaching any subject in schools, it was mandatory for
teachers to inform students about the situation at the front. News and columns about
medicine were constantly included in the pages of the periodical press. The article covers the
issue of social life on the eve of World War II and during the war years using the example of
medicine and education.
Keywords:
medicine, education, periodical press, World War II, social life.
ОТРАЖЕНИЕ ОБЩЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ В ПЕЧАТИ НАКАНУНЕ ВТОРОЙ
МИРОВОЙ ВОЙНЫ И В ВОЕННЫЕ ГОДЫ: НА ПРИМЕРЕ МЕДИЦИНЫ И
ОБРАЗОВАНИЯ
Атамуратова Дилафруз Рашидовна
Ургенчский государственный университет
имени Абу Райхана Беруни Доцент кафедры Истории
97 510 84 33
Аннотация.
Во время Второй мировой войны все секторы — от сельского
хозяйства до образования — были мобилизованы на военные нужды. Учителя обязаны
информировать учащихся о ситуации на передовой во время преподавания любого
предмета в школах. Медицинские новости и статьи регулярно публикуются на
страницах ежедневной прессы. В статье рассматривается проблема общественной
51
жизни накануне Второй мировой войны и в военные годы на примере медицины и
образования.
Ключевые слова:
медицина, образование, периодическая печать, Вторая мировая
война, общественная жизнь.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi bo‘lgan tibbiyot ham matbuotda o‘ziga xos o‘ringa ega
bo‘lgan. Matbuotda “Shifokor maslahati” rukni ostida maslahatlar ham berib borilgan,
matbuotning mavsumiy kasalliklarni oldini olishda ahamiyati katta edi. Mas, 1941 yilgi
“Xorezmskaya pravda” gazetasida difteriya kasalligi
1
, paydo bo‘lish sababi, oqibatlari, ko‘p
uchrashi mumkin bo‘lgan aholi qatlami, kasallikka qarshi emlanishning afzalligi haqida, sifilis
kasalligining yuqish yo‘llari hamda belgilari to‘g‘risida
2
, 1944 yili “Xorezmskaya pravda”
gazetasida ichak kasalliklari haqida
3
, 1940 yillar uchun ham xavfli virus orqali tarqaluvchi
“gripp” kasalligi bo‘yicha maslahatlar berilgan
4
. 1944 yil holatiga ko‘ra viloyatda 675 o‘ringa
mo‘ljallangan 17 ta shifoxon bo‘lib, 69 shifokor, 332 o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi, joylarda
esa mahalliy xalq orasidan tayyorlangan 200 nafar hamshira xizmat ko‘rsatgan. Buni 1924 yil
bilan taqqoslasak, 6 shifokor, 7 nafar o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi (feldsher, akusher)
bo‘lgan
5
, 20 yilda esa bu son atigi 69 nafarni tashkil etgan. Tibbiyot sohasi nafaqat shifoxona
va uskunalari jihatdan, balki malakali kadrlar bo‘yicha ham oqsoq sohalardan bo‘lgan.
Jumladan, 1941 yili Urganch hamshiralar maktabinining birinchi kadrlari, 7 nafar hamshira
bitkazgan
6
. 1944 yil holatiga ko‘ra butun viloyat uchun 601 nafar tibbiyot xodimi xizmat
qilgan. Butun respublika hisobiga esa 25 ming statsionar o‘riga ega bo‘lgan shifoxonalar bo‘lib,
6 ming shifokor faoliyat olib borgan
7
. 1940 yili Urganch markaziy dorixonasi Urganch
tumanining Begobod, Uyg‘ur, Qipchoq, Qoramon, G‘aybu qishloqlarida yangi dorixonalar
faoliyatini yo‘lga qo‘yadi
8
. 1941 yilda viloyatda dorixonalar boshqarmasining 52 ta dorixonasi
bo‘lgan, ulardan 14 tasi 1939 yildan, 37 tasi 1940 yildan, 1 tasi 1941 yili ochilgan, qolaversa
1941 yilning 1 apreliga qadar ochiladigan dorixonalar soni 15 taga yetishi belgilangan
9
.
Matbuotda bemorlarning shifokorlarga minnatdorchilik bildirib redaksiyaga yo‘llagan xatlari
“Redaksiyaga xat” ruknida chop etilgan
10
.
II jahon urushi Sovet Ittifoqi uchun boshlanmasidan oldin savodsizlikni yo‘qotish
masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. Butun respublika bo‘ylab “Xorezmskaya pravda” gazetasida
e’lon qilingan qarorga muvofiq, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan aholining 739,5 ming nafari
savodi yo‘q hisoblanib, ulardan 616 minggi qishloqlar, 122,6 minggi esa shahar hududiga
to‘g‘ri kelgan. Bu qarorda 50 yoshgacha bo‘lgan aholi orasidagi savodsizlik Toshkent va
Farg‘ona viloyatlarida 1942 yilga qadar, Buxoro, Samarqand, Xorazm hamda Qoraqarpog‘iston
hududidagi qishloqlarda 1943 yilga qadar, shaharlarida esa 1942 yilga qadar tugatilishi
belgilangan. 25 yoshgacha bo‘lgan aholi orasidagi savodsizlik esa respublikaning barcha
1
Хорезмская правда. Дифтерия – заразная болезнь. № 11. 13 января 1941 г. С.3.
2
Хорезмская правда. Венерические болезни. № 63. 16 марта 1941 г. С.2.
3
Хорезмская правда. На борьбу с кишечнқми болезниями. № 134. 9 июля 1944 г. С.2.
4
Хорезмская правда. Грипп. № 3. 4 января 1944 г. С.2.
5
Хорезмская правда. Рост народного здравоохранения в Хорезме. № 250. 23 декабря 1944 г. С.2.
6
Хорезмская правда. Пополняются кадры медработников. № 13. 15 января 1941 г. С.4.
7
Хорезмская правда. 20 лет Узбекской ССР. № 251. 24 декабря 1944 г. С.2.
8
Хорезмская правда. Новые аптеки (По Хорезмской области рукни). № 33. 9 февраля 1941 г. С.1.
9
Хорезмская правда. Работа аптечных пунктов. № 37. 13 февраля 1941 г. С.2.
10
Хорезмская правда. Благодарность хирургу. № 64. 17 марта 1941 года. С.2.
52
viloyatlarida 1941 yilda tugatilishi ko‘rsatilgan
11
. 1941 yil 1 iyul holatiga 1234 nafar savodsiz
bo‘lib, 246 nafari shu yili savodini chiqarib oladi, 1941 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 970
bo‘lib, ulardan 766 nafari idora tashkilotlarda ish bilan band bo‘lgan
12
. Savodsizlikni tugatish
uchun maktablarni tashkillashtirishga 93 ming so‘m, ta’lim jarayoni uchun 174 ming so‘m
ajratilgan
13
. Viloyatdagi ahvol bu borada yaxshi emas edi, Xiva tumanida 656 savodsiz bo‘lib
ularning 48 nafari, Gurlan tumanidagi 1211 savodsizdan 456 nafari 1940 yili savodini
chiqargan
14
. 1941 yili shu maqsadda Xiva tumanida ham 111 ta maktab tashkil etilib, 3238
nafar kishi qamrab olinib, ularning 1772 nafarini ayollar tashkil etib, likbez maktablarida esa
1274 nafar kishi jalb qilingan
15
. Qarorda bu masalani “balandparvozlik” bilan hal qilish
ko‘zlangan, hatto savodsizlikni yo‘qotish masalasida davlat siyosatiga qarshi chiquvchi har
qanday holatga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi
16
ga qaramasdan, bu muammoni
birdaniga 2 yilning ichida hal qilinishiga nafaqat respublika balki Ittifoqning o‘zi ham tayyor
emas edi, qolaversa bir necha oydan so‘ng urushning boshlanishi bu masalani hal qilinishini
o‘n yillab orqaga surib tashladi.
1941 yili viloyatda 400 ta yangi maktab ochilib, 122 ming o‘quvchi bu maktablarga
qamrab olinadi
17
. 1941 yili O‘zSSR Oliy Kengashi farmoniga muvofiq bir qator boshlang‘ich,
o‘rta va to‘liq bo‘lmagan o‘rta maktab o‘qituvchi-murabbiylari taqdirlanadi. Mang‘it
tumanidan Ollabergan Jumaniyozov, Xiva tumanidan Olim Abdolnyozov, Urganch tumanidan
Ollabergan Bekmanov, Otaboy Xudoyberganov, Rukiya Xasanova, Urganch shahridan Halima
Valieva, Sobir G‘afuriy, Xonqa tumanidan Sobir Qlichev, Xazaraspdan Matniyoz Matmurodov,
Samandar Yoqubov, Gurlan tumanidan Nurjon Hayitboev, Yangiariqdan Jabbor Yo‘ldoshev,
Qo‘shko‘pir tumanidan Ganja Niyozov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi unvoniga
loyiq deb topiladi. Bir qator o‘qituvchilar, jumladan Urganch tumanidan Niyozmat
Ollaberganov, Sulton Boyjonov, Yovbosar Matmurodov, Torman Rahimov, Ro‘zim Sofaev,
Xudoybergan Xodjaniyozov, Urganch shahridan Ibragim Odilov, Lyubov Karpenko, Abdukarim
Qurbanov, R.Mirovalieva, Hojimurod Xudoyberganov, Xiva shahridan Niyozmat Otajonov,
Madrahim Jumaniyozov, G.Niyozov, Xiva tumanidan Qalandar Avazov, Xazaraspdan
B.Abduraimov, R.Davlatov, K.Yoqubov, Xonqa tumanidan R.Jumaboev, S.Rahimov, Gurlan
tumanidan S.Ismailov, Sh.Xaitmatov, Qo‘shko‘pir tumanidan I.Jumaniyozov, G.Qurbonniyozov,
Shovot tumanidan Q.Qalandarov, O‘.Najmiddinova, Yu.Safaev, Mang‘it tumanidan esa
Q.Qo‘chqarov, X.Rajabovlar O‘zSSR Oliy Kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar
18
.
Lekin mahalliy aholi 1941 yil hisobiga butun respublika miqyosida 180 ming bolalarni
ta’limga jalb qilinmaganligi ham kuzatiladi. Umuman olganda kamchiliklar nafaqat ta’lim
yoshidagilarning to‘liq qamrab olinmaganligi holatida balki o‘qituvchilarning ham
11
Хорезмская правда. Постановление СНК УзССР и ЦК КП(б)Уз “О завершении ликвидации неграмотности в
УзССР”. № 7. 8 января 1941 г. С.1-2.
12
Хорезмская правда. О ходе завершения ликвидации неграмотности. № 26. 31 января 1941 г. С.2.
13
Хорезмская правда. Организованы школы ликбеза (Полностью ликвидировать неграмотность). № 35. 11
февраля 1941 г. С.4.
14
Хорезмская правда. Уделить серьезное внимание ликвидации неграмотности. № 8. 9 января 1941 г. С.1.
15
Хорезмская правда. Занятия идут успешно (Завершить ликвидацию неграмотности!). № 57. 9 марта 1941 г.
С.3.
16
Хорезмская правда. Постановление СНК УзССР и ЦК КП(б)Уз “О завершении ликвидации неграмотности в
УзССР”. № 7. 8 января 1941 г. С.1-2.
17
Хорезмская правда. Четыриста новых школ. № 13. 15 января 1941 г. С.1.
18
Хорезмская правда. Указ Президиума Верховного Совета УзССр “О награждении учителей начальных,
неполных средних и средних школ Хорезмской области”. № 21. 26 января 1941 г. С.1.
53
yetishmasligida kuzatiladi. Hatto bir o‘qituvchining bir vaqtda ikki sinf bilan mashg‘ulot olib
borishni keng sur’atda qo‘llash kerak degan shiorlar ham paydo bo‘lganligi achinarli hol
19
.
Bunday holatlarni bartaraf etishga urinishlar ham bo‘lgan, ya’ni Gurlan tumanida o‘qituvchi-
pedagoglar tayyorlash maqsadida maxsus rezerv – zahira kadralar tayyorlash maqsadida kurs
ochilgan, 1942 yili ushbu bir yarim oylik kursni 49 kishi tamomlagan. Ularning 33 nafari qiz-
juvonlar bo‘lgan
20
. Ularning orasida N.Rajabova, R.Hakimovalar bo‘lishgan. Yoki O.Ortiqovning
“Yangi kadrlar
21
” maqolasida shunga o‘xshash 4 oylik kurs 1942 yil Xiva shahrida tashkil
etilib, bu muddat davomida 94 kishi kursni tamomlagani, kursni 30 nafar tarixchi, 26 nafar
matematik, 27 nafar til-adabiyot hamda 21 nafar biolog tamomlaganligi, bitkazganlarning bari
ishga joylanganligi, ulraning orasida O.Salaeva va N.Salaevalarning a’lo darajada kursni
yakunlaganlari haqida gapiriladi. Bunday kurslar deyarli barcha tumanlarda tashkil etilgan,
bunga sabab kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kattaligidan darak beradi. 1945 yili Urganch shahridagi
Birlashgan pedagogik – o‘qituvchilar instituti qoshidagi sirtqi bo‘limga qabul haqida e’lon
berilgan, bunda umumiy o‘rta ta’lim ehtiyojidan kelib chiqib yo‘nalishlar ochilgan, o‘zbek tili
va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, fizika-matematika yo‘nalishlari shular jumlasidan
22
. Kunduzi
ish bilan band umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmagan aholi uchun kechki o‘rta
maktablar tashkil etiladi
23
. Bu davrda qishloq xo‘jaligidan tortib maorifgacha barcha soha
urushga safarbar etilgan. Maktablarda har qanday fandan ta’lim berish jarayonida albatta
frontdagi holat haqida o‘quvchilarga ma’lumot berib o‘tilishi o‘qituvchilar uchun shart etib
qo‘yilgan. Frontda kechayotgan jarayonlardan bexabar o‘qituvchilar matbuotda tanqid ostiga
olingan. Jumladan “Xorezmskaya pravda” gazetasida “Krupskaya” nomli maktabning fizika
fani o‘qituvchisi Greyberg mavzu doirasida o‘quvchilarga radiomagnit to‘lqilari haqida
ma’lumot berganu, biroq radioning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashdagi o‘rni
haqida hech qanday fikr bildirmagan, bu holat viloyat miqyosidagi gazetada yoritilgan
24
.
Matbuotda nafaqat oliy ta’lim bilim yurtlari, texnikumlarga, balki o‘rta ta’lim maktablariga
ham qabul haqida e’lonlar berib borilganligini uchratish mumkin. Jumladan 1944 – 1945
o‘quv yili uchun bolalar musiqa maktabiga qabul
25
haqidagi e’lonni keltirish mumkin. 1944
yilda respublikada 4,5 ming maktabda 1.100 ming nafar o‘quvchi tahsil olib, 47 texnikum, 36
oliy ta’lim muassasasi ishlagan
26
. Maktablar soni 320 ni tashkil etgan
27
.
2-jahon urushi davom etayotganiga qaramay matbuotda asosiy masalalar sifatida maorif
sohasi ham yoritib borilganligi diqqatga sazovor, jumladan, 1942 – 1943 o‘quv yili ta’limda
nafaqat fanlarni o‘zlashtirish masalasi, balki davr muhitidan kelib chiqqan holda e’tiborni
harbiy bilimlarni ham puxta o‘rganishga qaratish lozimligi haqida gapirilgan
28
. Harbiy
harakatlar davom etayotgan hududlardan evakuatsiya qilingan bolalarga xizmat ko‘rsatish
19
Хоразм ҳақиқати. Уруш шароитидаги иккинчи ўқиш йили арафасида. №.196. 1942 йил 26 август. Б.1.
20
Хоразм ҳақиқати. Қиз-жувон ўқитувчилар. №.204. 1942 йил 4 сентабр. Б.2.
21
Хоразм ҳақиқати. Янги кадрлар. №.266. 1942 йил 18 ноябр. Б.2.
22
Хоразм ҳақиқати. Урганчдаги Бирлашган педагогик –ўқитувчилар институти қошидаги СИРТҚИ БЎЛИМГА
(Эълон). №.116. 1945 йил 17 июнь. Б.2.
23
Хорезмская правда. В вечерной школе начались занятия. № 79. 16 апреля 1943 г. С.2.
24
Хорезмская правда. Воспитательную работу в школе – на должную высоту. (На совещании в редакции
“Хорезмской правды”). № 84. 23 апреля 1943 г. С.2.
25
Хорезмская правда. Детская музыкальная школа об’явлает прем учащихся на 1944 – 1945 учебный год. №
162. 20 августа 1944 г. С.2.
26
Хорезмская правда. 20 лет Узбекской ССР. № 251. 24 декабря 1944 г. С.2.
27
Хорезмская правда. Под’ем народного хозяйства Хорезма за 20 лет. № 251. 24 декабря 1944 г. С.3.
28
Хоразм ҳақиқати. Янги ўқув йилини муносиб кутиб олайлик. №.196. 1942 йил 26 август. Б.1.
54
uchun sinflar va o‘qituvchilar tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqqan
29
. Umuman olganda II
jahon urushi yillarida qishloq xo‘jaligidan tortib maorifgacha barcha soha urushga safarbar
etilgan. Maktablarda har qanday fandan ta’lim berish jarayonida albatta frontdagi holat
haqida o‘quvchilarga ma’lumot berib o‘tilishi o‘qituvchilar uchun shart etib qo‘yilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Хорезмская правда. Gazetaning 1941-, 1942-, 1943-, 1944-yilgi sonlaridan
foydalanilgan.
2.
Хоразм ҳақиқати. Gazetaning 1941-, 1942-, 1943-, 1944-yilgi sonlaridan foydalanilgan.
29
Хоразм ҳақиқати. Уруш шароитидаги иккинчи ўқиш йили арафасида. №.196. 1942 йил 26 август. Б.1.