17
SHARTLI HUKM QILISH QILINGAN SHAXSLARGA NISBATAN
BELGILANADIGAN MAJBURIYATLAR VA CHEKLOVLAR
Kamolov Xayrulloxon Juraxon o‘g’li
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha
Chirchiq shahar sudining raisi
Tel: +998914674045
https://doi.org/10.5281/zenodo.15281792
Annotatsiya:
So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida
fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi murosasiz
kurash olib borishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni
takomillashtirish, uning samamrali tizimini yaratish, davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni
ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni
ishonchli himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etish joiz. Mazkur
tezisda jinoyat qonunchiligida shartli hukm qilingan shaxslarga nisbatan belgilanadigan
majburiyatlar va cheklovlar hamda mazkur sohada qonunchilikda kiritilgan o‘zgarishlar haqida
ma’lumotlar kiritilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, jazo, zararni qoplash, sinov muddati,
shartli hukm qilish.
ОБЯЗАННОСТИ И ОГРАНИЧЕНИЯ, НАЛАГАЕМЫЕ НА ЛИЦ,
ОСУЖДЕННЫХ К УСЛОВНОМУ ОСУЖДЕНИЮ
Аннотация:
Реформы, проводимые в нашей стране в последние годы, направлены
на обеспечение безопасности граждан, профилактику правонарушений и ведение
бескомпромиссной борьбы с преступностью. Особо следует отметить проводимую
работу
по
совершенствованию
уголовного
и
уголовно-процессуального
законодательства, созданию его эффективной системы, обеспечению законности и
правопорядка в государстве, надежной защите прав и свобод человека, интересов
общества и государства, мира и безопасности. В диссертации изложены сведения об
обязанностях и ограничениях, налагаемых на лиц, осужденных к условному наказанию
в уголовном праве, а также об изменениях, внесенных в законодательство в этой сфере.
Ключевые слова
: Верховный суд Республики Узбекистан, наказание, возмещение
вреда, условное осуждение, условное осуждение.
OBLİGATİONS AND RESTRİCTİONS İMPOSED ON PERSONS SENTENCED TO
PROBATİON
Abstract:
The reforms carried out in our country in recent years are aimed at ensuring
the security of citizens, preventing crime, and conducting an uncompromising fight against
crime. In particular, it is worth noting the work carried out to improve criminal and criminal
procedural legislation, create its effective system, ensure the rule of law and law and order in
the state, reliably protect human rights and freedoms, the interests of society and the state,
peace and security. This thesis contains information on the obligations and restrictions
established in criminal legislation for persons sentenced to conditional sentences, as well as
changes introduced in the legislation in this area.
18
Keywords:
Supreme Court of the Republic of Uzbekistan, punishment, compensation for
damages, probation, conditional sentencing.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud tomonidan e’lon qilingan axborotga ko‘ra, 2024-yilda
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi
ko‘rib chiqilgan. Sudlangan shaxslar soni 61 502 nafarni tashkil etib, shundan 20 659 nafar
shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 080
nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Shartli hukm qilishning mohiyati shuki, sud ayblov hukmini chiqarish mobaynida
mahkumga muayyan jazo turini belgilaydi va uning miqdorini belgilaydi, ammo mahkum sodir
etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa
holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat
qilish, unga muayyan talablarni bajarish sharti bilan jazoni o‘tamasdan qoldirish to‘g’risida
qaror qabul qiladi. Shartli hukm qilingan aybdorga sinov muddati berilib, mazkur muddat
davomida shaxs o‘z xulqi bilan o‘zgarganligini isbotlashi lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasi 2-qismiga muvofiq, “Sinov muddati
bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti,
shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov
muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi”. Shuni hisobga olish kerakki, shartli hukm qilish
aybdorga ishonch bildirish bo‘lib, sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab
hisoblanadi. Ya’ni hukm o‘qib eshittirilgan paytdan boshlab shaxs qandaydir jazoga hukm
qilingan va belgilangan muddat davomida aybdor shaxs muayyan talablarni bajarishga va
ayrim cheklovlarga rioya qilishga majbur. Sinov muddati davomida sud tomonidan aybdorga
ayrim majburiyatlar va cheklovlar belgilashi mumkin.
Sud shartli jazo belgilashi bilan birga aybdorga bir qator majburiyatlar yuklaydi. Bular:
“Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan vaqt
mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki
o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib
boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib
turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm,
giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi
majburiyatlarni yuklashi mumkin”. (JK 72-moddasi 3-qismi).
Yuqorida keltirilgan majburiyatlardan biri zararni qoplash haqida so‘z yuritganda bu
aybdor shaxsning
o‘g‘irlangan, yo‘q qilingan narsaning o‘rnini qoplashda, davolanishga sarf
qilinadigan moddiy xarajatlarni qoplashda, ma’naviy zararni qoplashda kechirim so‘rashda
namoyon bo‘lishi mumkinligini qayd etish joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori
bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi
to‘g‘risida”gi NIZOM
ning 3-bobida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat
xizmatini ko‘rsatishni rad etish asoslari keltirilgan. Mazkur Nizomga O‘zbekiston
Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-son farmoni bilan o‘zgartirish kiritildi. Unga
ko‘ra endi, Nizomning 40
5
-bandiga asosan agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish
bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha
yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma
19
xati asosida) xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni
rad etish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, Nizomning 57-bandida qamoqqa olingan yoki
ozodlikdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoxud ozodlikni
cheklash jazosi tayinlangan, shartli hukm qo‘llanilgan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari
shartli ozod qilinib, sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik
majburiyati yuklatilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov
organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi.
Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan
taqdirda, xorijga chiqish biometrik pasporti Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish
departamentiga jo‘natiladi.
Qamoqdan ozod qilinganda yoki jazo muddati o‘tab bo‘lganidan yoxud O‘zbekiston
Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati sud tomonidan bekor qilinganidan keyin
xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining
probatsiya bo‘linmalari, sud tomonidan yoxud jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati
tomonidan egasiga (jazoni ijro etish muassasasidan chiqib ketayotgan vaqtning o‘zida) qaytarib
beriladi.
Xulosa qilib aytganda, shartli hukm qilingan shaxslarga belgilanadigan majburiyat va
cheklovlar, belgilangan sinov muddati davomida ularning axloqan tuzalishi, o‘z harakatlari
oqibatini to‘liq bartaraf etish orqali sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkinligini
bildiradi. Sudlar tomonidan bunday yo‘l tutilishi, aybdorning o‘z harakatlari oqibatini o‘z
vaqtida (ortiqcha vaqt cho‘zmasdan) davlat organlari aralashuvisiz bartaraf etishga undashi va
mustaqil axloqan tuzalishga intilishini oshiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 22.09.1994-yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi
NIZOM.
3.
Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo haqida
ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 335 bet.
4.
5.
