44
METAVERS PLATFORMALARIDA FIZIKANI FANINI O’RGANISHNING
SAMARADORLIGI
O’rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi
Andijon Davlat Pedagogika instituti v.b dotsenti
Ergasheva Mushtariy Karimjon qizi
O’rmonova Dilfuzaxon Xakimjon qizi
Bozorboyeva Mubina Jasurbek qizi
Andijon Davlat Pedagogika instituti talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15285708
Annotatsiya:
Ushbu maqolada metavers platformalaridan foydalanish orqali fizika
fanini o’rganish samaradorligi tahlil qilinadi.An’anaviy ta’lim uslublariga nisbatan virtual
reallik va immersive texnologiyalar orqali ta’lim jarayonining yanada interaktiv va tushunarli
bo’lishi asoslanadi.Metavers muhitida tajribalar o’tkazish, modellashtirish va real vaqt
rejimida o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari orqali talabalarning fanga bo’lgan qiziqishi
oshishi, bilimlarni chuqurroq o’zlashtirishi va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishi ko’rsatib
o’tilgan.Virtual haqiqat texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi natijasida
o’quvchilar fizik hodisalarni ko’rib, tushunib va tajriba asosida o’rganish imkoniyatiga ega
bo’lishadi.Tadqiqot natijalari integratsiyasi yuqori samaradorlikka ega ekanini tasdiqlaydi.
Kalit so’zlar:
Metavers, virtual reallik, virtual laboratoriya, 3D simulyatsiya, ta’lim
texnologiyalari, o’quv samaradorligi.
Metavers (yoki “metaverse”)-bu raqamli dunyo va real dunyo o’rtasidagi chegaralarni
yo’q qiluvchi virtual makon bo’lib, u 3D texnologiyalar, virtual va kengaytirilgan reallik, sun’iy
intellekt va internet asosida yaratiladi.Bu muhitda foydalanuvchilar o’z avatarlari orqali
harakatlanishi, muloqot qilishi, o’rganishi, ishlashi yoki ko’ngil ochar faoliyatlarda ishtirok
etishi mumkin.
Virtual reallik-bu maxsus qurilmalar orqali yaratilgan sun’iy muhit bo’lib, u
foyadalanuvchilarga real hayotdagidek tajriba beradi.Masalan, siz tog’da yurgandek yoki
o’yinda ishtirok etayotgandek his qilasiz.Virtual reallikni o’ziga yarasha afzalliklari va
kamchiliklari bor.
Afzalliklari: Real muhitda bo’lmasdan turib tajriba orttirish;
Qulay va xavfsiz o’rganish muhiti;
Yangi dunyolarni sinab ko’rish imkoniyati.
Kamchiliklari: Ba’zi foydalanuvchilarda bosh aylanishi yoki ko’ngil aynishi kuzatiladi;
Qimmat qurilmalar talab etiladi;
Uzoq muddat foydalanish sog’liqqa zarar yetkazishi mumkin.
Virtual reallik texnologiyalari virtual laboratoriyalarda ham qo’llanilishi mumkin.VR
texnologiyalari o’quvchilarga virtual muhitda tajriba va tadqiqot o’tkazish imkonini beruvchi
virtual laboratoriyalar yaratish uchun ishlatilishi mumkin.Bu esa haqiqiy laboratoriyalarga
kirish imkoni bo’lmagan yoki xavfli eksperimentlar o’tkaza olmaydigan talabalar uchun
foydali xisoblanadi. Misol uchun, VR laboratoriyalari kimyo, fizika, biologiya va boshqa ilmiy
fanlarni o’qitish uchun ishlatilishi ijobiy natijalar beradi. VR texnologiyalariga asoslangan
virtual laboratoriyalar talabalarga haqiqiy laboratoriyani simulyatsiya qiluvchi real virtual
muhitda mashq qilish imkoniyatini beradi.Ular tabiiy, tibbiyot va boshqa ilmiy fanlar kabi turli
sohalarda darslardagi laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun ishlatilsa yuqori samara
45
beradi.Virtual laboratoriyalarning afzalliklaridan biri xavfli yoki qimmat materiallar farqini
kamaytirish bilan birga sog’liq uchun xavf tug’dirmasdan va maxsus asbob-uskunalar sotib
olish zaruratisiz tajriba o’tkazish imkoniyatini beradi.
3D simulyatsiya-bu uch o’lchamli virtual makonda real hayotdagi obyektlar, hodisalar,
harakatlar va tizimlarni modellashtirish va ularning harakatini kompyuter orqali taqlid qilish
jarayoni.Bu texnologiya inson ongida sodir bo’layotgan tasavvurlarni, fikrlarni aniq va visual
shaklda ifodalash imkonini beradi.Ushbu simulyatsiya ta’lim, tibbiyot, harbiy sohalar, sanoat
va muhandislik, transport, video o’yinlar va kino, shaharsozlik va arxitektura sohalarida
qo’llaniladi.
Ta’lim texnologiyasi-keng sohadir.Shuning uchun, ayrimlari munozarali bo’lgan
aniqlashlarni topishlari mumkin.Ta’lim texnologiyasi o’rganish, o’qitish va ijtimoiy tashkil
qilishning asoslarini o’rganuvchi yoki loyihalash fani yoki turli tadqiqot qiziqishlari majmuasi
sifatida olinishi mumkin.
Ammo, ko’plab tadqiqotchi va amaliyotchilar rozi bo’ladigan ayrim xususiyatlar bor:
1. Texnologiyani qo’llash prinsip sohadir.Texnologiya amaliy topshiriqlar uchun ilmiy
bilimlarning tizimli qo’llanilishini bildiradi.Shuning uchun, ta’lim texnologiyalari turli xil
fanlardan olingan nazariy bilimlarga hamda ta’lim amaliyotidan olingan amaliy bilimlarga
tayanadi.
2. Ta’lim texnologiyasi ta’limni yaxshilashga qaratilgan.Texnologiya ta’lim tizimining
o’rganish jarayonlariga va uning ko’rsatgichlarini oshirishga ko’maklashadi, chunki u
samaraga tegishli bo’ladi.
Ta’lim samaradorligi-bu ta’lim jarayonining maqsadga muvofiqligi, ya’ni talabalarga
berilayotgan bilim, ko’nikma va malakalar kutilgan natijalarga qanday darajada
erishayotganini ifodalovchi ko’rsatkichdir.Bu tushuncha nafaqat o’quv dasturining mazmuni,
balki o’quv jarayonini tshkil etish, o’qituvchining mahorati, o’quv muhitining sifati va
o’quvchilarning faolligi kabi omillar bilan chambarchas bog’liq.Ta’lim samaradorligining
asosiy ko’rsatkichlari bilim darajasi, mustaqil fikrlash, ijtimoiy ko’nikmalar, motivatsiya,
natijadorlik kabilarni o’z ichiga oladi.
Xulosa:
Metavers platformalarida fizika fanini o’rganish ta’lim jarayoniga yangi
yondashuvlarni olib kiradi. Virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari orqali talabalar
fizik hodisalarni bevosita kuzatish, tajribalar o’tkazish va ularni chuqur tushunish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa darslarni yanada interaktiv, qiziqarli va samarali qiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, metavers muhitda talabalarning fanga bo’lgan
motivatsiyasi ortadi, bilimlarni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi, va ular murakkab
tushunchalarni ko’proq amaliy asosda tushunib oladilar. Shu sababli, metavers platformalari
fizika ta’limining samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida qaralishi mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Ta’lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari” mavzusidagi ilmiy amaliy
konferensiya materiallari. Toshkent-2005 yil.
2.
R.Shomaxmudova. “Maxsus va inklyuziv ta’lim (Halqaro va milliy tajribalar)” T., 2011
46
3.
Akhmedov, B. A. (2023). Improvement of the digital economy and its significance in
higher education in tashkent region. Uzbek Scholar Journal, 12, 18-21.
4.
Akhmedov, B. A. (2023). Innovative pedagogical technologies in the modern educational
system. World Bulletin of Social Sciences, 19, 107-112.