Авторы

  • GAVHAR OLTIYEVA
    SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG`ICH TA`LIM 1-24-GURUH TALABASI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.98815

Ключевые слова:

o`zbek tili adabiy til Turkiy tillar qadimgi turkiy tillar leksikasi turkiy leksik qatlam tub turkiy so`zlar asl turkiy so`zlar ona tili O`rxun Enasoy yozuvlari Sug`d va Pahlaviy yozuvlari Alisher Navoiyning ‘’Xamsa ‘’ dostoni Mahmud Qoshg`ariyning ‘’Qutadg`u bilig’’ asarlari.

Аннотация

Ushbu maqolada o`zbek tarixi, ildizlari, o`zbek adabiy tilining rivojlanish bosqichlari, turkiy til rivojiga hissa qo`shgan olim, mutafakkirlarimizning tarixdagi o`rni, beqiyos asarlari hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi haqidagi faktlarni o`rganamiz.


background image

64

O`ZBEK TILI TARIXI. O`ZBEK TILINING TARIXIY ILDIZLARI. O`ZBEK ADABIY

TILI TARAQQIYOT BOSQICHLARI

OLTIYEVA GAVHAR

SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING

PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG`ICH TA`LIM 1-24-GURUH TALABASI

https://doi.org/10.5281/zenodo.15554200

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o`zbek tarixi, ildizlari, o`zbek adabiy tilining rivojlanish

bosqichlari, turkiy til rivojiga hissa qo`shgan olim, mutafakkirlarimizning tarixdagi o`rni,
beqiyos asarlari hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi haqidagi faktlarni
o`rganamiz.

Kalit so`zlar:

o`zbek tili , adabiy til, Turkiy tillar , qadimgi turkiy tillar leksikasi, turkiy

leksik qatlam, tub turkiy so`zlar, asl turkiy so`zlar, ona tili, O`rxun Enasoy yozuvlari, Sug`d va
Pahlaviy yozuvlari, Alisher Navoiyning ‘’Xamsa ‘’ dostoni, Mahmud Qoshg`ariyning ‘’Qutadg`u
bilig’’ asarlari.

Annotation:

This article explores the history and roots of the Uzbek language, the stages

of development of the Uzbek literary language, the historical role and invaluable works of
scholars and thinkers who contributed to the development of the Turkic languages. It also
examines the facts related to granting the Uzbek language the status of the state language.

Keywords:

Uzbek language, literary language, Turkic languages, vocabulary of ancient

Turkic languages, Turkic lexical layer, native Turkic words, original Turkic words, mother
tongue, Orkhon-Enisei inscriptions, Sogdian and Pahlavi scripts, Alisher Navoi Khamsa epic,
Mahmud Kashgari "Qutadghu Bilig".

Аннотация

: В данной статье рассматривается история и корни узбекского языка,

этапы развития узбекского литературного языка, историческая роль и бесценные
труды ученых и мыслителей, внесших вклад в развитие тюркских языков. Также
анализируются факты, связанные с предоставлением узбекскому языку статуса
государственного языка.

Ключевые слова:

узбекский язык, литературный язык, тюркские языки, лексика

древнетюркских языков, тюркский лексический слой, исконно тюркские слова, родной
язык, Орхоно-Енисейские надписи, согдийская и пахлавийская письменности, поэма
«Хамса» Алишера Навои, труд «Кутадгу билиг» Махмуда Кашгари.


Ona tilim! Bu so`z hech kimga notanish so`z emas shubhasiz, bu so`z jaranglaganda inson

ich ichidan o`z onasini suyish, ardoqlashdek tuyg`u his etgandek bo`ladi. Insoniyat paydo
bo`libdiki uning o`ziga o`xshash insonlar bilan muloqot qilishi uchun Alloh Taolo tomonidan
unga go`zal va murakkab mo`jiza ‘’til’’ berildi, ong berildi. SHunday ekan bugungi kungacha
rivojlanib barqarorlashgan ona tilimiz O`zbek tili haqida qanday ma`lumotlarga egamiz?

Biz maktab darsliklaridan qadimgi dunyo tarixi, undagi Mustaqil O`zbekistonimizning

hozirgacha bosgan izlari va o`rni, har bir davlatning o`rni, tili, dini, kelishib chiqishimi xullas
ozmi ko`pmi ma`lumotlarga egamiz. Til o`zi nima? Til ijtimoiy hodisa sanalib, u o`ziga oid
bo`lgan xalqni hayoti bilan bog`liq holda boyiydi, taraqqiy eta boshlaydi, saqlagan imkoniyatlar
doirasini kengaytiradi, jamiyatda qadr topadi. Til naqafat insonlar, davlatlar o`rtasidagi aloqa
aralashuvni ta`minlash vazifasini bajaradi, yuksak estetik qimmatga ham ega sanaladi. Til
kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi quroli hisoblangani bois ham u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til


background image

65

vositasida fikrlaymiz, boshqalarga fikrimizni uzatamiz. Tilni xalq yaratadi, boyitadi, sayqal
beradi.

(Qiziqarli fakt: dunyoda tillarning miqdori olimlarning hisob kitobiga ko`ra 7000ga yaqin

ekan)

Qayerda yashashidan qat`iy nazar o`zbek millatiga mansub barcha odamlar ishlatadigan

til milliy o`zbek tili deb yuritiladi. Turkiy ya`ni o`zbek tili eng qadimiy tillardan biri bo`lib, uning
tarixi Oltoy davridan boshlanib, Oltoy bobo tili dastlab ikkiga tungus-manjur va turk-mo`g`ul
tillariga ajralgan. Turk-mo`g`ul tili mustaqil ikki til—turk va mo`g`ul tillari sifatida taraqqiy
etgan. VI-X asrlardagi turkiy til_ qadimgi turkiy til Markaziy Osiyo, Shimoliy Mo`g`iliston, Oltoy,
Xuroson, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Rossiyaning janubiy qismi, Sibirga tarqalgan butun turkiy
urug`lar uchun yagona umumtil bo`lgan. Mazkur davrga oid juda ko`plab turkiy-runiy (O`rxun-
Enasoy) va turkiy- uyg`ur bitiklar mavjud. O`rta Osiyo, Qozog`iston, Oltoy, Janubiy Sibir,
Uraloldi hududlari aholisi bronza davrining 3-2-mingyilliklaridan boshlab turkiy tilda
so`zlashgan.

Eski Oʻzbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari XV asrga toʻgʻri keladi. Hozirgi

oʻzbek adabiy tili, eski oʻzbek adabiy tilining davomi sifatida XX asrning birinchi choragida
qarluq-chigil lahzasining Toshkent-Fargʻona shevalari bazasida shakllandi. Turkiy xalqlar
uchun mushtarak obida hisoblangan Oʻrxun-Enasoy tosh bitiklari, Oʻrta Osiyo turkiy
xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari boʻlgan Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lugʻotit
at-turk", Yusuf Xos Xojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning " Hibatub Haqoyiq", hamda
barchamizning xotiramizda oʻchmas iz qoldirgan, oʻzbek tili boyishiga xizmati buyuk olim va
mutafakkir Alisher Navoiyning "Xamsa" dostonlarning oʻrni beqiyos va takrorlanmasdir.
Turkiy til qadimda Oʻrxun-Enasoy nomi bilan bogʻliq. Oʻrxun-Enasoy yozuvi kelib chiqishiga
koʻra Sugʻd va Pahlaviy yozuvlari orqali Oromiy yozuviga borib taqaladi. Ushbu yozuv dastlab
arab yozuvi singari oʻngdan chapga qarab oʻqilgan hamda yozilgan, 38 belgi yaʼni harflardan
iborat boʻlgan, tinish belgilar ishlatilmagan. Hozirda turkiy tillar adabiy tiliga oid soʻzlar
qadimgi turkiy soʻzlar, qadimgi turkiy leksika, turkiy leksika, turkiy leksik qatlam, umum-turkiy
leksika, tub turkiy soʻzlar, asl turkiy soʻzlar kabi ilmiy atamalar bilan atalib kelinadi.

Eski turkiy adabiy til davri quyidagi davrlarni oʻzida mujassamlashtiradi:
1. Qoraxoniylar davri tili (Qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili)
2. "Chigʻatoy turkiysi"
3. Eski Xorazm turkiysi. (Oltin Oʻrda va Xorazm muhitida amal qilgan adabiy til)
4. Eski qipchoq tili. (Misrda yozilgan grammatik asarlar va lugʻatlar hamda gʻarbiy turk

oʻlkalarida qipchoqlar yaratgan asarlar tili)

5. Eski anatoʻli turkchasi. (Bu XIII-XV asrlarda oʻgʻuz turklari qoʻllagan yozma shakli)
Yuqorida sanab oʻtilgan oʻzbek tili boyishiga katta hissa qoʻshgan XV- XVI asrlar buyuk

mutafakkir "soʻz mulkining sultoni" deya ulugʻlangan buyuk shoir Alisher Navoiy oʻzbek tilining
asoschisi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, oʻzbek (turkiy) tiliga yangi lugʻat soʻzlar boyligini
kengaytirishga xizmat qilgan bir qancha asarlar yozib qoldirdi. Undan tashqari oʻzbek tilining
shakllanishida Yugnakiy, Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, tib ilmining sultoni
Abu Ali ibn Sino , Fargʻoniy, Behbudiy, Atoiy , Sakkokiy , Lutfiy, Rabgʻuziy, Xorazmiy kabi bir
qancha olimu, mutafakkir ulamolarimiz bugungi tilimizning boyishiga oʻzlarining ulkan meros
yozma manbalari, asarlari orqali oʻzbek _turkiy tilining oʻrta asrlardagi shakllanishida muhim
oʻrin tutadi. Undan keyin ham Oʻzbekistonda mashhur shoir shoiralar, yozuvchilar oʻz asarlari


background image

66

bilan oʻchmas iz qoldirdilar. Oʻtgan asrlar adabiyoti namoyondalari Choʻlpon, Muhammad
Yusuf, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Zulfiyaxonim, Behbudiy, Fitrat, Hamza, A. Qodiriy,
Gʻ.Gʻulom, Oybek, A. Qahhor, M Shayxzoda, H. Olimjon, Mirtemir, Said Ahmad, Saida Zunnunova,
A. Muxtor, O. Yoqubov, Oʻ. Hoshimov, Xayriddin Sulton, P. Qodirovlar bu tilda ijod qilib oʻzbek
tilining shunchaki oʻchib ketmasligi uning barqarorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda. Biz
bilamizki, tilning adabiy taraqqiyoti qanchalik mustahkam boʻlsa, u tilni hech bir jon yoki zot
yoʻq qila olmaydi. Toʻgʻri, oʻtgan asrlarda biz Rossiya davlatiga qandaydir qaram tarzda salkam
bir asrning toʻrtdan uch qismida boʻysunib yashadik, ammo oʻsha paytlarda hatto ilm fanga
chek qoʻyilgan, oʻzbeklarni oʻzligini yoʻqotishga qaratilgan, ularni oʻzimizga boʻysundirib,
xohlagancha "quldek" muomala qilamiz deb erkinligimizni, tilimizni, davlatimizni oʻziniki
qilmoqchi boʻlgan edilar, afsuski, bu vaziyatdan qancha qancha insonlarimiz dashnom yedilar,
erta halok boʻldilar, jadidlar kurashdilar va bora bora bu" tutqunlikdan" bizning birinchi
Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov olib chiqib ketishga musharraf boʼldilar.
Oʻzligimiz, tariximiz, tilimiz, dinimiz, yoʻqotilgan urf-odatlarimiz, umumiy qilib aytganda, butun
Oʻzbekistonimiz yangicha koʻrinishda tiklandi. 1-Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich
Karimovning yuksak maʼnaviyatlari, puxta va oqilona tutgan yoʻllari orqali biz oʻzligimizni yana
qaytadan kashf etdik, 1989-yil 21-oktabrda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi, 1990-yil
Oʻzbekiston mustaqil davlatlar safiga qoʻshilish chora tadbirlaridan biri Mustaqillik
Deklaratsiyasini qabul qildi, 1991-yil 31-avgust kuni oʻz Mustaqilligini eʼlon qildi. Shundan
soʻng mustaqil davlatimizning davlat ramzlari birin ketin qabul qilindi. Shundan soʻng
davlatimizda yangicha qarashlar, gʻoyalar, texnologiyalar, strategiyalar, yashash tarzlari
batamom oʻzgardi, endi har bir soha iqtisodiy siyosiy, maʼnaviy madaniy, ijtimoiy hayot
boshqacha oʻrin tutdi, katta eʼtibor xalqqa qaratildi, erkinlik tizimi yoʻlga qoʻyildi. Yurtimizda
oʻzgartirishlar judayam koʻp boʻldi. Har bir sohaga alohida eʼtibor qaratildi, rivojlantirildi. Ilk
poyqadamlarni mustaqillik uchun 1-Prezidentimiz tashlab bergan boʻlsalar endilikda, hozirgi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev adolatli tarzda ish koʻrmoqdalar. Inson huquqlari
Konstitutsiyaviy huquqlarimizda belgilab qoʻyilgan, oʻquv muassasalarida oʻqishga boʻlgan
eʼtibor judayam katta, chunki qaysi bir mamlakatda oʻqimishlilar koʻp boʻlsa ana shu davlat
kuchli va baquvvat boʻladi. Shunday ekan biz yoshlarga qancha qancha imkoniyatlar eshigi
ochiq, biz bundan unumli va fidokorona foydalanishimiz shart. Mamlakatimiz tinchligiga koʻz
tegmasin!

Oʻzbekistonimiz oʻz tiliga erishgandan soʻng davlatimizda bir qancha oʻzgarishlar yuzaga

keldi. Jumladan, birinchi navbatda, oʻzbek lotin alifbosi yaratildi, adabiy til meʼyorlari belgilab
qoʻyildi, tariximiz chuqur va mukammal oʻrganildi, "qoralab" oʻtilgan oʻzbek oʻgʻlonlari va olim
olimalari nomlari poklandi, ular barpo etgan har qanday binolarga boshqattan taʼmirlash ishlari
olib borildi va ular oʻz tilimiz oʻzbek tilida oʻrgatib oʻqitilmoqda, oʻquv yurtlari, maktab,
bogʻchalarda asosiy , umumiy til oʻzbek tilida ish olib borish yoʻlga qoʻyildi, davlat korxonalari,
zavodlari, idoraviy barcha ishlarida oʻzbek tilidan foydalanish shart etib tayinlandi . Biz bugungi
kunga kelib, joriy 2024 - yil 21-oktabrida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35
yilligini nishonlaymiz. Shu bois bu yil tilimizning 35yilligini boshqacha tarzda nishonlash
maqsadida boshqacha chora tadbirlar koʻrilib, bu yilgi til bayramimiz musoqabali shartda
oʻtkazilmoqda. Oʻylaymanki, bu tadbirda har bir keng qamrovli maʼnaviyat egalari albatta, oʻz
bilim saviyasi bilan oʻrin olishadi. Bunday jannatmakon diyorda tugʻilib yashash har bir
insonning orzusidir!


background image

67

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh. Poʻlatov Ona tili: Yangi Qoʻllanma _Toshkent "Regbooks" nashriyoti. 2021

2.

Oʻzbek adabiy tili tarixi. Oʻquv qoʻllanma. Y. Saidov. Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy"

Durdona nashriyoti.2019

Библиографические ссылки

Sh. Poʻlatov Ona tili: Yangi Qoʻllanma _Toshkent "Regbooks" nashriyoti. 2021

Oʻzbek adabiy tili tarixi. Oʻquv qoʻllanma. Y. Saidov. Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti.2019