61
O’ZBEK TILINING LUG’AT TARKIBI
O’rinova Ravshana
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15554168
Annotatsiya:
Maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibi — ya’ni tilning leksik boyligi va uning
shakllanish manbalari chuqur o‘rganiladi. Unda so‘zlarning kelib chiqishi, tarixiy qatlamlari,
shuningdek, zamonaviy hayot va texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi leksik
birliklar yoritiladi.
Kalit soʻzlar:
lugʻat tarkibi, leksik birlik, soʻz boyligi, sinonim, antonim, omonim,
neologizm, o‘zbek tili, leksikologiya, til taraqqiyoti, soʻz yaratuvchanlik, zamonaviy leksika,
tarixiy qatlam, leksik manbalar, til o‘zgarishi.
Annotation:
This article discusses the vocabulary (lexicon) of the Uzbek language and its
stages of development, the processes of creating dictionaries, the process of word formation,
the enrichment of lexical units under the influence of national and international factors, and the
lexical connections between the literary language and dialects.
Keywords:
Lexicon, literary language, dictionary, language, spelling, dictionaries, lexical
units, words and word forms, lexicalizers, etc.
Абстрактный:
В статье рассматриваются словарный состав узбекского языка и
этапы его развития, процессы создания словарей, процесс словообразования,
обогащение лексических единиц под влиянием национальных и интернациональных
факторов, лексические связи литературного языка с диалектами.
Ключевые слова:
Лексика, литературный язык, словарь, язык, орфография,
словари, лексические единицы, слова и словоформы, лексикон и т. д.
Har qanday tilning asosiy boyligi va uning rivojlanish darajasi, avvalo, uning lugʻat tarkibi
bilan belgilanadi. Tilning lugʻaviy qatlamida xalqning asrlar davomida to‘plagan hayotiy
tajribasi, madaniyati, tafakkuri va dunyoqarashi aks etadi. O‘zbek tilining lug‘at boyligi ham
o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, madaniy aloqalar va ichki rivojlanish
omillari ta’sirida shakllanib borgan. Ushbu maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibini tashkil
etuvchi asosiy qatlamlar, ularning kelib chiqish manbalari, leksik birliklarning o‘zaro
munosabati va zamonaviy leksik tendensiyalar tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi — lugʻat
tarkibi orqali tilning hozirgi holatini o‘rganish va leksik taraqqiyot jarayonlarini yoritishdan
iborat. Yillar davomida,balki asrlar davomida oʻzgarishlar maʼlum darajaga yetib
kelganda,ularda nazariy va amaliy jihatini aks ettiruvchi tadqiqotlarga ehtiyoj tugʻiladi.Amaliy
ishlarning asosiylaridan biri esa izohli, tarixiy va etimologik lugʻatlar tuzish hisoblanadi.Oʻzbek
tili leksikasi haqida gapiradigan boʻlsak,Oʻzbek leksikografiyasining tarixi Mahmud
Qoshgʻariyning XI asrda yaratilgan mashhur "Devoni Lugʻotit türk" asari bilan boshlanadi.
Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan,turkiy xalqlar tarixi, urf-
odatlari, geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlarni ham qamrab olgan.Sharqshunoslik va
turkiyshunoslik fanlarining rivojlanishi tufayli anʼanaviy lugʻatchilik bilan bir qatorda XIX
asrning 2-yarmidan boshlab shu yoʻnalishdagi oʻnlab ruscha-oʻzbekcha,oʻzbekcha-ruscha va
umumturkiy tillar leksikasini izohlovchi lugʻatlar paydo boʻldi.
62
Oʻzbek lugʻatshunoslik tarixida XX asr alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrda turli
maqsadlarga qaratilgan terminologik lugʻatlar,oʻquv va imlo lugʻatlari,har xil turdagi
soʻzlashgichlar yaratildi. Oʻzbek tilining birinchi izohli lugʻati 1949-yilda nashr etilgan boʻlib,
Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari tomonidan
tayyorlanganligini koʻrishimiz mumkin. Muharriri Lutfulla Bekmuhamedov (bosh muharrir)
hisoblanadi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi nashriyotida bosib chiqarilgan.Ushbu toʻplam
ham Oʻzbek tili leksikasining boyishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.Lugʻatda asosan oʻzbek
tilining bosib oʻtgan tarixiy yoʻli hamda leksikasidagi soʻzlar ushbu lugʻatga kiritilgan
edi.Keyinchalik, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi H.
Sulaymonova nomidagi Til va adabiyot instituti olimlari tomonidan ikki jildlik Oʻzbek tili izohli
lugʻati tuzildi.Ba’zida bu lug‘at 5 jildlik mukammal usuldagi lug‘atning soddalashtirilgan yoki
umumlashtirilgan shakli sifatida ko‘riladi. Lug‘atda 50 mingdan ortiq so‘z va ibora jamlangan.
So‘zlarning ma’nolari, sinonimlari, ba’zan antonimlari, uslubiy belgilari, qo‘llanilish misollari
bilan berilgan.Zamonaviy o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslangan.Ilmiy, badiiy, publitsistik
uslublarda qo‘llaniladigan so‘zlarga alohida e’tibor qaratilganliginini koʻrishimiz
mumkin.Lug‘atda 50 mingdan ortiq so‘z va ibora jamlangan.So‘zlarning ma’nolari, sinonimlari,
ba’zan antonimlari, uslubiy belgilari, qo‘llanilish misollari bilan berilgan.Zamonaviy o‘zbek
adabiy tili me’yorlariga asoslangan.Ilmiy, badiiy, publitsistik uslublarda qo‘llaniladigan
so‘zlarga alohida e’tibor qaratilgan edi.Ushbu izohli lugʻat oʻzbek tiling leksikasining boyishida
asosiy manbaa boʻlib xizmat qilgan.2006-2008 yillar orasida Oʻzbek tilining izohli lugʻati (5
jildlik) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi H. Sulaymonova nomidagi Til va adabiyot instituti
olimlari Bosh muharrirlar: Madaminov Neʼmatulla, boshqa yetakchi tilshunos olimlar ishtirok
etgan.80 mingdan ortiq so‘z va iboralar izohlangan.Ushbu Oʻzbek tilining izohli lugʻatida
80mingga yaqin soʻz va soʻz birikmalari,fan,texnika,sanʼat va madaniyat sohalariga oid
terminlar bir necha shevalarda qoʻllaniladigan soʻzlar,baʼzi tarixiy va eskirgan atamalarni oʻz
ichiga oladi.Lugʻatda berilgan soʻzlarning amalda qoʻllanilishi XX asr oʻzbek adabiyoti va
matbuotidan olingan misollar bilan shakllangan. Lugʻat oʻzbek tilshunosligi va turkiyshunoslik
boʻyicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng oʻquvchilar
uchun moʻljallangandir.
Tilning lugʻat tarkibi — bu tildagi barcha soʻzlar majmuasidir. Lugʻat tarkibi tilning eng
harakatchan va tez oʻzgaruvchan qatlami boʻlib, u ijtimoiy hayot, ilm-fan, texnika, madaniyat va
boshqa sohalardagi yangiliklarga bevosita bogʻliq tarzda boyib boradi. O‘zbek tilining lug‘at
boyligi ham turli tarixiy bosqichlarda shakllangan bo‘lib, unda o‘zbek xalqining asriy tafakkuri,
madaniy merosi va turmush tarzi aks etgan.
O‘zbek tilining lug‘at tarkibini bir nechta qatlamlarga bo‘lish mumkin: sofligicha saqlanib
qolgan tub o‘zbekcha so‘zlar, qadimiy turkiy ildizli birliklar, boshqa tillardan kirib kelgan
o‘zlashma so‘zlar (arabcha, forscha, ruscha, inglizcha va boshqalar), shuningdek, so‘nggi
yillarda paydo bo‘lgan yangi so‘zlar — neologizmlar. Har bir qatlam til taraqqiyotida muhim rol
o‘ynaydi.
Har bir so‘z uslubiy belgilari,qoʻllanish misollari,Sinonim, antonim yoki omonimlari bilan
keltirilgan Zamonaviy adabiy til me’yorlari asosida tuzilgan.Fan, texnika, huquq, iqtisod,
madaniyat, diniy va boshqa sohalarga oid so‘zlar ham keng yoritilgan.Asosan,yangi Oʻzbek
tilining izohli lugʻati yaratishda 1981 yilda tuzilgan ikki jildlik izohli lugʻati materiallaridan
foydalanildi.Tahlil qiladigan boʻlsak,ikki jildlik lugʻatdan foydalanilgan boʻlsa ham Oʻzbek tili
63
leksikografiyasini hisobga olgan holda ish tutildi.Izohli lugʻat ishlab chiqish vazifasi Alisher
Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti instituti(hozirgi Oʻzbek tili,adabiyoti va folklori
institutiga) yuklatildi.Ishlab chiqilish jarayonida avvalgi ikki jildlik lugʻatda berilgan "eskirgan"
"diniy"kabi belgilar ostida berilgan (yoki umuman berilmagan)tarixiy, etnografik, diniy
terminlarga yangicha yondashuv, oʻzbekcha yoki umumturkiy boʻlmagan soʻzlar
tuzilmalari(forscha, arabcha, ruscha va boshqa tillarga )mansub soʻzlar toʻgʻrisida mumkin
qadar maʼlumot berib oʻtilganligini koʻrishimiz mumkin.
Koʻrib oʻtganimizdek, ushbu lugʻat mukammal usulda ishlab chiqilgan, Badiiy asardan
namunalar orqali tushuntirilgan.
Lugʻatning meʼyoriyligi shundan iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, soʻz yasash va
ishlatish meʼyorlari tavsiya qilinadi. Buning uchun soʻzlar lugʻatga,oʻzlarining umummilliy
adabiy tilga munosabati,unda tutgan oʻrni va qoʻllanish doirasiga koʻra kelib chiqishi-
etimolgiyasi,zarur hollarda talaffuzi koʻrsatilgan, maʼnosi (yoki maʼnolari)aniqlangan va
izohlangan soʻzlarning,shu maʼnolarda toʻgʻri qoʻllanilishi Oʻzbek adabiy va ilmiy adabiyotidan,
matbuotdan olingan misollar-iqtiboslar bilan dalillangan.Oʻzbek tilining ushbu besh jildlik
lugʻatini tarkibi bilan tanishadigan boʻlsak, unda har bir harf uchun lugʻatlar tuzilib,qaysi tildan
kelib chiqqani, adabiyotdan olingan misollar orqali izohlanib ketilganiga guvoh boʻlamiz.
Xulosa qilib aytganda, oʻzbek tili lugʻat tarkibi mazmun va shakl jihatdan nihoyatda boy
va rang-barangdir. U uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan boʻlib, oʻz ichiga milliy
soʻzlar, qadimiy ildizlar, turkiy tillar oilasidagi umumiy birliklar, shuningdek, boshqa tillardan
o‘zlashtirilgan soʻzlarni olgan. Lugʻat tarkibi tilning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va texnologik
taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliq holda doimiy ravishda boyib boradi. Shunday qilib, oʻzbek tili
lugʻat tarkibi nafaqat tilshunoslik nuqtayi nazaridan, balki xalqimizning madaniy-maʼnaviy
merosining ajralmas qismi sifatida ham katta ahamiyatga ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati (5 jildlik). – Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti, 2006–2008.Online versiyasi:
https://til.gov.uz/ozbek-tilining-izohli-
2.
https://www.ziyouz.com/kutubxona/category/9-o-zbek-adabiy-
tili?download=4950:xolmanova-z-tilshunoslikka-kirish
3.
https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/tilshunoslik/o-rta-osiyoda-tilshunoslik
4.
https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13165_1_C4223CA92599794D5D52E17D1114BF8F6
8CF15
5.
https://api.ziyonet.uz/uploads/books/47828/5b30b5889eb7b.pdf
6.
Cyberleninka.ru/article/n/tilshunoslik-terminlarining-shakliy-strukturasi-tahlili
7.
https://tilmoch.ai/ru/translator