Authors

  • Nigora Adizova
    Buxoro davlat Pedagogika instituti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52268

Keywords:

divergent intellektual diqqat idrok assotsiatsiyalar jarayoni tafakkur reproduktiv ijodiy fikrlash.

Abstract

Maqolada ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli o‘qitishdir. Muammoli o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishdan iboratligi ta’kidlab o‘tildi.


background image

99

TALABALARNI ONA TILI DARSLARIDA DIVERGENT TAFAKKURNI

SHAKLLANTIRISH MUAMMO SIFATIDA

Adizova Nigora Baxtiyorovna

Buxoro davlat Pedagogika instituti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14279949

Annotatsiya:

Maqolada ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu

muammoli o‘qitishdir. Muammoli o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish
orqali yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishdan iboratligi ta’kidlab o‘tildi.

Kalit so‘zlar:

divergent, intellektual, diqqat, idrok, assotsiatsiyalar jarayoni, tafakkur,

reproduktiv, ijodiy fikrlash.

Hozirgi ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli

o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini
shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
Pedagogik adabiyotlarda muammoli o‘qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli
o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirishdan iborat.

Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan

o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan mavzular
hususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab
chiqish zarur. Shunday qilib, o‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki “fikr yo‘lidagi
kutilmagan to‘siq” bilan bog‘langan aqliy mashaqqat xolati emas. U bilish maqsadlari maxsus
taqozo qilgan aqliy taranglik xolatidir. Bunday vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilimlar
va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi.

Muammoli ta’lim talabalarning aqliy harakatlarida tayyor aqliy mashqdan

foydalanishida yordam beradi. Muammoli ta’lim o‘qituvchidan talabalarning sistematik
suratda bilish harakatlarini keltirib chiqaradigan muayyan harakatlarni talab qiladi.

Bu harakatlar yangi tushunchaning mohiyatini ochib beruvchi usulni mustaqil o‘rganishi

bilan xarakterlanadi.

Muammoli ta’lim bilan an’anaviy ta’lim orasidagi farqni bir ikki holatda ko‘ramiz.
Ular asosan maqsad va pedagogik prosessni tashkil qilish tamoyillariga ko‘ra farq qiladi.
Tarkib topayotgan ta’lim tipining maqsadi – ilmiy bilish natijalarini o‘zlashtirish

o‘quvchilarni fan asoslari bilan qurollantirish hamda ularda tegishli ko‘nikma va malakalarni
hosil qilishdir.

Muammoli ta’limning maqsadi ilmiy bilish, bilimlar sistemasi natijalarini

o‘zlashtirishgina emas, balki bu jarayon natijalariga erishish yo‘lini ham o‘zlashtirishdir.

O‘quvchining mustaqil bilishini shakllantirish hamda uning ijodiy qobiliyatini

o‘stirishdir.

“O‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan izohli-illyustrativ ta’lim asosida o‘quvchilarga

fandagi tayyor xulosalarni berish yotadi.”

1

Muammoli ta’limni tashkil qilish asosida

o‘quvchining mustaqil bilishini hsakllantirish hamda uning ijodiy qobiliyatini o‘stirishdir.

Izohli ta’limda o‘quvchilarning izlanishli faoliyat elementlari ayniqsa predmet

mazmunining o‘zi masalani yechishni kuzatishni umumlashtirishni nazarda tutadigan tabiiy

1

Maxmutov M. Maktabda problemali ta’limni tashkil qilish. T. “O’qituvchi”, 1981, 18-bet.


background image

100

matematika sinfidagi predmetlarni o‘rganishda istisno qilinmaydi. Biroq o‘qituvchitomonidan
fandagi tayyor xulosalarni o‘quvchilarga yetkazish, xususan ijtimoiy sikldagi predmetlarda
ustunlik qiladi.

Muammoli ta’limda ham reproduktiv faoliyatni talab qiladigan masala va topshiriqlarni

o‘qituvchi tushuntirib berishi va uni o‘quvchi tomonidan bajarilishi istisno qilinmaydi. Biroq
tabiiy-matematika sikli predmetlarida izlanishli faoliyat tamoyili ayniqsa ustunlikka ega.

Shunday qilib o‘quv jarayonini tashkil qilish xarakteri muammoli ta’limning izohli

ta’limdan farqi negizida qurilgan. Izohli ta’limda o‘qituvchi dalillarni o‘zi bayon qiladi, o‘zi
ularni tahlil qiladi va yangi tushunchakarning mohiyatini tushuntiradi. Yangi teoremalar,
qoidalar, qonunlarni aniqlashni o‘zi ta’riflaydi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda muammoli
vaziyatlar yo‘q.

Bunda talabalar o‘qituvchining tushuntirganlarini tinglaydilar va idrok etadilar hamda

yangi bilimlarni esda qoldirish yo‘li bilan yangi harakatlarni esa o‘qituvchi harakatiga taqlid
qilish yo‘li bilan o‘zlashtiradilar.

Muammoli ta’limda o‘qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab

tushunchalar mazmunini tushuntira borib muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga
keltiradi, o‘quvchilarni dalillardan xabardor qiladi va ularning o‘quv bilish faoliyatini hsunday
tashkil qiladiki, bunda o‘quvchilar dalillarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa va
umumlashmalar qonunlarni aniqlab ifoda qilishni yoki ma’lum bilimlarni yangi vaziyatlarda
mustaqil qo‘llanishni yoki nihoyatda borliqni badiiy tasvirlashni o‘rganadi, insho yozadi, rasm
chizadi.

Natijada o‘quvchilarda aqliy operatsiya va harakatlar malakasi bilimlarni amaliyotda

qo‘llanish malakasi hosil bo‘ladi, diqqat, iroda, ijodiy tasavvur, faraz qilish rivojlanadi, yangi
bilimlarni kashf qilish hamda gipotezalarni ilgari surish va asoslash yo‘li bilan yangi harakat
usullarini topish qobiliyati tarkib topadi.

Tabiiyki, yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni mutlaq deb bilish to‘g’ri emas, chunki

o‘zlashtirish prosessning harakteriga ta’sir etuvchi boshqa omillar haqida gapirmaganda
o‘qituvchining o‘zi ham har bir o‘quvchi ham o‘z individualligiga egadir.Shuning uchun ham
aynan bir mavzuni muammoli o‘rganish usullari o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini
rivojlanish va umumta’lim tayyorligi darajasini shart qilib qo‘yadigan turli xil variantlarga ega.

Muammoli ta’lim bu-o‘quvchiga beriladigan bilimning qaysi qismini, qanday yo‘l bilan

berish muammosini samarali hal qilishga qaratilgan o‘qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta`lim
darsda bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi harakati bo‘lib, u
o‘quvchi shaxsidagi muhim belgi-ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. N.G.Dayri
aytganidek, darsda o‘rganiladigan mazmunning murakkab qismini o‘zlashtirishda
o‘qituvchining faoliyati qanday bo‘lsa, o‘quvchi faoliyatini ham shu darajaga etkazish
muammoli ta`limning asosiy maqsadidir.

References:

1.

Maxmutov M. Maktabda problemali ta’limni tashkil qilish. T. “O’qituvchi”, 1981, 18-bet.

2.

Богоявленская, Д.Б. Психология творческих способностей [Текст]: учеб, пособие

для студ. высш. учеб, заведений / Д.Б. Богоявленская. - М.: Академия, 2002. - 320 с.
3.

Вяткин, Л.Г. Самостоятельная работа учащихся на уроке [Текст]: лекция по


background image

101

педагогике для студентов университета / Л.Г. Вяткин. - Саратов: Изд-во Сарат. ун-та,
1978. - 25 с.

References

Maxmutov M. Maktabda problemali ta’limni tashkil qilish. T. “O’qituvchi”, 1981, 18-bet.

Богоявленская, Д.Б. Психология творческих способностей [Текст]: учеб, пособие для студ. высш. учеб, заведений / Д.Б. Богоявленская. - М.: Академия, 2002. - 320 с.

Вяткин, Л.Г. Самостоятельная работа учащихся на уроке [Текст]: лекция по педагогике для студентов университета / Л.Г. Вяткин. - Саратов: Изд-во Сарат. ун-та, 1978. - 25 с.