7
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA XOR TO‘GARAKLARNI TASHKIL ETISHNING
UMUMNAZARIY MASALALARI
Haqqulov Sherzod
San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15698601
Annotatsiya:
Ushbu maqolamizda, umumta’lim maktablarida xor to‘garaklarni tashkil
etishning umumnazariy masalalari yoritib berilgan bo‘lib, unda madaniyat va san’at
muassasalari, maktabdan va sinfdan tashqari tashkil etilayotgan xor to‘garaklari o‘quvchi-
yoshlarning musiqiy mafkurasini shakllantirish va ularni ongi-shururiga singdirish xususida
yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Musiqa, madaniyat, qadriyat, milliy tafakkur, urf-odat, tugaraklar, xor
jamoalari, san’at, mafkura, vosita, badiiy tugaraklar, musiqiy tugaraklar, teatr, muziy.
ОБЩЕТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ОРГАНИЗАЦИИ ХОРОВЫХ КРУЖКОВ В
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ
Аннотация:
В данной статье освещены общетеоретические вопросы организации
хоровых кружков в общеобразовательных школах, в которых за формирование
музыкальной идеологии учащихся и молодежи отвечают учреждения культуры и
искусства, хоровые кружки, организуемые вне школы и класса. объяснили, чтобы
внедрить их в их сознание.
Ключевые слова:
Музыка, культура, ценности, национальная мысль, традиция,
хоры, хоры, искусство, идеология, среда, художественные хоры, музыкальные хоры, театр,
музей.
GENERAL THEORETİCAL İSSUES OF ORGANİZİNG CHORAL CLUBS İN
SECONDARY SCHOOLS
Abstract:
In this article, the general theoretical issues of organizing choral clubs in
secondary schools are highlighted, in which cultural and art institutions, choral clubs organized
outside of school and classroom are responsible for forming the musical ideology of students and
young people. It was explained in order to inculcate them in their consciousness.
Key words:
Music, culture, value, national thought, tradition, choirs, choirs, art, ideology,
medium, artistic choirs, musical choirs, theater, museum.
KIRISH.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklarni tashkil etishda, xor
asarlarini o‘rgatish usullari, maktab va maktabdan tashqari madaniy va marifiy muassasalar shu
jumladan badiiy to‘garaklar o‘quvchilarning milliy mafkurasini shakllantirish va ongiga
singdirishdagi imkoniyatlarini beradigan asosiy vositalardan biri sanaladi. Ayniqsa, madaniyat
va san’at muassasalari, maktabdan va sinfdan tashqari tashkil etilayotgan xor to‘garaklari
o‘quvchi- yoshlarning musiqiy mafkurasini shakllantirish va ularni ongi-shururiga singdirishda
katta imkoniyatlar ishigini ochuvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, Umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida xor bilan ishlash uslublari kutubxona, teatr, kulublar, madaniyat uylari va
saroylari, istirohat bog’lari, muzeylar va boshqa muassasalar faoliyatidan ham keng foydalanish
o‘quvchi- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni dunyoqarashini
8
shakllantirishga xizmat qiladigan, ruhiy, ma’naviy ozuqa beradigan tadbirlar majmuasi
hisoblansada, ikkinchidan, ularni ijodkorligini shakllantirishga xizmat qiladigan hamda kasbga
yo‘naltirishga ilxomlantiradigan vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Mustaqil davlatimiz ravnaqiga rahna soluvchi har-xil dinniy
aqidaparastlik g’oyalari, axloqsizlik, “universal demokratik”, egotsentrizim15, giyohvandlik kabi
illatlarni keltirib chiqaruvchi buzg’unchi g’oyalar va ta’didlar mafkurasidan uzoq holda
tarbiyalanish sharoitlarini yuzaga keltiradi. Yanada to‘g’riroq qilib aytganda har qaysi
o‘quvchining tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib o‘qishiga qaratilgan uning aynan ruhiy dunyosini
izidan chiqarish maqsadini ko‘zda tutgan mafkuraviy g’oyaviy va infarmatsion xurujlarni
nazarda tutiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu muammolarning yechimi sifatida o‘quvchi–yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli,
foydali o‘tkazish uchun maktabdan tashqari ta’lim jarayonini bugungi kun talablari darajasiga
ko‘tarishda aynana xor asarlaridan foydalalanish o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi mazkur
tadqiaot jarayonida bir qator o‘z isbotini topdi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklart asosida musiqa mashg’ulotlarini
tashkil etish shaxs ma’naviy madaniyatining ajralmas qismi, shaxs hulqini boshqarishga,
shakllantirishga yordam beradigan, shaxsning ko‘p qirrali sifati hisoblanib, uning umumiy
yetuklik darajasini ifodalaydigan tarbiyalanganlik darajasini belgilab beradi. Bu o‘z navbatida,
nafaqat turli sifatlarni mavjudligi, balki bo‘lmasligi bilan bog’liq holda umuminsoniy fazilatlar
mujassamlagan g’oyalar qay darajadaligi bilan ham bog’liq.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklarni tashkil etishning turli usullari
yuzaga kelmoqda. O‘quvchi yoshlarning xor asarlari asosida
Egotsentirizim xudbinlik ko‘rinishi bo‘lib, faqat o‘zini, o‘z manfaatlarini o‘ylab yashash,
boshqa narsani tan olmaslikni anglatadi. Bu illatning insoniyatga yetkazadigan zarari nuqtai
nazaridan jaholat va aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi. Loqaydlik o‘z manfaatni hamma
narsadan ustun qo‘yish, xudbinlik, shuhratparastlik kabi salbiy odatlar egotsentirizim dardiga
duchor bo‘lgan odamning asosiy xususiyatlaridir.
O‘qitishning samarali usullari oila, maktab, jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot
vositalarining o‘rni juda katta bu masalani ham unutmaslik lozim. Maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarining bu boradagi roli alohida ahamiyat kasb etadi. Badiiy havaskorlik bo‘yicha
maktabdan tashqari tarmoqlar ko‘payib bormoqda, bu o‘z o‘rnida o‘quvchi-yoshlarning
tarbiyasiga ijobiy ko‘mak bersa-da, samaradorlik yetarli darajada bo‘lishi bir oz qiyin bo‘ladi.
“Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa, -deb taьkidlagan edi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Mustaqilligi asoschisi Islom Karimov, - ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy
g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik,
millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi tamoyillarning maьno-mohiyatini bugungi
kunda mamlakatimizda olib borilayotgan maьnaviy-maьrifiy, taьlim-tarbiya ishlarining
markaziga qo‘yish, ularning yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil
fikirlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”16.
NATIJALAR
Bu vazifani amalga oshirishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklarni
tashkil etish usullarini yanada jonlantirishimiz, o‘quvchilarni turli badiiy, kasbiy, musiqi
to‘garaklarda keng jalb etishimiz shart. Muhtaram Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev bu borada
9
bejizga o‘zlarning tashabbuslari bilan chiqqan emaslar. CHunki, haqiqatdan ham ushbu
tashabbus o‘quvchi-yoshlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan xor
asarlaridan musiqiy mashg’ulotlarni tashkil etishda ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli
o‘tkazishlariga, ijodkorligini shakllantirishda, kasbga yo‘llash mexanimlaridan biridir.
Darhaqiqat, bu o‘rinda “Musiqa” fani ham maktabdan tashqari muassasalardagi badiiy
to‘garaklarning pedagogik imkoniyatlarini ochib berishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
CHunki umumiy o‘rta maktab ta’limi tizimidan farqli ularoq, xor to‘garaklarga o‘quvchilar o‘z
qiziqishlari va ixtiyori bilan keladilar mashg’ulotlarda individual yondoshish imkoniyatlari keng.
Individual yondoshuv printsipi o‘zbek milliy musiqa san’atida azaldan mavjud bo‘lgan
ustoz-shogird an’analarini o‘zida aks ettiradi. SHu bois milliy – musiqa qadryatlarni o‘quvchilar
ongiga shakllantirish oson kechadi. Xor musiqiy to‘garaklari faoliyati ta’lim ustvorligi,
umuminsoniy qadriyatlarni va milliy musiqa durdonalarini o‘rganish tamoyilllariga asoslangan
bo‘lishi zarur. Bu o‘rinda ilk qadamlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21
mayda qabul qilingan “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy
dasturi to‘g’risida”gi Farmonida maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim mazmunini
takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan qarorlarida o‘z aksini oopgan edi. Endilikda
xukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim tizimida juda katta e’tibor
berib, uni yanada takomillashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu o‘rinda mamlakatimizda ta’lim-
tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonlari
sifat darajasini umume’tirof qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq tubdan
yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
MUHOKAMA
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash hamda rag’batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018 yil 12 dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 997-son qarori qabul qilindi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ- 112-sonli
Qarorida aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish
xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, tsirk va
boshqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga
qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-
quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg’ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va
o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek,
2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga
e’tibor va sifatli ta’lim”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2022/2023 o‘quv
yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini
oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh
iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga
oshirilishi belgilandi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklarni tashkil etish
o‘quvchilarni faolyatini qaram olish borasida maktabdan tashqari muassasalar o‘z faoliyatlarini
“Maktabdan tashqari muassasa to‘g’risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiradilar. Mazkur nizom
asosida ma’alliy xususiyatlarni, o‘zining yo‘nalishlarini, rivojlanish istiqbollarini jamoa
10
normalari, qoidalari va an’analarini, moddiy texnikaviy ahvolini moliyaviy ta’minotini, faoliyat
dasturini hisobga olgan holda har bir maktabdan tashqari muassasada o‘z ustavi ishlab chiqiladi.
Ustav xalq ta’limining yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi. Ustavda maktabdan tashqari
muassasalarning maqsad va asosiy vazifalari o‘zgartirilishi, o‘quvchilar va pedagog xodimlarning
huquqlari chegaralanishi mumkin emas.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda umumta’lim maktablarida sinfdan va maktabdan
tashqari ta’lim - tarbiya jarayonini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda
amaliyotga tatbiq etish va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyat samaradorligini
oshirish muhim ahamiyatga ega. Maktabdan tashqari ta’limning faoliyat doirasi keng qamrovli
bo‘lib, unda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha ma’lum
imkoniyatlar mavjud va qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktab “Musiqa” o‘quv fani bilan bir
qatorda o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishda maktabdan
tashqari ta’lim muassasalarning ahamiyatini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim.
XULOSA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklarni tashkil etilayotgan
mashg’ulotlar asosan o‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqlarini mazmunli o‘tkazishlari, ijodkorligini
shakllantirish, kasbga yo‘naltirish bilan bir qatorda o‘quvchilarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan
tarbiyalashning quyidagi asosiy vazifalarni hal etilishiga ham xizmat qilishi kerak:
- talaba shaxsining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklarni tashkil etish
huquqni ta’minlash, o‘quvchi–yoshlarga maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari
asosida bilim, ko‘nikma va malakalar berish va mazkur talablar asosida ta’lim dasturlarini
o‘zlashtirishga erishish;
- o‘quvchi - yoshlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xor musiqa to‘garaklarni tashkil
etish, ular ongida komil insonga xos hislatlar – vatanparvarlik tuyg’ularni shakllantirish orqali
ularni turli xil yod g’oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- yoshlarni xalqimizning urf-odatlari, madaniyati va davlat tiliga xurmat ruhida tarbiyalash
va ularni boshlang’ich kasb xunarga yo‘naltirish;
- o‘quvchi–yoshlarning qiziqish va e’tiyojlariga javob beruvchi ta’lim mazmunini muntazam
ravishda ilg’or, milliy va yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash;
- o‘quvchi–yoshlar hayotining oliy qadryati bo‘lgan ma’natga munosabatingi tarbiyalash;
- qo‘shimcha ta’lim berish hamda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdagi faoliyatga
tayyorlash uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasini amalga
oshirish.
Muammoning tarbiyaviy–nazariy asoslarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, maktabdan va
sinfdan tashqari olib boriladigan musiqa to‘garaklari o‘quvchilarni tarbiyalashda dolzarb
pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi. Mazkur muammo uzviy va doimiy ravishda davom
etadigan jarayondir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev SH.M. Erkin va faravon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2016y.
2.
Mirziyoyev SH. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taominlash – yurt taraqqiyoti va
11
xalq faravonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2016 y.
3.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘ьrisida.” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. 1-ilova: “2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi”. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 8 fevral soni va Internet resurs: www.lex.uz.
4.
Yo‘ldoshev J.G’., Usmonov S.A. Pedagog texnologiya asoslari. Toshkent “O‘qituvchi” 2004 yil.
5.
Tolipov Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. Toshkent “Fan”
2006 yil.
6.
Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. Mehruzalar matni. Toshkent FTDK, DITAF 2000
YIL.
7.
Mavlyanova, To‘raeva O., Xolikberdiev K. Pedagogika. Toshknt “O‘qituvchi” 2001 yil.
8.
Nurmatov X., Norxo‘jaev N.. Musiqa 2- sinf. T.G’. G’ulom.
9.
Nurmatov X., Norxo‘jaev N.. Musiqa 3- sinf. T.G’. G’ulom.
10.
Ibragimov O., Ibragimov J.. Musiqa 4-sinf. T.G’.G’ulom, 2003 yil.
11.
Mansurov A., Karimova D.. Musika 5-sinf. T. G’. G’ulom 2003 yil.
