55
OGAHIY POEZIYASIDA DIALEKTIZMLAR
Norboyeva I.D.
UrDPI Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15743281
Ogahiy poeziyasidagi o'g'uz lahjasiga oid morfologik elementlar. Odatda, grammatik
elementlar deganda, kelishik, egalik, ko'plik kategoriyalari affikslarining so'z o'zak-negiziga
qo'llanilishida o'ziga xoslik, bir kelishik qo'shimchasi o'rnida ikkinchisining qo'llanilishi nazarda
tutiladi. Badiiy asar tilida esa bunday elementlarning - shevalarga xos xususiyatlarning aks
ettirilishi natijasida uning xalqchilligi ta'minlanadi.
Grammatik elementlarning bu turi adabiy tilning grammatik me'yorlaridan tashqarida
bo'lgani uchun, kitobxon diqqatini tezda o'ziga jalb etadi, o'quvchiga g'ayritabiiy hodasadek
tuyuladi. Shevaga xos grammatik grammatik elementlar (dialektizmlar) ayni shu g'ayritabiiyligi
bilan estetik assotsiatsiyalarni paydo qiladi. Nutqning hududiy mansubligini osonlik bilan
ta'kidlaydi.
Ogahiy poeziyasidashevalarga xos grammatik elementlar, ko'pincha, jo'nalish kelishigi
qo'shimchasining turli variantlarda qo'llanishi, shuningdek, ba'zi sifatdoshlarda, fe'l turkumiga
oid so'zlarda uchraydi.
Ogahiy g'azallarida jo'nalish kelishigi qo'shimchasining -a, -a, -ga, -ka, - g'a, -na shakllari
juda ko'p uchraydi. Bulardan -a varianti qadimgi turkiy bo'lib, u hatto O'rxun yodnomalarida
ham iste'molda bo'lgan: bodun - bodunuma (xalq - xalqimga). Ogahiy ijodida -a dan tashqari,
jo'nalish kelishigining -na varianti ham qo'llanilganki, bu Navoiy asarlari uchun ham xosdir.
Ogahiy poeziyasida hozirgi umumxalq tilidagi jo'nalish kelishigidagi -ga, -g'a, -qa, -ka, -a, -a, -na
variantlarining deyarlik hammasi iste'molda bo'lgan. Jo'nalish kelishigining -a, -a affiksli formasi
hozir ham j-lovchi o'zbek shevalarida ham uchraydi. Lekin bu forma, aslida, til tarixi
ma'lumotlariga qaraganda, o'g'uz tillariga xosdir. Bulardan -a, -a, -na variantlari o'g'uz va
qipchoq shevalari hamda Ogahiy she'riyati uchun ham xosdir:
Quchmoq erur Ьeling hazin ko'ngluma muaddao, dedim, Yo 'qmu uyoting ushbu so 'z
degali, ЬeiЬo, dedim.
Ul nav' tamavvuj yana ko'z yoshima yetti - Kim, oshti boshimdin dema suv boshima yetti.
Ko'rgan kishi g'am bahrida amvoji balo der, Chinlarki alam zahrin ichib qoshima yetti.
Yolg'uz dema, ohim o'ti kuydirdi tanimni, Kul qildi ichim avvalu so'ng toshimayetti...
Ko'b so 'z demak o'lturdi mani, Ogahiy, o%ir,
Faryodki, til tiyg'i maning boshima yetti.
Hozirda o'g'uz lahjasining ayrim shevalarida, xuddi o'zbek mumtoz tilidagidek, jo'nalish
kelishigining -na varianti ham qo'llaniladi. Bu qo'shimchani F. Abdullayev jo'nalish kelishigi
affiksining egalik bilan turlangan varianti ekanligini ta'kidlaydi.
Mushkin qoshining hay 'ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur nun eltibon
sod ustina.
Qilg'il tamosho qomati zebosi birla orazin,
Gar ko'rmasanggul bo'lg'oninpayvandshamshodustina.
Nozu adou g'amzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah, muncha ofatmu bo'lur bir odamizod
ustina.
56
Ma'lumri, Xorazm o'g'uz (Hazorasp-Yangiariq), Sho'raxon, Qarnob, Namangan, Farg'ona,
Pop, O'zgan-Jalolobod, O'sh, Qashqadaryo (qipchoq) shevalarida so'z o'zak-negizidan keyin
tushum kelishigi qo'shimchasi -'i//-i shaklida ishlatiladi. O'zbek tilining taraqqiyotida bu
an'ananing Xorazm adabiy tili ta'sirida rivojlangan Oltin O'rda adabiy tilida, jumladan,
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sida ham davom etganligini ko'rish mumkin (ko'nglumi,
o'zumi). Ushbu holat Ogahiy poeziyasida iste'molda bo'lgan qarori, firori, kanori, nigori, uzori
kabi so'zlar misolida ko'rish mumkin:
Toki ul oy hajrida sabru qarori ko 'zloli, Emdi oning ishqi dardidin firori ko'zloli,
Bizdin ul andoqki ondin biz kanori ko'zloli, Ey ko 'ngul, kelgil ikov bo'lub nigori ko'zloli,
Sarvi qaddin istabon siymin uzori ko'zloli.
Xorazm o'g'uz va qipchoq shevalari, shuningdek, eski o'zbek tilida fe'lning o'tgan zamon
sifatdoshi shakli va vazifasi bir xil ishlatiladi. Ogahiy poeziyasi tili bilan bu mushtarakni
ta'minlashda -oli qo'shimchasi yordam beradi. Bu yuqoridagi misralardagi ajratib ko'rsatilgan
ko'zloli so'zida ko'zga tashlanadi. -(a)li//-(a)li affiksli forma o'zbek tilida XV-XVII asrlar uchun
xarakterli bo'lib, bu davrda buyruq-istak mayli 1-shaxs ko'plik ma'nosini ifodalashning asosiy
formasi sifatida yodgorliklarda keng qo'llanilgan. Ushbu qo'shimcha Xorazmiyning «Muhabbat-
noma»sida ham xuddi shu (baral'i, kelali) tarzda ishlatilgan. Xorazm va Movarounnahrda hukm
surgan kitobiy-poetik til traditsiyasi davom ettirilganligi, shuning uchun ham unda qipchoq-
o'g'uz tili elementlari mavjudligini inobatga oladigan bo'lsak, bu affiksning Ogahiy poeziyasida
morfologik dialektal element sifatida ishtirok etganligi namoyon bo'ladi.
Sarvi ravon, etma bu dam bog'i nishiman, Nagisyuri, san dog'i maqom aylamagulshan,
Bulbul iki minqoringi et noladan alkan, Der gullaringi bodi sabo sahni chamandan, Kim bog'a
gezan ulyuzi gul, bargi tarimdur.
Til taridan ma'lumki, o'zbek tilining qarluq-xorazm adabiy tili qoraxoniylar davlati
qulagandan keyin Xorazmda rivojlangan. Qarluq-xorazm adabiy tili mo'g'ullar istilosidan keyin
bir-biriga yaqin ikkita adabiy tilning shakllanishiga sabab bo'ldi. Ulardan biri Oltin O'rda yoki
Xorazm adabiy tilidir. Qarluq-xorazm guruhidagi adabiy til, N. A. Baskakovning fikricha, eski
o'zbek tiliga asos bo'ldi. Qarluq-xorazm adabiy tilining yodgorligi sifatida Ahmad Yassaviyning
«Devoni hikmati»ni, «Qissai Rabg'uziy» asari va Alining «Qissai Yusuf» dostonini ko'rsatish
mumkin. Ali Yusuf va Zulayho haqidagi diniy-afsonaviy sujetni ijodiy qayta ishlab, unga dunyoviy
ruh berib, o'g'uz dialekti xususiyatlari ustun bo'lgan adabiy tilda «Qissai Yusuf» dostonini yozadi.
Asarda hozirgi-kelasi zamon fe'li uram (uraman), qilam (qilaman), achman (ochmayman) tarzida
uchraydi.
Hozirgi-kelasi zamon fe'lining 1-shaxs bo'lishsiz formasi -man//-man affiksi bilan hosil
qilingan bo'lib, u eski o'zbek tilining barcha yozma yodgorliklarida uchraydi.
Navoiyning nazmiy asarlarida hozirgi-kelasi zamon fe'lining birinchi shaxs birlik bo'lishsiz
formasi -man(am) formasi bilan yasaladi. Bu forma hozir turkman tiliga xos formadir. «Abushqa»
lug'atida bu formaning ikkinchi shaxs birligi -man keltiriladi.
Dedi: dardimg'a gar davo korman,
Buyla zulm-e sena ravo korman.
