45
BOSHLANG’ICH TA’LIM ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Tovboyeva Gavhar Nurali qizi
O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Telefon raqam. +998 93 120-22-62
https://doi.org/10.5281/zenodo.15730036
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda ona tili fanini o‘qitish jarayonida
innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Xususan,
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar – “Aqliy hujum”,
“Muammoli ta’lim” va “Kichik guruhlarda ishlash” usullarining amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ularning
o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga ta’siri yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, boshlang‘ich ta’lim, ona tili,
ta’lim samaradorligi.
Annotation:
This article explores the effective use of innovative technologies in teaching the
mother tongue in primary education. In particular, it analyzes the practical application of
interactive methods such as "Brainstorming", "Problem-Based Learning", and "Working in Small
Groups", which contribute to increasing students’ interest in lessons, developing independent
thinking skills, and enhancing the effectiveness of education. The article also highlights the
significance of innovative pedagogical technologies and their impact on shaping students’ creative
and critical thinking abilities.
Keywords:
innovative technologies, interactive methods, primary education, mother
tongue, educational effectiveness.
Аннотация:
В данной статье освещаются вопросы эффективного использования
инновационных технологий в процессе преподавания родного языка в начальном
образовании. В частности, проанализировано практическое применение интерактивных
методов — «Мозговой штурм», «Проблемное обучение» и «Работа в малых группах»,
способствующих повышению интереса учащихся к урокам, развитию навыков
самостоятельного мышления и повышению эффективности обучения. Также в статье
раскрывается значение инновационных педагогических технологий и их влияние на
формирование творческого и критического мышления у уучащихс.
Ключевые слова:
инновационные технологии, интерактивные методы, начальное
образование, родной язык, эффективность обучения.
KIRISH.
Insoniyat tafakkuri taraqqiy etgan sari, ta’limga bo‘lgan yondashuvlar ham
yangilanib, shakl va mazmun jihatidan boyib bormoqda. Chunki bugungi kun bolasi — bu kechagi
dunyoning davomchisi emas, balki yangi zamonning serqirra, o‘z fikri va qarashlariga ega bo‘lgan
avlodidir. Ularning anglash darajasi, bilishga bo‘lgan ehtiyoji, fikrlash sur’ati va ifoda vositalari
ham avvalgidan farqlidir. Ana shunday sharoitda ta’lim tizimi, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim — o‘z
metod va uslublarini yangilash, yangicha texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali zamon bilan
hamnafas bo‘lishi kerak.
ASOSIY QISM.
Boshlang‘ich ta’lim – bu bolaning ongida bilimga bo‘lgan muhabbatni
uyg‘otuvchi ilk zamin, uning kelgusidagi intellektual o‘sishini belgilab beruvchi poydevordir. Bu
46
bosqichda dars berish oddiy bilim uzatishdan ko‘ra, bola qalbiga yo‘l topish san’atidir. Ayniqsa,
ona tili fanining bu jarayondagi o‘rni alohida: u bolaning nutqiy salohiyatini rivojlantiradi, fikrini
aniq ifodalashni o‘rgatadi, tafakkurini yo‘naltiradi, milliy qadriyatlar bilan tanishtiradi. Zamonaviy
pedagogika tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, an’anaviy usullargina bugungi o‘quvchini to‘laqonli
o‘rganishga jalb eta olmaydi. Shu sababli innovatsion texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, axborot-
kommunikatsiya vositalari, virtual platformalar va raqamli ilovalar yordamida tashkil etilgan
darslar — nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki bolalarning ichki dunyosiga mos ravishda ta’sir
etadi. Bu esa bilimni quruq yodlash emas, balki his qilish, tushunish va amalda qo‘llashga olib
keladi.
O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z
fuqarolarining, xususan o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol,
aqlan raso bo‘lib tarbiyalanishiga, zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan qurollangan holda ta’lim
olishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Respublikamizda ta’lim tizimiga e’tibor va munosabat tubdan
o‘zgargan. Barkamol shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosati doirasiga ko‘tarilgan bo‘lib,
uni amalga oshirish jarayoni hisoblangan pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlash esa, ta’lim
muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik jarayon ishtirokchilari va boshqa
mutaxassis xodimlarning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish mexanizmlarini
yaratish, innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyatini belgilaydi. Hozirgi davrga kelib,
umumta’lim maktablarda darslarni tashkil qilishning noan’anaviy usullaridan foydalanishning
afzalliklari har bir zamonaviy pedagog o’qituvchi tomonidan e’tirof etilmoqda. Zamonaviy
pedagogika ilmida innovatsion texnologiyalar quyidagi asosiy tamoyillar asosida rivojlanmoqda:
1.Shaxsiy yondashuv – har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos ta’lim berish;
2.Muammoli ta’lim – o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlar asosida fikrlashga undash;
3.O‘quvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatini rag‘batlantirish – bilim olish jarayonini
faollashtirish;
4.Texnologik vositalardan foydalanish – interaktiv doskalar, raqamli darsliklar va
multimedia materiallari orqali ta’lim samaradorligini oshirish.
Ushbu metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning mavzularni puxta o‘zlashtirishiga, tanqidiy
va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga imkon yaratadi. Interfaol metodlar, jumladan,
“Aqliy hujum”,
“Muammoli ta’lim”
va
“Kichik guruhlarda ishlash”
texnologiyalari ta’lim jarayonini yanada qiziqarli
va samarali qiladi. Ushbu noan‘anaviy interfaol usullar yordamida o‘quvchilarga qo‘shimcha
mashqlar bajartirganaimizda o‘qish-o‘rgatish jarayonini yaxshi o‘zlashtirishga olib keldi. O‘z
vaqtida aloqani tikladi. Motivatsiya yuqori darajada bo‘lishini ta'minladi, o‘tilgan materialni puxta
xotirada saqlab qolishga imkon berdi. Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga
yordam berdi. Aqliy hujum interfaol metodidan foydalanganimizda, mashq shartidan kelib chiqib
o‘quvchilar aqliga hujum qilinadi, o‘quvchilarda fikr va g‘oyalar tug‘iladi. Bu fikr va g‘oyalarni
umumlashtirib, yagona, to‘g‘ri xulosa chiqariladi. Muommli ta‘lim interfaol usulidan foydalanib,
o‘quvchilarga o‘tilgan mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni vujudga keltirib, ularning ushbu
muammoli vaziyatni bartaraf etishlarini kuzatish, to‘g‘ri yo‘lga boshlashi mumkin. Masalan, bir
muammoli vaziyatni koʻrib chiqsak:
Muammoli vaziyat:O‘qituvchi sinfga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: ‘‘Agar biror so‘zni
eshitsang-u, uning qanday ma’noda aytilganini tushunmasang, nima qilasan? Deylik, ‘‘oyoq” so‘zi
hayvonga ham, odamga ham, hatto stolga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Nega shunday ”.
47
O‘quvchilar ‘‘so‘z”ning ma’nosi kontekstdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkinligini
tushunishlari uchun, o‘z kuzatuvlari va tajribalari asosida fikr yuritadilar. O‘qituvchi bolalarga
quyidagi topshiriqni berishi mumkin :“Oyoq” so‘zini 3 xil jumlada ishlating va har birida nimani
anglatayotganini tushuntiring.
O‘quvchilar javoblarini taqqoslaydilar, tushunadilar: so‘zlar kontekstdan kelib chiqib
turlicha ma’noni anglatishi mumkin. Bu ularni o‘ylashga, kuzatishga, ifodalashga undaydi.
Muammoli darsning pedagogik afzalliklari:
O‘quvchilar tayyor ma’lumotni yodlash emas, o‘z xulosasini chiqarishga intiladi.
Savollar orqali fikr yuritish, mantiqiy aloqalarni aniqlash ko‘nikmasi rivojlanadi.
Faol ishtirok, qiziqish va jarayonga chuqur singib ketish ortadi.
O‘qituvchi o‘quvchiga yo‘l ko‘rsatuvchi, sherik sifatida namoyon bo‘ladi.
Kichik guruhlarda islash interfaol metodidan dars jarayonida kengroq foydalanish kerak,
chunki ushbu metod o‘quvchilarni dars davomida quvnoqroq bo‘lishini, kayfiyatlarini yuqori
bo‘lishini ta’minlaydi. Mavzuni mustahkamlashda mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarishdan
oldin, sinf o‘quvchilarini bir nechta kichik guruhlarga bo‘lib olinadi. O‘quvchilarning taklif, istak
va talablarini hisobga olgan holda kichik guruhlar nomlanadi. O‘quvchilarga ushbu kichik guruhlar
o‘rtasida “Kim epchil, chaqqon va bilimdon” deb nomlangan musobaqa o‘ynashimizni aytib,
musobaqa sharti ularga tanishtiriladi.So‘ng har bir kichik guruhdan bittadan o‘quvchini doskaga
chiqarib, berilgan mavzuga oid qo‘shimcha mashqni shartiga ko‘ra bajarish buyuriladi. Mashq
bajarib bo‘lingandan so‘ng g‘olib va mag‘lub jamoalarga tegishli ballarni qo‘yib, ushbu ballar
izohlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kichik guruhlarda ishlash interfaol usuli yordamida
mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarganlarida erkin harakat qildilar, jamoalar g‘alabasi uchun
kurashdilar, mashqni tez va sifatli bajarishga harakat qildilar. Boshlang‘ich sinflarda mavzuga oid
qo‘shimcha mashqlar bajarish, ayniqsa, mashqlarni interfaol dars metodlari yordamida bajarish
o‘quvchilarni mavzuni puxta egallashlarida, o‘zbek tilining o‘ziga xos grammatikasini o‘rganishda
juda ham katta ahamiyatga ega. Xususan, boshlang’ich ta’lim darslarida texnika vositalari va
interfaol metodlarni qo’llash orqali o‘quvchilarga taqdim etilayotgan yangi materialni osonroq
yetkazishni ta’minlashga erishiladi. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishdan
ko‘zlanadigan asosiy maqsadlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
birinchidan, ta'lim tizimini jadallashtirish;
ikkinchidan, jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi jamiyatda har qanday axborotlarni
o‘quvchilarga yetkazishda vaqtdan unumli foydalanish;
uchinchidan, bilim berishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish va o‘quvchilarni ta’lim
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish;
to‘rtinchidan, mustaqillik, erkin fikr, o‘zaro hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yish.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tkazilgan har bir dars o‘quvchilarni erkin
fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini bayon qilishga imkon yaratadi. Jamiyatimiz rivoji, barqarorligini
ta’minlashda, eng avvalo, olingan axborotlarni mustaqil tahlil eta oladigan, erkin fikrlaydigan
yoshlar zarur. Shuning uchun ham o‘quv-tarbiya jarayonida innovatsion usullar,
texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Pedagogik texnologiyalarni ta’limda qo‘llash
o‘quvchilarning bilimli va yetuk malakali bo‘lishlarini ta’minlaydi. “Innovatsiya” inglizcha so‘z
bo‘lib, “yangilik kiritish”, “yangilik” degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar orqali
ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik va o‘zgartirish kiritiladi va bu jarayon
interfaol usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
48
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli metodlardan foydalanilgan darslarda o‘quvchilar
mavzularni 30-40% yaxshiroq o‘zlashtiradi va ularning darsga bo‘lgan motivatsiyasi ortadi.
Innovatsion pedagogik muammolar yechimini izlash ta’lim sohasida innovatsion jarayonning
xususiyati, mazmuni, tarkibini tasniflash va tekshirish natijalarini tahlil qilish bilan amalga
oshiriladi. Ta’lim jarayonini boshqarish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Mashg‘ulot
jarayonida o‘qituvchi o‘z faoliyati va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish yo‘llarini, o‘quvchilar
bilimini nazorat etish eng samarali usullarini ishlab chiqadi. Bu jarayonda interfaol usullardan
foydalanishning, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun zamin bo‘ladi. Interfaol usullar
zamirida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi yotadi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayonining
o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchining dars jarayoniga loqaydligi, nofaolligining oldi olinadi
va mustaqil fikrlash, ijod qilish, izlanishga jalb qilinadi, o‘quv jarayoniga, fanga bo‘lgan
qiziqishlarining doimiyligi ta'minlanadi. Pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qituvchi va
o‘quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta'minlashdir. O‘qitish jarayonida
maqsad bo‘yicha kafolatlanganmi natijaga erishishi mumkin. O‘quv jarayonida o‘quvchilar
mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsa, ko‘zlangan maqsad amalga
oshadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi, o‘qitish
jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv fanining o‘ziga xos texnologiyasi bor.
Bugungi kunda bizga ma'lum va keng qo‘llanadigan usullardan
“Aqliy hujum”, “Klaster”, “Venn
diagrammasi”, “BBB”, “FSMU”
kabilar dars jarayonida o‘zlanining samarali natijalarini ko‘rsatib
kelmoqda
. “Qiyoslash metodi”, “Davra metodi”, “6x6x6”
kabi metodlarning dars samaradorligini
ta'minlashda o‘ziga xos o‘rni bor. Shuningdek, ona tili fanidan "Gapning ikkinchi darajali
bo‘laklari" mavzusi o‘rgatib bo‘lingandan keyin, o‘quvchilarga
“Guruhlarda ishlash metodi”
dan
foydalangan holda, “Men To‘ldiruvchiman!” mavzusida ijodiy matn tuzish topshiriladi. Bu
topshiriq yakka tartibda, kichik yoki katta guruhlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Mavzu
yuzasidan tuzilgan matn o‘quvchilar tomonidan taqdim qilinadi. Bu metod orqali o‘quvchilarning
jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma va og‘zaki
savodxonli o‘stirilib, ijodiy matn yaratish malakasi mustahkamlanadi. Ona tili darslarida
o‘quvchilarning yozma nutqi va imlosavodxonligini mustahkamlash maqsadida matn yaratish
yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin. Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning
ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o‘rganish jarayonida
asta-sekin bilib oladilar. Bu o‘rinda “So‘zning tarkibi” bo‘limi katta imkoniyatga ega. O‘quvchilar
bu bo‘lim materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan boyib borishi haqidagi
muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishdilar. Jumladan, “So‘zning tarkibi” bo‘limini o‘tish
jarayonida har bir so‘z turkumi yuzasidan ertak yaratish vazifasi topshirilsa, o‘quvchilarning
grammatikami savodxonligi o‘sish bilan bir qatorda, mantiqiy mushohada qilish qobiliyati
rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. Innovatsion texnologiyalar ta'lim sifati va samaradorligini oshirib,
ta'lim jarayoning markaziga o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini qo‘yadi, ta'lim jarayonining
yaxlitligini ta'minlaydi. O‘quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko‘rsatkichi, o‘quv-biluv
faoliyatini o‘zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o‘quvchi ongining predmetiga aylanishidir. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta'lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay
bilishi, o‘quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta'minlashi lozim.
XULOSA.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish nafaqat
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, balki ularning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish,
49
axborotni samarali tahlil qilish kabi ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Ona tili darslarida interfaol
usullardan foydalanish natijasida o‘quvchilarning nutqiy va yozma savodxonligi ortib, ta’lim sifati
sezilarli darajada oshadi. Kelgusida ushbu sohalarni yanada chuqur o‘rganish va amaliyotga keng
joriy etish zarur. Innovatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini
oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta'lim
jarayoniga tadbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan hisoblanadi. Ona tili darslarida
o‘zbek tiliga muhabbat va so‘zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor
beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o‘rganish jarayonida eksik-uslubiy ishlarga
katta o‘rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan
ham foydalaniladi. Ona tili o‘qitish jarayoni o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo‘lgan saranjom-sarishtalik,
mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirishga har bir pedagog
bugungi kun talabi doirasida yondashishi, innovasion texnologiyalardan unumli foydalanishi
zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikhar bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Xalq so‘zi, 2017.
2.
Yo'ldoshev J.G', Usmonov S.A. "Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy
etish". Toshkent, 2008.
3.
Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X va b. "Ona tili o'qitish metodikasi", Boshlang'ich
ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik, Toshkent "NOSIR" nashriyoti 2009. B. 395.
4.
Beknazarova X.S "Boshlang'i ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning
ahamiyati", Oriental Renaissance/ issue 5/2024/ Issn: 2181-1784.
5.
Rajabova S.K., "Zamonaviy texnologiyalar orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining
tafakkurini rivojlantirish". Ta'lim va rivojlanish jarayoni. 2023. B 73-75.
