20
TASVIRIY SAN’ATNING KELAJAK AVLOD TARBIYASIDAGI OʻRNI
Baymetov Botir Boltaboyevich
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori
Xamraqulova Muqaddam Tojiqoʻzi qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13837430
Annotatsiya.
Ushbu maqola umumiy oʻrta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fani
oʻqitilishining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni, fanning maqsad va vazifalari, fanning rivojlanishiga
hissa qoʻshgan jahon namoyondalari, tasviriy san’atning inson kamolotidagi ahamiyati toʻgrisida
keng fikrlar yuritadi hamda metodik tavsiyalar beriladi.
Аннотация:
В данной статье дано широкое мнение о роли преподавания
изобразительного искусства в общеобразовательных школах в воспитании молодежи,
представлены цели и задачи науки, мировые проявления, способствовавшие развитию
науки, роль изобразительного искусства в развитии человека и даны методические
рекомендации.
Abstract:
This article gives a broad opinion about the role of teaching fine arts in
secondary schools in the education of young people, presents the goals and objectives of science,
world manifestations that contributed to the development of science, the role of fine arts in
human development and gives methodological recommendations.
Kalit soʻzlar:
tasviriy san’at, oʻqituvchi, oʻquvchi, rassom, ijod, fikr, idrok, ta’lim-tarbiya,
yosh avlod, borliq, tabiat, koʻnikma, rassom.
Ключевые слова:
изобразительное искусство, творчество, композиция, учитель,
студент, художник, творчество, мысль, восприятие, образование, молодое поколение,
сущность, природа, навыки, художник.
Keywords:
fine arts, creativity, composition, teacher, student, artist, creativity, thought,
perception, education, young generation, essence, nature, skills, artist.
“Yosh avlod bizni kelajagimiz poydevori va ertangi kunimiz asoschisidir!”
Sh.M.Mirziyoyev
Bugungi kunda yoshlarni ma’nan yetuk va barkamol qilib tarbiyalashda va tasavvur
dunyosini kengaytirishda “Tasviriy san’at” fanining ahamiyati juda muhim hisoblanadi.Yosh
avlodni barkamol, yetuk qilib tarbiyalash insoniyatning oldiga qoʻygan eng muhim
maqsadlaridan biri demakdir. Hozirda milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimiz rivojini
tasviriy san’at na’munalarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, “Adabiyot san’at va madaniyat yashasa,millat va xalq bezavol yashaydi!”.
Darhaqiqat ijodkor insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Tasviriy san’at bilan
shug’ullanish insonlarga estetik zavq bagʻishlaydi va ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Tasviriy
san’at insonlarga atrofdagi mavjud ranglarni xilma-xilligini koʻra olish, dunyo goʻzalliklarini his
qilish uchun yaqindan yordam beradi. Insoniyat yaratilibdiki, uning hayotida tasviriy san’atning
ilk belgilari paydo boʻla boshlagan hamda yillar davomida rivojlanib, bugungi kunda necha-necha
insonlarning sevimli kasbi va hayot mazmuniga aylanib ulgirgan. Mustaqillikning dastlabki
kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta'limini tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan
mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qoʻyildi. Shu maqsadda 1992-iyulda
«Ta'lim toʻg'risida»gi qonun e'lon qilindi. Bu hujjatda koʻrsatilgan reja va tadbirlami amaliyotga
21
joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi deb qaraldi. Natijada umumiy oʻrta ta'lim
maktablaridagi barcha oʻquv fanlari qatori «Umumta'lim maktablarida tasviriy san' at ta'limi
konsepsiyasi» ham tayyorlandi va u Oʻzbekiston xalq ta'limi vazirligi kollegiyasining 1993-yil 5-
maydagi 5-5-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsepsiyada qayd qilinganidek, uni
tayyorlashda quyidagi omillar hisobga olingan edi: mustaqil Oʻzbekiston sharoitidagi oʻzbek
bolasini shakllantirishga boʻlgan zamonaviy talablar, ta'lim-tarbiyani milliy madaniyat va san'at
asosida amalga oshirishni kuchaytirish, ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda Oʻzbekiston Sharq
mamlakati ekanligini hisobga olish va shu asosda badiiy ta'lim mazmuniga tegishli oʻzgartirishlar
kiritish, maktabdagi badiiy ta'limni amalga oshirishda bolalarni fikrlashga, ishga ijodiy
munosabatda boʻlishlikni kuchaytirish, ularni yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga
qaratish; - maktabda bolalarni tasviriy san'atdan bilim va malakalarni puxta egallashlariga
qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta'limni joriy etish,Oʻzbekiston maktablarida
tasviriy san'at ta'limi mazmunini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish. Bu g'oyalar soʻzsiz
barkamol komil insonni shakllantirishga zamin boʻlib, unda tasviriy san'atni oʻqitishning yaqin
va uzoq yillarda rivojlantirishga moʻijallangan yoʻnalishlari bayon etildi.
San’at atrof muhit, borliq va jamiyatdagi barcha narsalarni badiiy tasvirda ifodalanishidir.
Tasviriy san’at hayotni va moddiy olamni shakllanishini aks ettirish, insonlarga uni bildirishda
muhim vosita boʻlib hizmat qilmoqda. Yosh avlodni yetuk va barkamol qilib tarbiyalash bilan bir
qatorda, yoshlarga sifatli ta’lim-tarbiya berish kelajakda yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun
oʻz hissasini qoʻshuvchi yetuk kadrlar yetishib chiqishida muhim oʻrin tutadi. Hozirgi kunda
qaysi bir rivojlangan mamlakatni olmaylik, sifatli ta’lim-tarbiya berish maktab yoshidan
boshlanadi. Shu bilan bir qatorda yoshlarga maktab yoshidan boshlab san’at va tasviriy san’atni
oʻrgatish mamlkatimiz oldidagi muhim vazifa hisoblanib kelmoqda. Shunday ekan bolalarni
kichkligidanoq oʻqishga va uqishga oʻrgatib, qalbini mehr va ezguliklar bilan toʻldirib borsak,
kelajakda ulardan yurtni koriga yaraydigan, oʻz vatanini sevib ardoqlaydigan komil insonlar
yetishib chiqadi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holatda yoshlarni tarbiyalash jarayonida
ularning qalbida tasviriy san’atga bolgan qiziqishlarini oshirish va san’atga boʻlgan mehr
tuygusini yanada shakllantirish oldimizga qoʻygan maqsadga erishishda bevosita hizmat qiladi.
Chunki tasviriy san’at inson qalbiga mehr uchqunini sochuvchi, insonni mehnatga, tabiatga
boʻlgan qarashlarini shakllantiruvchi kuchdir. Tasviriy san’at yoshlarga estetik zavq bagʻishlaydi
hamda koʻrish, idrok etish, kuzatish tasavvur qilish kabi bir qanch ongning yuksak jihatlarini
oshirishga hizmat qiladi.
Jahonda tasviriy san'atni oʻqitilishiga oid dastlabki ma'lumotlar qadimgi Misr vа
Yunonistonda eramizdan avvalgi III asrlarga doir materiallar mavjud. Qadimgi Misrda togʻ
qoyalariga oʻyib ishlangan haykallar, shuningdek, rangtasvir asarlari oʻzining yuksak badiiyligi уа
ishlallish texnikasi jihatidan kishilami hayratga solib kelmoqda. Кishilar oʻz tajribalarini keyillgi
avlodlarga turli yoʻlIar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab oʻtkazib kelganlar. Bunga eng
qadimgi Misrda rasm chizishga oʻrgatishga doir tarixiy manbalar guvohlik beradi. Tasviriy
san'atni oʻqitish ishi bilan odamlar qadimdan shug'ullanib kelganliklari koʻproq qadimgi Misr
manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga oʻrgatish muпtazam ravishda
chizmachilik bilan bog'liq holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda maktabni
tugallab chiqayotgan yoshlar ma'lum maydon yuzasini oʻlchash vа uni qog'ozga tushura oladigan
hamda bino planini chiza oladigan boʻlishi talab etilgan.
22
Tasviriy san'atni barcha umumiy ta'lim maktablarida oʻqitishning foydali ekanligi buyuk
chex pedagogi Ya.A.Komenskiy tomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida rivojlantirildi.
Umumiy ta'lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz olimi J.J.Russoning fikrlari
diqqatga sazovordir. U oʻzining «Емил или вocпитание» nomIi kitobida borliqni bilishda
naturaga qarab rasm ishlashning ahamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha rasm
chizishni koʻproq tabiat qoʻynida amalga oshirish samaralidir. Chunki, bolalar tabiat qoʻynida
narsalarni haqiqiy rangi, perspektiv qisqarishlarini koʻrgazmali ravishda oʻz koʻzlari bilan
koʻradilar, uning qonunlarini ongli ravishda tushunib yetadilar. Yevropa pedagoglari orasida
rasm chizishni umumiy ta'lim maktablarida alohida oʻquv predmeti sifatida oʻqitilishi va uni
takomillashtirishda I.V.Gyote (Germaniya), I.G.Pestalotssi, I.Shmidt va P.Shmidt (Shvetsariya),
A.Dyupyui va F.Dyupyuilar (Fransiya) katta hissa qoʻshganlar. Umumiy ta'lim maktablarida rasm
ishlashda natural metoddan koʻra geometrik metodlarni afzalliklarini N.Pestalotssi, P.Shmidt va
I.Shmidt kabi pedagoglar yoqlab chiqganlar. Natijada, maktablarda rasm chizishga oʻrgatishda
ikkita qarama-qarshi natural va geometrik metodga asoslangan ikki oqim paydo boʻlgan.
Naturaga asoslangan rasm chizishni ustunliklarini Ya.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.V.Gyotelar
yoqlagan boʻlsalar, geometrik metodni koʻproq I.G.Pestalotssi, I.Shmidt va P.Shmidt, F.Dyupyuilar
asoslashga harakat qilganlar.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida tasviriy san’at mashg’ulotlarining bir qancha turlari va
vazifalari mavjud. Bular narsaning oʻziga qarab rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, mavzu
asosida kompozitsiyalar ishlash, tabiatga chiqib jonli manzaralar rasmini ishlash kabi turlar
demakdir. Shu bilan birgalikda tasviriy san’at darslarini oʻtish jarayonida oʻqituvchi
oʻquvchilarni, fanga yanada qiziqishlari oshirish maqsadida fanni yanada osonroq va kengroq
tushuntirish uchun, tasviriy san’at fanining kelib chiqishi, rivojlanishi hamda ushbu sohada
faoliyat olib borgan buyuk rassomlar haqida ma’limotlar berib ularning durdona asarlari bilan
tanishtirish ham dars jarayonida juda katta yordam beradi. Tasviriy san’at oʻquvchilarning
nafaqat estetik tarbiyani shakllantirishda, balki odob-ahloq qoidalarini ham shakllanishida
yaqindan yordam beradi. Tasviriy san’at inson ongiga juda tez ta’sir etadi. Kishini ruhlantiradi va
ma’naviy olamine boyitadi. Shu bilan birgalikda ona vatanga muhabbat tuyg’usini uygʻotadi.
Oʻquvchilarga tasviriy san’at darslarini oʻqitish jarayonida, jannatmakon Oʻzbekistonning milliy
tasviriy san’atini nihoyatda goʻzal ekanligini, dunyo hamjamiyatidagi beqiyos oʻrnini oʻquvchi
yoshlarga maktab yoshidanoq tushuntirib boorish kerak. Zero ular ham kelajakda yetuk
mutahassis kadr boʻlib yetishgach, keying avlodga ham oʻzida bor bilim va koʻnikmlarni berishi
lozim. Yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborli boʻlish juda muhim. Chunki bugungi yoshlar
ertangi kunimiz asoschilaridir. Biz bugun ularga qanday ta’lim-tarbiya bersak ertaga ulardan
osha bergan tarbiya hosilini olamiz. Albatta yerga ekilgan nihol ham parvarishsiz boʻlmaydi.
Yahshi parvarishlangan nihl esa oʻsib baquvvat daraxtga aylanadi va oʻz hosilini beradi. Insonlar
hayotini ham shunga qiyoslaydigan boʻlsak, bugungi yosh avlod tarbiyasiga befarq boʻlmasdan
ular bilan jiddiy shugʻullanmogimiz kerak. Bu uchun esa albatta tasviriy san’at bevosita hizmat
qiladi. Shunday ekan har bir pedagog dars oʻtish uchun puxta tayyorgarlik koʻrib, darsni samarali
olib borishi kerak. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan yaqin va yahshi munosabatda boʻlib, barcha
oʻquvchilar etiborini oʻziga jalb qilishi kerak. Sinf oʻquvchilarining barchasi bilan bir xil
munosabatda boʻlib, hech qaysi bir oʻquvchini e’tibordan chetda qoldrmaslik kerak. Tasviriy
san'at oʻqitish metodikasi boʻyicha toʻla bilimlarga ega boʻlish, ayniqsa, Oʻzbekistonda va chet
ellarda fanning oʻqitish tarixi, oʻquv fanning maqsad va vazifalari, ta'limning mazmuni, shakllar,
23
usullari haqida chuqur bilimlarga ega boʻlish tasviriy san'at oʻqituvchisi faoliyatida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida tasviriy san'at fanini oʻqitishdan koʻzlangan asosiy
maqsad quyidagilar:
- boshlang'ich sinf oʻquvchilarida tasviriy san'at metodikasi boʻyicha bilim va malakalami hosil
qilish va oʻstirish;
- boshlang'ich sinf oʻquvchilariga tasviriy san'atning nazariy va amaliy asoslari (yorug', soya,
perspektiva, kompozitsiya) haqidagi bilirnlarni puxta egallashga yordam berish;
- rasm ishlash va badiiy ijod boʻyicha koʻnikma va malaka hosil qilish;
- oʻzbek va jahon xaJqlari tasviriy, amaliy va me'morchilik san'ati bilan yaqindan tanishtirish va
chuqur oʻrgatish;
- tasviriy san'at oʻqitish metodikasining oʻziga xos rivojlanishi tarixi, maqsad va vazifalari,
nazariy asoslari haqida ma'lumot berish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoʻllari bilan tanishtirish.
Tasviriy san'atning oʻqitilishini yaxshilashda A.Shohamidov, M.Nabiyevlarning 1964-yilda
nashr etilgan “I-IV sinflarda rasm darslari” metodik qoʻllanmasi, O.Apuxtinning 1965-yilda nashr
etilgan “San'at haqida suhbatlar” nomli qoʻllanmalari oʻqituvchilar tomonidan iliq kutib olindi.
1965-yildan boshlab tasviriy san'at oʻqitish metodikasi boʻyicha darslik yaratishga kirishildi.
1969-yilda 1-sinf uchun “Tasviriy san'at” (A.Jiltsova, R.Hasanov); 1974- yilda 2-sinf uchun, 1976-
yilda 3-sinf uchun “Tasviriy san'at” (R.Hasanov, A.Jiltsova); 1977-yilda 4-sinf uchun “Tasviriy
san'at” (R.Hasanov, B.Oripov va boshqalar) nashr etildi. 1-3- sinflar uchun nashr etilgan
darsliklar keyingi yillarda bir necha bor qayta chop etildi.
Tasviriy san'at oʻqituvchilarining yetishmasligi natijasida Oʻzbekiston maorif vazirligi
kollegiyasining 1974-yil 26-avgustda «Pedagogika oʻquv yurtlarida musiqa va ashula, tasviriy
san'at va chizmachilik oʻqituvchilarini tayyorlash va bu predmetlaming respublika umumta'lim
maktablari va pedagogika oʻquv yurtlarida oʻqitilishini yanada yaxshilash haqida»gi qaror qabul
qilindi. Tasviriy san'atning oʻqitilishini yaxshilash borasida qabul qilingan Oʻzbekiston maorif
vazirligi kollegiyasining Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqarmasi bilan hamkorlikdagi
1979-yil 27-iyunda «Maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari, oʻqituvchilar va
pedagogika oʻquv yurtlarining oʻquvchi-yoshlari badiiy tarbiyasini yanada yaxshilash choralari
haqida» qabul qilgan qarori salmoqli oʻringa ega boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgust qaroriga koʻra 1999-
2000 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta'lim maktablarida barcha fanlar qatori tasviriy san'at
ta'limi boʻyicha ham davlat standartlari joriy etildi. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishi
avvalo Oʻzbekistonning mustaqilligi, uning jahon hamjamiyatiga faol kirib borayotganligi bilan
bog'lanadi. Mazkur standartlar Oʻzbekiston tarixida birinchi bor yaratilishi boʻlib, u
respublikamiz maktablarida ta'limni yuqori ilmiy-metodik asosda tashkil etish hamda uni jahon
standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratdi. Davlat standartiga koʻra tasviriy san'at
ta'limi mazmuni boshlang'ich sinflarda quyidagi toʻrt yoʻnalishda bayon etilgan:
1.
Borliqni idrok etish.
2.
San'atni idrok etish.
3.
Naturaga qarab tasvirlash.
4.
Kompozitsiya.
24
San'atkor oʻz asarida voqea, hodisa, holatning ma'lum bir zumdagi koʻrinishini ifodalab, u
tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilarning ma'naviy qiyofasi,
psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasavvur qiladi. Rassom biror shaxsni
rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat oʻziga oʻxshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi.
Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali avvalo oʻzining fikr va tuyg'ularini tomoshabinga
yetkazishga harakat qiladi. Ishlamoqchi boʻigan tasvirida avvalom bor g'oyasiga mos mavzu,
syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini quradi, shu yoʻlida izlanadi, dastlab hayotni oʻrganib,
naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san'atida predmetlaming shakli,
hajmi, rangi, ularning oʻzaro muvozanatini toʻg'ri koʻrsatishda rasmni aniq va toʻg'ri ishlashning
juda muhim ahamiyati bor. San'atkor oʻz asarida real borliqda uchraydigan, balki inson
fantaziyasi mahsuloti boʻigan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud boʻigan
hodisalaming ayrim jihatlari oʻzgartirib boʻrttirib koʻrsatishi ham mumkin. Bundan koʻrinib
turibdiki, tasviriy san'at asarlari - insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish. Uni oʻrganish va
sirlarini ochishga boʻlgan ehtiyojlami qondirishga ta'sir koʻrsatadi. Tasviriy san'at inson ongiga
tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan, kishini ruhlantirib, ma'naviy olamini boyitadigan
san'at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shax sining shakllanishiga va
kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Jahonga mashhur geograflar, tarixchi,
adabiyotchi, shoir, yozuvchilar, konstruktor va boshqa soha allomalari rasm chizishni juda
yaxshi bilganlar. Shunga koʻra Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek, Gyote, Gyugo, Anderson, Pushkin,
Tagor, Mikluxo-Maklay, Mendeleev, B.Zokirov kabi turli soha ijodkorlari rasm chizish bilan jiddiy
shug'ullanib kelganlar. Har bir sohani ijodkori uchun rasm chizishni bilish unga katta ijodiy
imkoniyat va ozuqa beradi. Ram chizish nafaqat koʻrish idroki tezligini, balki yaxshi koʻrish
xotirasini ham shakllantiradi.
Hozirda umumiy oʻrta ta’lim maktablarining vazifalaridan biri oʻquvchilarni turli kasb
vahunarlarga yoʻllash hisoblanadi. Ma’lumki har bir oʻquvchida biron bir hunar oki kasbga
nisbatan qiziqish boʻladi, lekin bu qiziqish har bir bolada birdek ochiq namoyon boʻlmaydi. ba’zi
bir oʻquvchilarda ochiq va ba’zilarida esa yashirin boʻladi. Oʻqituvchining vazifasi ana shu har bir
oʻquvchida mavjud havasni rivojlantirish uchun oʻquvchi bilan yaqindan hamsuhbat boʻlib,
oʻquvchilarning iqtidorlarini kashf etishdir. Tasviriy san’at darsining eng muhim vazifasi esa
tasviriy amaliy va memorchilik san’atlari asrlarini oʻqishga oʻrgatishdir. Tasviriy san’at asrlari
ertak, hikoya kabi ma’lum bir mazmunni aks ettiradi. Lekin biz uni kitobdek oʻqiy olmaymiz.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki tasviriy san’at asarlarining oʻziga xos tili bor. Tasviriy
san’at asrlari mazmunini biz undagi tasvir, talqin, rang va obrazlar orqli oʻqiy olishimiz mumkin.
Shu sababli ham biz tasviriy san’at darslarii puhta oʻzlashtirmog’imiz darkor. Chunki tasviriy
san’at oʻquv predmeti har bir inson uchun zarur boʻlgan badiiy madaniyatga doir elementar bilim
va malakalar beradi. Har bir oʻquvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan
tashqari vaqtlarda dam olishi, ish vaqtida sarflagan quvvatini tiklashi kerak boʻladi. Bunga u
yuksak badiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, koʻrgazmalar yoki boshqa joylarda
tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shunday ekan har tasviriy
san’atni oʻrganish har bir inson uchun foydali va uni aynan egallash shart degani emas, ammo
san’atni tushunmaslik ma’nan qoloqlik demakdir!
25
References:
1.
N.Saidaxmedov ”Yangi pedagogik tehnalogiyalar”.”Moliya” nashriyoti 2003-yil Toshkent.
2.
B.Azimova “Natyurmort tuzish va tasvirlash”.”Oʻqituvchi” nashriyoti 1984-yil Toshkent.
3.
N.Abdullayev San’at tarixi.1-tom.”Oʻqituvchi” nashriyoti 1986-yil Toshkent
4.
S.Abdirasilov. Tasviriy san’at oʻqitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish.1996-
yil Toshkent.
5.
B.N.Oripov. Tasviriy san’atni oʻqitishning zamonaviy pedagogik tehnalogiyasi,didaktikasi va
metodikasi.”Ilm-ziyo” nashriyoti 2013-yil.
6.
S.F.Abdirasilov. Tasviriy san’atni oʻqitish metodikasi.2012-yil Toshkent.
7.
B.Oripov. Tasviriy san’at va uni oʻqitish metodikasi.”Ilm-ziyo nashriyoti” 2005-yil Toshkent.
8.
R.Hasanov. Maktabda tasviriy san’at mashgulotlarini takomillashtirish yoʻllari.”Oʻqituvchi”
nashriyoti 1986-yil Toshkent.
9.
R.Xasanov. Maktabda tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. ”Fan” nashriyoti 2004-yil
Toshkent.
10.
B.N.Oripov. tasviriy san’at kabineti darsdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlar.1974-yil
Toshkent.
11.
Hasanov.Narsaning oʻziga qarab rasm chizish.1986-yil Toshkent.
12.
Boymetov.”Qalamtasvir”oʻquv qoʻllanma.”ILM-ZIYO” nashriyoti. 2017-yil Toshkent.
13.
H.Muratov .“Qalamtasvir” oʻquv qoʻllanma.”Ijod-print” nashriyoti. 2020-yil. Toshkent.
14.
Muratovich, M. R., & Abdurahmonovich, Q. A. (2021). Children's and Girls' Community
Learning and Raising Their Children's Community. Academicia Globe, 2(10), 92-98.
15.
U.Mamatov. Oʻzbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san’at asarlari. ”Mumtoz
soʻz” nashriyoti.2018-yil.Toshkent.