71
5-7 SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARINING BADIIY VA
IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Xamraqulova Muqaddam Tojiqoʻzi qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15037164
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola maktab o‘quvchilarining badiiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantrishda tasviriy
san’atning amaliy ahamiyati, mashxur pedagog rassomlarning bu hususidagi tadqiqotlari hamda
ilmiy fikrlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ijod, qobiliyat, ijodiy faoliyat, metodika, tasvir, rassomlik maktablari,
akademik mashg’ulot, pedagog-rassom.
АННОТАЦИЯ
В статье представлены практическое значение изобразительного искусства в
развитии художественно-творческих способностей школьников, исследования и научные
взгляды на этот счет известных художников педагогов.
Ключевые слова:
творчество, способность, творческая деятельность, методика,
образ, школа живописи, академическая подготовка, педагог-художник.
ABSTRACT
The article presents the practical significance of fine arts in the development of artistic and
creative abilities of schoolchildren, research and scientific views on this subject of famous
artists-teachers.
Key words:
creativity, ability, creative activity, methodology, image, school of painting,
academic training, teacher-artist.
Bo‘lajak rassom – pedagogni o‘qitish va kasbiy tayyorlash tizimi aniq va ilmiy asosda
bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalishda dastlabki ta’lim va tarbiya umumta’lim maktablari doirasida
amalga oshiriladi. Maktab - deganda, eng avval ta’lim va tarbiyaning aniq tizimini, bu tizimga
hamda dars o‘tish metodlariga o‘quvchilarning ixtiyoriy ravishda boʻysunishini, ilmiy asoslangan
bilimlarni o‘zlashtirishda ilmiylik, metodik izchillik, aniqlik va badiiy ijodning amaliyotda
sinalgan tajribalarini o‘rganishni nazarda tutamiz.
Qadimda ijod qilib, o‘zlaridan buyuk tasviriy san’at asarlarini meros qilib qoldirgan
mashhur ijodkorlarning tasviriy san’at sohasida erishgan tajribalari bugungi kunda uzluksiz
ta’lim tizimida, xususan turli badiiy maktablarda yoshlarni tasviriy san’atdan saboq berishda
asos hisoblanadi. Shuning uchun tasviriy san’atni o‘rganishni xohlovchi va tasviriy san’at olamiga
endigina kirib kelayotgan bo‘lajak rassom eng avval qadimda ijod qilgan rassomlarning klassik
asarlarini o‘rganib taxlil qilishi va olgan bilimlari hamda ko‘nikmalari asosida o‘z shaxsiy ijodiy
yo‘lini tanlab chiqishi va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishi kerak.
Tasviriy san’at sohasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash, shaxsning ijodiy
qobilyatlarini shakllantirish masalalariga, hamda ijodiy jihatdan yoshlarni kasbiy tayyorlash
masalalarida
qadimgi
Yevropa
Badiiy
Akademiyalarining
mashhur
rassomlari,
nazariyotchilaridan Lonardo da Vinchi, Mikeladjelo Buanorotti, Piter Paul Rubens. Rafael Santi,
Albrext Dyurer va boshqalarning ilmiy va ijodiy asarlarini keltirish mumkin. Rossiya tasviriy
san’at namoyandalaridan 19-20 asrda ijod qilgan I.Ye.Repin, N.Savrasov, Pavel Chistyakovlarning
ijodiy hamda ilmiy ishlarni keltirish mumkin.
72
Rus pedagog va psixologlardan A.V.Bakushinskiy, L.S.Vыgodskiy, Ye.I.Ignatev, Ye.A.Flerina,
T.S.Komarova, S.Ye.Ignatev, S.L.Rubinshteyn, B.M.Teplovlar bo‘lajak pedagogni ijodiy jihatdan
kasbiy tayyorlash masalalariga murojaat qilgan bo‘lsalar, mutaxassislik fanlarini o‘qitish
metodikasini takomillashtirish muammolariga bag‘ishlangan masalalarga olimlardan
L.G.Medvedev,
L.A.Ivaxneva,
V.K.Lebedko,
Ye.V.Shoroxov,
V.S.Kuzin,
V.V.Koreshkov,
A.S.Xvorostovlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida murojaat qilganlar.
Oʻzbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov, S.S.Abdullayev, B.B.Azimov, N.X.Tolipov,
Q.Q.Qosimov, R.X.Xasanov va boshqalar olib borganlarlar. Har qanday o‘quv predmetining
rivojlanishi tarixiy rivojlanish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. XVII asrda akademik rasm
chizishning nazariy qoidalari Uyg‘onish davri rassomlarining talqinlaridayoq ifoda etila
boshlangan. XVIII asrda yuzaga kelgan suratga akademik o‘qitish nazariyasi ma’lum
o‘zgartirishlar kiritilib, endi badiiy amaliyot yangi sharoitlarida amalga oshirildi. XIX asrda
akademik rasm nazariyasi va amaliyotida o‘quv masalalarini kompleks hal etish bo‘yicha faol
izlanishlar boshlangan. Badiiy akademik maktab yo‘nalishida o‘quvchilarni faqatgina bilim va
ko‘nikmalar bilangina qurollantirish emas, balki ijodiy faoliyatda ham ishtirok ettirish ko‘zda
tutiladi.
Ba’zi endigina boshlovchi rassomlar qonun, qoidalarga amal qilmaydilar va maktab
o‘zining an’anaviy ko‘rsatmalari bilan ularning individualligi rivojlanishiga halaqit beradi, deb
o‘ylab darhol murakkab ijodiy masalalarni hal etishga urinadilar. Maktab esa o‘quv muasasasi
sifatida o‘zining dars o‘tish ilmiy usullari bilan ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga hech qachon
halaqit qilmagan, aksincha, u yosh rassomlar rivojlanishi, ta’lim olishi va shakllanishiga yordam
bergan. Tasviriy san’atning hamma turlari uchun asosiy qoida bo‘lgan rasmlarni chizishni
o‘rganib olishda maktab ayniqsa, zarur hisoblanadi. Shuning uchun hech kim maktabni o‘z
usullari bilan o‘zboshimchalik qilib, rassomlar studiyasiga aylantirishga haqqi yo‘q. Maktabga
qarshi bo‘lganlar - odatda yosh, boshlovchi rassomlar orasida ba’zan shunday is’tedod egalari
uchraydiki, maktab ularni rivojlanishiga halaqit beradi, havoskor rassomlar ko‘rgazmalarida
juda ham mazmunli asarlar uchraydi, ularga rassomlar maktabda o‘qimay ham erishganlar,
deydilar.
Ta’lim psixologiya va pedagogikasi ijodiy qobiliyatlar va ijodiy faollik rivojlanishi o‘quv
jarayonida katta natijalar berishi mumkin deb, hisoblaydi. Demak, ta’lim jarayoni, ta’lim faoliyati
maktabning diqqat markazida bo‘lishi kerak.
«Erkin ijod» usuli tarafdorlari, sodda bolalik rasmlari shunisi bilan ajoyibki u dunyoni
o‘ziga qabul qilishini ifoda etadi, tasviriy san’atda esa bola o‘zining ijodiy tashabbusini qizg‘in
namoyon etadi deb hisoblaydilar. Rasm chizish jarayonida bola ijodiy yaratuvchilikdan
zavqlanadi va biz buni unda butun hayoti davomida saqlab qolishimiz kerak. «Erkin tarbiya»
tarafdorlari umumta’lim maktablari rassomlarni tarbiyalamaydi, deb aytadilar va bolalarni
realistik san’atning hamma qonun va qoidalariga o‘qitish kerak emas deb hisoblaydilar.
Boshlovchi rassom tasvirni ko‘rishdan oldin har bir bosqichda avvaliga qog‘ozga
tushirmoqchi bo‘lgan tasvirining hayoliy tasvirini yaratib oladi: predmet shakli, o‘ziga xoslik
xususiyatlari haqida tasavvuri hali aniq bo‘lmaganida, u umumiy sxemali shakl bilan cheklanadi,
shundan keyin, pedagog tushuntirgan narsa haqida kuzatish olib borish va qayta tushunib olgan
sari u ko‘rinayotgan naturani haqiqiy va emotsional – mazmunli ifoda etilishiga yaqinlashib
boradi.
73
Bugungi kunda ba’zi pedagoglar tasvirladda naurani ko‘rish va taxlil qilishga e’tibor
qaratmaydilar. Bunday usulni qo‘llamaydilar, uning badiiy ijodga ta’sir etishida “sxematizm” va
qonun qoidalar badiiy rivojlanishga to‘sqinlik qilishini sabab qilib ko‘rsatadilar. Akademik
tasvirlashga qarshi chiqib, murakkab shaklni soddalashtirish, sxemalarga, qoidalariga qarshi
chiqadilar, tasvirlashda metodik bosqichlarda tasvirlash bu trassomni ijodiy rivojlanishga
to‘sqinlik qiladi deb hisoblaydilar.
Ma’lumki. hamma o‘quvchilar akademik rasm chizishning bir xil qonun va qoidalarini
o‘rganishlariga qaramay, ularning har biri naturani o‘z tasavvuriga ko‘ra o‘zicha qabul qiladi va
shuning uchun tasvirda to‘la bir xillik bo‘lishi mumkin emas. Rassom shu bilan birga naturadan
nusha oluvchi sifatida emas, balki uni qayta quruvchi sifatida ishtirok etadi. Bunga yana shuni
ham qo‘shish mumkinki, u yangi o‘quv masalasini hal etishga kirishar ekan, o‘zi uchun ko‘plab
yangiliklar yaratadi, demak, o‘zini ijodiy yo‘nalishini namoyon etadi. Realistik tasvir yaratish
juda murakkab ijodiy jarayon hisoblanadi va eng avvalo bu jarayon ob’ektning xayoliy obrazini
moddiy yaratish bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni haqiqiy uch o‘lchamli predmetni tasviriy ikki
o‘lchamli qog‘oz tekisligiga ko‘chirish bilan bog‘liqdir. Ko‘rib turgan obrazni tasvirga o‘tkazish
jarayoni ijodiy fikrlashsiz mumkin emas: bunda rassom taqqoslashga, solishtirishga,
umumlashtirish, mulohaza qilishiga majburdir.
Oʻzining ko‘p asrlik davrida badiiy rassomchilik maktablari yosh rassomlar ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish sohasida ulkan pedagogik tajriba to‘plagan. Bu o‘tmishdagi rassom-
pedagoglarning tajribalari diqqat bilan o‘rganish va umumlashtirishni talab etadi, ularning
asosida biz tasvir chizish akademik mashg‘ulotlarida ijodiy qobiliyatini rivojlantirish yangi ilmiy
asoslangan usullarini ishlab chiqishga kirishishimiz mumkin bo‘ladi. Qadimgi rassomlarning
yutuqlari, tajribalarini e’tiborga olmaslik, badiiy maktabning yo‘q bo‘lishiga, san’atning
"nodon"lashishiga olib keladi. nazariyot va amaliyotning tabiiy ravishda birligi yosh rassomning
faol rivojlanishiga, uning ijodiy qobiliyati o‘sib borishiga yordam beradi.
Rassomning ilmiy bilimlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning haqqoniy tasvirlangan asarga baho
berishi shunchalik mukammal, texnik mahoratining darajasi shunchalik boy, uning ijodiy
faoliyati mahsuloti shunchalik ifodali va yorqin bo‘ladi. Rassomchilik maktabida ilmiylik tamoyili
ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi faol omili sifatida eng avval ilmiy bilimlar tizimini o‘zlashtirib
olishdan iborat bo‘ladi, bu esa boshlovchi rassomga tabiatdagi hodisalarni real haqiqiy shaklini
ko‘rish qonuniyatini to‘g‘ri tushunishga yordam buradi, shu bilan realistik san’at usullarini ham
egallashga yordam beradi. Buni Qadimgi Yunon Uyg‘onish davri va Yevropa Akademiyalarida
XVII-XIX asrlarda ham rassom-pedagoglar yaxshi tushunishgan. Tarixchilarning guvohlik
berishlaricha, Sinion rassomlik maktabi eshigiga shunday deb yozib qo‘yilgan ekan: «Bu yerga
tasvirlash qoidalarini bilmaydigan insonlar qo‘yilmaydilar». Ingliz badiiy akademiyasining buyuk
rassomi va pedagogi Djoshua Reynolds shunday degan: «Bizning san’atimiz - faqatgina bu xudo
bergan iste’dod emas, lekin u mexanik hunar ham emas, uning asosi aniq fanlarga tayanadi». Biz
ilgari aytib o‘tganimizdek, maktab sharoitida rassom faoliyati aniq masalani yechishda o‘tadi,
ular unda estetik talablar uyg‘otadi, shu bilan birga tabiiy kuch bilan qoniqish izlovchi talab
uyg‘otadi. Qo‘yilgan masalaning yechimi, agar ilgari ham bir necha bor hal etilgan, o‘quvchiga
yaxshi ma’lum bilimlar doirasidan chiqmasa, oson va oddiygina kelib chiqadi. Bunday holatlarda
masala odatiy hal etiladi. Shundan keyin an’anaviy tajriba yetarli bo‘lmagan davr keladi, yangi
yo‘llar izlash, fikrlar o‘zgaruvchanligi, fahm-farosat kerak bo‘ladi. Nima kelib chiqqani va yana
nimalar qilish mumkinligini doimo tekshirib borish davri keladi. Masalan, gipsli bosh tasvirini
74
chizishdan tirik boshning suratini chizishga o‘tishda talaba inson boshining shakliy tuzilish
qonuniyatlarini bilib olib va qarash nuqtasiga bog‘liq ravishda konstruktiv ko‘rinish sxemasining
o‘zgarishini bila turib (perspektiv ko‘rinishni), tasvirni ko‘rish birinchi bosqichlarida o‘z
masalasini osongina hal qila oladi. Ammo keyinchalik, tirik boshning individual xususiyatlarini
yetkazib berishda mavjud bilim va ko‘nikmalar yetarli bo‘lmay qoladi va u o‘z fahm -farosatiga va
uzoq vaqt to‘plagan ijodiy qobilyatlariga murojaat etadi. Bunday holatda yetishmaydigan
bilimlarni naturani diqqat bilan kuzatish va ilgari egallagan ilmiy bilimlaridan ijodiy foydalanish
yo‘li bilan olish mumkin. Oʻquvchida ijodiy fahmfarosatni turli yo‘llar bilan rivojlantirish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, naturaga qarab akademik tasvir bajarishda tana o‘zining hamma
qismlarida to‘g‘ri ifoda etilganligini diqqat bilan kuzatish kerak, bir-biridan bir ozgina farq
qiluvchi har bir muskulning tuzilishining o‘ziga xoslik xususiyatlarini to‘g‘ri ilg‘ab olish uchun
esa - rassomda intuitiv sezgirlik zarur bo‘ladi. Shuning uchun malakali rassom bunday hollarda
sezgi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, xatoni biladi va unga ishora qiladi, joyini ko‘rsatadi, qayerni tuzatish
lozimligini to‘g‘ri fahmlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
S.Abdirasilov. Tasviriy san’at oʻqitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish.1996-
yil Toshkent.
2.
B.N.Oripov. Tasviriy san’atni oʻqitishning zamonaviy pedagogik tehnalogiyasi,didaktikasi va
metodikasi.”Ilm-ziyo” nashriyoti 2013-yil.
3.
S.F.Abdirasilov. Tasviriy san’atni oʻqitish metodikasi.2012-yil Toshkent.
4.
B.Oripov. Tasviriy san’at va uni oʻqitish metodikasi.”Ilm-ziyo nashriyoti” 2005-yil Toshkent.
5.
R.Hasanov. Maktabda tasviriy san’at mashgulotlarini takomillashtirish yoʻllari.”Oʻqituvchi”
nashriyoti 1986-yil Toshkent.
6.
R.Xasanov. Maktabda tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. ”Fan” nashriyoti 2004-yil
Toshkent.
7.
R.Hasanov.Narsaning oʻziga qarab rasm chizish.1986-yil Toshkent.
8.
B.Boymetov.”Qalamtasvir”oʻquv qoʻllanma.”ILM-ZIYO” nashriyoti. 2017-yil Toshkent.
9.
H.Muratov .“Qalamtasvir” oʻquv qoʻllanma.”Ijod-print” nashriyoti. 2020-yil. Toshkent.
10.
B.Boymetov, M.Xamraqulova Umumta’lim maktablarida badiiy ta’lim berishda tasviriy
San’at tarixining oʻrni «ZAMONAVIY FILOLOGIYA VA LINGVODIDAKTIKANING DOLZARB
MASALALARI» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya MATERIALLARI 170-174 b
11.
B.Boymetov, M.Xamraqulova Methodology for working on the open air in fine art classes
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 77-79 betlar
12.
M.Xamraqulova Umumiy oʻrta ta’lim mashgʻulotlarida oʻquvchilarni tasviriy san’at tarixi
bilan tanishtish. ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 62-64 betlar