IBN SINONING PEDAGOGIK QARASHLARI ASOSIDA OILADA SOG’LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH

Abstract

Ushbu maqolada Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik qarashlari hamda tavsiyalari asosida oilada sog’lom muhitni tashkil etish,  kelajak bunyodkorlari bo’lgan farzandlar tarbiyasi va maktabdagi ta’lim jarayonlarini tog’ri tashkil etilishi haqida bayon etilgan

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
24-26
19

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sharipov , M. ., & Samadova , E. (2024). IBN SINONING PEDAGOGIK QARASHLARI ASOSIDA OILADA SOG’LOM MUHITNI SHAKLLANTIRISH. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(6), 24–26. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/45829
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik qarashlari hamda tavsiyalari asosida oilada sog’lom muhitni tashkil etish,  kelajak bunyodkorlari bo’lgan farzandlar tarbiyasi va maktabdagi ta’lim jarayonlarini tog’ri tashkil etilishi haqida bayon etilgan


background image

24

IBN SINONING PEDAGOGIK QARASHLARI ASOSIDA OILADA SOG’LOM

MUHITNI SHAKLLANTIRISH

Sharipov Mirjalol Jamoladdin o‘g‘li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

Shakharipovmirjalol@gmail.com

Samadova E'zoza Xusniddinovna

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11664810

Annatotsiya:

Ushbu maqolada Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik qarashlari hamda tavsiyalari

asosida oilada sog’lom muhitni tashkil etish, kelajak bunyodkorlari bo’lgan farzandlar tarbiyasi
va maktabdagi ta’lim jarayonlarini tog’ri tashkil etilishi haqida bayon etilgan

Kalit so‘zlar:

Sog’lom muhit, to’g’ri muloqot, nevroz, nutqning senzitiv davri, tajribali ota-ona,

sog’lom avlodlar zanjiri, inklyuziv ta’lim.

Sog’lom muhit va oila- ushbu ikki tushuncha bir-biri bilan katta kuch bilan bog’lanishi lozim
bo’lgan bog’liqliklardir. Chunki muhit-hayot, faoliyat kechadigan tabiiy va ijtimoiy sharoitlar
majmuidir. Oilada esa kelajak bunyodkorlari yoshlar o’sib ulg’ayadi, tarbiyalanadi. Muhitlar har
xil geografik muhit, biologik muhit, hayvonot dunyosi muhiti va ushbu muhitga ta’sir ko’rsata
oladigan, ularni o’zgartira oladigan katta kuchli muhit – bu oila muhitidir. Oiladagi muhit albatta,
o’sib kelayotgan bolalarga u qanday tashkil etilganligiga qarab o’z ta’sirini ko’rsatadi. Abu Ali Ibn
Sinonig bir qator asarlarida jumladan “Tadbiri manzil” risolasida risolasida inson tabiati
tug‘ilganda axloqli yoki axloqsiz bo‘lmaydi, degan g‘oya muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar
aslida yaxshi xulq, tayyor shaxsiy sifat, odat va ko‘nikmalar bilan tug‘ilmaydilar. Yuqoridagi
xususiyatlar birdagina yuzaga kelib qoladigan narsa emas albatta, yillar davomida
atrofdagilarning ta’siri, tashkil qilingan muhit va muloqotlar orqali gavdalanadi. Oila tarbiyaning
o’chog’idir. U bolada shakllanishi lozim bo’lgan barcha insoniy fazilatlar va munosabatlarni
tarbiylovchi, unda yuzaga keltiruvchi, ilk hayot maktabi hisoblanadi. Shunday ekan oiladagi
sog’lom muhit va tarbiya shu bilan birgalikda eng asosiysi bolalarga to’g’ri munosabatning yo’lga
qo’yilishi lozim. Chunki bolalarga bildirilgan munosabat va muhit orqali bolalar nevrozining
kelib chiqishini yaxshi bilamiz.
Nevroz- oliy nerv sistemasining nerv faoliyati buzilishi bilan bog’liq og’ir ruhiy kasallik
hisoblanadi. Umumiy olganda ranjish, qo’rquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan ilojsizlik va
umidning so’nish hissiyotlari nevrozning yuzaga keltiruvchi sabab bo’la oladi. Shu bilan
birgalikda nerv sistemasi faoliyatiga odam yashaydigan va faoliyat ko’rsatadigan muhit
sharoitining katta ta’siri natijasi hisoblanadi. Uzluksiz aqliy mehnat, oiladagi muammolar, urush-
janjallar, turli xil kishilar o’rtasidagi kelishmovchiliklar odamning nerv sistemasiga ta’sir
ko’rsatib, uning umumiy kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagi ushbu holatlar uzoq vaqt
davomida takrorlanishi natijasida nevroz yuzaga kelishi mumkin.
Bolalarda nevrozning yuzaga kelishida-bolani ilk yoshlaridan boshlab me’yordan ortiq
qattiqqo’llik bilan tarbiyalash, tahqirlash, uning qizqish va qobiliyatlarini tan olmaslik, e’tibor
bermaslik, bolada qo’rqoqlik, jur’atsizlik, o’ziga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Bu
holat esa bolaning yakkalanib qolishiga, jamoada o’z fikrini bayon etishda qiynalishiga, bir ishni
boshlashda qo’rqib qolishiga, o’zini boshqalarga nisbatan past nazarda ko’rishiga olib keladi.


background image

25

Bolaga ortiqcha mehribonlik qilish, noto’g’ri so’zlar bilan erkalatish, har qanday istagini bajo
keltirish, arzanda qilib o’stirish natijasida ham nevroz yuzaga keladi. Bunday muhit va
munosabatda o’sgan bolada o’zini o’zgalardan me’yoridan ortiq ustun qo’yish, mehnat hamda
qiyinchiliklarga chiday olmaslik holatlari kuzatiladi.
Oiladagi mavjud muhit va farzandlarga bo’lgan munosabat orqali uning kelajakdagi qanday shaxs
bo’lib yetishiga ta’sir ko’rsatsa bo’ladi. Shuning uchun oilada sog’lom va to’g’ri tashkil qilingan
muhit bo’lishi lozim. Agarda yuqoridagi holatda farzandlar tarbiyalansa, kelajakda ular o’z yosh
boshqichlarining qaysidir davrida jamiyatda uzilib qolish holatlari yuzaga keladi. Abu Ali ibn
Sinoning: “Inson o’ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo’lga kiritishi mumkin”,
degan qarashlari ayni haqiqatdir. Allomaning ushbu qarashlari bugungi kunda inklyuziv
ta’liming maqsad va vazifalarida o’z aksini topgan.
Sog’lom muhit- sog'lom fikr hamda sog’lom qarashlar orqali yuzaga keladi, albatta. Bolalarda
nutq rivojlanishining senzitiv davri 1,5-3 yoshga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtda bolaning atrofidagi
kishilarning nutqiga yanada e’tiborli bo‘lishi muhim. Bola bilan so‘zlashayotganda so‘zlarni aniq
talaffuz qilishlari va boladan ham aniq talaffuzni talab etishlari zarur. Bolada birinchi so‘zlar
paydo bo‘lgandan so‘ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda
bola atrofdagilarning artikulatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p
marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talaffuz qiladi. Ibn Sinoning pedagogik qarashlari
asosida yuqorida aytib o‘tganimizdek, bola xarakterining tarkib topishida hamda nutqning
me’yorda rivojlanishida muhitning ta’siri ancha katta bo‘lib, bu ancha katta bo‘lgan ahamiyat
bola atrofida ko‘proq sog‘lom odamlar bo‘lishini talab qiladi. Ya’ni bola atrofida nutqida
kamchiliklari bo‘lgan odamlar bo‘lsa-yu, uning nutqi orqali bola nutqi shakllansa bu albatta, nutq
kamchiliklarini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, olim ta'limda quyidagi
tomonlarga rioya etish zarurligini ta'minlaydi:
–bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
–ta'limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;
–olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
–jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e'tibor berish;
–bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
–o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish
Yuqoridagi prinsiplar ayni hozirchi davr ta’limiga ham hech shubhasiz to‘g‘ri keladi. Masalan
yuqoridagi “ta’limda yelgildan murakkabga borish orqali bilim berish” fikrini biz quyidagicha
ko‘rib chiqamiz. Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay
turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish
oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi.
Ibn Sino esa ruhiy hamda jismoniy nuqsonlardan yiroqda bo‘lish uchun ta’lim bilan birgalikda
mehnat bir xil balansda borishini ta’kidlagan. Ibn Sinoning ushbu qarashlarini Lem Semyonovich
Vigotskiyning “Har qanday ruhiy va jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” deya
aytilgan fikri bilan bog‘lash mumkin. Natijada bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv
psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun to‘liq etishmaganligi, ko‘ruv harakat
koordinatsiyasi va kichik motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining
pastligi kuzatiladi. Bolaning bilish jarayonlarida ham rivojlanish sustlashib, ularga ketadigan
energiya taqsimoti buziladi. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari


background image

26

zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining
tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bunday xolatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi
sodir bo‘lib, u 7-8 Yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha salbiy oqibatlar oiladagi muhit va farzandlarga nisbatan no’to’g’ri
munosabat orqali yuzaga kelganligini ko’rishimiz mumkin. Shunday ekan biz farzandlarni
sog’lom, har taraflama yetuk bo’lishini xohlasak. Barchasini oiladan boshlashimiz zarur. Buning
uchun esa ota-ona ham keraklicha bilim-malakaga ega bo’lishi zarur albatta. Chunki sog’lom
muhit va sog’lom ota-ona natijasi esa sog’lom avloddir.Abu Ali ibn Sinoning pedagogik
qarashlarining zamonaviy tahlili orqali biz bemalol sog’lom avlodlar zanjirini tuza olamiz.

References:

1.

“Ontogenez psixologiyasi” E.E.G‘oziyev Toshkent “NIF MSH” 2020

2.

“MAXSUS PEDAGOGIKA ASOSLARI O‘QUV QO‘LLANMA” F.U.Qodirova, Sh.Z.Matupayeva,

Sh.T.Shermuxamedova, B.Z.Fozilov, B.M.Abdullaev, Z.X.Xusnuddinova
3.

“BOLALAR RIVOJLANISHIDAGI NUQSONLARNING KLINIK ASOSLARI” D.R. Madazizova

O’zbekiston faylasuflari milliv jamiyati» nashriyoli TOSHKRNT - 2018
4.

“Ibn

Sino Ta’limoti” F.Nurboyev “Tib-kitob” nashriyoti Toshkent-2020

5.

“Tibbiy o‘gitlar” , “ Tib qonunlari” Abu Ali Ibn Sino

6.

“Inklyuziv va maxsus ta’limning fiziologik asoslari” F.U.Qodirova, X.Sh.Yunusova

References

“Ontogenez psixologiyasi” E.E.G‘oziyev Toshkent “NIF MSH” 2020

“MAXSUS PEDAGOGIKA ASOSLARI O‘QUV QO‘LLANMA” F.U.Qodirova, Sh.Z.Matupayeva, Sh.T.Shermuxamedova, B.Z.Fozilov, B.M.Abdullaev, Z.X.Xusnuddinova

“BOLALAR RIVOJLANISHIDAGI NUQSONLARNING KLINIK ASOSLARI” D.R. Madazizova O’zbekiston faylasuflari milliv jamiyati» nashriyoli TOSHKRNT - 2018

“Ibn Sino Ta’limoti” F.Nurboyev “Tib-kitob” nashriyoti Toshkent-2020

“Tibbiy o‘gitlar” , “ Tib qonunlari” Abu Ali Ibn Sino

“Inklyuziv va maxsus ta’limning fiziologik asoslari” F.U.Qodirova, X.Sh.Yunusova