POLVONNING METIN BARDOSHI MILLIYLIKNING RAMZIDIR MUROD MUHAMMAD DO‘STNING “DASH-U DALALARDA” HIKOYASI TAHLILI | Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования

POLVONNING METIN BARDOSHI MILLIYLIKNING RAMZIDIR MUROD MUHAMMAD DO‘STNING “DASH-U DALALARDA” HIKOYASI TAHLILI

10-12
0
Поделиться
Ruzmurodova , R. . (2024). POLVONNING METIN BARDOSHI MILLIYLIKNING RAMZIDIR MUROD MUHAMMAD DO‘STNING “DASH-U DALALARDA” HIKOYASI TAHLILI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(6), 10–12. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/45833
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada  dunyo adabiyotida mavjud an’ana va adabiy usullarni milliy nasrimizga mohirlik bilan payvand qilishga erishgan ijodkorlardan biri Murod Muhammad do ‘stning “ Dasht-u dalalarda” hikoyasida Polvonning metin irodasi, o ‘zbek oilasiga xos bo ‘lgan ichki  milliylik tuyg ‘usi va voqealar tizimi haqida atroflicha fikir yuritilgan.


background image

10

POLVONNING METIN BARDOSHI MILLIYLIKNING RAMZIDIR MUROD

MUHAMMAD DO‘STNING “DASH-U DALALARDA” HIKOYASI TAHLILI

Ruzmurodova Rayhona

Berdaq nomidagi Qoraqalpog ‘iston davlat universiteti

O ‘zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11526845

Annotatsiya:

Maqolada dunyo adabiyotida mavjud an’ana va adabiy usullarni milliy nasrimizga

mohirlik bilan payvand qilishga erishgan ijodkorlardan biri Murod Muhammad do ‘stning “ Dasht-
u dalalarda” hikoyasida Polvonning metin irodasi, o ‘zbek oilasiga xos bo ‘lgan ichki milliylik tuyg
‘usi va voqealar tizimi haqida atroflicha fikir yuritilgan.

Kalit so ‘zlar:

obraz, sujet, konflikt, kompozitsiya,badiiy asar tili, badiiy tasvir va ifoda vositalari.


Hikoyadagi Polvon va Xadicha obrazi o ‘zining samimiy va betakrorligi bilan kitobxon qalbidan joy
olib ulgurgan. Polvon qiyofasida”jonli, otash qalb” nafasi bor hech kimga o‘xshamagan xarakter
egasi gavdalanadi. U Xadichaga nisbatan sevgisini hech bir o ‘rinda oshkor qilmaydi, ich-ichidan
ayolini yaxshi ko ‘radi. Nima bo ‘lgan taqdirda ham undan ajralgisi kelmaydi. Palvon o ‘zi gapiradi,
o‘zi sevadi, o‘zi kuyinadi, hammmasi tabiiy va ishonarli, hech qanday yasamalik, soxtalik
sizilmaydi. Oʻquvchi kitobxon goʻyoki oʻz qalbidan polvon tuygan his-tuyg ‘ularni kechiradi.
Polvonning Xadichani Xatcha deyishi bo ‘yoqdorlik jozibani kuchaytirgan obrazga “ hayot manbai”
singari jon bag ‘ishlaydi.
Yozuvchi Nazar Eshonqul shunday deb yozgan edi: “ Mendan bitta asar bilan yozuvchi adabiyotda
qolishi mumkinmi deb so ‘rashsa , “Ha! Bu Murod Muhammad Do ‘st va uning “ Dasht-u dalalarda”
hikoyasi “, deb javob qaytarardim... Hikoya xalq og ‘zaki ijodi va XX asrdagi nasrning eng so ‘nggi
yutuqlarini yelkasida ko ‘tarib turibdi”[1]. Topib aytilgan e’tirofda (Nazar Eshonqul soʻzi nazarda
tutilmoqda) hikoyada ikki asos: folklor va dunyo adabiyotining poetik an’analarini
o‘zlashtirganligi ta’kidlanadi. Yozuvchi Murod muhammad Do‘stning hikoyalari o‘ziga xos uslubga
ega. Hikoyalarini o ‘qigan kitobxon, albatta o‘ziga tegishli xulosani oladi. Adabiyot ayvonida
qolishi bashorat qilingan ( Nazar Eshonqul tomonidan berilgan ta’rif nazarda tutilmoqda) hikoya
yozuvchining butun ijodiga tenglashtirilarkan, bunga asos yetarlimikin, degan ishtiboh ko ‘ngildan
kechadi. Shu bois muallifning ulkan hayayot haqiqatidan xabar beruvchi “Dasht-u dalalar” asarini
tahlil etishga, tagmatnidagi ma’nolarni anglashga harakat qilamiz.
Hikoya shunday jumla bilan boshlanadi “ Xadicha ketdiyu ko ‘ngildan halovat ham ketdi. Uy
bamisoli o ‘lik chiqqanday huvillaydi...”[2]. Demak, voqea favqulotda yuz bergan hodisa tugun
bilan boshlanadi. Polvonning halovati shunchaki buzilmagandek ayol ham shunchaki ketib
qolmagan. Polvon uchun Xadichaning borligi nafaqat ko ‘ngil halovati, balki tirikligi bilan teng.
Xadicha ketganidan so’ng Polvon ham uyiga kelmay qo ‘yadi. Uy uni o ‘z domiga tortadiganday bo
‘ladi. Yolg’izlik tushkinlikka tushish, bu hissiyotlari barchasi qahramon his –tug ‘ularini tabiiy ifoda
etadi. Polvonning yuragi “siqildi” odamlar malomat qilsada bog ‘dagi bobosidan qolgan yerto ‘lada
yashashni afzal bildi. O‘zi bilan iti Qoratoyni ham yer to ‘laga olib kiradi. Polvon o ‘zidan o ‘tganini
o’ zi biladi chiday olmagani uchun dardini iti Qoratoy bilan bo ‘lishadi. Hikoyada voqealar ketma
–ketligi qahramon harakatlarini ifodalab beradi.
Muallif Adol obrazi talqinida folklor ohanglaridan unumli foydalangan. U qahramonni ruhiy
ma’naviy yangilanish sari undovchi kuch sifatida gavdalantiriladi, ismida ham aytilmagan
gaplarga ishora bor. Adolat akasiga “Bu kuningizdan o ‘lganingiz yaxshiroq edi” deya ta’na qilib


background image

11

ogʻrinadi. Adolat o ‘z vazifasini bajargach, voqealar markazidan chekinadi. U akasini oldinga
intilishiga ko ‘maklashdi desak mubolag ‘a bo’ lmaydi. Polvon qirq kundan beri arazlab uyiga
ketgan xotinini xayolidan chiqara olmaydi. Ba’zan turmush oʻrtogʻining “siyogʻi ham esidan
chiqqanday” boʻlib uni eslaydi. Darrov shamollab qoladigan ayolining ivirsirab yurishini koʻngli
tusay boshlaydi. Aslida turmush oʻrtogʻi oʻzi hoxlab ketgani yoʻq, toʻgʻrirogʻi haydaldi. Erining qayt
deyishini intiqlik bilan kutdi, qayta –qayta kutdi. Ammo, Polvon shashtidan tushmadi. Kamiga
uydan qizini sudrab chiqishi Xatchaga og’ir botdi, xo’rligi keldi. “Musht yeganda yigʻlamagan ayol,
buni eshitib yomon bo’shashdi, ko ‘ziga yosh oldi” O ‘zbek xalqi oila muqaddas “qoʻrgʻon “ ekanligi,
shu “qoʻrgʻon “ning shoh va malikasi farzand boʻlishini juda qadrlaydilar. Oradan qirq kun oʻtsada
ajrashib ketmasligi azob –uqubatlarga chidamli bo’lish ham bir millatga xos bo’lgan o’zgacha bir
g’urur o’zgacha bir iftihordir. Hikoyada e’tibor qaratilgan juda muhim nuqta bor – xalq
donishmandligi masalasi. Muallif aynan shu nuqtadan turtki vazifasida unumli foydalangan
Polvon hayotini hal qiluvchi kutilmagan ravishda Adol yondira olmagan oʻtni alangaga aylantirish
vazifasi Nazar Maxsum zimmasiga tushadi. Polvon nima qilishni bilmay oʻylay boshlaganida Nazar
Maxsum olovga moy sepadi. Polvon Konflik ichki ( pixologik) duch keladi. Konflikt (lotincha –
toʻqnashuv) deganda badiiy asar personajlarining oʻzaro kurashlari qahramonning oʻz muhiti
bilan ziddiyatlari, shuningdek uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar tushiniladi.[4]
Nazar Maxsum Polvonni avraydi va undan taloq soʻzini olishga urinadi ,oladi ham .Polvon taloq
soʻzini aytganda goʻyoki Xadichasiz hayotda boʻm- boʻsh hech vaqosiz qolganday his etadi. Taloq
inson hayotida hal qiluvchi ahamyatga ega islomiy qadiryat: er va xotin oʻrtasida moddiy va
ma’naviy tugunni yechishdir. Nikohning muqaddas va yuki ogʻirligini Narar maxsum juda yaxshi
biladi, ammo Polvon shubxalariga asos topadi. Maxsum “meniki bir sabab ...” deya qistirib oʻtadi.
Shunda Polvon gap nimada ekanligini tushunadi. Polvonning gʻururi uygʻondi. Ruhiy holat ayni
tigʻiz pallaga oʻtadi . Elchining gaplari Polvonning hamiyatiga tegadi, u kutilmaganda xulosasini
aytadi. “ Mo’ljalni xato olgan ekansiz,-dedi Polvon.- Qoʻyadigan xotinim yoʻq!” Polvon Xadichani
olib kelgani boradi, ammo qaynilari uni urib bogʻlab “xadichani javobini berasan “ deya
kaltaklashadi. Polvon kaltaklanishiga qarshilik qilmaydi, qilsa ham boʻlardi. Ammo “etik qoʻnjiga
qoʻl yuborsa nomardlik boʻladi”, deya tantilik qilib tanasini kaltakka qoʻyib beradi, dod-faryod
qilmadi, vaziyatni kuzatdi. Hatto qamchi zarbidan joni ogʻrisa-da, ogʻriqni sezmaydi. Joniga azob
berayotgan qamchini “mayda oʻrim” ekan deya baholashiga hayron boʻlmaysiz, ishonasiz. Har bir
holat, har bir nafas, har bir lahza muallif eʼtiboridan chetda qolmaydi. Muallif bunday oʻta nozik
holat tasviri bilan cheklanmaydi, qahramon ruhiyatining lahzalarini chizishga harakat qiladi.
Qamchining zarbidan tanasi tilka pora boʻladi, urgichlar charchab, qoniga botirib talogʻini aytishga
majbur qilsa-da, taslim boʻlmaydi. Tepkilar ostida zoʻravon etigining nagʻali yeyilgani, “qushning
tiliday yupqa” boʻlib qolganligini, qamchining “vizillab” ovoz chiqarishini bilib, eshitib yotadi,
oʻzini qoʻyib beradi. Polvon xuddi tush koʻrayotgandek, oʻzini chetdan turib tomosha qiladi.
Bunday azobga chidashiga uni nima majbur qildi? Polvonday gʻururi baland yigitning kaltakka
ixtiyoriy taslim boʻlishiga majburlagan kuch nima? Polvonni tanasi zirqirasada ko’ngli hotirjam.
Barcha qiynoqlarga bardosh bergan Polvon Xadichaga qilingan tuhmatga ishonib uni haydagan
bo’lsa endi uning o’zi Xatchani olib ketadi. Polvon avvalgi sahnalarda tush ko’rishni istagan bo’lsa
endi uyg’onishni xoxlardi. Chunki Xadicha yonida uni uyg’onsa ham yuqotib qo’ymaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak baxt bu tinchlik ya’niy ko’ngil xotirjamligi. Murod Muhammad Do’st
o’zbek olilasining ichki qo’rg’oni sirlaridan hikoya qiladi borini aytadi,yolg’on yo’q qanday bo’sa
shunday tasvirlaydi. Hikoyani Muhabbat kuylari deb ham atash mumkin. Dasht-u dala kengligi


background image

12

singari Polvonning muhabbati ham toza pokiza tuyg’ularga boy. Oila mustahkamligi albatta,
ko’proq erkar kishiga metin bardoshiga, bog’liq ekanligiga guvoh bo’lasiz.

References:

1.

D. Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish” meros nashriyoti Toshkent :2004-yil.

2.

T.Boboyev “Adabiyot asoslari” Toshkent:”O’zbekiston” 2001-yil.

3.

Murod Muhammad Do’st “ Dasht-u dalalarda” hikoyasi 2013-yil.

4.

S.To’laganva “Dasht-u dalalar “ hikoyasi tahlili “Oyna” 2023-yil.

Библиографические ссылки

D. Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish” meros nashriyoti Toshkent :2004-yil.

T.Boboyev “Adabiyot asoslari” Toshkent:”O’zbekiston” 2001-yil.

Murod Muhammad Do’st “ Dasht-u dalalarda” hikoyasi 2013-yil.

S.To’laganva “Dasht-u dalalar “ hikoyasi tahlili “Oyna” 2023-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов