77
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
O‘zbekistonda zamonaviy bank to‘lov
tizimining mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirish va uni barqarorlashtirishdagi
ahamiyati
Maribjonov Botirjon
Ikromjonovich
Andijon mashinasozlik instituti,
“Buxgalteriya hisobi va menejment” kafedrasi assistenti.
E-mail. botirjonmaribjonov@gmail.com
Barchamizga ma’lumki, har qanday davlat yangi tizimga o‘tishda yoki mamlakat
iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirish uchun albatta davlatning bank to‘lov tizimidagi milliy
to‘lov tizimiga alohida e’tibor qaratish oqibatida mamlakat ichidagi pul muomalasi
aloqalarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z-o‘zidan mamlakatda
yashayotgan aholiga pul muomalasini amalga oshirishda yengilliklar va aholi turmush
darajasini yaxshilashga imkoniyat yaratish va shu bilan birgalikda hududlarning
iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan “Uzcard” hamda
“Humo” to‘lov tizimlarining milliy valyutadagi bank kartalari muomalaga chiqarilib,
ularning infratuzilmasi kengaytirib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi
“Plastik kartalar orqali hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 445-sonli qarorining talablariga asosan Yagona Umumrespublika
prosessing markazi tashkil etilib, “Uzcard” to‘lov tizimi faoliyat yurita boshladi.
2020 yil 11 aprelda Yagona umumrespublika prosessing markazi MCHJga “Uzcard”
to‘lov tizimi operatori lisenziyasi Markaziy bank tomonidan taqdim etildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “Milliy to‘lov tizimini
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ–3945-sonli qaroriga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank huzurida Milliy banklararo prosessing
markazi tashkil etilib, ushbu markaz tomonidan 2019 yil boshidan boshlab “Humo”
to‘lov tizimini ishga tushirdi. Milliy banklararo prosessing markazi MCHJga
2020 yilning aprel oyida “Humo” to‘lov tizimi operatori lisenziyasi Markaziy bank
tomonidan berildi.
Mamlakatimizda bank kartalari infratuzilmasi 2020 yil 1 yanvar holatiga jami
20547 ming dona bank plastik kartalari, 392 361 ta bank to‘lov terminallari hamda
9203 ta bankomat va infokiosklardan tashkil topdi.
Quyidagi diagrammada bank to‘lov tizimining qo‘llanishi natijasida
mamlakatimizdagi pul muomala munosabatlarida qo‘llaniluvchi asosiy vositalarning
ortishiga sabab bo‘lgan.
78
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Bank to‘lov tizimini qo‘llanishi natijasida erishilgan yutuqlar
Ushbu diagrammadagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankining ijtimoiy tarmoqdagi saytidan olingan.
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan
bank plastik kartalari 2011 yilda jami 7909 ming dona muomalaga chiqarilgan bo‘lsa,
2022 yilgacha 27106 ming dona, ya’ni 10 yil davomida 3.5 barobarga oshgan holda
bank plastik kartalari muomalaga chiqarilgan. Bank to‘lov tizimida elektron to‘lovni
yanada
rivojlantirish
va
mamlakatimizda
pul
muomala
munosabatlarini
takomillashtirish maqsadida elektron to‘lov terminallari 2011 yilda jami 85741 dona
o‘rnatilgan bo‘lsa, 2022 yilgacha bu terminallar soni 433384 dona yoki 10 yil davomida
5 barobarga ortgan. Bankomat va infokiosklarni o‘rnatilishi bo‘yicha
2011 yilda jami 491 dona o‘rnatilgan bo‘lsa, 2022 yilgacha 12940 dona yoki 10 yil
davomida bu ko‘rsatkich 26 barobarga ko‘p o‘rnatilgan. Mamlakatimizda zamonaviy
bank to‘lov tizimi qo‘llanishi natijasida terminallar orqali banklararo milliy valyutadagi
tranzaksiyalar summasi 2011 yilda jami 10192.0 mlrd. so‘m aylangan bo‘lsa, 2022
yilgacha 111137.0 mlrd. so‘m aylangan yoki 10 yil davomida bu ko‘rsatkich 11
barobarga ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Albatta, bu mamlakatimizda bank to‘lov
tizimini 10 yil davomida sezilarli darajada rivojlanganligi va bu jarayon davlatning
moliyaviy-iqtisodiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, 2019 yil davomida bank to‘lov tizimi bo‘yicha ikkita milliy
chakana (“Humo” hamda “Uzcard”) to‘lov tizimlarining Visa, Mastercard, China
Union Pay hamda Mir xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyasi samarali amalga
oshirildi. Bu esa, ushbu xalqaro to‘lov tizimlari kartalari foydalanuvchilari, ya’ni
mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayohatchi turistlar, xorijiy mehmonlar uchun keng
shart-sharoitlar yaratgan holda “Humo” hamda “Uzcard” to‘lov infratuzilmasi
bankomatlar va bankning to‘lov terminallari tarmog‘i orqali milliy valyutada
to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratib berdi. Ushbu jarayonlar esa
mamlakatning turizm sohasini rivojlantirishga juda katta hissasini qo‘shmoqda. Bu
bilan davlatimizga kelayotgan sayohatchilar oqimini yanada oshirib, mamlakatimizning
7909
8276
9503
11068
15215
16316
19523
19226
17686
20547
25776
27106
85741
99688
112712
129679
169581
183060
208536
235712
244913
392361
438410
433384
491
905
1417
1733
2012
2345
4954
5632
6859
9203
11800
12940
10
192
12
658
16
308
22
758
31
324
53
050
52
972
63
712
71
020
81
000
111
137
2 0 1 1
2 0 1 2
2 0 1 3
2 0 1 4
2 0 1 5
2 0 1 6
2 0 1 7
2 0 1 8
2 0 1 9
2 0 2 0
2 0 2 1
2 0 2 2
Muomaladagi bank kartalar soni (ming dona)
O‘rnatilgan to‘lov terminallari soni (dona)
O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni (dona)
Terminallari orqali milliy valyutadagi tranzaksiyalar summasi (mlrd.so‘m)
79
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
valyuta zaxira fondini oshirishga ham katta xizmat qilmoqda. Bundan tashqari,
mamlakatimizning bank to‘lov tizimida bank plastik kartalarini shakllanishi mamlakat
iqtisodiyoti va moliyaviy siyosatini tubdan o‘zgartirib borishga katta ta’sir qildi,
jumladan; davlatning moliyaviy siyosatida dastlab byudjet tashkilotlari ishchi-
xodimlarining oylik ish haqlari va yoshga doir nafaqa pullarining bank plastik
kartalarga o‘tkazilishi natijasida davlatning birinchi darajali to‘lovlarini to‘lash
muammolari o‘z yechimini topdi. Shuningdek, bank to‘lov tizimni qo‘llanilishi
natijasida mamlakatda pul oqimlarining ko‘paygani hamda to‘lov tizimni to‘lov
muddati tezlashgani bo‘yicha natijadorligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga
mamlakatda yuridik va jismoniy shaxslarning tovar-pul munosabatlari bo‘yicha onlayn
holdagi pul aylanmalarini ham rivojlantirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z-
o‘zidan mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy holatini yuksalishiga o‘z hissani
qo‘shishga hamda moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishda keng jaxon olamida
faoliyat olib borishga ham katta ta’sir qilishi extimoldan holi emasdir. Bank to‘lov
tizimini yanada rivojlantirish natijasida mamlakatimizdagi barcha bank tizimini tubdan
isloh qilinmoqda. Jumladan, bugungi kunda barcha banklarning pul muomala
amaliyotlarini faqatgina bank binosida turib bank xodimi tomonidan amalga oshirish
emas balki, bank mijolari o‘zlarining mobil qurilma (telefon, planshet, noutbuk)lari
orqali bankdan tashqarida dunyoning xoxlagan joyida turgan holda pul muamala
amaliyotlarini o‘zlari onlayn tarzda amalga oshirishlari mumkin. Bunda esa, bank
to‘lov tizimining mamlakatdagi internat aloqa tarmoqlari rivojlanishi xamkorligida
o‘zaro integratsiyalar bog‘langanlini ham ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin.
Bank to‘lov tizimini rivojlanishi nafaqat mamlakt iqtisodiyotini balki, mamlakatning
turizm sohasi, banklarning xorij banklari bilan aloqalarini, mamlakatda istiqomat
qilayotgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish maqsadida mamlakatda
internet va mobil aloqa tizimlarini tubdan rivojlantirishga sabab bo‘lmoqda.
Foydalangan adabiyotlar.
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 1 noyabrdagi “To‘lovlar va to‘lov
tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-sonli Qonuni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 5 mayda
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, (ro‘yxat raqami 3431) “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash
tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2023 yil 18 apreldagi 8/3-sonli qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston respublikasi Kapital
bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 yil
24 yanvardagi PQ-4127-sonli qarori.
4.
Xudoyqulov.X.X., “Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini
baholashda chegirmaviy pul oqimlar usulidan foydalanishdagi muammolar”.
Toshkent;.2020.
5.
Maribjonov.B.I., “Sanoat korxonalarida moliyaviy tahlil o‘tkazishning o‘ziga
xos hususiyatlari”. 2024.
6.
Maribjonov.B.I., “Byudjet jarayoni mohiyati va tamoyillarini amalga
oshiruvchi davlat organlari va ularni vakolatlarini o‘rganish”. 2023.
