53
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
KIRISH. Yashirin iqtisodiyot bu-iqtisodiyot ishtirokchilari tomonidan oshkora
olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar
toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy faoliyat
jarayonlaridir. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari boʻlib,
uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Bugungi kunda
yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud bo‘lib, uning
turli shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va
iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi:
1) Jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo maʼn etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib
etiladigan ishlar bilan shugʻullanish. Masalan: narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi
va hokazo;
2) Gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab
oʻzlashtirib olish. Masalan: oʻgʻirlik, bosqinchilik, reket, poraxoʻrlik;
3) Ikkilamchi iqtisodiyot - kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf
beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy
faoliyat. Masalan: yashirin tadbirkorlik, 1-2 va 5-10 kishi band boʻlgan yashirin kichik
korxonalar faoliyati, yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi,
qurilish, savdo, kiyim-kechak ishlab chiqarish;
YASHIRIN IQTISODIYOT VA UNI
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONI
Davidova Dilnoza
Tadjibayevna
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti
dilnozatadjibayevna@gmail.com
A
nno
ta
ts
iy
a
Ushbu maqolada yashirin iqtisodiyot tushunchasi, uning turlari bo‘yicha
ma’lumotlar o‘rin olgan bo‘lib, bu borada jaxon tajribasida kuzatilgan
holatlar, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot va uni raqamlashtirish jarayonlari
aks ettirilgan. Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotni kamaytirish bo‘yicha
ko‘rilgan chora-tadbirlar va statistik hisob-kitoblar natijalari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Iqtisodiyot, korrupsiya, ikkilamchi iqtisodiyot, qalbakilashtirish,
yalpi ichki mahsulot, g‘ayriqonuniy, bojxona, soliq, sog‘liqni
saqlash, qurilish, valyuta bozori, statistika, kuzatilmaydigan
iqtisodiyot.
54
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
4) Rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin
ishlab chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda
hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish;
5) Mansabni suisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-
harakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm,
mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin;
6) Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos
boʻlib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi
qoʻshib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar.
TAHLIL VA METODLAR. Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, oʻtgan asr oxirlarida
yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining
27,5% ga teng boʻlgan. Biroq yashirin iqtisodiyot miqyosi turli mamlakatlarda turlicha
farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlariga Lotin Amerikasi va
Afrika mamlakatlari kiradi. Masalan, 1999-yil Misr va Nigeriyada u yalpi ichki
mahsulotning 70% ga teng boʻldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam boʻlgan
mamlakat Osiyoda Yaponiya (1-2%), Gʻarbiy Yevropada Shveysariya hisoblanadi.
MDH mamlakatlarida yashirin iqtisodiyot darajasi oʻrtacha. Dunyoning rivojlangan
mamlakatlarida, masalan, AQSH va Italiyada yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki
mahsulotdagi hissasi tegishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997). XXI-asrga kelib
iqtisodiyotning globallashuvi oqibatida yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib
xalqaro darajaga koʻtarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi
yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga koʻchirilishida, nojoʻya biznes ishlari bilan
shugʻullanuvchi xalqaro firmalarning paydo boʻlishida koʻrinadi. Bunga misol qilib
xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin
migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali gʻayri qonuniy yoʻllar bilan
topilgan pulni "halollab" olish kabilarni koʻrsatish mumkin. Ushbu holatlarga qarshi
kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot - Xalqaro moliyaviy
harakatlar guruhini tashkil etgan bo‘lib, bugungi kunda unga dunyoning 36 mamlakati
aʼzo hisoblanadi [1].
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot darajasi yuqori bo‘lib,
keyingi yillarda biznesga qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot
ulushini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, valyuta bozori erkinlashtirildi,
yangi soliq tizimi joriy etildi, 100 ga yaqin ruxsat berish va litsenziyalash qoidalari
qisqartirildi. Bularning natijasida oxirgi 5 yilda sanoatda norasmiy sektor ulushi 20
foizdan 6 foizga tushganini guvohi bo‘lamiz. Davlat organlarida ham yashirin
iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimi joriy etilmoqda. Xususan,
Qurilish, Sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida,
«O‘zbekneftgaz» va «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlarida bu borada ishlar
boshlangan. Yil yakunigacha yana 14 ta tashkilotda va davlat ulushiga ega 10 ta
bankda ushbu tizimni joriy etish vazifasi qo‘yildi. Inson omiliga chek qo‘yish orqali
kontrabanda va mahsulotlarning bojxona qiymatini sun’iy pasaytirish holatlari ustidan
bojxona nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Davlat bojxona qo‘mitasi va
Davlat soliq qo‘mitasiga import tovarlarining kirib kelishi, bojxonadan o‘tkazilishi va
sotilishi bo‘yicha yagona bazani ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Masalan,
55
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
o‘zini o‘zi band qilish tizimi soddalashtirilgani natijasida iyul oyining o‘zida 184 ming
fuqaro rasmiy sektorda ish yurita boshladi.
Lekin qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, transport va boshqa xizmat
ko‘rsatish sohalarida norasmiy bandlik darajasi hamon yuqoriligicha qolmoqda.
Umuman, iqtisodiyotda band bo‘lgan 10,5 million aholining atigi 4,9 millioni daromad
solig‘i to‘laydi. Savdo, umumiy ovqatlanish, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish
sohalarida plastik kartalar va boshqa turdagi kontaktsiz to‘lovlarni aylanma daromad
solig‘ini hisoblash bazasiga kiritmaslik taklifi bildirildi. Shuningdek, 43 ta idoraning
270 ta nazorat funksiyasini tanqidiy o‘rganib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga
sabab bo‘layotgan vakolatlarini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘z
navbatida, yashirin iqtisodiyotni tarmoqlar va sohalar bo‘yicha tahlil qilish talab
darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, bir viloyat
misolida yashirin iqtisodiyotning statistik hisoboti joriy etilishi belgilandi [2].
Yashirin iqtisodiyot yana kuzatilmaydiga iqtisodiyot deb ham yuritiladi.
Yashirin iqtisodiyotni kamaytirish uchun raqamlashtirish jarayoni muhim ahamiyatga
ega. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.
Respubilkamizdagi yashirin iqtisodiyot faoliyatini baholash borasida jahon
tajribasini Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti bilan birgalikda holatlar uchta
davlatlar turiga bo‘lib o‘rganildi.
Birinchisi, bu MDH davlatlari. E’tibor bersak MDH davlatlarida
kuzatilmaydigan iqtisodiyotgi ulushi YaIM mahsulotdagi Qirg‘iziston Respublikasida
29% bo‘lib, Ozarbayjon Respublikasida 48,6%ni tashkil qilmoqda. Yevropa
mamlakatlarida, masalan, Shvetsariya davlatida 5,4%ni tashkil qilgan bo‘lsa, Ispaniya
davlatida 21,3%ga teng bo‘lmoqda. Boshqa rivojlangan mamlakatlarga e’tibor
beradigan bo‘lsak, AQShda 5,7%, Saudiya Arabistonida 15,1%ni tashkil qilmoqda.
Statistika
agentligi
tomonidan
norasmiy
iqtisodiyotni
baholashni
takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotni tariximizda ilk bor statistik baholash
bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Birinchidan, Statistika agentligi tarkibida yashirin iqtisodiyotni statistik
baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etildi. Norasmiy yashirin iqtisodiyotning
hajmi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholashni takomillashtirish
maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari keng jalb
qilindi. Ular bilan hamkorlikda va mas’ul vazirlik idoralarning fikr-mulohazasini
e’tiborga olgan holda kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash uslubiyatini
ishlab chiqildi.
Ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning norasmiy-yashirin faoliyatini
o‘rganish bo‘yicha statistik kuzatuvlarni olib borildi. Shunga ko‘ra, 2023 yilning
avgust oyida respublikamizning 165 ta tumanida 7 mingdan ortiq uy xo‘jaliklarida
transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga
ketgan xarajatlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus statistik kuzatuvlarni amalga oshirdi.
Mazkur ikki kuzatuvlarning farqli tomoni shundan iboratki, 2020-2021 yillarda
o‘tkazilgan kuzatuvlarda asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish
faoliyati kuzatilgan bo‘lsa, 2023 yilning avgust oyida o‘tkazilgan kuzatuvda esa faqat
uy xo‘jaliklarining xarajatlari kuzatildi.
56
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Shuningdek, Soliq qo‘mitasidan soliq tekshiruvlari bo‘yicha va Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik vazirligidan norasmiy bandlik bo‘yicha ma’muriy ma’lumotlar
olindi va xorijiy tajribalar asosida ular ham tahlil qilindi. Yig‘ilgan ma’lumotlar
asosida 2017-2023 yillar uchun iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimida norasmiy
va yashirin iqtisodiyot hajmi va uning YaIMga ta’siri statistik baholandi.
Olib borilgan hisob-kitoblar asosiy natijalari bilan tanishtirib o‘tadigan bo‘lsak,
amalga oshirilgan hisob-kitob natijasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot o‘zgarishi
respublikamizda 2023 yil yakunlari bo‘yicha YaIMning 27,9%dan 35,5%ga o‘zgardi.
Sanoat tarmog‘ida 3,7%dan 9,6%ga, qurilish sohasida 20,5%dan 41,4%ga, xizmatlar
27,2%dan 39,2%ga o‘zgarganini ko‘rish mumkin.
Hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra, norasmiy va yashirin iqtisodiyotda yaratilgan
yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2023 yilda 26 trln so‘m qo‘shimcha aniqlik kiritgan
holda baholandi hamda amaldagi 297,3 trln so‘mdan 422,9 trln so‘mga oshdi.
Shundan, sanoat tarmog‘ida 9,7 trln so‘mdan 26,9 so‘mga, qurilishda 12,8 trln
so‘mdan 35,2 trln so‘mga, xizmatlar sohasida 119,3 trln so‘mdan 205,3 trln so‘mga
baholandi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, kuzatilmaydigan iqtisodiyotda yaratilgan yalpi
qo‘shilgan qiymat hajmi norasmiy iqtisodiyot 26 trln so‘mga, yashirin iqtisodiyot
hajmi 99,6 trln so‘mni tashkil etdi. Shundan, sanoat tarmog‘ida norasmiy iqtisodiyot
4,9 trln so‘mni, yashirin iqtisodiyot 12,3 trln so‘mni, qurilishda norasmiy iqtisodiyot
14,3 trln so‘mni, yashirin iqtisodiyot 8,1 trln so‘mni, xizmatlar sohasida norasmiy
iqtisodiyot 6,7 trln so‘mni, yashirin iqtisodiyot 79,3 trln so‘m tashkil etdi.
2023 yilda norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmining tarmoqlar bo‘yicha
taqsimlanishiga e’tibor beradigan bo‘lsak, unda xizmatlar sohasi 48,5%ga to‘g‘ri
kelmoqda, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 36,8%, qurilish 8,3%, sanoat 6,4%
tashkil qilmoqda. Amalga oshirilgan baholash yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi
YaIM hajmi 2023 yilda qo‘shimcha 125,6 trln so‘mga oshdi va jami 1 192,2 trln
so‘mni tashkil etdi. Shunga mos ravishda, aholi jon boshiga YaIM hajmi qo‘shimcha
3,4 mln so‘mga oshib, 32,7 mln so‘mga yetdi [3].
NATIJALAR. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni yechimi raqamlashtirishda,
tarmoqlar va sohalardagi iqtisodiy munosabatlarni, oldi-sotdi jarayonlarini
raqamlashtirsak kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi borgan sari kamayib boradi.
Butunlay bartaraf qilish qiyin masala.
“Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarda uy xo‘jaliklari
xarajatlarini baholash eng optimal usul hisoblanadi. Ya’ni, aholi o‘rtasida so‘rov
o‘tkazilgan vaqtda ular xarajatlarini yashirmasikka harakat qiladi. Barcha xarajatlarini
to‘liq ochib ko‘rsatib beradi. Shuning uchun mana shu xarjatlar bilan korxona-
tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlardagi ishlab chiqarish hajmlari o‘zaro
solishtirilganda, mana shunda norasmiy yashirin iqtisodiyot hajmlari kelib chiqadi.
Shu usul birinchi navbatda xalqaro tavsiyalarga asoslanadi, ikkinchidan, xorijiy
davlatlarda bu usul judayam yaxshi natija ko‘rsatgan. Shu sababli ushbu usuldan
ko‘plab davlatlar foydalanib keladi va ko‘rsatkichlarning to‘g‘riroq chiqishigi,
shaffofroq bo‘lishiga ushbu usul yordam beradi” [4].
MUHOKAMA. Yashirin iqtisodiyotni faqat salbiy taraflarini emas, aksincha
uning jamiyatga keltiradigan foydalarini ham yaxshilab o‘rganib chiqishimiz ustuvor
57
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
vazifamizdir. Yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga quyidagi yo‘llar
bilan ularga imkon berib, o‘z tadbirkorligini ochiq-oshkora amalga oshirishi
mumkinligini ko‘rib chiqamiz:
1. Yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qanchadur muddat
evaziga soliqlarni kamaytirish yoki soliqlardan ozod etish orqali,keyinchalik muddat
tugaganidan keyin esa ulardan soliq olish. Hozirgi kunda yashirin iqtisodiyot ham
xalqaro darajaga ko‘tarilgan. Shu tufayli ularda ham aylanma daromad ko‘payganligini
tahmin qilishimiz mumkin. Tahmin qilishimizga sabab esa ishtirokchilar tomonidan
oshkora olib borilmasligi, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmasligidur.
Aylanma daromad ko‘p bo‘lganligi sababli ular to‘laydigan soliq ham shunga yarasha
ko‘p bo‘ladi, agar ular o‘z tadbirkorligini oshkora amalga oshirsa.
2. Agar ular ishlab chiqargan mahsulot davlatga va insonlarga naf keltiradigan
bo‘lsa, ularga imtiyozlar va kreditlar berish orqali o‘z tadbirkorligini yanada
rivojlantirishi uchun yordam berib qo‘llab-quvvatlash.
3. Ortiqcha hujjatbozlikni kamaytirish orqali.
4. Jarimalarni kamaytirish orqali [5].
XULOSA o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki yashirin iqtisodiyotni qisqartirish
imkonsiz emas. Buning uchun puxta o‘ylangan, bosqichma-bosqich amalga
oshiriladigan puxta strategiya kerak. Bunday strategiyaga erishishda albatta birinchi
navbatda aholining iqtisodiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi
[6-8]. Agar aholiga xufiyona iqtisodiyotning salbiy asoratlari muntazam
ravishda tushuntirib borilsa, bu orqali xufiyona iqtisodiyot ma’lum darajada bartaraf
etishga erishilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
2. https://www.gazeta.uz/oz/2020/07/27/shadow-economy/
3. https://review.uz/uz/post/kuzatilmaydigan-iqtisodiyot-ozbekistondagi-
norasmiy-va-yashirin-iqtisodiyotni-baholash-natijalari
4. Akramovich N.A. The priority of using innovative technologies in the
agricultural education system // Journal of Academic Research and Trends in
Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185–191.
5. R.Bekhaus. Zamonaviy iqtisodiyotning boshqotirmasi: fan yoki mafkura?
Kembrijuniversiteti nashriyoti, 2012 yil
6. Алматаев Т. О., Давидова Д. Т., Султанов А. А. Пути эффективной
организации
интеграции
сотрудничества
высшего
образования
и
промышленности //universum: технические науки. – 2023. – №. 9-2 (114). – С. 38-
41.
7. Давидова Д. Т. Cуғуртада ахборот коммуникация технологиялари ва
улардан фойдаланиш мезонлари //models and methods for increasing the efficiency
of innovative research. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.
8. Sh, B. S., & Abdug'aniev, Y. J. (2024). Youth Entrepreneurship and its
Socio-Economic Advantages. European journal of business startups and open society,
4(4), 166-169
