Авторы

  • A Xolboyev
    Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • S. Ibroximova
    Toshkent farmatsevtika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57893

Ключевые слова:

образование ценности традиции духовность просвещение творчество молодость талант развитие

Аннотация

В статье раскрывается роль художественной литературы в формировании патриотизма в сердцах молодежи и в развитии национальной гордости в условиях глобализации. Также в произведениях узбекских писателей анализируется широкое распространение концепций воспитания молодежи, нравов, понимания национальной идентичности, духовности и просвещения, которые являются достоянием нации

background image

135

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

GLOBALLAShUV JARAYОNIDA YОShLAR QALBIDA VATANPARVARLIK

TUYG‘ULARINI ShAKLLANTIRIShDA BADIIY ADABIYОTNING O‘RNI

A.Xolboyev

Toshkent tibbiyot akademiyasi

2-son davolash ishi fakulteti 1 kurs talabasi

S.E.Ibroximova

Toshkent farmatsevtika instituti

Xalqaro va qo‘shma ta’lim fakulteti

1 kurs 101 B guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14406784

Annotatsiya

Maqolada globallashuv jarayonida yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini

shakllanrtirishda hamda ular qalbida milliy g‘urur, iftihor tuyg‘ularini rivojlantirishda badiiy
adabiyotning o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, o‘zbek adiblari asarlarida millat ertasi bo‘lgan
yoshlar ta’lim-tarbiyasi, odob-axloq, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviyat-ma’rifat
tushunchalarining keng targ‘ib etilishi tahlilga tortilgan.

Kalit so‘z:

ta’lim-tarbiya, qadriyat, an’ana, ma’naviyat, ma’rifat, badiiy asar, yoshlar,

iste’dod, yuksalish.

Аннотация

В статье раскрывается роль художественной литературы в формировании

патриотизма в сердцах молодежи и в развитии национальной гордости в условиях
глобализации. Также в произведениях узбекских писателей анализируется широкое
распространение концепций воспитания молодежи, нравов, понимания национальной
идентичности, духовности и просвещения, которые являются достоянием нации.

Ключевые слова:

образование, ценности, традиции, духовность, просвещение,

творчество, молодость, талант, развитие.

Abstract

The article reveals the role of fiction in the formation of patriotism in the hearts of

young people and in the development of national pride in the context of globalization. Also, in
the works of Uzbek writers, the widespread dissemination of concepts of youth education,
morals, understanding of national identity, spirituality and enlightenment, which are the
heritage of the nation, is analyzed.

Keywords:

education, values, traditions, spirituality, enlightenment, creativity, youth,

talent, development

O‘zbek xalqining buyuk qomusiy olimi Abu Rayxon Beruniy “Menga yoshlarni

ko‘rsatsangiz, mamlakatimiz ertasi qanday bo‘lishini aytib beraman” deganida ming bor haq
edi.

Zero, barkamol, sog‘lom avlod yurt kelajagi, poydevoridir. Ma’lumki, yoshlarni vatanga

muhabbat, milliy g‘oya asosida tarbiyalash o‘tmish ajdodlarimiz merosi, an’anasi, qadriyatiga
yo‘g‘rilgan holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
e’tirof etganlaridek, “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita
borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir”. Haqiqatdan ham inson ruhiyatiga, ongiga
og‘zaki targ‘ibot-tashviqotdan ko‘ra yozma manba tez va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada
adabiyotning, so‘z san’atining o‘rni beqiyosdir.


background image

136

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

Ijodkor ahli o‘z farzandining qalbida millat o‘zligini anglashga, urf-odatlarimiz,

qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini anglashga, yurt ozodligini barpo etish singari
g‘oyalarni o‘z asarlari orqali yetkazishga uringanlar. Shundan ko‘rinib turibdiki, adabiyot keng
omma vakillariga xizmat qilib qolmay, balki yoshlar o‘rtasida vatanga muhabbat, milliy g‘oya
shakllanishida ham munosib o‘ringa ega hisoblanadi. Zero, adabiyot – har qanday vaziyatda
ham, avvalo, o‘z xalqi, sog‘lom avlodning ma’naviy olamiini boyitish qolaversa, umuminsoniy
ezgulikka da’vat etishni oliy maqsad qilib oladi. Shu sababli ham adabiyotni millat ko‘zgusi
deya e’tirof etish mumkin. Adabiy asarlarning milliy xususiyatlari yuksak ahamiyatga molik
ekanligini Fitrat, Cho‘lpon ta’kidlaganlar. Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek,
Shayxzodalar o‘z asarlarida o‘zbek xalqining milliy ruhini badiiy aks ettirishga katta ahamiyat
berdilar.

O‘zbek adiblari ijodiga nazar tashlar ekanmiz, milliy istiqlol dardi bilan yonib yashagan,

xalqni g‘aflat botqog‘idan uyg‘otishga, yurt ozodligi singari ezgu g‘oyalarni asarlarida
tarannum etgan. Abdulla Qodiriy o‘sha mashhur “O‘tgan kunlar” romanida yurtda hukmronlik
qilayotgan mayda xonliklar, mansabparastlar, amalparastlar orqasida chor Rossiyasiga
qurbon bo‘lish xavfi borligini istirob bilan bayon etadi.
Cho‘lpon esa o‘z she’rlarida mavjud ijtimoiy tuzum kamchiliklarini, illatlarini ochiq oydin
ko‘rsatib beradi. Shoirning “Ko‘ngil” she’rida inson erkin hayot uchun tug‘ilgani, hattoki
qafasdagi qush ham erkinlik sari talpinishi ta’riflaydi.

Bugungi kun adiblari asarlarida ham yuqorida zikr etilayotgan g‘oyalar o‘z aksini topib

kelmoqda. Ayniqsa Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida ushbu g‘oyalar
yanada kuchliroq tasvirlanadi. Yozuvchi asaridagi voqea-xodisalar ramziy ma’noda hamda
kinoyaviy uslub vositalaridan mohirona foydalana olgan. Bu esa asarning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biridir. “Otamdan qolgan dalalar” nomining o‘ziyoq Dehqonqulning
otasidangina emas balki o‘zbek xalqining otasidan qolgan yerlar ekanligi xitob bo‘lib
yangraydi. Kinoya atamasi nafaqat kulgu uyg‘otuvchi vosita sifatida balki, insonning ichki
nidolarini, alamli jihatlarini kinoya tarzida namoyon etadi. Bu asar qahramonlari tilidan
yangraydi.

O‘zbek adabiyotida o‘z ovoziga, o‘z uslubiga ega bo‘lgan taniqli yozuvchi, dramaturg

Erkin A’zam asarlarida ham kinoyaviy uslub vositalari uyg‘unligida milliy urf-odatlarimiz,
qadriyatlarimiz, an’analarimiz hamda yoshlar, aholi o‘rtasida Ona – Vatanga sodiq farzand
bo‘lish tuyg‘ularini “Jannat o‘zi qaydadir?” (2007) to‘plamiga kiritilgan “Yozuvchi”,
“Aralashqo‘rg‘on”, “Qiyofadosh”, “Suv yoqalab”, “Zabarjad” va “Shovqin” (2011) asarlarida
mahorat bilan tasvirlaydi.

Sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning mashhur she’ridan biri “Tilla baliqcha” ham

mana shu ruh, mana shu kayfiyatda bitilganligi ko‘pgina kitobxonga ayon.
Badiiy adabiyot nechog‘lik san’at sanalmasin, insonga qanchalik zavq-shavq ulashmasin, u
hamisha axloqiy tarbiya vositasi hisoblanadi.

Shuni ham alohida qayd etish joizki, yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtira olish orqali

ular qalbida vatanga sadoqat, faxr tuyg‘usi shakllanish barobarida turli yot g‘oyalardan
saqlash, ularga o‘z fikr-mulohazalari orqali sobit tura olish ko‘nikmasini ham yaratadi. Zero,
bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar “g‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr,
jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish”ni talab etmoqda. Bu kabi ko‘nikmalarni
shakllantirishda, targ‘ib etishda albatta oilaning ham sezilarli darajada o‘rni bor. Oila maktabi


background image

137

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi, shuuri, ma’naviyatida milliy g‘oya, Vatan tuyg‘ularini
qaror toptirish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
ta’kidlaganlaridek, “Oila tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi
xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga
qurish ayni muddao bo‘lar edi. Bu haqida gapirganda, mumtoz yozuvchimiz Abdulla
Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asaridagi qahramonlarning o‘zaro muomala va muloqotlari,
ularning hatto kichik farzandlarini ham “siz”lab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila
ma’naviyatiga qanchalik katta e’tibor berganiga ishonch hosil qilaman”. Haqiqatdan ham
qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Zero, oilaga sadoqat, ota-onaga oqibat, aka-
ukalarga mehrlilik Vatan tuyg‘ularining debochasi hisoblanadi. Oilaga sadoqati bo‘lmagan
farzandlarning ota-onaga, qarindosh-urug‘iga, yaqinlariga, mahallaga hurmati bo‘lmagan. Shu
bois ham ajdodlarimiz oila deb atalmish ulkan qo‘rg‘onga alohida e’tibor qaratib, milliy
qadriyatlarimizni, ma’naviyatimizni yosh avlodlarga yetkazishga urungan, ularning ma’naviy
kamolotiga alohida e’tibor qaratishgan. Afsuski, hozirgi vaqtda axloq normalariga to‘g‘ri
kelmagan jihatlarni madaniyat deb bilish, asl ma’naviy qariyatlarni eskilik sarqiti deb
qarashlarning paydo bo‘lishi turli yot g‘oyalarning hayotimizga kirib kelishiga zamin
yaratmoqda.

Bugungi kunda xalqaro maydonda ham turli siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik

rejalariga erishish uchun “ommaviy madaniyat” niqobi ostida amalga oshirayotgan ishlarini
ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Zero O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlab o‘tganlaridek, “... “ommaviy
madaniyat”degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘rovonlik, individualizm, egotsentrizm
g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobiga boylik orttirish, boshqa halqlarning necha
ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni
qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”.

Har bir voqea-hodisaning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lgani kabi globallashuv

jarayonning ham salbiy tomonlari o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Hozirgi kundagi
mafkuraviy tahdidlarning yana eng xavfli ko‘rinishlaridan biri diniy ekstremizm va
aqidaparastlikdir. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat yengilmas
kuch» asarida shunday deydi «…islom dinini niqob qilib manfur ishlarni amalga oshirayotgan
mutaassib kuchlar xali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga
ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanmokda».
Darxaqiqat mamlakatimizga suqulib kirib kelgan ekstremistlar, aqidaparastlar
tushkunlikka tushgan, ishsiz yurgan, e’tiqodi, ma’naviy dunyoqarashi sust odamlarni tanlab
olib ularni o‘z domiga tortmokda. Mazkur salbiy holatlar jamiyatimiz taraqqiyoti, aholimiz
tinchligi, osoyishtaligiga tahdid solmokda, ba’zi yoshlarimiz ularning domiga tortilmoqda.
Ushbu tahdidlardan qutulish yo‘li qanday? Avvalo yoshlarimizni ma’naviy salohiyatini
shakllantirish, ular qalbida milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, turli dinlar, ularning
ta’limotlari borasidagi bilimlarini oshirib borish lozim. Bu borada yurtimiz miqyosida amalga
oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, bugungi kunda
yoshlarimizni badiiy adabiyotga qiziqtirish orqali ular qalbida milliy istiqlol g‘oyalarini
yanada chuqurroq singdirishga erishilmoqda. Bu borada aholining, ayniqsa yoshlarimizning
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada kengaytirish,
yoshlarni milliy adabiyotga, Ona-Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga


background image

138

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

hissa qo‘shish maqsadida “Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor” shiori ostida
o‘tkazilayotgan “Kitobxonlar bayrami” madaniy-ma’rifiy tanlovining joriy etilishi nafaqat
iqtidorli yoshlarimizni kashf etish, balki ular o‘rtasida badiiy adabiyotimizga bo‘lgan
qiziqishini shakllantirish, bu orqali ular qalbida ezgu fazilatlarni shakllantirish, milliy istiqlol
g‘oyasi ruhida tarbiyalashga erishiladi. Shu bois ham chinakam badiiy asar vijdonli, halol
bo‘lishga chaqiradi, ezgu yaxshi asar kishi ruhini yangilaydi, quvonch hadya etadi. Kishi o‘z-
o‘zidan yaqinlarigina emas jamiki odamzotga ezgulik tilaydigan insonga aylanadi. Ezgulik
mavjud joyda esa hamisha barqarorlik, taraqqiyot, farovonlik hukm suradi.

Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik

fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va
ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo‘naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy
tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish bilan bir qatorda
badiiy asarlar orqali ham targ‘ib etish, singdirish ijobiy natijalarni yuzaga chiqaradi.
Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarda
«Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai» mavzusi
doirasida turkum davra suhbatlarini uyushtirish, targ‘ib etish hamda adiblar, shoirlar bilan
hamkorlikda olib borish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, yosh avlodga zamonaviy talablar asosida bilim
berish, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashda ajdodlarimiz
meroslaridan, badiiy adabiyotdan keng foylanish, targ‘ibot-tashviqot ishlarida
ko‘rgazmali vositalar, multimediyalardan keng foydalanish hamda soha
mutaxassislarining jalb etgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Qolaversa, kishining kimligini u o‘qigan kitoblarga qarab aniqlash mumkin
bo‘lganidek har bir xalq har bir millatning madaniyat darajasi, ma’naviy boyligi
sanalmish kitoblar bilan ham bog‘liq. Shu ma’noda bugungi kun yoshlari qalbida
badiiy asarlarga umuman, kitoblarga bo‘lgan mehrini yanada oshirishda nafaqat
pedagoglarning qolaversa, oilaviy muhitning ham ta’siri katta ..

Foydalingan adabiyotlar ro’yxati

1.

Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE

THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational
Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
2.

Абдурахмонов

Х.

И.

ҲОЗИРГИ

ДАВРДА

ЁШЛАРНИНГ

ИННОВАЦИОН

ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 4. – С.
23-29.
3.

Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN

SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 7. – С. 161-
167.
4.

Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF

MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].
5.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI,

FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY
TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 7-13.


background image

139

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

6.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ

UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 9-13.
7.

Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY

QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №.
1. – С. 58-64.
8.

Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI

TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. – 2024. – Т. 7. – №. 2. – С.
131-136
9.

Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF

STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and
innovation, 2(B8), 39-42.
10. Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 3(3), 40-42.
11. Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР
РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).
12. Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО
РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ
WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z
40, 152.
13. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI
INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ,
5(2).
14. Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний
возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал
психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.
15. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ
СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).
16. Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ
В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.

Библиографические ссылки

Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational Research. –2023. –Т. 15. –С. 202-206.2.Абдурахмонов Х. И. ҲОЗИРГИДАВРДА ЁШЛАРНИНГ ИННОВАЦИОН ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. –2023. –Т. 4. –С. 23-29.3.Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University.–2020. –Т. 2. –No. 7. –С. 161-167.4.Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].5.Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGIO’RNI, FOYDALI VA ZARARLI JIHATL.Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 2. –С. 9-13.7.Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 1. –С. 58-64.8.Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. –2024. –Т. 7. –No. 2. –С. 131-1369.Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and innovation, 2(B8), 39-42.10.Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(3), 40-42.11.Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).12.Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z 40, 152.13.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).14.Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.15.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).16.Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.ARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. –2024. –Т. 3. –No. 2. –С. 7-13.