Авторы

  • N Ashurova
    Toshkent farmatsevtika instituti
  • A Xolboyev
    Toshkent tibbiyot akademiyasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57910

Ключевые слова:

семья ребенок воспитание ценности традиции духовность нация

Аннотация

В статье описывается воспитание детей в узбекских семьях, роль родителей, махалли и семьи. Также большую роль в воспитании детей играют национальные идеи, обычаи и традиции

background image

221

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

YОSHLAR TA’LIM-TARBIYАSIDA OILANING O‘RNI

N.X.Ashurova

Toshkent farmatsevtika instituti

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va

ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

(90) 916-50-40

A.Xolboyev

Toshkent tibbiyot akademiyasi

2-son davolash ishi fakulteti 1 kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14436179

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek oilalarida farzand ta’lim-tarbiyasi, unda ota-ona, mahalla, oilaning o‘rni

ochib berilgan. Shuningdek, farzand ta’lim-tarbiyasida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va
an’analarga sadoqatli vorislar bo‘lib kamolga yetishlarida ota-onaning hamda mahalla
faollarining o‘rni tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

oila, farzand, ta’lim-tarbiya, qadriyatlar, urf-odatlar, ma’naviyat, millat.

Аннотация

В статье описывается воспитание детей в узбекских семьях, роль родителей,

махалли и семьи. Также большую роль в воспитании детей играют национальные идеи,
обычаи и традиции.

Ключевые слова:

семья, ребенок, воспитание, ценности, традиции, духовность,

нация.

Abstract

The article describes the upbringing of children in Uzbek families, the role of parents,

mahalla and family. National ideas, customs and traditions also play a major role in the
upbringing of children.

Keywords:

family, child, upbringing, values, traditions, spirituality, nation.


Oila kichik vatan demakdir. Oila farovon bo‘lsa jamiyat taraqqiy topadi. Azal-azaldan

o‘zbek xalqi oilaparvar hisoblangan. Shuningdek, o‘zbek xalqining bolajonligi, farzandlar
kamolini ko‘rishlik yo‘lidagi tinimsiz mehnatini eslab o‘maslikning iloji yo‘q. Sababi har bir
xalqning o‘z boyligi milliy qadriyati bo‘lgani singari o‘zbek xalqining ham shu fazilatlari e’tirof
etiladi.

Oilada ayniqsa farzand tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. Farzand dunyoga kelishi

bilan uning odobi-xulqi, ta’lim-tarbiyasiga ahamiyat beribgina qolmay, milliy urf-odatlarimiz,
qadriyatlarimiz ruhida kamol topishiga e’tibor qaratishadi. O‘zbek mahalallalariga qadam
ranjida qilgan har bir inson yoshlar ta’lim-tarbiyasi, uning odobi, xulqi, muomala madaniyatiga
guvoh bo‘lishadi. O‘zbek xonadonida kamolga yetgan har bir yosh borki, salomini darig‘
tutmaydi, qo‘li ko‘ksida kattalarga ehtirom ko‘rsatadi. Bu ham oilada ota-ona, bobo-buvilar
tomonidan o‘rgatilgan va yoshlar ongiga singdirilgan ijobiy fazilatlarimizdan biridir. Shu bois
ham xalqimiz orasida “Qush uyasidagi ko‘rganini qiladi” degan iboralar mavjud.

O‘zbek xonadonlarida o‘g‘il bola tarbiyasi bilan otalarimiz, qiz bola tarbiyasida esa

onalarimiz shug‘ullanishgan. Agar oilada farzand tarbiyasida ota-ona tomonidan loqaydlikka
yo‘l qo‘yilsa, kelajakda salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi sinalgan haqiqat. Loqaydlik,
e’tiborsizlik farzand tarbiyasining tanazzuliga olib boradi. Shu bois ham bu masalalarda doimo


background image

222

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

ota-onalarimiz e’tibor qaratishlari zarur. Yana shu o‘rinda xalqimizning iborasini yodga olsak:
“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”.

Azaldan farzandlar ta’lim-tarbiyasida mahalla oqsoqollari, aholining o‘rni ham sezilarli

darajada bo‘lgan. Farzand biror bir xatoga yo‘q qo‘ysa yoki biror bir odatga ega bo‘lmasa aholi
tomonidan o‘rgatilgan va o‘rni bilan dashnom ham berib qo‘ygan. Buning barchasi bolaning
chiroyli odobi bilan ulg‘ayishini maqsad qilishgan va bunga harakat qilgan. Bu kabi dashnomlar
mahalla aholisi tomonidan berilgan paytlarda bolaning ota-onalari har doimo to‘g‘ri
tushunishgan va bunga e’tiroz qilishmagan. Farzandining yonini olishmagan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, farzand ta’lim-tarbiyasida nafaqat oilaning balki mahallaning

ham o‘rni kattadir. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino farzand tarbiyasi haqida shunday ta’rif
bergan edi: “Yosh bola ta’lim-tarbiya oladigan joyda odob-axloqli, turish-turmushi namunali
bolalar bo‘lishi lozim. Zero, yosh bola har bir narsani ularga taqlid qilib o‘rganadi va ular bilan
do‘st bo‘ladi”.

Shunday ekan, farzand ta’lim-tarbiyasida oilaning, ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Shu bois

ota-onalarimizning ham tafakkur olami ma’rifat bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi, milliy qadriyatlarimiz,
urf-odatlarimiz, an’analarimiz ruhida sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Sababi o‘zidagi bor bo‘lgan
fazilatlarni o‘z farzandiga yuqtiradi va o‘rgatadi.

O‘zbek adabiyotining durnona asarlaridan biri Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”

romanidagi ota-bola munosabatlari yodimga tushib ketdi. Naqadar buyuk ma’rifatparvar
xalqimizning oiladagi farzand tarbiyasini u bilan kechgan muloqotlarda yuqori o‘rinlarda
ko‘rsatib bera olgan. Kichigidan tortib kattasigacha sizlab murojaat qilishi bu ma’naviyatning,
axloqning bir ko‘rinishidir. Ota-ona so‘zlashganda ularning fikrini bo‘lmaslik yoxud ota o‘tirgan
uyning tomiga farzand chiqmasligi, doimio kattalarga bo‘lgan hurmatning yuqori darajasi ...
bularning barchasi o‘zbek oilalarida an’anaga aylanib ulgurgan va farzandlar ong-u tafakkuriga
singdirilgan.

Yoxud asarda Kumush o‘lim to‘shagida yotgan bir axvolida xonaga qaynotasi kirib kelish

epizodida Kumush o‘rnidan turmoqchi bo‘ladi. Bu epizodni oddiy bir jarayon yoki voqea
sifatida qarashingiz ham mumkin. Ammo bu yerda o‘zbek ayolining naqadar odobi, ibosi,
sharm-xayosi va eng asosiysi kattalarga bo‘lgan hurmatining bir belgisi aks ettirilgan.

Otabekning ota-onasiga itoatkorligi, ularni har qanday holatda ham hurmatini joyiga

qo‘yish holatlari mahorat bilan chizib beradi. Bugungi kunda globallashuv jarayonida
yoshlarimiz internet tarmog‘iga bog‘lanib qolayotgan bir paytda, o‘zbek qadriyatlarimiz
singdirilgan bu kabi asarlarni mutolaa qilidirish maqsadga muvofiqdir.

O‘zbek oilalarida keng tarqalgan halollik, to‘g‘rilik, birovlar haqiga xiyonat qilmaslik,

xayr-ehson, sahovat va muruvvat, tejamkorlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi fazilatlar
milliy va diniy qadriyatlar zamirida shakllangan va ular oilaviy tarbiya natijasida ota-onalardan
bolalarga o‘tib, ularning ma’naviy dunyosini boyitgan. Oilaning muhim vazifalaridan yana biri
kommunikativlik bo‘lib, uning mazmunini oila a’zolarining o‘zaro aloqalari, ommaviy axborot
vositalari bilan oila a’zolari o‘rtasidagi yaqin aloqani ta’minlash, tevarak-atrof dagi tabiatni,
ijtimoiy muhitni idrok qilish kabi masalalar tashkil etadi. Keyingi yillarda yoshlarni har
tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining ta’siri katta
bo‘lmoqda. Yoshlarning ko‘rgan-eshitgan, o‘qigan narsalarini o‘zlashtirishlarida va tegishli
xulosalar chiqarishlarida oila ham vositachilik vazifasini bajarishi lozim.


background image

223

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

Shuni ta’kidlash lozimki, bola ota-onaning va kattalarning kiyinishi, fe’l-atvorini

sinchkovlik bilan kuzatadi. Shuning uchun ota-onalar bolalarning bu xususiyatiga befarq
qaramasliklari kerak. Ba’zi ota-onalar farzandlari bilan kamroq muloqotda bo‘lishi ulardan
o‘zlarini uzoqroq tutish bilan obro‘ orttirishni o‘ylashadi. Ularning nazarida, go‘yo farzand bilan
qancha kam uchrashilsa, shuncha ko‘proq obro‘ qozonish mumkin. Bu mutloqo noto‘g‘ri
tushuncha, ota-ona o‘z farzandi bilan qancha kam muloqotda bo‘lsa, ular o‘rtasida
begonalashish, loqayd bo‘lish holatlari kelib chiqadi. Ayrim ota-onalar bola bilan faqat
rasmiyatchilik orqali obro‘ orttirishga harakat qilishadi, xolos. Bolaga tanbeh berishadi, uning
barcha xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishadi, bo‘lar bo‘lmasga jerkib, siltab tashlashadi.
Kuzatishlarimizga ko‘ra, farzandlarga ortiqcha pand-nasihat qilaverish yomon oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Chunonchi, ba’zi ota-onalar arzimagan ikir-chikirlar bo‘yicha ham uzundan-
uzoq o‘git-nasihat qiladilar, o‘zlarining nasihatgo‘yligini burch deb hisoblaydilar. Mayda gaplik,
ezmalik bilan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida obro‘ qozonib bo‘lmaydi. Oilada bolani tozalikka,
tartiblilikka, go‘zallikni sevishga o‘rgatish kerak. Buning uchun, avvalo, uydagi barcha
buyumlar did bilan tanlab, joylashtirilgan, toza, saranjom-sarishta bo‘lgani ma’qul. Chunki,
bolaga ikki xil narsa ko‘proq ta’sir qiladi. Birinchisi, bolaning ko‘ziga tez-tez tashlanadigan
buyumlar va odamlar o‘rtasidagi munosabat bo‘lsa, ikkinchisi, bolaning o‘ziga bevosita tegishli
bo‘lgan narsalar – kiyim-kechak, idish-tovoqlar, kitoblar, o‘yinchoqlar, yozuv stoli va
boshqalardir. Bola o‘z buyumlarini asrab-avaylab, toza-ozoda, saranjom-sarishta qilib yurishga
o‘rgansa, u yoshi ulg‘aygan sayin go‘zallikning murakkab ko‘rinishlari – tabiatdagi uyg‘unlikni,
san’atdagi nafosatni payqab olish uchun tayyorlana boradi.

Taniqli alloma va pedagog Abdulla Avloniy ham oilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim

ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni bayon qilgan. U o‘zining “Yashnagan o‘lka va axloq”
kitobida yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti, avvalo, uning yaxshi tarbiyalanishiga,
badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi xulqqa ega bo‘lishiga, uni g‘ayriaxloqiy
xatti-harakatlardan ogohlantirilishiga bog‘liq.

Demak, har bir farzand oilada tavallud topib, ilk odob-axloq va tarbiya ko‘nikmalarini

oiladan, ota-onasidan bilib o‘rganar ekan. Bunda ota-onaning o‘zlari farzandlar tarbiyasida
qanchalik mas’ul ekanliklari va bu ulug‘ mas’uliyatni qanchalik his qilishlariga bog‘liqdir.
Oiladagi o‘g‘il va qiz farzandlarning har biriga yarasha odob-axloq va tarbiya usullari mavjud.
Xullas, ota ham, ona ham yaxshi niyat bilan farzandlar ta’lim-tarbiyasini bosh maqsad deb
bilishsa va shunga yarasha harakat qilishsa, go‘zal natija va samaralarga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziёevning «Kamolot» ёshlar ijtimoiy

harakatining IV Qurultoyidagi nutqi. 30 iyun 2017 y.
2.

Azimov A. (1991) Islom va hozirgi zamon. – Toshkent: O‘zbekiston.

3.

Vospitanie trudnogo rebёnka: deti s deviantnыm povedeniem. pod. red. M.I. Rojkova. –M.:

gumanit.izd. цentr «VLADOS», 2003 g.
4.

Grishin V.V., Lushin P.V. Metodiki psixodiagnostiki v uchebno-vospitatelnom proцesse. -

M., 2001. - 47 s.
5.

Sotrudnichestvo uchitelya i shkolnogo prakticheskogo psixologa. Sbornik nauchno-

metodicheskix trudov. Pod.red A.K.Markovoy. –M.: 2003 g.
6.

Oilaviy muhit va bolalar //Qalqon. – 2006, - №1.- B.14-15.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziёevning «Kamolot» ёshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyidagi nutqi. 30 iyun 2017 y.2.AzimovA. (1991) Islomvahozirgizamon. –Toshkent: O‘zbekiston.3.Vospitanie trudnogo rebёnka: deti s deviantnыm povedeniem. pod. red. M.I. Rojkova. –M.: gumanit.izd. цentr «VLADOS», 2003 g. 4.Grishin V.V., Lushin P.V. Metodiki psixodiagnostiki v uchebno-vospitatelnom proцesse. -M., 2001. -47 s. 5.Sotrudnichestvo uchitelya i shkolnogo prakticheskogo psixologa. Sbornik nauchno-metodicheskix trudov. Pod.red A.K.Markovoy. –M.: 2003 g. 6.Oilaviy muhit va bolalar //Qalqon. –2006, -No1.-B.14-15.