182
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
PSIXATROP DORILARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARGA TA’SIRI
Mamanazarov Axror Ne’mat o’g’li
+998990249149, ahrorbekmamanazarov6@gmail.com
Toshkent Farmasevtika Instuti 2-Kurs Talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14435654
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlar o’rtasida psixatrob dorilarga qaram bo’lishlikni
oldini olish va ularni keltirib chiqaradigan oqibatini oldini olish yoritilgan
Annotatsiya
: This article discusses the prevention of addiction to psychotropic drugs
among young people and the consequences they cause.
Annotatsiya:
В данной статье основное внимание уделяется профилактике
психотропной наркомании и ее последствий среди молодежи.
Kalit so’zlar:
Psixatrop dorilar, ijtimoiy munosabatlardagi roli va ahamiyati,
organizimning o’rganib qolishi
Odam o‘ldirish, zo‘rlash, zaharlanish, ko‘zbo‘yamachilik, o‘g‘irlik, giyohvandlik
vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarni qo‘llash,
tayyorlash, saqlash va sotish kabi har xil toifadagi jinoiy ishlarni tergov qilish, sudda ko‘rish
jarayonida giyohvandlik va kuchli ta’sir qilish xususiyatlariga ega bo‘lgan dori vositalari,
ko‘knori, nasha va boshqa o‘simliklardan qo‘lda tayyorlangan giyohvandlik vositalari,
psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlar ashyoviy dalil sifatida
uchrashi mumkin.
Predmeti:
Maxsus bilimlar asosida ushbu moddalarning muayyan massalarini o‘zaro
solishtirish orqali umumiy manbaini belgilash, tekshirilayotgan moddalarni ma’lum bir sinf,
turga taalluqliligini, ularning o‘sgan joyi, vaqti va ishlab chiqarish usulini aniqlash bilan
bog‘liq faktlar ekspertizaning predmetini tashkil qiladi.
Giyohvandlik vositalarining ob’ektlari:
Nasha va ko‘knor o‘simliklari, ulardan qo‘lda
tayyorlangan giyohvandlik vositalari, farmasevtika sanoatida va dorixonalarda tayyorlangan
giyohvandlik dori vositalari shu ekspertizaning ob’ektlaridir.
Psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning ob’ektlari:
kukun (poroshok)lar,
tabletkalar, eritmalar, surtmalar, aralashmalar va ularning qoldig‘ini saqlaydigan turli
buyumlar (shpris, igna, ampula, stakan, piyola va boshq.) farmasevtika sanoatida ishlab
chiqarilgan uyqu chaqiruvchi va narkotik xususiyatlariga ega bo‘lgan barbitur kislotasi va
benzodiazepin hosilalari (barbital, natriy barbitali, barbamil, fenobarbital, natriy etaminali,
siklobarbital, geksabarbital, noksiron, xloralgidrat, xlorbutanolgidrat va boshq.), markaziy
asab tizimini tinchlantiruvchi psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, fenotiazin,
butirofenon qatori preparatlari, epilepsiyaga qarshi va neyroleptik hamda boshqa kuchli
ta’sirga ega, tana skeletining mushaklarini bo‘shashtiruvchi va shunga o‘xshash me’yordan
ko‘p qabul qilganda narkotik ta’sir etuvchi dorivor preparatlar bo‘lishi mumkin.
Prekursorlarning ob’ektlari:
kukunlar (poroshok), suyuqliklar va ularning qoldig‘ini
saqlaydigan turli buyumlar (shpris, igna, ampula, stakan, shisha idish va boshq.), ishlab
chiqarishda qo‘llanadigan organik erituvchilar: aseton, toluol, etil efiri, metiletilketon,
piperidin; kislotalar: antranil, N-asetilantranil, sulfat, xlorid kislotalari, lizergin kislotasi;
alkaloidlar: ergometrin, ergotamin, efedrin va h.k. bo‘lishi mumkin.
183
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda
prekursorlar ekspertizasi oldiga qo‘yiladigan savollar
qisqa, aniq, ekspertning bilimiga
taalluqli bo‘lishi kerak, jumladan:
– voqea joyidan olingan, topilgan modda(lar) giyohvandlik vositasi (psixotrop va kuchli ta’sir
qiluvchi modda yoki prekursor)mi, agar giyohvandlik vositasi (psixotrop va kuchli ta’sir
qiluvchi modda yoki prekursor) bo‘lsa, qaysi turiga mansub?
– taqdim etilgan ob’ektlar (shpris, igna va shisha idishlar)da giyohvandlik vositasi (psixotrop
va kuchli ta’sir qiluvchi modda yoki prekursor) ning qoldig‘i mavjudmi?
– taqdim etilgan o‘simlikning tarkibida giyohvandlik vositalari bormi?
– gumon qilinayotgan shaxsdan va uning uyidan musodara qilingan namunalar umumiy bir
tur yoki turkumga mansubmi, agar shunday bo‘lsa, qaysi tur yoki turkumga taalluqli?
– musodara qilingan moddalar umumiy manbaga (umumiy massaga) mansubmi?
– musodara qilingan moddalarga qo‘llanilgan xomashyo va ularning o‘sgan joyi, tayyorlanishi,
ishlab chiqarilish usuli, saqlash sharoiti bo‘yicha umumiy manbaga mansubmi?
– musodara qilingan o‘simlik ma’lum bir tomorqada o‘sganmi?
Giyohvandlik vositalari, psixotrop
va kuchli ta’sir
qiluvchi
moddalar
hamda
prekursorlar ekspertizasiga materiallarni
tayyorlash.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda
prekursorlarni tekshirishda ekspertiza oldiga qo‘yilgan vazifalarning samarali bajarilishi
materiallarni ekspertizaga to‘g‘ri tayyorlash bilan bog‘liq. Bu faoliyat ob’ektlarni olib qo‘yish,
protsessual rasmiylashtirish va ekspertiza tayinlashni o‘z ichiga qamrab oladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida
ekspertiza o‘tkazishga oid hamma voqea va ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim. Jumladan,
giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarni
topilgan joyi, uning saqlanish sharoiti (namlik, yorug‘lik) aniq belgilanadi. Agar ekin topilgan
bo‘lsa, uning hosili olingan vaqti, tuproq turi, o‘sgan joyi qayd etilishi kerak.
Jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda asosiy e’tibor giyohvandlik vositasini,
psixotrop va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi modda hamda prekursorlarni topishga qaratilishi
lozim. Ularning mayda zarralari va yuqi har xil buyumlar – kiyimda (cho‘ntagida,
ro‘molchada), transport vositalarida hamda giyohvandlik vositasini tayyorlashda ishlatilgan
asboblarda (elak, shpris, ignalar va chilim) mavjud bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ekspertizaga
giyohvandlik vositasining eritmasi ro‘molcha yoki dokaga shimdirilgan holda keltiriladi.
Afyunni (opiy) ishlab chiqarishda qayta ishlash texnologiyasi va har xil bosqichlariga qarab,
olingan chiqindilarning rangi, hidi, maydaligi bo‘yicha tuproq bo‘laklari, bitum va smolalardan
farq qilish qiyin. Ko‘p hollarda tergov idoralari xodimlari bunday ob’ektlar xususiyatlarini
bilmasliklari tufayli giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan
shug‘ullanayotgan shaxslardan ularni olib qo‘yish choralarini ko‘rmaydilar.
Giyohvandlik vositasi, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning har bir namunalari
ekspertizaga yuborilayotganda alohida idishga (shisha idish, probirka, polietilen xaltacha)
joylanadi.
Afyun ekstrakti, suyuq nasha kabi suyuq holda bo‘lgan ashyoviy dalillar og‘zi mahkam
berkitiladigan maxsus idishga solinadi.
Yangi uzilgan nasha va ko‘knor o‘simliklari chirib, tekshirishga yaroqsiz bo‘lib qolmasligi
uchun ekspertizaga yuborishdan oldin soyada xona haroratida quritilishi lozim.
184
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
Musodara etilgan o‘simlik massasini ekspertizaga uning hamma qismlari (guli, bargi, poyasi,
ildizi) saqlangan holda va 1 kg dan kam bo‘lmagan miqdorda yuborish kerak.
Agar o‘simlik massasida qo‘shimcha zarralar mavjud bo‘lsa, ularni tashlab yubormay birga
taqdim etish lozim, chunki ular jinoyat sodir etilgan joy haqida ma’lumot berishi mumkin.
Basharti, agar o‘sgan joyini aniqlash bilan bog‘liq vazifalar hal etilayotgan bo‘lsa,
tekshiriladigan modda (ko‘knor va nasha o‘simligi, nasha va maydalangan ko‘knor o‘simligi
namunalari) bilan birga solishtirish uchun taxmin qilingan o‘sha joyda o‘sgan boshqa
o‘simliklar taqdim etilishi kerak.
Ekspert oldiga giyohvandlik vositasini tayyorlash usulini aniqlash vazifasi qo‘yilganda
tekshirilayotgan moddalar bilan birga ekspertizaga ularni tayyorlashda ishlatilishi mumkin
bo‘lgan har xil asbob (press moslama, elaklar, pichoq, kurakcha, tarozi, qiyma qiladigan asbob
va h.k.)lar ham yuborilishi shart.
Identifikatsion masalalar hal etilayotgan bo‘lsa, ob’ektlar butunligicha yuboriladi. Buning iloji
bo‘lmagan taqdirda shu ashyoviy dalillarning fraksion va kimyoviy tarkibini to‘liq
ifodalaydigan namunalari olinishi kerak.
Tekshirilayotgan ob’ektlarning bir butunga taalluqliligi aniqlanayotganda, surishtiruvchi,
tergovchi yoki sud iloji boricha bir butunning aniq hajmini ko‘rsatishi kerak.
Ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik ularni tekshirishga yaroqsiz holga yoki
butunlay yo‘qolib ketishiga olib keladi.
Ashyoviy dalillardan tashqari ekspert ixtiyoriga solishtirish uchun namunalar, sud-tibbiy
ekspertizasining xulosasi, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, ashyoviy
dalillarni olib qo‘yish bayonnomasi va boshqa zarur materiallar taqdim etilishi kerak.
Psixotrop dorilar va ijtimoiy munosabatlarga ta'siri
Psixotrop dorilar inson psixikasi va ruhiy holatini o'zgartirishga qodir bo'lib, ulardan
foydalanishning ijtimoiy munosabatlar va hayotga turlicha ta'siri mavjud.
Ijtimoiy ta'sirlar:
1. O'zgarishlar: Psixotrop dorilar odamning hissiyotlari va reaksiyalarini o'zgartirib, ijtimoiy
muhitga ta'sir qilishi mumkin. Misol uchun, antidepressantlar ruhiy holatni yaxshilaydi,
shuningdek, ijtimoiy jihatdan faol bo'lishga yordam beradi.
2. Kurash va izolyatsiya: Ayrim dorilar, masalan, giyohvand moddalardan foydalanish, insonni
sohaga chiqarishi mumkin. Bu tasodifiy ravishda ijtimoiy izolyatsiya va muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin.
3. Aloqalar: Psixotrop dorilar ko'pincha odamlarning o'zaro munosabatlariga ta'sir ko'rsatadi.
Foydalanish davomida do'stlik va yaqinlik yo'qolishi yoki kuchayishi mumkin.
4. Jamiyatdagi stereotiplar: Psixotrop dorilar bilan bog'liq stigmalar ham mavjud. Bular
ko'pincha bularga duch kelgan insonlar ijtimoiy hayotda qiyinchiliklarga duch kelishiga olib
keladi.
Xulosa:
Psixotrop dorilar ijtimoiy munosabatlarga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin, ulardan
foydalanishning natijalari har bir shaxs uchun turlicha bo'lishi tabiiydir. Shuning uchun,
bunday dorilarni faqat malakali mutaxassis nazorati ostida qo'llash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
185
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
1.
Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE
THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational
Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
2.
Абдурахмонов
Х.
И.
ҲОЗИРГИ
ДАВРДА
ЁШЛАРНИНГ
ИННОВАЦИОН
ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 4. – С.
23-29.
3.
Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN
SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 7. – С. 161-
167.
4.
Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF
MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].
5.
Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI,
FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY
TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 7-13.
6.
Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ
UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 9-13.
7.
Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY
QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №.
1. – С. 58-64.
8.
Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI
TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. – 2024. – Т. 7. – №. 2. – С.
131-136
9.
Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF
STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and
innovation, 2(B8), 39-42.
10. Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 3(3), 40-42.
11. Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР
РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).
12. Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО
РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ
WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z
40, 152.
13. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI
INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ,
5(2).
14. Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний
возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал
психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.
186
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
15. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ
СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).
16. Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ
В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.
