Авторы

  • Surayyo Saatova
    O‘zMU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.61911

Аннотация

Antroposentrik tilshunoslikda lisoniy shaxs bir qator sohalarning ajralmas obyekti hisoblanadi. So‘zlovchi inson tadqiqotlar diqqat markazida bo‘lar ekan, bu holat zamonaviy tilshunoslikda kommunikatsiya jarayoni, muomala madaniyati muammolarini shakllantirish uchun alohida ahamiyatga ega. Jamiyatda inson nutqiga ijtimoiy omillar bilan birga madaniy va psixologik omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonning nutqi u haqida ma’lumot berib, uning individual-psixologik xarakter xususiyatlarini ham ifodalaydi. Chunki jamiyatda kommunikatsiya jarayonida shaxsning psixologik, ma’naviy va ijtimoiy holati nutqining semantikasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda linvopersonologiyaning psixolingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, etnolingvistika va boshqa shu kabi sohalar bilan bir nuqtada kesishishini taqozo qiladi. Bugungi kunda tilni yaratuvchi insonga bo‘lgan yangicha yondashuvlar lisoniy shaxsni har tomonlama o‘rganish uning muloqot jarayonida nutqiy xatti-harakatlariga yangicha qarashga imkon bermoqda.


background image

47

LISONIY SHAXS SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK OMILNING TA’SIRI

Saatova Surayyo Ismailovna

O‘zMU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14620569

Antroposentrik tilshunoslikda lisoniy shaxs bir qator sohalarning ajralmas obyekti

hisoblanadi. So‘zlovchi inson tadqiqotlar diqqat markazida bo‘lar ekan, bu holat zamonaviy
tilshunoslikda kommunikatsiya jarayoni, muomala madaniyati muammolarini shakllantirish
uchun alohida ahamiyatga ega. Jamiyatda inson nutqiga ijtimoiy omillar bilan birga madaniy va
psixologik omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonning nutqi u haqida ma’lumot berib, uning
individual-psixologik xarakter xususiyatlarini ham ifodalaydi. Chunki jamiyatda kommunikatsiya
jarayonida shaxsning psixologik, ma’naviy va ijtimoiy holati nutqining semantikasida yaqqol
namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda linvopersonologiyaning psixolingvistika, lingvokulturologiya,
sotsiolingvistika, etnolingvistika va boshqa shu kabi sohalar bilan bir nuqtada kesishishini
taqozo qiladi. Bugungi kunda tilni yaratuvchi insonga bo‘lgan yangicha yondashuvlar lisoniy
shaxsni har tomonlama o‘rganish uning muloqot jarayonida nutqiy xatti-harakatlariga yangicha
qarashga imkon bermoqda. Psixologiyada jamiyatda shakllangan shaxs ongning tashuvchisi
sifatida baholanadi. Muloqot jarayonida shaxs o‘zini boshqalar bilan taqqoslaydi va o‘zining
“men”ini namoyon etadi. “Shaxs deganda ko‘pincha bir shaxsni boshqasidan, bir guruh
odamlarni boshqasidan ajratib turadigan xususiyatlar tizimi ham tushuniladi. Har bir shaxsga
xos bo‘lgan bunday o‘ziga xos xususiyatlar tizimi psixologiyada shaxs turi sifatida ajratish
huquqini beradi

1

. “Shaxs – bu jamiyatga asoslangan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan aloqalar va

munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan axloqiy
harakatlarni belgilab beruvchi psixologik xususiyatlar tizimidagi inson”

2

. Ko‘pgina psixologlar

shaxsiyat tuzilishini quyidagicha ta’riflaydilar:

1) birinchi quyi tuzilma – bu individual bo‘lib, ijtimoiy ravishda ongga singgan istaklar,

qiziqishlar, moyilliklar, g‘oyalar, e’tiqodlar, ya’ni dunyoqarashni tashkil etuvchi barcha
xususiyatlar kiradi;

2) ikkinchi quyi tuzilma – jamiyatda shaxs tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va

malakalarga biologik va genetik xususiyatlarining ta’sir ko‘rsatishi;

3) uchinchi quyi tuzilma– xotira, diqqat, idrok, shuningdek, nutq va tafakkur kabi aqliy

bilish jarayonlarining individual xususiyatlari bilan ifodalanishi;

4) to‘rtinchi quyi tuzilma – inson temperamentining xossalari. Shaxsning u yoki bu turga

tegishliligi, uning quyi tuzilmalarining xilma-xil ifodalanishi, jamiyatda ularning namoyon bo‘lish
darajasi. Shaxs turlarini tasniflashda turlicha yondashuvlar mavjud

3

.

Nutq shaxsiyat turini aniqlovchi quyi tuzilmalardan biri sifatida ham muhim tadqiqot

obyekti hisoblanadi. Shuning uchun lisoniy shaxs psixolingvistikaning ham diqqat markazida
turadi. Ushbu tushunchaning kiritilishi til, birinchi navbatda, o‘zini va dunyodagi o‘rnini, amaliy

1

Клочко В.А. Понятие «тип личности» в психолингвистике. (Минск, МГЛУ)

https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/52740/1

2

Xaydarova S.Ch. Qo’chqorova Z. Sh. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning roli.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7889224

3

Клочко В.А. Понятие «тип личности» в психолингвистике. (Минск, МГЛУ)

https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/52740/1


background image

48

faoliyat va og‘zaki muloqotdagi rolini biladigan shaxsga tegishli ekanligini aytishga imkon
beradi

4

.

Lisoniy shaxs tuzilishining psixologik aspekti asosida taqdqiqot olib borgan tadqiqotchilar

shaxs xarakter tuzilishiga oid xususiyatlarning tilga ta’siri, xususan, bu xususiyatlarning inson
nutqida aks etishi, inson nutqiga qarab uning psixologik holatiga, xarakteriga, shaxsiyatiga baho
berish mumkinligini ta’kidlashgan. Lisoniy shaxs shakllanishining psixologik darajasi – bu
shaxsning turli vaziyatlarda katta hajmli til birliklaridan tanlab foydalana oladigan, nutqiy
ta’sirni o‘z maqsadlariga moslaydigan, o‘ziga xos nutqiy faoliyatga ega bo‘lgan individualligini
o‘rganishdir. Bu darajada lisoniy shaxsning milliy-madaniy, sotsial-madaniy darajalari o‘ziga xos
shaklda “jamlanadi”, chunki muloqotning har bir holati shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini bir
vaqtning o‘zida barcha darajalarga nisbatan aniqlashini nazarda tutadi, shaxsning kommunikativ
xulq-atvorini amalga oshiradigan individual xarakter xususiyati nutqida namoyon bo‘ladi. Shu
nuqtayi nazardan, “nutqiy pasport” tushunchasi psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega

5

.

Lisoniy shaxs tuzilishida psixologik aspekt xususiyatlari dunyoning ma’lum bir manzarasi
mavjudligini nazarda tutadi, ya’ni ular lisoniy ong xususiyatlari bilan belgilanadi, shaxs muloqot
sharoitlariga muvofiq til birliklaridan foydalangan holda kommunikativ xatti-harakatni amalga
oshiradi

6

. Insonning muloqotini, aynan, nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish juda ko‘p

psixologlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. A.A.Bodalev, A.A.Leontev, G.M.Andrevalar bu
borada ko‘plab tadqiqotlar olib borgan. Y.N.Karaulov A.A.Shaxmatovning tilning psixologik
paradigmasiga xos fikrini quyidagicha ifodalaydi: “Haqiqiy mavjudot hisoblangan har bir shaxs
o‘z tiliga ega; muayyan hududga yoki qabila tarkibiga kiruvchi shaxslar, qishloq, shahar, tuman,
odamlarining til birliklari noyob kashfiyotdir, chunki u birliklar til haqidagi faktlardir”

7

.

Darhaqiqat, insonning tili u haqida juda ko‘plab axborotlarni beruvchi hujjat hisoblanadi.
Kishilarning nutqiy xulq-atvorini ushbu pozitsiyalarda tahlil qilib, ularning individual
xususiyatlarini, tafakkurining o‘ziga xosligini, temperament turini, gender xususiyatlarini,
ijtimoiy kelib chiqishini, ruhiy holatini, jamiyatdagi rollarini, madaniyati, bilimi, yashash muhiti,
tabiatga munosabati va boshqa holatlarni ham aniqlash mumkin. Bularning barchasi nutqiy
xatti-harakati shaxsning lingvistik proyeksiyasi ekanligini ta’kidlashga asos beradi. Lisoniy shaxs
shakllanishining psixologik omili shaxs individual xarakter xususiyatlarining nutqiga ta’sirini
o‘rganish bilan bog‘liq jarayon. “Shaxs tirik tabiat vakili, biologik obyekt, ongli faoliyat subyekti,
ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin. Bu darajalarning birlashishi insonning birikma
xususiyatlarini, uning individualligini shakllantiradi”.

8

“Individuallik – bu ma’lum insonning

noyob, betakror, o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar to‘plami. U o‘zida
insonning boshqalardan ajralib turuvchi shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi
tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlarning o‘ziga xos
uslubda namoyon bo‘lishi. Motiv, temperament, xarakter, layoqat individuallikning asosiy

4

‘Клочко В.А. Ko‘rastilgan tadqiqot.

5

Резницкая Г.И. Психологический анализ понятия «языковая личность» с позиций деятельностного подхода.

МГЛУ; е-mail: reznitskaya@gmail.com

6

Резницкая Г.И. Психологический анализ понятия «языковая личность» с позиций деятельностного подхода.

МГЛУ; е-mail: reznitskaya@gmail.com

7

Караулов, Ю.Н. Русский язык и языковая личность. — М., 2007

8

Karimova V. M., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash o‘quv qo‘llanmasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish uslubiyoti.-T.:

Sharq, 2000. -B. 16.


background image

49

ko‘rsatkichlaridir”

9

. Individuallik o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin

bo‘lgan, tashqaridan kuzatiladigan jarayon. Bir insonning yana bir insondan farqini tashqi
kuzatish natijasida boshqa birov tomonidan amalga oshiriladi.

Demak, motiv, temperament, xarakter, layoqat shaxsning asosiy individual ko‘rsatkichlari

hisoblanar ekan, lisoniy shaxsni belgilashdagi psixologik omil uchun ushbu individual
ko‘rsatkichlarning inson tiliga ta’siri muhim hisoblanadi. Nutq shaxsiy identifikatorning bir turi
hisoblanadi. Kommunikatsiya jarayonida shaxsning nutqiy xulq-atvoriga asoslanib, uning
boshqalar tomonidan qanday idrok etilishini aniqlash mumkin. Lisoniy shaxs kommunikatsiya
jarayonida o‘zi anglamagan holda o‘zining aql-zakovati, psixologik olami, bilimi va ijtimoiy
sifatlari haqida belgi beradi. Shaxsning nutqidan uning xarakter tiplari, temperamenti, patalogik
ko‘rsatkichlari, ruhiy holati, kommunikativ qobiliyati, vaziyatga nisbatan o‘zgaruvchan ruhiy
ahvoli (kayfiyati, maqsadi, qiziqishlari) kabilar ma’lum darajada aks etadi

.

References:

1.

Караулов, Ю.Н. Русский язык и языковая личность. — М., 2007.

2.

Karimova V. M., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash o‘quv qo‘llanmasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni

tashkil etish uslubiyoti.-T.: Sharq, 2000. – B. 16.
3.

Клочко В.А. Понятие «тип личности» в психолингвистике. (Минск, МГЛУ)

https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/52740/1

4.

Xaydarova S.Ch. Qo’chqorova Z. Sh. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va

ularning roli.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7889224

5.

Резницкая Г.И. Психологический анализ понятия «языковая личность» с позиций

деятельностного подхода. МГЛУ; е-mail: reznitskaya@gmail.com

9

Xaydarova S.Ch. Qo’chqorova Z. Sh. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning roli.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7889224

Библиографические ссылки

Караулов, Ю.Н. Русский язык и языковая личность. — М., 2007.

Karimova V. M., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash o‘quv qo‘llanmasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish uslubiyoti.-T.: Sharq, 2000. – B. 16.

Клочко В.А. Понятие «тип личности» в психолингвистике. (Минск, МГЛУ) https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/52740/1

Xaydarova S.Ch. Qo’chqorova Z. Sh. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning roli. https://doi.org/10.5281/zenodo.7889224

Резницкая Г.И. Психологический анализ понятия «языковая личность» с позиций деятельностного подхода. МГЛУ; е-mail: reznitskaya@gmail.com